Переферия ва офис курилмаларини


- katta komp’yuterlar (Manframe Computer)



Download 0,94 Mb.
bet8/67
Sana05.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#531081
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
ЭХМ нинг периферия курилмалари

- katta komp’yuterlar (Manframe Computer);
- mini komp’yuterlar (Minicomputer);
- shaxsiy komp’yuterlar (PC-Personal Computer);
- bloknot(noutbook) komp’yuterlar.
Super komp’yuterlar - (TOR 500 komp’yuterlar) - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni echish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoni global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu komp’yuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Superkomp’yuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red komp’yuter sistemasi karvonboshlik qilmoqda.
Katta komp’yuterlar (Manframe Computer)- fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni echishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkomp’yuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog’ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES / 9000, Frantsiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M 1800 rusumli komp’yuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikomp’yuterlar (kichik komp’yuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta komp’yuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy komp’yuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday komp’yuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor - dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli komp’yuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikomp’yuterga misol bo`la oladi.
S haxsiy komp’yuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusimiga mos komp’yuterlardir.
IBM rusimiga mos komp’yuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta`minoti mosligi, ya`ni bir-biriga to`g’ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday komp’yuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori o`rnatilgan komp’yuterlarida, hozirgi kunda 750-1000 megagertsni, xotira hajmi esa, 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda komp’yuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendentsiyasini kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV komp’yuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik komp’yuterlarini komp’yuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan komp’yuterlar (bradename) - «Oq yasalgan», Janubiy-SHarqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan komp’yuterlar «Sariq yasalgan» nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan komp’yuterlar esa «nomsiz komp’yuterlar» (noname) deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh komp’yuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy komp’yuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, bunday komp’yuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta`minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish