Protozooy kasalliklari reja: Ixtibodozlar Tarqalishi va iqtisodiy zarari


SILIAFOROZLAR TOMONIDAN QO‘ZG‘ATILADIGAN PROTOZOOZLAR (IXTIOFTIRIOZ, XILODONELLYOZ, TRIXODINOZ)



Download 30,71 Kb.
bet3/10
Sana13.07.2022
Hajmi30,71 Kb.
#789223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BALIQLARNING PROTOZOOY KASALLIKLARI

SILIAFOROZLAR TOMONIDAN QO‘ZG‘ATILADIGAN PROTOZOOZLAR (IXTIOFTIRIOZ, XILODONELLYOZ, TRIXODINOZ).




IXTIOFTIRIOZ
Ixtioftirioz – akvarium va Chuchuk suv baliqlarining deyarli barcha turida uchraydigan o‘ta xavfli kasallik bo‘lib, Ophryoglenidae oilasi, Tetrachimenidas Ichthyophthirius turkumiga kiruvchi infuzoriyalar tomonidan chaqiriladi. Dengiz baliqlarida shunga o‘xshash kasallikni Cryptocarion turkumiga mansub ixtioftirius nusxasi deb ataluvchi infuzoriyalar chaqiradi.
Tarqalishi va iqtisodiy zarari. Ixtioftirioz ko‘proq yer sharining issiq hududlarida tarqalgan. Og‘ir kasalliklar singari bu ham zich joylashgan baliqli suv havzalarida uchraydi. Ko‘p miqdorda yosh va voyaga yetgan baliqlarning nobud bo‘lishi tufayli katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Qo‘zg‘atuvchi. Qo‘zg‘atuvchi bo‘lib bitta tur Ichthyophthirius multiphiliis
F. (1876) hisoblanadi. Ba’zi mualliflarning fikriga ko‘ra ixtioftiriusning bir qancha boshqa turlari ham bo‘lishi mumkin ekan, ular ma’lum bir iqlimli hududlarga yoki ma’lum bir baliq turlariga xosdir.
Bu parazit uchun siklli ko‘payish xos bo‘lib, ko‘payish jarayonida uning morfologiyasi xam o‘zgaradi. Baliqlarda voyaga etgan parazit davri – trofonta parazitlik qiladi. Torfontaning tanasi deyarli yumaloq yoki tuxumsimon. Old tarafida uncha katta bo‘lmagan og‘iz bo‘shlig‘i va halqumi bor. Butun tana yuzasi meridional joylashgan kiprikchalar bilan qoplangan, ular og‘iz teshigida birlashishadi. Tanasining o‘rtasida yo‘g‘on kolbasimon makronukleos joylashgan, uning o‘yilgan qismida esa ko‘zga tashlanmaydigan mikronukleos joylashgan. Sitoplazmada bitta qisqaruvchi vakuolasi bor.
Ixtioftirius – baliqlarning odatiy paraziti. Hayotiy siklida 3 ta davr farqlanadi:

Xo‘jayinning terisi ostida parazitlik qilish davri; ko‘payish sistasi davri (tuproqdagi sista, o‘simliklardagi yoki suzib yuruvchi buyumlardagi sista) va suvda erkin suza oladigan infuzoriya - daydi davri.
Xo‘jayin terisining dermatoid bo‘rtiqda (pustula) voyaga yetgan parazitlar tushib qoladi, suvning tubiga cho‘kadi, o‘simliklarga yoki boshqa narsalarga yopishib oladi, shilimshiq suyuqlikka o‘raladi, quyuq sista hosil qiladi. Sistaning ichida ko‘p martta bo‘linadi, natijada 1 – 2 mingga yaqin infuzoriyalar (tomitlar) chiqadi, kattaligi 40 – 70 x 18 – 24 mkm. Haroratga ko‘ra yozda 6 – 8 soatdan 6 kungacha 5 – 60C da bo‘linadi. 3 – 40C dan past haroratda bo‘linmaydi.
Bo‘lingandan so‘ng tomitlar cho‘zilgan shaklga ega bo‘ladi va Sista qobig‘ini yorib suvga chiqadi, u yerda faol suzuvchi terontlarga aylanadi. Xo‘jayindan tashqarida daydi parazitlar 3 kundan ko‘p yashay olmaydi va nobud bo‘ladi.
Xo‘jayin tanasiga tushgach faollashadi va teri osti epiteliysi va jabralarga kirib boradi, xo‘jayin epiteliysini zararlaydi va trofontga aylanadi. Shu bilan parazitning hayotiy davri to‘xtaydi.

Download 30,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish