Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari



Download 2,37 Mb.
bet58/163
Sana18.03.2022
Hajmi2,37 Mb.
#500513
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Bog'liq
psixologiya maruza

Muloqot haqida tushuncha
Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatini o’zlashtirish va o’z individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning ichiga kiradi. SHaxsning tafakkuri, olamni va o’zining obrazini tahlil qilish hamda baholash qobiliyati muloqot jarayonida shakllanadi. Mazkur muammoga atroflicha baho bergan polьshalik psixolog Ye.Melibruda quyidagilarni ta’kidlaydi: «Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir».
Muloqot – kamida ikki kishining o’zaro ta’sir jarayoni bo’lib, bu ta’sir davomida axborot almashinadi, munosabat o’rnatiladi, rivojlantiriladi.
Muloqot tushunchasini kommunikatsiya tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya-tirik va o’lik tabiatdagi tizimlar o’rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o’rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi, bularning barchasi kommunikatsiyaga misol bo’ladi. Muloqot faqat insonlar o’rtasida amalga oshirilishi mumkin. Muloqotning inson hayotidagi ahamiyati beqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo’lish jarayonida shaxsga aylanib boradi. Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Yangi tug’ilgan inson boshqalar bilan muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lsa, u hech qachon shaxsga aylana olmaydi, ya’ni u o’z psixik taraqqiyoti bo’yicha orqada qolib ketadi. Zero, inson psixik taraqqiyoti muloqotdan boshlanadi.
Muloqotning kommunikativ tomoni
Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o’y-xayollar, his kechinmalar bilan o’rtoqlashadilar. Bunda o’y-fikrlar, his-kechin-malarni axborot sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi sifatida talqin etish mumkin. Ammo shuni e’tiborga olish kerakki insonlararo kommunikatsiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat emas. CHunki muloqot jarayonida axborot nafaqat uzatiladi, balki shakllan-tiriladi, aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi. Demak, inson muloqotni shunchaki axborot almashinuvidan iborat jarayon deb hisoblashi mumkin emas. Zero, birinchidan muloqot jarayonida axborot bir tomondan ikkinchi tomonga shunchaki harakatlanmaydi, balki faol almashinadi (kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-biriga axborot yuborayotganda bir-birining motivlari, maqsadlari, ustanovkalari va boshqalarni tahlil qiladilar); ikkinchidan muloqot jarayonida axborot almasha turib kishilar belgilar orqali bir-biriga ta’sir etishi mumkin (insonlararo axborot almashinuvida, albatta suhbatdosh xulq-atvoriga muayyan ta’sir o’tkaziladi); uchinchidan muloqot jarayonida kommunikator (axborot yuboryotgan odam) va retsipient (axborotni qabul qilayotgan odam) bir xil kodlashtirish tizimiga ega bo’lishi kerak, to’rtinchidan muloqot jarayonida faqat insonlararo kommunikatsiyaga xos to’siqlar vujudga kelishi mumkin.
Kommunikativ jarayonda qo’llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Ular verbal kommunikatsiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog’liq bo’lmaydigan belgilar orqali) kommunikatsiyadir.

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish