Psixologiya o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni


O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi. Talaba



Download 0,97 Mb.
bet8/48
Sana01.02.2023
Hajmi0,97 Mb.
#906513
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
6ef9db3b44ff3251d68df27f840371b7 PSIXOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.





6- mavzu.
Psixologiyadan ma’ruzalar samaradorligini oshirish.
Reja:
1. Psixologiyadan ma’ruzalar samaradorligini oshirishda interfaol usul.
2. Psixologiya o’qitishda:
a) Muammoli ta’lim usulini qo’llash
b) “Guruhiy munozara” usuli.
v) “ Aqliy xujum” usuli.
Tayanch tushunchalar: Ma’ruzalar samaradorligi, interfaol usul, muammoli ta’lim, guruhiy munozara, aqliy hujum.
Zamonaviy ta’lim jarayonining vazifasi o’quvchilarga nafaqat bilim berish, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, balki o’quvchi shaxsiga kompleks yondashishdan iborat, ya’ni ta’lim berish jarayonida o’quvchi shaxsining muhim sifatlari – e’tiqodi, dunyoqarashi, ma’naviyati, ruhiy olami, ongi shakllanib, rivojlanib borishiga o’quv jarayonini takomillashtirish, intensivlashtirish, o’quvchilarning ilg’or pedagogik xususiyatlarini o’rganish, ilg’or pedagogik texnologiyalarni keng qo’llash orqaligina erishishimiz mumkin.
Hozirgi kunda faol usullar juda ko’p va ular o’z samarasini bermoqda. SHunday usullardan biri- “ Muammoli ta’lim” usulidir.
Muammoli o’qitishning an’anaviy o’qitishdan farqi shundaki, mazkur usulni muntazam qo’llash asosida o’quvchilarda aqliy qo’zg’alishlar shakllanadi.O’quvchida mavjud bo’lgan bilmlar bilan unga notanish haqiqat orasida qarama –qarshiliklar vujudga kelganda o’quv bilish muammosi paydo bo’ladi. Muammoli o’qitish- bu rivojlantiruvchi o’qitish bo’lib, o’quvchining berilgan bilmlarini o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan. Tajribalarni ko’rsatishicha, o’quvchining nimanidir tushunishga bo’lgan ehtiyoji muammoli o’qitish usuli yaqqolroq namoyon bo’ladi. O’z navbatida o’qituvchi oldida muammoli o’qitish doirasida undan qachon va qanday foydalanishni aniqlash vazifasi turadi. O’qituvchining qo’ygan muammosini o’quvchilar hal qilishda qiynalmasliklari kerak. Muammoli o’qitishni amalga oshirishda asosiy vazifa – mazmunni tahlil .qila olish, undagi muammoni aniqlay olishdan iborat. Bunday holda muammoli o’qitishdan foydalanish sistematikaga ega bo’ladi. Bu esa fikrlashni, idrokni rivojlantirishda muxim ahamiyatga ega.
Muommoli yondoshishni amalga oshirish o’z ichiga bir necha bosqichni oladi.
1-bosqich. Muammoni qabul qilishga tayyorgarlik. Bu bosqichda o’quvchilarning muammoni hal qilib olishlari uchun zaruriy bilimlarni berish faollashtiriladi, tegishli tayyorgarliksiz muammoni hal qilishga kirishishlari mumkin emas.
2-bosqich. Muammoli vaziyatni yaratish.
Bu muammoli yondashishning eng qiyin va javobgarlikni talab qilinadigan bosqich hisoblanadi. Bu bosqichning xususiyati talabalar o’zlaridagi mavjud bilimlardan foydalanib yangi bilimlar bilan boyitishga xarakat qiladilar.
3-bosqich. Muammoni tartibga solish. Bu yuzaga kelgan muammoning natijasidir. U o’quvchilarning izlanish yo’nalishini, qaysi savolga javob izlash lozimligini ko’rsatib beradi.
4-bosqich. Muammoni xal qilish jarayoni. U bir necha pog’onalardan iborat.
A. G’oyani ilgari surish.
B. Har bir rejani xal qilish uchun reja tuzish.
V. G’oyaning tasdiqlanishi va tasdiqlanmasligi.
5-bosqich. Hal qilish yo’lining to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlash.
Ko’rinib turibdiki, muammoli vaziyatni yaratish o’qituvchilardan katta mahorat talab etadi - o’quvchida dastur asosida bilim va malakalarini sinab ko’rish, muammo qo’yish,mustaqil o’qish, bilish va o’zlashtirishga imkon yaratish, muammoni jamoa bo’lib hal etishni tashkil etish, bilish va ijodiy malakalarini rivojlantirish zarur. Muammoni echish bosqich larida quydagilar amalga oshiriladi.
1. O’qituvchi o’quvchilar oldiga etarli darajada qiyin, ammo ularning kuchi etadigan muammoni qo’yadi. Har qanday o’quv materiali muammoli vaziyatga tushishga asos bo’lavermasligini nazarda tutish zarur.
2. O’quvchi mazkur masalaga doir bilimlarini qayta esga tushiradi, taxlil qiladi va javob topish uchun o’zidagi bilimlar kam ekanligini anglaydi, malumotga ega bo’lish uchun faol ravishda izlanadi.
3. Muammo bahs – munozara orqali hal etilishi mumkin. Har bir o’quvchi yangi o’zlashtirgan bilimi bilan bahs – munozaraga kirishadi.
4. Muammo yagona xulosaga kelish bilan yakunlanmasligi mumkin, yakuniy va to’g’ri xulosaga kelish o’qituvchining maxoratiga bog’liq
Qo’llanillayotgan ilg’or usullar o’quvchining mustaqil va erkin fikrlashga, faollikka, o’z nuqtai iazarini tahlil qilishga imkon yaratib, ulardagi tashabbuskorlik, muloqotdagi bilimdonlik hamda o’z aqliy imkoniyatlaridan to’liqroq foydalanish imkoniyatini beradi. Ulardan maqsadli va samarali foydalanish har bir o’qituvchining mahorati , izlanishi va tashabbuskorligiga bog’liq.
GURUHIY MUNOZARA”



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish