Psixologiya o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni


Psixologiyadan o’tkaziladigan ma’ruzalarga qo’yiladigan talablar



Download 0,97 Mb.
bet5/48
Sana01.02.2023
Hajmi0,97 Mb.
#906513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
6ef9db3b44ff3251d68df27f840371b7 PSIXOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN

Psixologiyadan o’tkaziladigan ma’ruzalarga qo’yiladigan talablar.

Maqsad va vazifa

Psixologiyadan o’tkaziladigan ma’ruzalarga qo’yiladigan talablar. o’quv dasturlari, ma’ruza matni, tili, ilmiylik, ko’rgazmalilik haqida nazariy bilim berish

O’quv jarayonini mazmuni

Talabalarga yangi bilim berish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari

Shakl: Ma’ruza, katta guruhlarda 80 min.
Metod:”Muammoli vaziyat”, “Klaster”.
Vosita: Ko’gazmali material, video proektor
Usul: Og’zaki ko’rgazmali.
Nazorat: Nazorat savollari
Baholash: Rag’batlantirish, reyting tizimida

Kutiladigan natija

O’qituvchi:Talabalada_mavzu_mohiyati_va_uning_pedagogik_faoliyatdagi_ahamiyati'>O’qituvchi:Talabalada mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida nazariy bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish
Talaba: Mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida tassavurga ega bo’lish.

Kelgusi rejalar
(taxlil o’zgarishlar)

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.



4.Mavzu: Psixologiyadan o’tkaziladigan ma’ruzalarga qo’yiladigan talablar
Reja:

  1. O’quv dasturlari.

  2. Ma’ruza matni, ma’ruza tili.

  3. Ilmiylik, ko’rgazmalilik.

Tayanch tushunchalar:o’quv dasturlari,ma’ruza matni, ma’ruza tili,ilmiylik,ko’rgazmalilik.
Psixologiyadan tashkil etiladigan ma’ruzalar O’zbekiston Respublikasi davlat standarti talablari asosida tayanch oliy o’quv yurti tomonidan ishlab chiqilgan Namunaviy dastur asosida tuziladi. Psixologiyadan namunaviy dasturlar 2003 yilda tuzilgan oliy ta’lim 5140800-Pedagogika va psixologiya yuo’nalishi zaruriy mazmuni va bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar asosida kafedraning etakchi o’qituvchilari tomonidan tayyorlanadi hamda kafedraning umumiy yig’ilishida ko’rib chiqiladi.
Psixologiyadan tuziladigan ma’ruzalar matni reja asosida ilmiylik xamda ko’rgazmalikka rioya qilingan holda adabiy tilda bayon etiladi. Mavzuni bayon etishda izchillikka rioya etish, xar bir muammoni xal etilgandan so’ng xulosa chiqarishga erishish zarur. Ma’ruza matnini tuzishda quyidagilarga rioya etish talab etiladi.
- Bayon etiladigan axborotning yuksak ilmiy saviyaga ega bo’lishi
-ilgari surilayotgan g’oyalar, fikrlarning etarlicha isbotlagan va dalillangan bo’lishi;

  • ishonarli dalillar, misollar, matnlar va hujjatlarning etarli miqdorda bo’lishi.

  • fikrlarning aniq bayon etilishi va tinglovchilar tafakkurinig faollashtirilishi.

  • muxokama qilinuvchi muammolar xaqidagi nuqtai nazarlarning taxlil qilinishi.

  • asosiy g’oyalar va fikrlarning aniqlanishi, xulosalarning shakllantirilishi.

  • talabalarga tinglash, fikrlash va axborotni qisqacha yozish borish imkoniyatining yaratilishi.

  • auditoriya bilan pedagogik aloqa o’rnatilishi, didaktiv materiallar va texnik vositalarning qo’llanilishi.

  • matnning asosiy materiallari, konsrekti, chizmalari, grafiklari, jadvallaridan foydalanishi.

Inson tomonidan borliqni bilishning turli yo’llari, vositalari mavjud bo’lishiga qaramasdan, bu o’rinda ko’rgazmalilik, yaqqol alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tevarak- atrofni, umuman olganda borliqni bilish insonlar to’g’risida muayyan ma’lumotlarni egallash va tasavvurlarni hosil qilish dastavval yaqqol ko’zga tashlanadigan, tashqi ko’rinishi bilan o’ziga tortuvchi jozibador, maftunkor ko’rgazmali hissiy yo’l bilan aks etuvchi narsalar, obrazlar yoki timsoliy tuzilishga ega bo’lgan jismlarni in’ikos ettirishdan boshlanadi, hissiy obrazlarni idrok qilish ulardagi yangiliklarni yangi ko’rinishi: alomati rang-barangligi singari unsurlarga ahamiyat berishda namoyon bo’ladi. Tuzilishi jihatidan murakkab, mazmun va mohiyatan mavhum bilimlarni ilmiy tushunchalar va atamalar ma’nosini engilroq tarzda tushunish maqsadida odamlar ularni o’zlashtirish uchun yaqqollashtirish uslubini tatbiq etishga odatlanganlar. Ushbu ijtimoiy voqelik (realiya) hodisa bir tomondan ularni tasavvur qilish yoki anglashni tezlashtiradi, ikkinchi tomondan esa aqliy zo’r berishlikni shaxsiy faollik darajasini susaytiradi. O’z o’zi ayonki, bilishda bunday ruhiy jarayonni shaxs tomonidan uzluksiz takrorlayverishi salbiy oqibatlarga olib kelishi xuddi shu boisdan ilmiy mavhum bilimlar bilan yaqqol hissiy obrazli narsalar, hodisa yoki holatlarni idrok qilish o’rtasida doimo nisbiy mutanosiblik bo’lishidan tashqari, birining ikkinchisi ustidan (yaqqollik bilan mavhumlik nazarda tutiladi) ustuvorligi ortib ketishiga ham ahamiyat berish maqsadga muvofiq. Avvalo mavhum bilimlar o’zining murakkabligi bilan talabani tezroq toliqtirsa, bundan farqli o’laroq yaqqol hodisalar tashqi alomati mujassam ob’ektlar aqliy sustkashlikni kuchaytiradi. SHuning uchun bu voqelikka oqilona odilona va omilkorlik bilan yondashish tufayli faqat zaruriyat tug’ilgan taqdirdagina ularning bittasiga muvaqqat davr oralig’ida kuchliroq e’tibor berilsagina fanlarni o’qitishni takomillashtirishga xizmat qiladi, xolos. Aksariyat hollarda o’qitishning u yoki bu bosqichida (o’rta va oliy ta’lim tizimi nazarda tutiladi) har ikkala ijtimoiy psixologik hodisadan unumli foydalanish, ularga birlamchi yoki ikkilamchi darajali narsa sifatida qaramaslik-ta’lim jarayonining sifatini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.


Borliqni in’ikos etishda mavhumlik bilan yaqqollik o’rtasida o’zaro izchil uyg’unlikni yo’lga qo’yish, o’z navbatida psixologiya tarmoqlarini o’qitishni zamonaviy tashkil qilishni ta’minlaydi, chunki bu voqelik ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mezoni ekanligi sababli chin haqiqatning ifodasidir.
Hozirgi zamon psixologiya fani sohalari bo’yicha materiallarni umumlashtirishning ko’rsatishicha, psixologiya o’qitish uslubiyati nuqtai nazaridan ta’limda ko’rgazmalilik bir nechta ko’rinishga ajratiladi. Bunda jinsiy diformizmga (erkak va ayolga mansublik xislatiga) va shaxslarga gender (jinsning genezis asoslariga binoan yondashishga) munosabatga alohida ahamiyat berish o’qitish samaradorligini oshirishga puxta zamin hozirlaydi.
SHuning uchun oliy maktabdagi ko’p yillik o’qituvchilik tajribasiga asoslangan holda o’quv materiallarini o’zlashtirish jarayonida ularni bevosita idrok etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammoga genetik jihatdan yondashsak, mavhum tushunchalarga nisbatan yaqqollashtirilgan materiallar osonroq idrok qilinadi. Dastavval ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning ko’rsatishicha, kishilik dunyosida bilish jarayoni tevarak-atrofni amaliy jihatdan inson tomonidan o’rganish tariqasida namoyon bo’lganligi tufayli o’zining qadr-qiymatini saqlab kelmoqda.
Ta’lim jarayonida yaqqol tasavvurlik, tasviriy ko’rgazmalilik, “Jonli mushohada”lik materiallarining o’rni nihoyatda muhimdir. Ma’lumki, o’zlashtirilgan o’quv materiallarining aksariyat qismi hissiy tana a’zolarimiz (organizm) tomonidan aks ettiriladi. SHuning uchun talabalar bilimlarni turli vositalar, usullar yordami bilan egallash paytida yaqqol narsalar, obrazlar, hodisalar, holatlar va jismlarni yoki ularning ramziy tasvirini kuzatish natijasida yaqqol tasavvur obrazlarini yaratdilar. Psixologik nuqtai nazaridan ko’rgazmalilik tabiiy-jismli (predmetli), tasviriy va jonli nutq yoki “jonli mushohada” turlariga ajratiladi.
Psixologiya fanini o’qitishda yangi mavzular auditoriyada qisqa muddatli tajriba o’tkazish yoki ba’zi ob’ektlarga sayohat (ekskursiya) uyushtirish bilan bog’liq ravishda olib borilsa, u holda ko’rgazmalilikning yaqqol tabiiy ko’rinishiga asoslanilgan bo’linadi. Mazkur holat psixologik o’quv materiallarini talaba tomonidan puxta va tez o’zlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari, tajriba maydonlarida, o’quv laboratoriyalarida, jonli burchaklarda (zoopsixologiya kursi bo’yicha) o’tkaziladigan mashg’ulotlar ham shularning jumlasiga kiradi.
Tasviriy ko’rgazmalilik rasmlar, mulyajlar, kinokartinalar, chizmalar, jadvallar, sxemalar, grafiklar, diagrammalar, kartinalar, texnika vositalari, kompyuter imkoniyatlari va boshqalar ramziy belgi (alomat, tasvir) turli apparatlar orqali namoyon qilinadi.
Jonli nutq ko’rgazmaliligida o’qituvchi talabalarda yaqqol tasvirlar va obrazlarni uyg’otadigan yorqin, jonli iboralardan foydalanadi. Jonli nutq ko’rgazmalilik sifatida qadim zamonlar qo’llanib kelinayotganligi hammaga ayon. O’qituvchining auditoriyada o’zining fan sohalariga taalluqli bilimlarini talabalarning ongiga singdirishda asosiy ta’lim vositasi sifatida jonli nutqdan foydalanish an’anaviy tus olgan. Nutqning o’ziga xos xususiyatlari, mexanizmlari, artikulyatsion apparatlari, namoyon bo’lishining o’ziga xosligi, youning tempi (sur’ati), tembri, chastotasi, ovoz toni kabi jabhalari uni qabul qilishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshishni ta’minlaydi. Nutqda bevosita ishtirok etuvchi, noverbal tomonini mujassamlashtiruvchi paralingvistik, ekstralingvistik, proksemik ko’rinishda aks etadi.
1. Paralingvistika o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: tovush yoki ovozning shiraliligi, uning diapazoni (ko’lami) va balandligi, insonning bir-biriga yuzma-yuz tikilishi kabilar.
2. Ekstralingvistika: nutq tempi (sur’ati), tembri, chastotasi, ritmikasi, imo-ishora, mimika, pantomimika.
3. Proksemika: ko’z bilan aloqa o’rnatish, fazo va vaqt mujassamlashuvi, tana a’zolarining harakatlari, ko’zning rang-barang harakatlari va hokazo.
Nutqning noverbal ko’rinishlarida o’qituvchining foydalanishi bir davrning o’zida muayyan izchillik kasb etib, muallim bilan talabalar hamkorlik faoliyatini mahsuldor tarzda amalga oshirilishiga safarbar qilinadi.
Oliy ta’lim jarayonida jonli nutqning ko’rgazmalilik tarzda aks ettirilganda quyidagi materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq:
sessiya talaba uchun tog’dek og’ir yuk;
xabardan talabaning qalbi yorishib, vujudida chiroq yoqqanday kechinma paydo bo’ldi;
milliy xususiyatdan biri-bag’rikenglikdir;
aqlning qudrati-jahonni titratadi;
aql bilan jahonni zabt etish, so’z sehri bilan dushmanni mag’lub qilish mumkin.
Zamonaviy ta’limotga binoan aqliy taraqqiyot ta’limni o’z ketidan etaklaydi (oliy ta’lim nazarda tutiladi),
Komillik – jismoniy kuch-qudrat, ma’naviy mukammallik, aqliy imkoniyatning yuksak bosqichi, omilkor sa’i-harakatlar sarasining mujassamlashuvidir,
Uni ko’rganida “rang ko’r, hol so’r” deganlariday asta g’azab otidan tushdi, aytmoqchi bo’lgan so’zlarini ichiga yutdi, ovozida mayinlik, mehribonlik, o’ta shiralilik jilolandi va hokazo.
SHuni ta’kidlash joizki, o’qituvchining jonli nutqi shunday ko’rgazmalilikni o’zida mujassamlashtiradiki, qachonki ovozning shiraliligi, uning diapazoni (ko’lami) va balandligi (avji) teran tarzda talabalar idrok maydonida o’ziga xos ta’sirchan ob’ekt, hissiy shijoat sifatida gavdalanish imkoniyatiga ega bo’lsa. Bu psixologik voqelik o’qituvchi bilan talabalar hamkorligini barqarorlashtirishga xizmat qilsa, shuningdek, hamkorlik faoliyati mahsuli oshishiga zamin hozirlaydi,u holda o’zaro ta’sir jarayoni uzluksizlikka aylanadi.
Modomiki shunday ekan, ta’sir o’tkazuvchanlik (interaktsiya) ijobiy his-tuyg’ular uyg’otishi, o’quv materiallarini o’zlashtirish jarayoni engil ko’chishini ta’minlanishi natijasida ham miqdor, ham sifat ko’rsatkichi o’z o’zi ortadi. O’qituvchi bilan talabalarning chehralari o’zaro ro’paro’ kelsa, o’zaro yuzlashsa va bu hodisa qadriyat vazifasini bajarsa, hamkorlikni faollashtirishga turtki (motiv, motivatsiya) bo’lsa, u holda ta’limiy ma’lumotlarni qabul qilish oson kechishi kutiladi. O’qituvchining yuz xarakatlari, rangining o’zgarishi, qoshlari chimirilishi, ko’zining katta ochilishi yoki olayishi kabi psixologik holatlar, hodisalar ro’y berishi talaba uchun noverbal nutq sifatida ta’sir etadi hamda o’z navbatida yaqqol ko’rgazmalilik rolini o’ynaydi. Ma’lumki, bunday voqeliklar kundalik amaliyotimizda tez-tez sodir bo’lib turadi.
Psixologiyaning muayyan sohalarini o’qitishda imo-ishora, mimika, pantomimika singari tashqi ifodali tabiiy ko’rgazmalilikni qo’llashi ijobiy natijalarning berishi mumkin va bunda o’qituvchidan artistlik qobiliyati talab qilinadi. Mazkur jarayonda har bir xatti-harakat, yuz va ko’z harakatlari maqsadga yo’naltirilgan tarzda ifodalanishi zarur. Imkoniyat yoki vaziyatdan kelib chiqqan holda bunday voqelikni odatiy narsaga aylantirib qo’ymaslik lozim, aks holda uning ahamiyati qadrsizlanishi shak-shubhasiz.
Psixologiya faninig sohalarini o’qitishda asosiy kategoriyalar, bo’lim va boblarning boshlari sxemalar, diagrammalar, chiziqli ifodalar ko’rinishda talabalar hukmiga havola qilinishi mavzulararo uzviylikni ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan; shaxsning tuzilishi, tafakkur turlari, qaror qabul qilish sxemalari nafosat didiga asoslangan holda chizilgan hamda bezatilgan bo’lsa, ularni idrok qilishga ishtiyoq, mayl, intilish, qiziqish vujudga keladi. Lekin ko’rgazmalilik mohiyati va maqsadini o’ta suiste’mol qilish ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu asnoda ko’rgazmalilik uchun material tanlash ham alohida ahamiyatga ega, chunki har bir tasvir, shartli ifoda, model o’zining betakrorligi bilan ajralib turishi lozim. Ob’ektlarni takroriy ko’rsatish ularning qiymatini pasaytirishga olib keladi, talabalarda esa ehtiyoj, motiv va motivatsiya vujudga keltirishga to’sqinlik qiladi. Xuddi shu bois ko’rgazmalilik qachon va qaysi davrda, qay shakl hamda qay yo’sinda tinglovchilar hukmiga havola qilinishi uslubiy jihatdan puxta o’ylangan bo’lishi shart.
Mashg’ulotlar davomida o’qituvchi tomonidan fazoviy va vaqt o’lchovlarining havoda chizib ko’rsatishi, iliq chehraning namoyon etishi, ovozning ko’tarilishi va pasayishi, mantiqiy urg’ular, to’xtalishlar (pauza), doskadan tartibli ravishda foydalanish ham ko’rgazmalilik tarkibiga kiradi. Kitoblardan parchalar o’qish, yoddan sanalar keltirish, test, diagramma. piktogramma mohiyatini tushuntirish, hissiy kechinmalarni har xil shaklda namoyish etish o’qitishda faollikni vujudga keltiradi va o’qituvchi bilan talabalar hamkorligini shakllantiradi.
Psixologiya o’qitish jarayonida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish (masalan, mustaqil fikrlashning asosiy omillariga tavsif bera olasizmi?) mumkin. Ushbu vaziyatni yaqqollashtirish uchun “Fikrlovchi insonning psixologik portretini hamda jismoniy tuzilishini ko’z o’ngingizga keltiring, uni tasavvur qiling” degan yo’llanma berishning o’zi kifoya. Murakkab topishmoq shaklidagi testlarni talabalar ixtiyoriga yo’naltirish ham yaqqollikni yuzaga keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi, jumladan, vaziyat mana bunday ko’rinishga ega: Skameykada bir yigit bilan bir qiz hordiq chiqarib o’tirgan ekan, yo’lovchi qizdan bu kim deb savol bilan murojaat qilganida, u shunday javob qaytaribdi: “Bu yigitning onasi mening onamning qaynonasi”. Muammo o’z echimini kutadi, qiz kim bilan o’tirgan ekan?
Xullas, psixologiya o’qitishda har xil xususiyatli ko’rgazmaliliklardan foydalanish talabalar faolligini jonlantiradi, oldingi bilimlarni esga tushiradi, borliq to’g’risidagi tasavvurlarini qayta esga kelishiga imkon yaratadi. Lekin har bir narsaning me’yori mavjud bo’lgani singari ko’rgazmalilik ham an’anaviy, odatiy holat yoki voqelikka aylanib qolmasligi darkor, aks holda mavhum tushunchalarni o’zlashtirishda muayyan qiyinchiliklar tug’ilishiga olib kelishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi o’zining faoliyat rejasida ma’lum belgilar va chizg’ilarni aks ettirishi oliy maktab ta’lim tizimini takomillashtirish yo’lida xizmat qilishiga hech shubha yo’q.
Hozirgi davrda psixologiya fani keskin o’zgarishlarni boshidan kechirayotir. Unda ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ularning o’zaro uyg’unligi, mohiyati va talqin etilishi jihatidan qayta qurishlar, har qaysi narsa va insonga (jonli va jonsiz tabiatga) insonparvarlik psixologiyasi qonuniyatlari hamda printsiplari asosida yondashishni tatbiq qilish namoyon bo’lmoqda. Narsa va hodisalarga, hayvonot va insoniyatga nisbatan yangicha yondashish, ularning shaxs tomonidan aks ettirilishini faqat onglilik holatidan kelib chiqqan holda ta’riflash bilan cheklanib qolmasdan, balki odamning ongsizlik va ongostlilik (g’ayri ixtiyoriylik) holatlari bu borada muayyan ahamiyat kasb etishini tushuntirish, unda bir holatdan ikkinchisiga uzluksiz o’tib turish tabiiy ravishda ro’y berishini ta’kidlash o’rinlidir. CHunki shu davrgacha psixologiya fanida etakchi printsip sifatida "ong va faoliyat birligi" hisoblanib kelindi, binobarin, psixikaning har qaysi ko’rinishi, bosqichi, xususiyati, darajasi, xossasi, o’zaro ta’sirlanishi, bir—birini taqozo etuvchanligi faoliyat nuqtai nazaridan baholanishi an’anaga aylandi. Natijada onglilikdan chetlanish holatining inson hayoti uchun ahamiyati tadqiqotchining diqqat markazidan, izlanish mavzusidan ancha uzoqlashdi. Buning oqibatida shaxsning ongosti, ongsizlik holatlari, bularga uning moslashishi, intilishi, bilish sababi va mayli, ruhiy tayyorligi, ixtiyorsizligi, muvofiqlashuvi, to’siqlar va qarama—qarshiliklarga nisbatan ichki kurashi, shuningdek, uning mexanizmlari kabi muammolar echimi uchun qay darajada ahamiyatli ekanligiga oqilona baho berilmadi. Aks ettirishning moddiy asoslariga suyangan holda tushuntirish, talqin qilish nazariyalari ilmiylik jihatdan qo’pol nuqsonlarga ega bo’lmasa—da, lekin psixikaning o’ziga xosligi, muomala xususiyatlari va ixtiyorsizlikni ta’riflashdagi cheklanganligi, bir tomonlamaligi natijasida ularning ko’p jihatlarini tushuntirish imkoniyati mumkin qadar pasaydi.
Bizningcha, “odam” tushunchasi ilmiy adabiyotlardagi “individ”, ya’ni ongli mavjudodga xoslik belgisini bildiruvchi atamaning mohiyatiga mos, mutanosib bo’lsa kerak. CHunki odam zotining boshlanishi, hayvonot dunyosidan farqli jihatlarini e’tirof etish maqsadida qo’llanilgan tushuncha bo’lganligi haqiqatga yaqinroqdir, xuddi shunga o’xshash qiyoslash “individ”ga ham taalluqli ekanligi psixologik va falsafiy manbalarda juda ko’p marta ta’kidlanadi. Ayniqsa, bu narsa sobiq sho’ro psixologiyasining metodologiyasida mustahkam va nufuzli o’rin egallagan bo’lib, dialektik materializm nazariyasining asosiy g’oyalarini aks ettirgan.
Odamzotga xos xususiyat, xislat, fazilat, xulq— atvor malakalarini egallay borish jarayonida insoniylik alomatlari shaqllanadi. Bu davr odam — insoniylik — shaxs sxemasi tarzida ifodalanishi mumkin, chunki “shaxs” tushunchasi (arab tilida ham shunday ma’no kasb etadi) muayyan kamolot (aqliy, axloqiy, siyosiy, etuklik) bosqichlarini anglatadi, taraqqiyotga erishganlikni bildiradi. SHuning uchun “shaxs” tushunchasining evropacha talqini ma’naviyatimizga befarqlik, ojizlik nishonasi bo’lib, qo’pol ilmiy xato deb baholanishi kerak, chunki ushbu tushuncha tilimiz, madaniyatimiz va fanimizga ilmiy psixologiya fani paydo bo’lishidan bir necha asrlar ilgari kirib kelgan, chuqur o’zlashtirilib, mahalliylashtirilgan. Mazkur ijtimoiy holat Markaziy Osiyoning ilm—ma’rifat o’chog’i bo’lganligini tan olgan holda psixologik atamalarni tushuntirish, psixologiya bilimlari talqinidagi chalkashliklarning barham topishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, shaxsning shakllanishi mavhum holat tariqasida yoritiladi, vaholanki “o’sish” (jismoniy), “rivojlanish” (psixologik), “kamolot” (shaxslilik, ijtimoiylik), “taraqqiyot” (imkoniyatning ushalishi) tushunchalari ontogenezning muayyan, aniq bosqichlaridan iborat ekanligini ko’rsatuvchi mezonlar vazifasini o’taydi. YAkka shaxs — individuallik tabiatning donoligi bilan alohida olingan insonga xos jamiki narsalarning psixologik holatlar, jarayonlar, xususiyatlar, tabiiy mayllar, xulq kabilarning o’ziga xos tarzda, sur’atda, ohangda, maromda namoyon bo’lishi, kechishi, takomillashuvi, rivojlanishi singarilarning vaqt, fazo, harakat o’lchamlari bilan qat’iy belgilanganligini bildiradi va turmushda qo’llanib kelinayotgan qismat, taqdir tushunchalariga o’xshab ketadi. Lekin keyingi ikki tushuncha ramziy, mavhum ma’no anglatib, shaxsning imkoniyatlarini ilohiyat bilan bog’lab tushuntiradi, ularning to’siqlar, imkoniyatlar, hislar, kechinmalar oldini olish, o’zgartirish mumkinligini tub ma’noda inkor qiladi. YAkka shaxs milliy, etnopsixologik xususiyatlarni o’zida aks ettirgan holda umumbashariy, umuminsoniy qonuniyatlarga bo’ysunadi (xususiylik bilan umumiylik o’rin almashtirib turadi, shu boisdan birining ma’nosi ikkinchisiga mos tushishi mumkin), favqulodda holatlar uning qaysi birinidir ustunligini ta’minlaydi, natijada yo milliylik yoki baynalmilallik tuyg’ulari etakchilik qiladi.
Sobiq sho’ro psixologiyasida shaxsning shakllanishi “men” bilan “biz” munosabatlarida hukm suruvchi, xususiylik bilan umumiylik o’rtasidagi qarama —qarshiliklar negiziga qurilgan, demak, uning tarkib topishi o’ziga qarshi o’zining kurashi qabilida kechadi, chunki mafkuralashtirilgan insonga munosabat robotga nisbatan qilinadigan muloqot darajasiga tenglashtirilgan bo’lib, unda har tomonlama uyg’un rivojlanish imkoniyatlari mavjud degan aqidaga asoslanar edi. Insonning sub’ekt sifatida ana shu narsalarga nisbatan xohishi, mayli, intilishi mavjudmi yoki yuqmi — bu narsa inobatga olinmas, uning erki, huquqi bilan hech kim hisoblashmas edi. Bugun esa sub’ektga sub’ekt tariqasida munosabatda bo’lishning mavrudi etib keldi, shuning uchun shaxsning maqomi va ahamiyati oqilona baholanishi lozim, busiz demokratik, erkin fikr yuritish hukmronlik qiluvchi huquqiy jamiyat qurish mumkin emas. SHaxsda o’zini o’zi anglashning takomillashuvi uchun keng ko’lamdagi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, moddiy, ma’naviy, tibbiy, psixologik, pedagogik shart — sharoitlarni vujudga keltirish maqsadga muvofiqdir.
O’quv qo’llanmasi sifatida foydalanilayotgan adabiyotlarda berilgan aksariyat ta’riflar ma’naviy jihatdan eskirgan, ularda bugungi kundagi fan yutuqlari hisobga olinmagan yoki ularga kiritilmagan, shu boisdan ilmiy — psixologik kategoriyalarning mohiyati va tarkibiy qismlari tuzilishi, bajarishi mumkin bo’lgan vazifalari aks ettirilmagan. Misol uchun “Narsalar yoki hodisalarni sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilish jarayonida kishi ongida aks ettirishga idrok deb ataladi”, degan ta’rifni tahlil qilaylik. Bu ta’rifda idrokning na predmetligi, na yaxlitligi, na strukturaviyligi, na analitik — sintetiklik xususiyatlari mujassamlashtirilgan, shuningdek, uning pertseptsiya, appertseptsiya, antitsipatsiya bosqichlari, bilvositaligi, fazo, vaqt va harakatni in’ikos qilish imkoniyati, shunindek, fenomenlari (attraktsiya, subtseptiv kabilar) ta’kidlanmagan. SHunga o’xshash ta’riflar barcha psixik hodisalar, holatlar, funktsiyalar, individual—tipologik xususiyatlar, xarakter xislatlariga nisbatan berilgan tavsiflarda ham ro’y—rost ko’zga tashlanadi.
Psixologik bilimlarni o’zlashtirish, ulardan amaliyotda foydalanish uchun fanning barcha sohalari bo’yicha ma’lumotga ega bo’lish lozim. Psixologiya o’qitishni qulaylashtirish faqat metodologik muammolar echimini qidirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki ta’lim berish, o’zlashtirish, xabarlarni qabul qilishning yangi shakllari, vositalari va variantlarini yaratishni ham qamrab oladi. Ayniqsa, bugungi kunda iqtidorli bolalar, aqliy salohiyati yuksak o’quvchilar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. SHuning uchun iqtidorlilik bilan intellekt ko’rsatkichi o’rtasidagi uzviy bog’lanishlar va farqlar aniqroq tahlil qilinsa, amaliyotda uchrayotgan nuqsonlar, qusurlar miqdori biroz kamaygan bo’lar edi.
Hozirgi davrda psixologiya sohalarining kengayishi, bu fan berayotgan bilimlardan ijtimoiy turmushda, ishlab chiqarishda, tibbiyotda, ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanish ehtiyojining ortishi fanimizning mavqei, nufuzi yanada oshayotganligidan dalolat beradi. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida psixologiya kursi o’qitilishining yo’lga qo’yilishi uning tatbiqiy jihatlarini kengaytirishni taqozo qilmoqda. Ayniqsa, universitetlar va pedagogika institutlari fakultetlarida, innovatsion kollejlarda kasbiy xislatlarni shaqllantirish ahamiyatiga molik o’quv predmeti sifatida psixologiya kursi alohida nufuzga ega bo’lib, bo’lg’usi o’qituvchilarning kasbiy qobiliyatlari va mahoratini tarkib toptirishda hal qiluvchi rol o’ynamokda. SHuning uchun psixologiya kurslarini yuqori saviyada, faol, yangi, samarador metodlar yordamida o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki o’qitish samaradorligini oshirmasdan turib, bilimlar sifati to’g’risida fikr yuritish mumkin emas. YUqori malakali o’qituvchi mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish uchun psixologiya o’qitishni takomillashtirish, talabalarda predmetga nisbatan qiziqish uyg’otish zarur.
YUqorida bildirilgan mulohazalar psixologiya o’qitishni takomillashtirishning bitta yo’li hisoblanadi. Uning ikkinchi yo’li — malaka oshirish fakultetlari, institutlari va kurslarida psixologiya kursini yuksak saviyada olib borishda, o’qituvchilarning mustaqil bilim olish ko’nikmalarini barqarorlashtirish, psixologik bilimlar darajasini tekshirish maqsadida ularni attestatsiyadan o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Psixologiya kurslarini yuqori saviyada olib borishda psixolog kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish, mutaxassislikka oid kasbiy malakalarni puxta shakllantirish yo’llari va vositalarini ishlab chiqish, praktikumlar, amaliy mashg’ulotlar, maxsus seminarlar, umumiy diagnostika, psixokorretsiya, psixologik maslahatlar berish sohasidagi faoliyatni qayta qurish, bayoniy o’qitishdan hamkorlik, muammoli, mustaqil ta’lim shakllariga o’tish, buning uchun reyting, trening tizimlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, ko’p bosqichli psixolog mutaxassislar tayyorlash tizimini amalga oshirish standartini amaliyotga tatbiq qilish zarur. CHunki psixologiya fanlari bakalavriaturasi, magistraturasi, aspiranturasi, doktoranturasi muammolarini ijobiy hal kilmay turib, yuqori malakali kadrlar etishtirish to’g’risida so’z yuritish mumkin emas. Buning uchun yagona printsipga bo’ysungan kadrlar tayyorlash tizimidan kelib chiqib o’quv rejasini, dasturlarini yangidan yaratish, ularni butungi kun talabiga binoan tuzish lozim.
YUqorida bayon qilingan fikrlar asosida oliy maktablarning psixologiya kafedralarida, o’rta maxsus kollejlarning fan kabinetlarida psixolog mutaxassislar ta’lim— tarbiya ishlarida qatnashishi, psixologiya kurslaridan saboq berishi, shaxsni shaqllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Psixologiya o’qitishni qulaylashtirish va takomillashtirishning yana bir muhim yo’li — o’qituvchilarga va talabalarga mo’ljallangan o’quv qo’llanmalari, darsliklar, uslubiy ko’rsatmalar, tavsiyalar, ishlanmalar ishlab chiqishdir. Mazkur muammo echimining navbatdagi yo’li — har bir psixolog o’qituvchini attestatsiyadan o’tkazish, shartnoma asosida ishlash mezoniga rioya qilishdan iboratdir. Bu muammo rivojlangan mamlakatlarda allaqachon o’z echimini topgandir

“TAFAKKUR” MAVZUSINI TUSHUNTIRISH METODIKASI


Bizningcha, tafakkurga quyidagicha ta’rif berish mumkin: “Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikka nutq yordami bilan bevosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat (prognoz) qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir”. Ta’rifda uning eng muhim xususiyatlari, funktsiyalari sanab o’tilgan, ya’ni so’z (tushuncha fikr, verbal mohiyati) bilan, umumlashtirib bavosita, ijtimoiy sababiylik, yangilik ochish (kashfiyot qilish), bashorat (prognoz diagnoz), jarayon, faoliyat, fenomen va boshqalar. Ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkurning tadqiqot mohiyatini aniqlashga harakat qilinsa, bu yo’sinda maqsadga muvofiq ish amalga oshirilgan bo’lar edi. Tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakkab bilish (kognitiv) jarayoni ekanligini yana bir karra tasdiqlab turibdi. Quyidagi tafakkur tuzilmasining hozirgi zamon ko’rinishini hukmingizgi havola qilamiz.


1.Tafakkur operatsiyalari:



  1. analiz va sintez (nazariy va amaliy);

  2. taqqoslash (nazariy va amaliy);

  3. mavhumlashtirish –abstraktsiyalash (ta’kidlovchi, ayiruvchi, cheklovchi);

  4. umumlashtirish (mazmuniga ko’ra: elementar, empirik, tushunchali, nazariy; fikrning yo’nalishiga binoan: xususiydan umumiyga, umumiydan xususiyga va o’sha umumiydan yanada umumiyga, kamroq umumiydan yanada umumiyga, yagona umumiy holatdan yanada umumiyroqqa);

  5. konkretlashtirish (yaqqollashtirish);

  6. klassifikatsiyalash (tasniflash: tabiiy va sun’iy);

  7. sistemalashtirish (tizimlashtirish fazoviy, xronologik, mantiqiy).

II. Tafakkur turlari:


shakligi ko’ra : ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli so’z-mantiq (verbal);
topshiriq (muammo) xususiyatiga binoan:amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, izohli;
fikr yoyiqligiga qarab: konkret, abstrakt, realistik, autistik, avtoritar, intuitiv, diskusiv, dialektik
fikrning yo’nalishiga binoan: konvergent, divergent;
originallik darajasiga ko’ra: reproduktiv, produktiv, ijodiy (kreaktiv), vizual, fazoviy, tanqidiy.

III. Tafakkur sifatlari:



  1. mustaqilligi;

  2. tanqidiyligi;

  3. chuqurligi;

  4. kengligi ( ko’lami, diapazoni );

  5. pishiqligi;

  6. sertashabbusligi;

  7. tezligi(sur’ati);

  8. mahsuldorligi;

  9. samaradorligi;

  10. ixchamligi

  11. egiluvchanligi.

IV Tafakkur shakllari:



  1. hukm: yakka, umumiy, xususiy, juz’iy, shartli, taxminiy, tasdiqlovchi, zid, qarama-qarshi, inkor;

  2. tushuncha: konkret, abstrakt, yakka, umumiy, xususiy, to’planma;

  3. xulosa chiqarish: induktiv, deduktiv, anologiya.

A. Tafakkur jarayoni muammoli vaziyatdan boshlanadi (S.L.Rubinshteyn). Muammoli vaziyat tuzilishi: Muammoli vaziyatgacha, muammoli vaziyat, vaziyatdan keyingi vaziyat (E.G’.G’oziev)
Tafakkur-muammo-masala.

B Ta’lim taraqqiyotni o’z ketidan etaklaydi (L.S.Vigotskiy); taraqqiyot ta’limni o’z ketidan etaklaydi (E.G’.G’oziev).


Tafakkurni tadqiq etish metodlari: kuzatish, suhbat, faoliyat mahsulotini tahlil qilish, test, eksperiment.


Tafakkurning boshqa sohalar va jarayonlar bilan aloqasi:

  1. tafakkur va mantiq;

  2. tafakkur va boshqa bilish (kognitiv) jarayonlari;

  3. tafakkur va emotsiya

  4. tafakkur va muammoli vaziyat;

  5. algoritim va muammoli vaziyat

  6. ta’lim va taraqqiyot;

  7. tafakkur va innovatsiya;

  8. tafakkur va intellektual testlar;

  9. tafakkur nazariyalari:

a) assotsiativ psixologiya maktabi;
b) Vyurtsburg psixologiya maktabi;
v) geshtaltpsixologiya;
g) bixeviorizm (neobixeviorizm);
d) intellekt nazariyasi (J.Piaje).
10) Inson tafakkurining ontogenezda rivojlanishi (maktabgacha yoshdagi bolalar, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar, o’smirlar, o’spirinlar, etuklik va gerontopsixologik davrlari kabilar.).

2.6.“IRODA” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI


Ijtimoiy-ruhiy ehtiyojga asoslangan holda mamlakatimiz yoshlarini komil inson qilib kamol toptirish uchun ularni o’zini o’zi uddalashga o’rgatishdan ish boshlamoq zarur. O’quvchining o’z faoliyatini va xulq-atvorini shaxsiy xohish irodasiga bo’ysundirishni ro’yobga chiqarish mustaqil fikrlashni barqarorlashtiradi, ko’zlangan maqsadni amalga oshirishga puxta zamin hozirlaydi, har xil xususiyatli qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-toqat tuyg’ularini namoyish etishga chorlaydi. Buning natijasida mustahkam irodali, printsipal, qat’iyatli, uzoqni ko’zlovchi, teran fikrlovchi, aql-zakovatli, vatan tuyg’usi bilan yonuvchi haqiqiy milliy vatanparvar yoshlar ijtimoiy hayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Insonga tug’ilishidan beriladigan tabiiy mayillardan, aqliy va axloqiy imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan turib, yuksak ma’naviyatli, farosatli, ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyaga etkazib bo’lmaydi. Xuddi shu boisdan insonning bolaligidan tortib, to ijtimoiylashuviga qadar davr oralig’ida o’zini o’zi boshqarish usullari, vositalari bilan tanishtirish qat’iyatlilikni vujudga keltiradi.


Odatda iroda inson tomonidan o’z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish sifatida baholanadi, maqsadga yo’naltirilgan xatti-harakat va xulq-atvorning amalga oshishda tashqi, ichki qiyinchiliklarni engib o’tish tariqasida ta’riflanadi.
Talaba yoshlarning, eng avvalo shaxsning ijtimoiy faolligiga, mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta’lim jarayonida namoyon bo’ladi.
Mazkur faollikdan uning mazmuni va shaklan tuzilishini farqlash mutlaqo zarur. SHaxs faolligining mazmundor tomoni uning ijtimoiy xislatlarida o’z ifodasini topadi, chunki bunda ijtimoiy ko’rsatma (attityud), e’tiqodlar, ma’naviy his-tuyg’ular, qiziqishlar dominantlik xususiyatini kasb etadi. Talaba faolligining shakli faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy jarayonlar, ichki, tashqi va anglashilgan irodaviy xatti-xarakat, intilish namoyon bo’lishi orqali aniqlanadi. Talaba uchun qiyin sharoitlarda o’zini o’zi ongli ravishda boshqara olish imkoniyati irodaviy zo’r berishning yordami bilan yuzaga keladi va belgilangan muayyan aniq maqsad, reja hamda uni ro’yobga chiqaruvchi xatti-harakatlar uning irodasiga yo’naltiriladi.
Barkamol avlod shaxsining psixologik xususiyatlarida markaziy rolni motivatsiya doirasi bajaradi va u ehtiyojlar, qiziqishlar, e’tiqodlar va ma’naviy his-tuyg’ularda o’z aksini topadi. YOshlarning hayoti va faoliyatida, shuningdek, tarbiyasida asta-sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela boshlaydi, ular shaxsning ijtimoiy shartlangan yo’nalganligi va hayotiy pozitsiyasini qat’iy belgilash uchun xizmat qiladi.
Aksariyat hollarda talaba shaxsining ijtimoiy shartlangan xususiyatlari uning irodaviy faolligi yo’nalishini gavdalantiradi. Ijtimoiy yo’nalganlik shaxsning motivatsion-irodaviy xislati hisoblanmish sobitqadamlikda o’z ifodasini topadi. O’quvchi shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatining motivlari va maqsadini amalga oshishning o’ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi.
Aqliy faoliyatda irodaviy jarayonlar irodaviy xatti-harakatlar kechishining aynan ichida, ya’ni maqsad belgilashdan tortib to uning bajarilishigacha oralig’ida ko’zga tashlanadi. Ongli xulq-atvorda, ixtiyoriy diqqatda, eslab qolishda, esga tushirishda, tafakkurda, xayolda ifodalanadi, murakkab muammolarni echish, irodaviy zo’r berishni safarbar etish uchun mutlaqo zarur, chunki busiz o’quv faoliyatida hech qanday natijaga erishish mumkin emas. Ularning o’zaro uyg’unlashuvi samaralar keltirish majmuasi sifatida ikkiyoqlama xususiyat kasb etadi.
Ta’limdagi irodaviy holatlar-bu vujudga kelgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etishning usullari, talaba shaxsining omilkor, oqil ichki sharoitlarning muvaqqat ruhiy hodisasidir. Ularning qatoriga bir talay hayotiy shart-sharoitlar ta’siri ostida vujudga keluvchi optimizm va umumiy faollik, qiziquvchanlik, motivatsion, mobilizatsion tayyorgarlik, qat’iyatlilik xususiyatlari kiradi.
O’quv jarayonida stress-emotsional zo’riqishning keskin holati ko’rinishi, shakli hisoblanib, tashqi va ichki muhitning noxush omillarini shaxsga favqulodda ta’sir etish natijasida vujudga keladi. Ta’limiy hamkorlik (o’qituvchi bilan talaba hamda talabalarning o’zaro) faoliyatidagi frustratsiya-bilish faoliyatini tashkillashtirishning tubdan teskari tomonga yo’naltiruvchi ruhiy holatdir. Talabada uzluksiz paydo bo’luvchi va bartaraf qilish qiyin to’siqlarning ta’siri ostida ruhan tushkunlik, o’zini yo’qotib qo’yish, ko’pincha eksperimentga, vaziyatga nisbatan agressiv tajovuz reaktsiyalari javob xatti-harakatlari yuzaga kelishi kuzatiladi.
Talaba shaxsining irodaviy xislatlari-bu ta’lim jarayonidagi muvaqqat ruhiy holat emas, balki aksincha mazkur vaziyatga hech qanday bog’liq bo’lmagan insonning turg’un, barqaror ruhiy tuzilmasidir. Uning irodaviy sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, tashkillashganlik, ishbilarmonlik, o’zini qo’lga olish, jasurlik, chidamlilik va boshqalar kiradi. Talaba irodasining bo’shligi, zaifligi qaysarlik, sabotsizlik, yalqovlik, qo’rqoqlik, printsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik singari tushunchalar orqali tavsiflanadi.
Bilimlarni egallashdagi sobitqadamlik-bosh irodaviy sifat, xislat hisoblanib, u irodaning boshqa ko’rinishlarining taraqqiyot darajasini va yo’nalishini aniqlovchi asosiy omil bo’lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk davlat ideallariga sodiqlik. Vatan oldidagi burchning yuksak darajada anglash, jamoatchilik hissi, yurt ravnaqiga o’z hissasini qo’shish istagi va bularning barchasi o’zbek xalqiga xos bo’lgan sobitqadamlilik namunasidir.
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi tashabbuskorlik-talabaning o’z xohish irodasiga binoan zarur xatti-harakatlarni amalga oshirish uquvidir. Mustaqil bilim olish va fikrlashdagi qat’iyatlilik-talaba tomonidan jiddiy yo’nalgan qaror qabul qilish, uni izchil hayotga tatbiq etish xislatidir. Tirishqoqlik talabaning qiyinchiliklarni engish uchun kurashishda kuch-quvvatini aslo pasaytirmasdan, uzluksiz va uzoq muddat maqsadga erishish uchun intilish ko’nikmasidir.
Muammolarni echish chog’ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan qarorni amalga oshirishga xalal beruvchi fikrni, hissiyot va xatti-harakatni tizg’inlovchi(tormozlovchi) talabaning uquvchanligidir. Tashkillanganlik-o’z harakati va xulqini rejalashtirish, xususan uni ijro etishda talabani rejaga asoslanish malakasidir. Matonatlilik-qo’yilgan maqsadni muqaddas his etgan holatda o’zini oqlaydigan xavf-xatarga qo’l urish, qo’rqinchga nisbatan yuzma-yuz tura olish fazilatdir.
Ishbilarmonlik-har qanday o’ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan qat’i nazar omilkor yo’llar qo’llash tufayli oxiriga etkazish xislatidir. Mustaqillik-o’z e’tiqodiga qat’iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ishonish, boshqalarning yordamiga muhtojlik sezmaslik malakasidir. SHaxsning xulq-atvorida, o’quv faoliyatida, agarda ta’limiy mashg’ulotlar oqilona, haqqoniy ravishda, to’g’ri uyushtirilsa, unchali muhim bo’lmagan irodaviy sifatlar ham paydo bo’lishi mumkin, chunonchi intizomlilik, qunt, o’zini qo’lga olishlik va hokazo.
Ushbu ruhiy holatni aniqlash uchun ishlab chiqilgan testdan foydalanish mumkin. Tavsiya qilinayotgan fikrlarga talaba “Ha” yoki “Yo’q” degan javob qaytarishi kerak.
1. Hayotdagi muvaffaqiyat tasodiflarga ko’ra oldindan qilingan hisob-kitoblarga ko’proq bog’liq bo’ladi deb o’ylayman.
2. Agar men o’zimning sevimli mashg’ulotlarimdan ayrilsam, unda men uchun hayotning mazmuni yo’qoladi.
3. Men uchun har qanday ishning oqibati, natijasidan ko’ra, uning bajarilishi jarayoni muhim.
4. Men odamlarning o’z yaqinlari bilan bo’lgan munosabatlaridan ko’proq qayg’uradilar deb hisoblayman.
5. Mening fikrimcha, ko’pchilik odamlar yaqin kunga mo’ljallangan maqsad bilan emas, balki uzoqqa mo’ljallangan maqsad bilan yashaydilar.
6. Agar imkoniyat bo’lsa-da, lekin hech kim sezmasligiga ishonchim komil bo’lsa, nojo’ya harakat qila olmayman.
7. Mening hayotimda muvaffaqiyatsizliklardan ko’ra muvaffaqiyatli kunlar ko’p bo’lgan.
8. Menga amaliy, ishchan, ishbilarmon odamlardan ko’ra his-tuyg’uli, ko’ngilchan odamlar ko’proq yoqadi.
9. Hatto oddiy ishda ham men uning ba’zi unsurlarini takomillashtirishga harakat qilaman.
10. Muvaffaqiyatga erishish haqidagi fikrlarga berilib ketgan vaqtlarimda ehtiyotkorlik choralarini unutib qo’yishim mumkin.
11. YOshligimda ota-onam meni dangasa deb hisoblashar edi.
12. Men o’zimning muvaffaqiyatsizliklarimga sharoit emas, balki ko’proq o’zimni aybdor deb hisoblayman.
13. Ota-onam meni qattiq nazorat qilishgan.
14. Menda qobiliyatga nisbatan sabr-toqat kuchli.
15. O’z maqsadlarimdan qaytishga muvaffaqiyatga erisha olmasligim haqidagi fikr emas, balki dangasalik sabab bo’ladi.
16. Men o’zimga ishongan odam deb hisoblayman.
17. Muvaffaqiyatga erishish uchun garchi imkoniyatlar mening foydamga bo’lmasa ham tavakkal qilishim mumkin.
18. Men tirishqoq odam emasman.
19. Hamma ishlar tekis(me’yorida) ketayotgan bo’lsa, unda mening g’ayratim yanada oshadi.
20. Agar men gazetada ishlaganimda edi, unda turli voqealar haqida yozishdan ko’ra, ko’proq odamlar yaratgan yangiliklarni yozgan bo’lar edim.
21.Mening yaqinlarim odatda shaxsiy rejalarim bilan hamfikr bo’lmaydilar.
22. Mening hayotga nisbatan talablarimning darajasi o’rtoqlarimning shunday talablaridan pastroq.
23. Men o’z maqsadimga erishish yo’lida qat’iyman.
Test kaliti. “Ha”- 1, 2, 6, 7, 8, 9, 15, 17, 19, 20, 22, 23.
Yo’q”- 3, 4, 5, 10, 11, 12, 13, 14, 16, 18, 21.
Ballar yoki natijalar tahlili. Ballar yig’indisi 0-9 dan past bo’lganda-Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga ehtiyoj yaqqol ko’rinmaydi. 10-13 ballgacha: Sizdan muvaffaqiyatga intilish bor, lekin hayotda faoliyatingizni tashkil qilishda har doim ham muvaffaqiyatga ehtiyoj sezavermaysiz. 14-23 ballgacha: Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga ehtiyoj yuqori darajada, har doim muvaffaqiyat bo’lishiga ishonasiz, qat’iysiz u yoki bu darajada murakkab, lekin bajarilishi mumkin ishlarni qilishni yoqtirasiz, 0-9 past, 10-13 o’rtacha, 14-23 yuqori.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Psixologiyadan ma’ruzalar qanday talablar asosida tashkil etiladi?
2.Ma’razalar matniga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?
3Ma’raza matnini tuzishda nimalarga rioya etish zarur?
4.Psixologiya o’qitishda ko’rgazmalilikning rolini ko’rsating.
5.”Diqqat” mavzusini tushuntirish matodikasining konspektini tayyorlang.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish