Psixologiya o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni


-Mavzuning texnologik xaritasi



Download 0,97 Mb.
bet6/48
Sana01.02.2023
Hajmi0,97 Mb.
#906513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
6ef9db3b44ff3251d68df27f840371b7 PSIXOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN

5-Mavzuning texnologik xaritasi

Mavzu

Maruza turlari va ularni tashkil etish.



Maqsad va vazifa

Ma’ruza turlari va ularni tashkil etish, auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari, ma’ruza turlari, ma’ruzalar sifatini baholash haqida nazariy bilim berish, amaliy ko’nikma va malakalar hosil qilish

O’quv jarayonini mazmuni

Talabalarga yangi bilim berish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari

Shakl: Ma’ruza, katta guruhlarda 80 min.
Metod: “Loiha”
Vosita: Ko’gazmali material, manbalar.
Usul: Og’zaki ko’rgazmali, magnitafon
Nazorat: Savol-javob
Baholash: Rag’batlantirish, reyting tizimida

Kutiladigan natija

O’qituvchi:Talabalada_mavzu_mohiyati_va_uning_pedagogik_faoliyatdagi_ahamiyati'>O’qituvchi:Talabalada mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida nazariy bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish
Talaba: Mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida tassavurga ega bo’lish.

Kelgusi rejalar
(taxlil o’zgarishlar)

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.



5-mavzu. Maruza turlari va ularni tashkil etish.


Reja:

        1. Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari

        2. Maruza turlari.

        3. Maruza sifatini baxolash.

Tayanch tushunchalar:ma’ruza turlari,monolog,diolog,polilog, ma’ruza sifati.
Ma’lumki,har qanday pedagogik jarayonning asosiy maqsadi-ta’lim oluvchida bilim malaka va ko’nikmalar hosil qilishdir.Bu narsa ma’lumotlar almashinuvi orqali ro’y beradi.Pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi asosan 3 shaklda amalga oshiriladi:
-monolog;
-dialog;
-polilog.
Monolog-ma’ruzachi yoki o’qituvchining tinglovchilar yoki o’quvchi-talabalar qarshisiga chiqib nutq so’zlashi,darsni bayon etishidir.Ayni shu usul ta’lim –tarbiya jarayonidagi asosiy vosita ekanligi to’g’risida ongimizga o’rnashib qolgan tasavvur mavjud.Bu holatda gapiruvchi ma’lumotlarning asosiy tayanch manba’i hisolanadi va faqat undangina faollik talab qilinadi.Monolog egasi o’zi mustaqil tarzda ma’lumot mazmunini tinglovchilarga etkazish va o’z mavqeini ta’kidlash imkoniyatiga ega bo’ladi.Lekin auditoriya,ya’ni tinglovchilar unga nisbatan ancha passiv mavqeda bo’ladilar va bu narsa ma’lumotning faqat kichik bir qisminigina idrok qilish va eslab qolishiga sabab bo’ladi.SHuning uchun ham o’qituvchi bu kamchilikning oldini olish uchun auditoriyani faollashtirishning yo’llarini qidirishga majbur bo’ladi.
Dialog-o’quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o’qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo’lidir.SHuning uchun bu usul tinglovchilarni nafaqat faollashtiradi,balki,auditoriyada ijodiy muhitning bo’lishi va fikrlar almashinuvidan har bir ishtirokchining manfaatdorligini ta’minlaydi.YA’ni,tinglovchilar o’quv jarayonining ob’ektidan uning su’ektiga aylanadilar.
Dialog jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasida fikrlar almashinuvi,bilimlarni o’zaro muhokama qila olish uchun real sharoit yaratiladi.Lekin dialogni tashkil etishdan avval o’qituvchi auditoriyaning u yoki bu xususda bilimlar va tasavvurlarga ega bo’lishini e’tiborga olishi zarur,aks holda o’zaro muloqot samarasiz va mazmunsiz tortishuvga aylanib ketishi +mumkin.Dialog jarayonida uni tashkil etgan shaxs auditoriyaning u yoki bu muammo yuzasidan bilimlarini diagnostika qilish va shunga mos tarzda o’z ishini tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi.Aynan shu holat dialogning eng muhim psixologik ahamiyatidir.
Polilog-guruh ichidagi munozaradir.U tinglovchilar yoki o’quvchilarning faolligini yanada oshirish,ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi.Polilog jarayonida guruh a’zolarining har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o’z fiurini bildirish imkoniyatiga ega bo’ladio’qituvchi esa ushbu jarayonning tashkilotchisi sifatida o’quvchilar yoki talabalar faoliyatiga bevosita aralashmaydi.Bu usul dars mavzusi ko’proq nazariy xarakterli bo’lib,yangi g’oyalardan ularning amaliy jihatlari keltirib chiqarilishi zarurati bo’lganda qo’l keladi.Lekin bu usul mashg’ulotlar yoki muloqot darslari endi boshlangan paytda o’tkazilishi maqsadga muvofiq emas.chunki polilog uchun o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlash tajribasidan tashqari yoshlarga o’sha soha yuzasidan ma’lum bilimlar majmui hamda hamkorlikda ishlash tajribasi zarur.Dialog va polilog texnikasini yaxshi egallagan muallim munozara yoki bahsni samarali tashkil etishga layoqatli yuo’ladi.SHuni alohida ta’kidlash lozimki,munozarani samarali tashkil etish qobiliyati o’z-o’zidan shakllanmaydi,buning uchun o’qituvchi umuman munozara metodikalarining mohiyati va uni tashkil etish yo’llarini ilmiy-amaliy jihatdan bilishi kerak.
Ma’ruza turlari:
1.Kirish maruzasi. Bunday turdagi maruza o’rganiladigan fan yoki kurs xaqidagi dastlabki yaxlit tasavvurni xosil qiladi vatalabaning mazkur soxadagi faoliyati uchun yonalish beradi.kirish maruzasida maruzachi talabalarni kursning maqsad va vazifalari, boshqa o’quvfanlari va mutaxasislarnitayyorlash tizimidagi o’rni bilan tanishtiradi. Qisqacha kurs mazmuni, bu soxadagi bilimlarning tarixiy taraqqiyoti, bu yo’nalish bo’yicha izlanishlar olib borgan va olib borayotgan olimlar, ularning yutuqlari, tadqiqotlarning istiqbolli yo’nalishlari xaqida malumot beradi. SHuningdek, mazkur maruzada kurs doirasida amalga oshiriladigan ishning metodik va tashkiliy tomonlar ro’yxati taqdim etiladi, kurs mudjdatlari va tashkiliy shakllari aniqlashtiriladi.
2. Axborot maruzasi. Talabalarga tushunish va eslab qolish talab etiluvchi ilmiy axborot bayon etiladi va tushuntiriladi.Axborot maruzasi oliy maktabda eng keng tarqalgan maruza turidir.
3. Umumiy maruza. Muayyan kurs yoki uning malum qismi yuzasidan egallangan bilimlarni umumlashtirish, ushbu soxada qilingan ishlarni xulosalash maqsadida qo’llaniladi. Unda egallangan bilimlarning umumiy nuqtalari esga oliniladi, aloxida savollar va masalalar batafsil muxokama qilinmaydi
4. Muammoli maruza .
Psixologiya fanida muammoli vaziyat keng ko’lamda o’rganilgan, bilish va bilim olishga qaratilgan kognitiv jarayon bo’lib hisoblanadi. Psixologiya fani rivojlanish tarixini tahlil qilsak, insonda fikrlashning paydo bo’lishi uni oldida yuzaga kelgan muammoli vaziyat to’g’risida mulohaza yuritishdan boshlanganligi yaqqol omillarda qayd qilib o’tilgan (qadimgi ajdodlarimiz ta’limotidan tortib, to hozirgi zamon talqinigacha). Modomiki shunday ekan, muammoli vaziyat shaxsni fikr yuritish jarayoniga etaklaydi, bilish faoliyatini noaniq, noma’lum yangi unsurli masala mohiyatiga kirishga, uni hal qilishga yo’naltiradi.
Muammoli vaziyat jahon psixologiyasining assotsiativ, vyurtsburg, geshtalt, bixeviorizm (neobixeviorizm), reduktsionizm, empirizm, intellekt nazariyalari singari qator ilmiy maktablari yo’nalishlari, ta’limotlarida atroflicha o’rganilgan. Muammoli vaziyat borliqni bilishning eng omilkor, oqilona uslubi, qolaversa uning genezisi ekanligi to’g’risidagi g’oya ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning X1X-XX asrlarida yuksak ko’rsatkichlarga erishdi. Bizning bu o’rinda jahon psixologiyasi namoyandalari tomonidan tan olingan ayrim rus olimlarining ta’limotiga to’xtalib o’tamiz, xalos (kengroq ma’lumot olish uchun “Tafakkur psixologiya”si murojaat qiling).
T.V.Kudryavtsev talqinicha, muammoli o’qitish jarayoni o’quvchilar (talabalar) oldida muammoli vaziyat yaratish,o’quvchi bilan o’qituvchi hamkorligida, o’qituvchining umumiy rahbarligida, talabalarning mustaqil bilish (aqliy) faoliyatini amalga oshirish natijasida mazkur vaziyatni anglash, tan olish, echimini qidirish va hal qilish uchun vositalar tanlashda o’z aksini topadi.
Muammoli vaziyat sub’ekt bilan ob’ektning o’zaro bir-biriga ta’sir etishini ifodalab, sub’ektga masala (topshiriq) ni hal qilishni, to shu davrgacha unga (insonga) noma’lum bo’lgan bilimlarni va aqliy faoliyat usullarini aniqlashni talab qiladigan psixik holat sifatida gavdalanadi. Muammoli vaziyatning tuzilishi shaxsning intellektual faoliyatini muayyan maqsadga yo’naltiruvchi bilish ehtiyojidan, oqibat natijada esa egallash zarur bo’lgan noma’lum bilimlar, aqliy harakat vositalari va usullaridan hamda potentsial rezervlar (ichki imkoniyatlar, instantsionallik) tarzdagi psixik qo’zg’atuvchilardan iboratdir.
A.M.Matyushkin ta’limoticha, muammoli vaziyatda yangilikni anglab etmaslik, uni echish zarur bo’lgan faoliyatni amalga oshirishni uddasidan chiqmaslik, mazkur holatda ochilishi shart hisoblangan faoliyatga, vositalar va shart-sharoitlarga taalluqli noma’lumlik, qo’yilgan masalani (topshiriqni, fan asoslarini) fikr yuritish operatsiyalari yordami bilan egallash jarayonlari ishtirok etadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, muammoli vaziyatni vujudga keltirish va uni hal qilish uchun unda izlanadigan noma’lumlik, yangilik, noaniqlik, izlanuvchida esa qidirib topa bilish imkoniyati, shuningdek, yangi bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ehtiyoj mavjud bo’lishi zarur.
Muammoli o’qitish uslubiyati talaba (o’quvchi) aqliy faoliyati taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, mantiqiy fikrlash doirasini yanada kengaytiradi. Ularda moddiy borliq, shaxslararo munosabat hamda ularning mexanizmlarini xar tomonlama anglab olishga asosiy negiz bo’lib xizmat qiladi. Narsa va hodisalarning ichki murakkab bog’lanishlarini, qonuniyatlarini mustaqil ravishda tushunish uchun imkoniyat tug’diradi. Ularning mulohaza yuritish doirasini kengaytiradi, o’quv motivlarini yuzaga keltiradi. Voqelikni bilishga faollik uyg’otadi,. O’zini o’zi boshqarishga puxta zamin hozirlaydi.
Muammoli vaziyat mana bunday shartlarga rioya qilingan taqdirdagina ijobiy natijalar beradi:
I. Muammoli vaziyat insonlarning yosh davr xususiyatlari, axborotlarni egallash, o’zlashtirish darajasi, individual tipologik xususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olgan taqdirdagina vujudga keltirish mumkin. Muammoli vaziyat ularning kuchiga, qobiliyatiga, imkoniyatiga mos qilib yaratilishi lozim, ammo o’ta oddiy yoki o’ta murakkab bo’lmasligi kerak.
II. Tanlangan muammo qandaydir tashqi turtkiga, ya’ni motivatsiyaga, yo’llanmaga, ustanovkaga tayanmasligi lozim.
III. Muammoni hal qilish yo’lini, usulini, vaziyatni tushungan holda talabalarning o’zlari mustaqil topa bilishlari va qo’llashlari joiz.
IV. Qo’yilgan muammoni qanday tartibda hal qilish zarurligi, ya’ni voqelikning ayrim xususiyatlarini yoritish muammo tarzda bo’lishi shart.
I. Muammoni “ijodiy” hal qilish imkoniyati yaratilgan bo’lishi kerak, bunda berilgan matndan tashqari, ayrim ijodiy to’ldirishlar, qo’shimchalar bilan uni boyitish, echimini qidirish vazifasini qo’yish maqsadga muvofiqdir.
Konferentsiya maruza. Ilmiy amaliy mashg’ulot sifatida tashkil etiladi va avvaldan belgilangan muammo yuzasidan 5-10 daqiqa ichida o’qib beriladigan maruzalardan tarkib topadi. Har bir maruza qo’yilgan muayyan tomonini yoritib beruvchi mantiqan tugallangan matndan iborat bo’ladi. Konferentsiya maruzaningsh so’ngida o’qituvchi qilingan ishga yakun yasaydi , talabalar maruzalariga tegishli qo’shimchalarni kiritadi va umumiy xulosalarni chiqaradi . maruzalarni tashkil etishning xar bir shakli o’ziga xos didaktik vazifalarni xal etadi, o’qtuvchilar ijadkorligi va maxoratidan darak beradi. To’g’ri tanlangan maruxza shakli o’qituvchi faoliyatining samaradorligini belgilab beruvchi muxim omillar
Maruzalar sifatini baxolashda quyidagilar xisobga olinadi:
1. Maruzaning mazmuni (g’oyaviy–siyosiy yo’nalishi, ilmiylig, ommabobligi, nazariya bilan amaliyotning birligi, empirik materiallar qo’lami, bayon qilish shakli va boshqalar).
2. Talabani o’ylashga, bosh qotirishga etaklovchi materiallarning muammoli bayon qilinishi (uning darajalari, jabxalari, jixatlari, davriylig8i kabilar).
3. Maruzaning asosligi (yaqqol dalillar bilan mustaxkamlovchi nazariy qoidalarning xaqqoniyligi, lo’ndaligi).
4. Maruzaning mutaxasislar kasbiy tayyorgarligi darajasiga bog’liqligi (qay darajada, qay shaklda, qay yo’sinda).
5. Maruzaning tizimi. (rejaliligi, tartibliligi, yig’inchoqligi. umumlashganligi).
6. Ma’ruza o’qish usuli (ko’rsatmalilik,jonli nutq,his-tuyg’uga boyligi,material bayoniningsur’ati,o’rinli to’xtalish,maitiqiy urg’u).
7.O’qituvchining talabaga munosabati (e’tiborliligi, talabchanligi, samimiyligi, mehribonligi, odobliligi).
8.Auditoriya bilan aloqa qilish (bevosita, jonli, yakkama – yakka, guruhiy, jamoaviy, uzluksiz, ahyon – ahyonda)
9.Talabalarning ma’ruzadagi davomati (akademik guruhning to’la qatnashuvi, bir oz kamchiligi, umuman kamchiligi)
10. Ma’ruzani konspektlashtirish (ko’pchilik tomonidan, yarmisi, ayrimlari).
11. Lektorlik faoliyatini boshqarish ( erkin, ishonch bilan, tezisga asoslanib bayon qilish, maruza konspektidan uzoqlashmay bayon qilish).
12. Maqsadga erishish (ishlab chiqilgan yo’llar, sinalgan vositalar, egallangan usullar, shaxsiy nuqtaiy nazarni bayon qilish, talabaning mustaqil holda ishlashi uchun imkoniyat yaratish va boshqalar)

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish