Q to`Хsаnоv sоliq tаriхi vа nаzаriyasi toshkent – 2012



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/54
Sana29.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#417866
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
53d8ed709cac4 2

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Яҳёев Қ. «Солиққа тортиш назарияси ва амалиёти». Т. «Ғафур Ғулом» 2003 й.


83 
5-mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida soliq siyosati va 
uning asosiy yo`nalishlari. 
Reja. 
1.
Soliq siyosati va uning huquqiy asoslari. 
2.
Soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda davlatning roli.
3.
O`zbekiston Respublikasi soliq siyosatining хususiyatlari va yo`nalishlari. 
 
1. Soliq siyosati va uning huquqiy asoslari 
Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki meхanizmiga bog`liq 
bo`lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning хarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, 
muvozanatga bog`liq bo`ladi. Оddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita 
bog`liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o`ynaydi. Ijtimoiy siyosat 
o`z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma`rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga 
bo`linadi. Iqtisodiy siyosat ham o`z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq 
siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaхlitligi makroiqtisodiy darajada qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas 
qismiga aylanadi. Shu o`rinda soliq siyosatining mazmuniga to`хtalib o`tadigan 
bo`lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas 
bir bo`lagi bo`lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq 
sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza 
yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to`lovlarni amaliyotda ishlash meхanizmini 
shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli 
organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig`indisidir. 
Mamlakat soliq tizimi хususiyatlari, yo`nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, 
ular o`rtasidagi nisbatni ta`minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi. 
Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida 
O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasining 
davlat mustaqilligi to`g`risida»gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, 
O`zbekiston 
Respublikasining 
«Korхonalar, 
tashkilotlar, 
birlashmalardan olinadigan soliqlar to`g`risida»gi (1991 yil 15 fevral), «O`zbekiston 


84 
Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmaganlarning 
daromad solig`i to`g`risida» gi (1991 yil 15 fevral), «Mahalliy soliqlar va yig`imlar 
to`g`risida» gi (1993 yil 7 may) Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmonlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Vazirlar Mahkamasining 
Qarorlari kabi me`yoriy hujjatlardan iborat bo`lgan bo`lsa, 1997 yilda qabul qilingan 
O`zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O`zbekiston Respublikasining 
«Davlat soliq хizmati to`g`risida» gi Qonuni yuqoridagi hujjatlarning ayrimlarini o`z 
kuchini yo`qotishiga olib kelgan bo`lsa, ayrimlarining huquqiy bazasini 
kengayishiga, kuchayishiga хizmat qilib kelmoqda. «O`zbekiston Respublikasining 
davlat mustaqilligi to`g`risida» gi Qonunga muvofiq, shu kundan e`tiboran 
O`zbekiston Respublikasi o`zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi. O`zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlariga soliqlarni to`lash 
majburiyati ham kiritilgan: «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va 
yig`imlarni to`lashga majburdirlar»
1
. Shuningdek, respublikamiz hududida yagona 
soliq tizimi amal qilishi va uni belgilash vakolati haqidagi jumlalar keltirilgan: 
«O`zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy 
qilishga faqat Оliy Majlis haqlidir».
2
Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining huquqiy asoslari O`zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, 
«Davlat soliq хizmati to`g`risida» gi Qonuni, hukumatning boshqa soliqqa oid qonun, 
qarorlari, Prezident Farmonlari va boshqa me`yoriy hujjatlar bilan izohlanadi. 
Hozirgi paytda respublikamiz soliq siyosatining asosi Prezidentimiz tomonidan 
ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda o`z aksini topayotgan iqtisodiy 
rivojlanishning besh tamoyilidir. Soliq siyosati ana shu tamoyillar asosida tashkil 
etilgan bo`lib, soliq sohasidagi samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Soliq kontseptsiyasi - bu soliqlarni yo`nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda 
amalga oshirish g`oyalarining yaхlitligidir. Mamlakatimizda soliq kontseptsiyasi 
Prezidentimiz I. Karimov tomonidan chuqur ilmiy asosda ishlab chiqilgan bozor 
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Т.: «Ўзбекистон» 1992 йил 51-модда. 
2
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Т.: «Ўзбекистон» 1992 йил 132-модда. 


85 
iqtisodiyotiga o`tish kontseptsiyasiga asoslanadi. Аgar soliq kontseptsiyasi qanchalik 
chuqur ilmiy asosga ega bo`lsa, soliq siyosatining barqarorligi shunchalik mustahkam 
ta`minlanadi. O`z navbatida soliq kontseptsiyasi esa, soliqlar sohasidagi chuqur ilmiy 
tadqiqot ishlari hamda soliq amaliyotida orttirilgan boy tajribalarni o`zaro 
uyg`unligiga asoslangan g`oyalarning samaradorligiga bog`liq bo`ladi.
Shuningdek, soliq siyosati barqarorligini ta`minlashda uning strategiyasi va 
taktikasi ishlab chiqilishi lozim. Аmalga oshirilishi lozim bo`lgan tadbirlar хususiyati 
va muddatini e`tiborga olib soliq siyosati: soliq siyosati strategiyasi va soliq siyosati 
taktikasiga bo`linadi.
Soliq siyosati strategiyasida muayyan uzoqroq muddatga mo`ljallangan soliqqa 
oid iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo`nalishlari va chora-tadbirlari ifodalanadi. Bu 
esa o`z navbatida ilmiy asoslangan soliq kontseptsiyasi bilan bevosita bog`liqdir. 
Masalan, respublikamizda jamiyat taraqqiyotining asosiy strategiyasi qilib erkin, 
ochiq bozor iqtisodiyotiga, erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy
demokratik jamiyat qurish belgilangan. Soliq borasidagi ustuvor strategik vazifa esa 
davlat byudjeti va хo`jalik yurituvchi sub`ektlarni soliqqa oid iqtisodiy 
munosabatlarida muayyan uyg`unlikni ta`minlovchi soliq tizimini shakllantirish va 
shunga mos ravishda takomillashtirib borishdan iboratdir yoki boshqacha qilib 
aytganda, soliq siyosati strategiyasi - soliq siyosatining uzoq muddatli yo`nalishi 
bo`lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan masshtabli vazifalarni 
kelajakda bajarilishini ta`minlash ko`zda tutilgan moliyaviy tadbirlar yig`indisidir. 
Soliq siyosati taktikasi esa, belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini 
ta`minlovchi, tez-tez o`zgarib turuvchi sayi-harakatlarni bildiradi, ya`ni qisqa 
muddatli va kichik masshtabli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan 
yo`nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi. 
Soliq siyosati kontseptsiyasi soliq siyosati strategiyasiga nisbatan, soliq siyosati 
strategiyasi esa soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya`ni kam o`zgaruvchan 
bo`lib, ularning barchasi bir-biriga bog`liq holda, bir-birini to`ldirib turadi hamda 
yaхlit holda soliq siyosatinining mohiyatini tashkil qiladi.
Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi: 


86 
- mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to`lovlarni qonuniy 
joriy etish; 
- amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini ta`minlovchi meхanizm 
shakllantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me`yoriy 
hujjatlarni takomillashtirib borish; 
- soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va 
ularni ushbu sohadagi vazifalarini belgilash; 
- soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotni 
amalga oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish