Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi


Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati



Download 0,6 Mb.
bet5/20
Sana23.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#840956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
G.Djabbarov-21.02.2022 (2)

Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishda kredit ta’lim tizimiga o‘tkazish choratadbirlari va uni amalga oshirishda talabalar hamda edvayzerlar rolini oshirish tamoyillarini tanlay olish, Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan kelib chiqib, kredit-modul tizimida talabaning shaxsiy o‘quv traektoriyasini va tanlovini tashkil qilishda aniq maqsadga yetishish uchun strategik rejalashtirish tamoyillarini belgilab olish mazkur ishning nazariy va amaliy ahamiyatini belgilab beradi.
Bitiruv ishi tuzilmasining tavsifi. Bitiruv ishi tarkibi kirish, ikkita bob, oltita paragraf xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I-BOB. TA’LIMNING KREDIT-MODUL TIZIMI
1.1. Dunyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul

tizimi


Birinchi marta akademik kreditlar XVIII va XIX asrlarda ta’limni erkinlashtirish jarayoni doirasida AQSh universitetlarida joriy etildi.
O‘sha paytda ta’lim kredit birliklari orqali miqdoriy ekvivalentlarni o‘rnatish ta’lim mazmuni va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, talabalarga o‘quv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish imkoniyatini berish, sifat nazorati va baholash tizimlariga tubdan o‘zgartirishlar kiritish ta’limni takomillashtirish kabi imkoniyatlar yaratildi.
AQSh kredit-modul tizimi eng birinchilardan joriy etilgan kreditmodul tizimi sifatida dunyo davlatlari va shu bilan birga Yevropa davlatlari oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan.Yondashuvlarni umumlashtirish bo‘yicha dastlabki qadamlar Amerika universitetlari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, ular fan talablari va zamonaviy biznes qoidalari asosida oliy ta’limning yagonalashtirilgan odelini taklif qilishgan. Bolonya deklaratsiyasi ham Yevropa Ittifoqi niversitetlari o‘rtasida shunga o‘xshash modelni taqdim qildi. Bunda birinchi bosqich – talabalarning ishlab chiqarish ehtiyojlariga mos ijrochilik malakalarini o‘zlashtirishiga, ikkinchisi esa – ilg‘or talaba yoshlarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar ishlab chiquvchi ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Angliyada 3 yillik bakalavriat 13 yillik o‘rta maktab (katta ALevelbosqichini ham qo‘shganda) ta’limiga asoslanadi. O‘qishga kiruvchilar uchun ularning bilim darajalari ulushlar bo‘yicha umumta’lim fanlaridan kamida 45%, asosiy fanlardan – 15%, boshqa fanlardan – 5% ni tashkil etishi kerak. Magistratura va doktoranturada kunduzgi ta’lim mos ravishda 1 va 3(maksimal 5) yil etib belgilangan. Xorijiy talabalar uchun ingliz tilini bilish auditoriyada o‘qitiladigan bazaviy fanlar uchun kamida – 550 TOEFL, laboratoriya ishlari uchun 500 TOEFL qilib belgilangan.
Buyuk Britaniyada har xil universitetlarda olingan darajalar rasman teng deb qabul qilingan bo‘lsa ham, amalda ularning darajasi universitetlarning mashhurligi bilan belgilanadi. Angliya va Uels universitetlari tomonidan quyidagi akademik darajalari beriladi: VA – gumanitar fanlar bakalavri, BEd – pedagogika fanlari bakalavri, EEng – texnika fanlari bakalavri, BSc – tabiiy fanlar bakalavri, LLB – huquqbakalavri; BMus – musiqa bakalavri; VM – tibbiyot bakalavri.
Darajalarning turli universitetlarda turlicha nomlanishi va qoidalardan chetga chiqish hollari ham uchrab turadi. Ba’zi Shotlandiya universitetlarida gumanitar fanlar bo‘yicha birinchi bosqich bitiruvchisi bakalavr (VA) emas, magistr (MA) hisoblanadi. Ba’zi universitetlarda, xususan Oksford va Kembrijda ham VA gumanitar va tabiiy fanlar bo‘yicha taqdim qilinadi, biroq tabiiy fanlar bakalavri malakasi (BSc) Kembrijda mavjud emas, Oksfordda esa – bu oliy akademik daraja hisoblanadi.
Fransiya oliy ta’lim tizimi ko‘p bosqichliligi, ta’lim yo‘nalishlarining keng tarmoqliligi va deyarli to‘liq ixtisoslashganligi bilan ajralib turadi. Ular murakkab tuzilishga ega bo‘lib klassik turdagi universitetlar, oliy maktablar (siyosat va davlat boshqaruvi bo‘yicha elita maktablari), san’at va arxitektura maktablari va maxsus maktablar (transport, kutubxona ishlari va h.k.) tomonidan taqdim etiladi. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish 2 yildan 11 yilgacha davom etishi mumkin va u ma’lumot haqidagi hujjat taqdim etish bilan yakunlanadi.
Belgiya universitetlarida o‘qish ko‘p bosqichli bo‘lib, har bir davr universitet akademik darajasini olish bilan yakunlanadi.
Universitetlardagi dastlabki ikki yil umumgumanitar va umumtexnik dastur asosida olib boriladi. Bu siklni tugatganidan so‘ng talabalar “Candidature” (kandidat) diplomini qo‘lga kiritishadi (bakalavr diplomiga mos keladi). Navbatdagi uch yil mutaxassislikka yo‘naltirilgan bo‘lib “Licenciate” (litsenziat) diplomini taqdim etish bilan yakunlanadi (bu magistr diplomiga mos keladi). Ba’zi yo‘nalishlarda, masalan, muhandis, farmasevt, huquq sohasidagi mutaxassislar uchun bu daraja yana uch yillik ta’limdan so‘ng berilishi mumkin.
Keyingi ikki yillik o‘qish ixtisoslikni chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, dissertatsiya yozish va himoya qilishdan so‘ng doktorlik ilmiy darajasi “Docteur” beriladi. Oliy ta’limning “Agreje” ilmiy darajasi bu tizimdagi eng yuqori daraja hisoblanadi va u doktor darajasi olinganidan ikki yildan so‘ng taqdim etilishi mumkin.
Germaniya ta’lim tizimi klassik tuzilmaga ega bo‘lib, boshlang‘ich, o‘rta va oliy maktablardan tashkil topgan. Bu tuzilmaning barcha bosqichlarida asosan davlat ta’lim muassasalari, shuningdek kam sonli xususiy ta’lim muassasalari faoliyat yuritishadi.
Germaniyadagi oliy ta’limning asosiy tamoyili – “akademik erkinlik” tamoyili bo‘lib, har bir talabaga diplomiga kiritiladigan fanlar ro‘yxatini mustaqil ravishda belgilash imkoni beriladi. Shu bilan birga Germaniyadagi oliy ta’lim tizimi o‘quv jarayonini ilmiy tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Bu jihat universitetlardagi o‘quv jarayoni jadvallarining mazmunini belgilab beradi: har bir semestr ma’ruzalar davri (14-20 hafta) va mustaqil ilmiy ishlar davrlaridan iborat bo‘ladi.
Germaniyaning oliy ta’lim muassasalarida ta’limning o‘rtacha davomiyligi besh yilni tashkil etadi, biroq hozirda to‘rt yillik kurslar ham mavjud. Konkurs asosida oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishdan oldin abiturientlar pullik tayyorlov kurslarida o‘qishadi. Universitet ta’limi ikki bosqichdan iborat, bular – “Vordiplom” (dastlabki diplom) litsenziat darajasi beriladigan tayanch (3-4 ta semestr) bosqich va “Magister Artium” magistrlik darajasi beriladigan asosiy (4-6 ta semestr) bosqich (texnik mutaxassisliklarda buning o‘rniga mutaxassis diplomi taqdim etiladi).
Tayanch ta’lim bosqichi yakunida diplomoldi imtihoni o‘tkaziladi. Diplom imtihoni esa tabiiy, texnik, ijtimoiy va iqtisodiy fanlar yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladi. Asosiy diplomni olish uchun diplom ishi yoziladi, bu davr 1-2 semestrlik davrlarda olib borilishi mumkin. Germaniya universitetlarining davlat namunasidagi diplomlari oliy ta’lim talab etiladigan kasblarda ishlash huquqini beradi.
Fransiya oliy ta’lim tizimi ko‘p bosqichliligi, ta’lim yo‘nalishlarining keng tarmoqliligi va deyarli to‘liq ixtisoslashganligi bilan ajralib turadi. Ular murakkab tuzilishga ega bo‘lib klassik turdagi universitetlar, oliy maktablar (siyosat va davlat boshqaruvi bo‘yicha elita maktablari), san’at va arxitektura maktablari va maxsus maktablar (transport, kutubxona ishlari va h.k.) tomonidan taqdim etiladi. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish 2 yildan 11 yilgacha davom etishi mumkin va u ma’lumot haqidagi hujjat taqdim etish bilan yakunlanadi. Universitet ta’limi birinchi siklda umumiy ta’limning DEUG – diplomini olish bilan yakunlanadigan ikki yillik dasturdan boshlanadi. Bu diplom egalari oliy ta’limni “litsenziat” diplomi bilan yakunlanadigan keyingi ikki yillik siklda davom ettirishlari mumkin. Yana bir yil o‘qilsa magistrlik diplomi – “metriz” olinadi. Keyin talaba ishga joylashishi yoki ikkita yo‘nalishdan birida bir yil o‘qishni davom ettirishi mumkin: DEA – diplomini olish uchun doktoranturada o‘qishni davom ettirishi yoki DESS – diplomini olish va oliy darajadagi mutaxassis ta’limini davom ettirishi mumkin.
Boloniya universiteti ta’lim tizimida erishilgan afzalliklarni an’anaviy ta’lim tizimi bilan solishtirgan holda ko‘rib o‘tadigan bo‘lsak, an’anaviy tizimdagi asosiy jihatlarni quyidagilar misolida ko‘rishimiz mumkin:

  • barqaror va uzoq muddatli o‘quv jarayonini ishlab chiqish;

  • butun o‘quv jarayonini bosqichlarga bo‘lish, har bir bosqichga ushbu bosqich uchun mas’ul bo‘lgan ishchilarni tayinlash;

  • talaba o‘quv tizimining passiv elementi sifatida qaraladi (shubhasiz rahbariyat ko‘rsatmalariga amal qiladi).

Ko‘rinib turibdiki, an’anaviy ta’lim tizimning asosiy jihatlarida pedogog xodimlarning vazifasi ko‘proq bo‘ladi va bunda quyidagi afzalliklarni ko‘rishimiz mumkin:

  • tizimning barqarorligi, uning hamma uchun bir xilligi, u yaxshi ishlab chiqilgan;

  • tizimning asosliligi;

  • jarayon uzilishlarsiz amalga oshirildi, tizim tushunarli va ko‘p yillar davomida taxmin qilinadigan edi.

Darhaqiqat, an’anaviy ta’lim tizimi yillar davomida ishonchni oqlay olgan hamda minglab insonlarning bilim olishiga va o‘z yo‘llarini topishlarida foydasi tegib kelgan.
Shu bilan birga ba’zi kamchiliklari ham mavjud desak mubolag‘a emas. Eng katta kamchiliklaridan bii bu talabalar uchun eng qiyin bo‘lgan vaqtlar, ya’ni bacha fanlardan bir vaqtda imtixon olinishi va bu paytning talaba uchun ham professor uchun ham murakkabligidadir. Bulardan tashqari quyidagilarni ham misol keltirishimiz mumkin:

  • yakuniy nazorat (talaba sessiyadan sessiyaga yashaydi, imtihondan uch kun oldin darsliklar haqida eslaydi);

  • o‘quvchilarga asosan repressiv usullar, o‘quv jarayonidagi talabaning passiv o‘rni orqali ta’sir.

Demak, yuqorida sanab o‘tganlarimiz umuman dunyo miqiyosidagi oliy ta’lim muassasalari uchun an’anaviy bo‘lgan tizimidagi asosiy jabhalar, yutuq va kamchiliklar bo‘lsa, bularni Boloniya ta’lim tizimi bilan solishtirib ko‘radigan bo‘lsak, Boloniya ta’lim tizimi da quyidagi asosiy jabhalarni ko‘rishimiz mumkin:

  • iste’molchiga – talabaga yo‘naltirilganligi – uning o‘rganish jarayonida ta’sir o‘tkazish imkoniyati berilgan;

  • ta’lim sifatini oldini olishga urg‘u berish – xizmatlar ko‘rsatish ob’ekti uning o‘sish ko‘rsatkichlarini belgilash shaklida doimiy

ravishda nazorat qilinadi

  • o‘qituvchi va talaba o‘z ishida juda ko‘p mustaqillikni, individuallikni talab qiladi.

Bular Boloniya universitetining asosiy qirralari bo‘lishiga qaramay an’anaviy ta’lim tizimidan anchagina farq qiladi. Ayniqsa o‘qituvchi va talabaning mustaqilligini talab qila olishi uning o‘z ustida ko‘proq ishlay olishiga imkon yaratadi.
Afzalliklari to‘xtaladigan bo‘lsak:

  • o‘quv jarayonini ta’lim natijalarini baholash jarayonidan ajratish. O‘qituvchi mashg‘ulotlar olib boradi, joriy baholarni qo‘yadi, ammo uning faoliyati natijalarini yakuniy baholash test markazi tomonidan amalga oshiriladi;

  • jarayonning asosiy elementi sifatida talabaga katta huquqlar beradi;

  • talabaning mustaqil fikrlashiga imkoniyat beradi.

Talabaning ta’lim olishi uchun bunday imkoniyatlarning berilishi uning o‘z ustida ko‘proq ishlashiga, faqat baho uchun emas bilim egallash va tahlil qilib uni o‘z fikrlari bilan bayon eta olishiga yo‘l beradi. Shu bilan birga ba’zi kamchiliklarni ham sanab o‘tish maqsadga muvofiqdir.

  • olingan bilimlarning tub mohiyatini pasaytiradi;

  • katta moddiy xarajatlarni talab qiladigan ish sharoitlarining tez–tez o‘zgarishi.

Kamchilik sifatida ish shaoitlarining o‘zgarib turishi olinadigan bo‘lsa, bu ta’lim sifatining kamchiligi deya olmaymiz desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boloniya Deklaratsiyaning eng muhim jihatlaridan biri oliy ta’lim muassasalarining kredit tizimi dan foydalanish. ECTS European Credit Tranfer System, ya’ni «Yevropa baholash kreditlari tizimi ni anglatadi. Kredit yoki kredit birligi – o‘quv rejasida hisobga olingan har qanday o‘quv faoliyatining son ko‘rsatkichidir. U dastlab oddiy soatlarda hisoblashni o‘rnini bosadi, 1 kredit soatning asosiy qismini 1 semestr davomidagi haftalik 50 daqiqalik darslarning soni, ya’ni haftada 1 soat ma’ruzani, 2 soat amaliy mashg‘ulot, 3 soat laboratoriya ishi, unga tayyorlanish, imtihonsinovlarni topshirish, uy topshiriqlari, kurs ishini tashkil etadi. Oliy ta’lim tizimida kredit tizimidan foydalanish ko‘pgina qulayliklarni yaratadi. Masalan, oliy ta’limga moliyaviy mablag‘larini ajratishda, o‘quvshartnoma baholarini aniqlashda, o‘quv dasturlari va rejalarini, darslar jadvalini tuzishda, talabalar bilimini baholash va stipendiyalar belgilashda afzalliklarga ega. Ta’limning Kredit tizimiga o‘tish bozor iqtisodiyoti davri talabi bo‘lgan ta’limning erkinligini ta’minlashda muhim bo‘lgan o‘qituvchi va talaba faoliyatini baholash, ularni o‘quv yuklamalari hajmini aniqlashda foydalanish imkoniyatlari katta. ECTS – talabalarga ham katta afzalliklar beradi. Masalan, ularni chet elda olgan akademik bilimlarini dunyoning turli mamlakatlarida tan olinishini kafolatlaydi, boshqa oliy ta’lim muassasalarida ma’lum fanlar bo‘yicha o‘qishni davom ettirish imkoniyatini, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom etirish va tugatish imkoniyatini beradi. ECTS – oliy ta’lim muassasalariga ham katta afzalliklar beradi. Masalan, ma’lum bir mutaxassislik olish uchun zarur o‘quv jarayoni haqidagi axborotlarni aniq aks ettiruvchi o‘quv rejalarni o‘xshashligi – yagonaligini ta’minlaydi, mutaxassislik darajasini tan olinishini ta’minlash maqsadida talabani qabul qiluvchi va jo‘natuvchi oliy o‘quv yurtlaridagi dasturlarning mazmunini oldindan kelishib olish imkonini beradi, ta’lim natijalari, talabani o‘quv yuklamalarini va fanlarning rejalari tarkibini aniq aks ettiradi, talabani ta’lim olishi bilan bog‘liq hamma masalalarini hal etishdagi javobgarligini va mustaqilligini saqlash imkoniyatini beradi. Yevropa ta’lim tizimida o‘quv kurslari va barcha ta’lim jarayonlari kreditlar (sinov birliklari) da O‘zbekistonda va barcha MDH mamlakatlarida esa akademik soatlarida hisoblanadi. O‘zbekistonning Davlat ta’lim standartida umumiy o‘quv yuklamasi auditoriya va mustaqil ish soatlaridan tashkil topgan, bu Yevropaning kredit tizimiga yaqin keladi. Ularda talabaning umumiy yuklamasi quydagilardan tashkil topgan: auditoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ish, talabalar bilimini nazorat oralik nazoratlari, yakuniy nazoratlar va yakuniy attestatsiyadan iborat. Barchamiz bilamizki Yevropa kredit tizimida kunduzgi bo‘limining bakalavriaturasida bir akademik yil uchun 60 sinov birligi (kredit) qabul qilingan, jami 4 yilda 240 ta kredit yig‘ishi shart, shundan 142 krediti talabaning o‘quv yuklamasi, ya’ni auditoriya mashg‘ulotlari hisoblanadi va o‘quv rejani ushbu kreditlar uchun ishlab chiqiladi. O‘zbekiston oliy ta’limining amaldagi o‘quv rejalari asosida Yevropa kredit tizimiga o‘tish imkoniyati mavjud. 1 yilda talabaning o‘quv yuklamasi, ya’ni auditoriya mashg‘ulotlari 32 kredit bilan hisoblash kerak, unda 4 yil davomida talabadan N+32x4=128 kredit to‘plash talab etiladi. Shundan, 14 kredit amaliyot va yakuniy Davlat attestatsiyasi bo‘lib, jami 142 kreditni tashkil etadi. Endi amaldagi o‘quv reja bo‘yicha ushbu kreditni keltirib chiqaramiz. Buning uchun talabaning 30 soat umumiy ish hajmini 1 kredit deb qabul qilamiz (Yevropaning ko‘p OTMlarida 36 soat). Faqat bizda 1 yil talabaning o‘quv yuklamasi 32 kredit bilan hisoblash kerak, unda 4 yil davomida talabadan N+32x4=128 kredit to‘plash talab etiladi. Aslida har bir kredit (sinov birligi) ostida jismoniy sarflangan soat emas, balki egallangan bilim turadi. Bu bilim ish beruvchining talablariga mos kelishi kerak. O‘quv rejadagi har bir fan bo‘yicha, ushbu bilim hajmini aniqlash mexanizmi juda katta va mashaqqatli metodik ishni talab qiladi. Yuqorida YeSTS kredit texnologiyasi asosida bakalavr darajasi olish uchun 240 kredit yig‘ish shart deb ko‘rsatgan edik. Yana shuni qayd etish joizki, Yevropa OTMlari bakalaviaturasida fanlarning umumiy soni 30-35 tadan ortmaydi, bizda esa 45 tadan ortiq. Yangi o‘quv rejalari tuzishda fanlar sonini 30-35 tadan oshirmaslikni va talabaning jami ish hajmini 7200 soat: 30 kredit-soat = 240 kreditga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, rivojlangan xorijiy davlatlarning barcha OTMda ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar to‘g‘risidagi hamma ma’lumotlar, xususan, o‘quv rejasida aks etgan fanlarning qisqacha sillabusi ya’ni fanning identifikatsiyasi, professor-o‘qituvchi haqida ma’lumot, dars tavsifi, fanning maqsadi, o‘rganish natijalari, o‘qitish metodikasi, fanning rejalari, adabiyotlar, baholash metodikasi, fanlar kesimida dars mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-o‘qituvchilar hamda ularning erishgan yutuqlari, mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan qisqacha talablar, ya’ni qanday nazariy, amaliy bilim, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega bo‘lishi bilan bog‘liq ma’lumotlar universitetlarning rasmiy veb-saytida ochiq-oydin e’lon qilingan bo‘ladi. Ayni paytda, ming afsuski, abiturientlar universitetlarimiz saytlarida ushbu ma’lumotlarni topishga qiynalishadi. Bu bo‘yicha ham madaniyatni shakllantirish vaqti esa allaqachon kelgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, an’anaviy o‘qitish tizimining salbiy jihatlaridan voz kechish va xalqaro standartlar talablari doirasida ishlarni tashkil etish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda.
O‘zbekistonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"ga ko‘ra mamlakatdagi Oliy muassasalarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Bu yaqin yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha Oliy muassasalar kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi. Masalan, 2020-2021 o‘quv yilining o‘zida mamlakatdagi 33 dan ortiq yirik Oliy muassasalarda European Credit Transfer System (ECTS) kredit-modul tizimining joriy etildi. Mazkur Oliy muassasalarda asosan European Credit Transfer System (ECTS) kredit-modul tizimining joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Yangi tizim dastavval 1-kurs, keyinchalik barcha kurslar o‘quv dasturlarida joriy etilishi rejalashtirilgan.
Bu tizim quyidagi jarayonlar uchun imkoniyatlar yaratadi:

  • ta’lim sifatini ta’minlashda Yevropa Hamkorligiga ko‘maklashish, taqqoslanadigan mezonlar va baholash metodlarini ishlab chiqish;

  • talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va boshqaruv xodimlarining mobilligini oshirish;

  • hamkorlikdagi o‘quv va ilmiy tadqiqotlar dasturlarini yo‘lga qo‘yish, integrallashgan o‘quv kurslarini yaratish va o‘quv rejalarini takomillashtirish;

  • Yevropa oliy ta’limi va ilmiy tadqiqotlariga e’tibor qaratilishini va raqobatbardoshligini ta’minlash.

Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Barcha kuchlar ushbu tizimni yaratishga safarbar etilyapti. Xususan, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida ham 2020-2021-o‘quv yilidan kredit-modul tizimi asoslangan fan dasturlari va sillabuslar ishlab chiqildi. Kredit modul tizimiga mos ravishda o‘quv adabiyotlar yaratish rejalari ishlab chiqildi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish