Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



Download 0,6 Mb.
bet3/20
Sana23.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#840956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
G.Djabbarov-21.02.2022 (2)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.................................

71

ILOVALAR...................................................................................................

74



Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,
Oʻrgangani ilm tolibi ilm kerak.
Men tolibi ilmu tolibi ilme yoʻq,
Men borman ilm tolibi, ilm kerak.
Zahiriddin Muhammad Bobur

KIRISH




Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassalarida ta’lim sifatini oshirishga yuqori darajada e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish»1 bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali ijrosi respublikamiz oliy ta’lim sohasining taraqqiyot tendensiyasini chuqur tahlil qilish va oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni boshqarish samaradorligini oshirish asosida ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga o‘tkazish, individual ta’lim traektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish, ularni tasdiqlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich akademik mustaqillik berish, mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, talabalar bilimini baholash tizimi texnologiyalarini takomillashtirib boorish va xolisonaligini ta’minlash, jumladan baholashning talabalar bilan bevosita aloqasiz shakllarini rivojlantirib borish, fanlarni o‘zlashtirishda talabalar orasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish belgilab qo‘yilgan. Davlatimizdagi Oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030 yilgacha yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Bu kelgusi yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha Oliy ta’lim muassasalar kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy, Farobiy, Farg‘oniy, Marg‘uloniy, Jomiy, Behbudiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratish lozimligi, bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi muhimligi ta’kidlab o‘tilgan.
Ushbu murojaatnomada yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi, shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanishi va shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish kerakligi belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2021 yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berishni taklif etilishi, oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilishi, nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi, professional ta’lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinishi shu kunning dolzarb masalalari ekanligi ta’kidlandi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish vazifalari, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish» bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarda oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash, ta’lim sifatini oshirish va baholash, OTMlari reytingi va raqobatbardoshligini oshirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyasini hamda OTMlarida raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan vazifalarni amalga oshirish zarurati ko‘rsatib o‘tilgan. Bu vazifalar dolzarblik darajasining yuqoriligi va ularni bosqichmabosqich hal etish zaruratining mavjudligi mamlakatimiz oliy ta’limining yangi bosqichga o‘tganligidan dalolat beradi. Bu haqda muhtaram Prezidentimizning sohaga yo‘naltirilgan nutq, ma’ruza va bevosita muloqotlarida bildirgan fikr-mulohazalari hamda oliy ta’lim ishtirokchilariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasidan ham his qilish mumkin. Bizning zimmamizdagi mas’uliyat muhtaram Prezidentimiz va soha rahbarlari tomonidan belgilab berilgan mazkur vazifalarning samarali ijrosiga o‘z hissamizni qo‘shish barobarida mamlakat oliy ta’lim sohasining taraqqiyot tendensiyasini chuqur tahlil qilish taqozo etadi.
Ta’lim masalasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida muhim vazifalar qatoridan o‘rin olgan. Ko‘pchilik davlatlarda global raqobat sharoitidagi yangi talablariga javob beruvchi, moslashuvchan ta’lim tizimini yaratishga qaratilgan tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bulardan asosiy maqsad oliy o‘quv yurtlarining va o‘quv dasturlarining moslashish imkoniyatlarini kengaytirish hisoblanadi.
Bu borada, YuNESKO tomonidan muntazam ravishda, oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilmoqda, xalqaro hamkorlikning me’yoriy asoslarini yaratish bo‘yicha yangi g‘oyalar ilgari surib kelinmoqda. Akademik erkinlik va demokratiyani ta’minlash bo‘yicha universal me’yorlarning mavjudligi, YuNESKO va Yevropa Ittifoqining milliy ta’lim tizimlari uchun tobora me’yoriy ahamiyat kasb etayotgan halqaro konvensiyalar hamda butun jahon deklaratsiyalari bu jarayonlar uchun asos bo‘lmoqda.
Bu jarayonlarning strategiyasini belgilovchi asosiy hujjat YuNESKO tomonidan 1997 yilning aprelida Lissabonda e’lon qilingan “Yevropa regionida oliy ta’limga oid malakalarni tan olish” Konvensiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 42 ta davlat ichida birinchilardan bo‘lib uni imzoladi va 1997 yilning dekabrida ratifikatsiya qildi. Lissabon Konvensiyasining O‘zbekiston tomonidan imzolanishi, uning Respublika Parlamentida ratifikatsiya qilinishi va Respublika Prezidentining shu to‘g‘ridagi Farmoni bizning mamlakatimizni “Universitetlarga yo‘naltirilgan, diplomlar ekvivalentligi haqidagi Yevropa konvensiyasi” (1953 y.), “Universitetlar kvalifikatsiyalarini akademik tan olish haqidagi Yevropa konvensiyasi” (1959 y.), “Universitet ta’limi davrlarining umumiy ekvivalentligi haqidagi Yevropa konvensiyasi” (1990 y.) va boshqa qator xalqaro loyihalar, dasturlar va kelishuvlar ishtirokchisiga aylantirdi.
Dunyo ta’lim makoniga oliy ta’lim tizimining integratsiya jarayonini kiritish maqsadida 1997 yilda ta’lim tizimining Lissabon konvensiyasi va 1999 yilda Bolonya deklaratsiyasi qabul qilindi. Bolonya deklaratsiyasining asosiy maqsadi Oliy ta’limda Yevropa kredit tizimi (ECTS- Europen Credit Transfer system) sinov birligini qo‘llash hamda bu ta’limning chet ellarda tan olinishiga erishish edi. Bolonya Deklaratsiyaning eng muhim jihatlaridan biri oliy ta’lim muassasalarining «kredit tizimi»dan foydalanish. ECTS European Credit Tranfer System, ya’ni «Yevropa baholash kreditlari tizimi»ni anglatadi. Oliy ta’lim tizimida kredit tizimidan foydalanish ko‘pgina qulayliklarni yaratadi. Masalan; oliy ta’limga moliyaviy mablag‘larini ajratishda, o‘quv-shartnoma baholarini aniqlashda, o‘quv dasturlari va rejalarini, darslar jadvalini tuzishda, talabalar bilimini baholash va stipendiyalar belgilashda afzalliklarga ega. Ta’limning Kredit tizimiga o‘tish bozor iqtisodiyoti davri talabi bo‘lgan ta’limning erkinligini ta’minlashda muhim bo‘lgan o‘qituvchi va talaba faoliyatini baholash, ularni o‘quv yuklamalari hajmini aniqlashda foydalanish imkoniyatlari katta. Hozirgi kunga kelib 50 ga yaqin davlatlar Bolonya jarayonida ishtirok etadi va bu jarayon barcha davlatlar uchun ochiq hisoblanadi.
“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi” ilovalarida Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasining belgilab qo‘yilganligi bu masalaning oliy ta’lim uchun qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatmoqda.
Bolonya deklaratsiyasini imzolagan barcha davlatlar oliy ta’limning ikki bosqichli tizimiga o‘tishlari shart. Birinchi bosqich 3-4 yil davom etadi. Uni tugatgandan so‘ng bitiruvchiga ma’lum sohada ishlash imkonini beruvchi bakalavr darajasi taqdim qilinadi. Ikkinchi bosqichdagi dasturni o‘tash magistr (1-2 yil) va/yoki doktor (3-4 yil) darajasini olishga imkon beradi.
Ko‘pchilik xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tizimida sinov birliklarini qayd qilish va to‘plashga qaratilgan, xorijda o‘qishning akademik tan olinishini kafolatlovchi European Credit Transfer System (ECTS) sinov birliklari tizimi yoki unga o‘xshash tizim hozirgi kunda juda muhim ahamiyatga ega (1999 y. ECTS tizimi 1062 ta Yevropa oliy o‘quv yurtlarida qabul qilingan) .
Bu tizim quyidagi jarayonlar uchun imkoniyatlar yaratadi:

  • ta’lim sifatini ta’minlashda Yevropa Hamkorligiga ko‘maklashish, taqqoslanadigan mezonlar va baholash metodlarini ishlab chiqish;

  • talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va boshqaruv xodimlarining mobilligini oshirish;

  • hamkorlikdagi o‘quv va ilmiy tadqiqotlar dasturlarini yo‘lga qo‘yish, integrallashgan o‘quv kurslarini yaratish va o‘quv rejalarini takomillashtirish;

  • Yevropa oliy ta’limi va ilmiy tadqiqotlariga e’tibor qaratilishini va raqobatbardoshligini ta’minlash.

Yevropa davlatlari o‘z oldilariga oliy o‘quv yurtlarining barcha dasturlari va fanlarining mosligini tan oladigan bilimlarni baholashning yagona tizimini (credit system) yaratishni maqsad qilib qo‘yishgan.
Bolonya Deklaratsiyasi asosida endilikda ta’lim sifatini baholash kriteriylarini va baholash metodlarini ishlab chiqish, milliy hokimiyatlar va xalqaro tashkilotlarga bog‘liq bo‘lmagan akkreditatsiya agentliklarini tuzish kutilmoqda. Baholash ta’limning davomiyligi yoki mazmuniga emas, balki bitiruvchilarning olgan bilimlari, uquv va ko‘nikmalari, kompetensiyalariga asoslanadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish