Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar


Kam ahamiyatli qilmishlar



Download 171,5 Kb.
bet3/29
Sana31.12.2021
Hajmi171,5 Kb.
#203319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
niyozova

Kam ahamiyatli qilmishlar

 

Hayotda shunday qilmishlar uchraydiki, unda qonunda nazarda tutilgan alomatlari mavjud bo`lsa-da, o`zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfliligi juda kam bo`ladi, jabrlanuvchi uchun yetkazilgan zararning miqdori deyarli ahamiyatga ega bo`lmaydi. Shuni e`tiborga olib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 36-moddasida kam ahamiyatli qilmishlar tushunchasi berilib, bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan.



Kam ahamiyatli qilmishlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan bo`lsa-da, huquqqa xilofligi, aybning mavjudligiga ko`ra boshqa qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlardan farq qiladi, boshqa turlariga bunday xususiyatlar xos emas va ular ijtimoiy foydali huquqiy harakatlardir.

Kam ahamiyatli qilmish sodir etilganida ijtimoiy xavfli oqibat yuz bermaydi yoki qonun bilan qo`riqlanadigan obyektga juda oz zarar yetkaziladi. Qilmishni kam ahamiyatli deb hisoblashda obyektiv (qilmishni sodir qilish sharoiti, kelib chiqqan oqibatning jabrlanuvchi uchun ahamiyatga ega emasligi yoki oqibat kelib chiqmaganligi) va subyektiv (aybning darajasi, jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatga nisbatan jiddiy zarar yetkazish maqsadining yo`qligi, harakatning aynan oz miqdorda zarar yetkazishga qaratilganligi va h.k.) holatlarning jami e`tiborga olinishi kerak. Masalan, voyaga yetmagan shaxsning birovning bog`idan o`zi iste`mol qilishi uchun oz miqdorda meva o`g`irlashi, gullarni uzib olishi, zotli hisoblanmagan kaptar o`g`irlashi, sho`xlik, o`zini ko`rsatish kabi harakatlar shular jumlasidandir.

Qilmishni kam ahamiyatli deb topish uchun bunday qilmish bilan bog`liq barcha holatlar (ayb shakli, jinoyat sodir etish usuli, motiv, vaziyat va jinoyat sodir etish bosqichlari, jinoiy oqibat og`irligi, jinoyat ishtirokchilari, ularning ishtiroki darajasi va harakati)ni tahlil qilib chiqish kerak.

Qilmishni kam ahamiyatli, deb topishda asosan uning ijtimoiy xavflilik darajasiga e`tibor berish kerak. Masalan, shaxs jabrlanuvchini o`ldirishga harakat qilsa-da, unga hech qanday zarar yetkazmasa, shaxsning bunday qilmishi kam ahamiyatli deb topilmay, balki odam o`ldirishga suiqasd deb topilishi kerak.

Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi aniqlansa, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 2-bandiga binoan ish bekor qilinadi.

 


 1.2.Zaruriy mudofaa

Zaruriy mudofaa institutining tushunchasi va belgilarining jinoyat huquqida berilishi ijtimoiy adolatni amalga oshirishda g`oyat katta ahamiyatga egadir. Jinoyat huquqida zaruriy mudofaa tushunchasi qonun bilan muhofaza qilinadigan obyektlarni jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish jarayonida tajovuzkorga shunday zarar yetkazish yo`li bilan amalga oshiriladigan huquqiy mudofaani o`z ichiga oladiki, bunday mudofaa zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib amalga oshirilganida mudofaalanuvchi shaxsning jinoiy javobgarligini kelitirib chiqaradi. Jinoyat kodeksining 37-moddasida zaruriy mudofaaning qonuniyligi doirasi va shartlari, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning huquqiy holati nazarda tutilgan.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37-moddasiga ko`ra:



Download 171,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish