Qo‘yochilik fermalarida jun qirqish va junga birlamchi ishlov berishni mexanizasiyalash Reja: Jun qirqish, unga qo‘yiladigan asosiy zootexnik talablar, jun qirqish usullari



Download 394,58 Kb.
bet4/6
Sana02.04.2022
Hajmi394,58 Kb.
#524412
1   2   3   4   5   6
ESA-12/200 jun qirqish agregati (3.8.4-rasm). Yuqori chastotali elektr toki bilan ishlovchi MSU-200 jun qirqish mashinalari bilan jihozlangan bu agregat barcha turdagi qo‘ylarning junini olish uchun mo‘ljallangan. Agregat turg‘un, ko‘chma va vaqtinchalik tashkil etilgan 12 ta ish o‘rinli jun qirqish punktlarida ishlatiladi. Agregatning ish unumdorligi jun qirquvchi operatorlarning mahoratiga bog‘liq va o‘rtacha 100...120 bosh/soat ga teng. Agregatda jami 14 kishi ishlaydi, shundan 12 ta jun qirquvchi, 1 ta charxlovchi va 1 ta sozlovchi chilangardan iborat. Energiya manbai sifatida uch fazali 220/380 V kuchlanishli, chastotasi 50 Gs li elektr toki ishlatiladi. Jun qirqish mashinkalari elektr tarmog‘iga ulanadi va elektr yurgizgichlar orqali boshqariladi. Mashinkalar maxsus ilgaklarga osilgan holda turadi. Charxlash apparati va elektr tokining chastotasini oshirib (200 Gs gacha) va kuchlanishni kamaytirib (36 V gacha) beruvchi ko‘chma qurilma rama orqali erga o‘rnatiladi.


3.8.4-rasm. ESA-12 /200 elektr jun qirqish agregatining sxemasi:
1-jun qirqish mashinkasi; 2-magnitli yurgizgich; 3-elektr toki chastotasini o‘zgartirgich; 4-pichoq va taroqlarni charhlash apparati.
3.8.2-jadval
Jun qirqish agregatlari tizimi

№ t.b.

Qurilmalar

Jun qirqish agregatlari

ESA-
1D

ESA-
12G

ESA-
1/200

ESA-
6/200

ESA-
12/200

1

Jun qirqish mashinkalari:
MSO-77B
MSU-200

1
-

12
-

-
1

-
6

-
12



2

Egiluvchan val

1

12

-

-

-

3

AOL-012-26 elektr dvigateli

1

12

-

-

-


4

Magnitli yurgizgichlar soni

1

12

1

6

12


5

Elektr tokining chastotasini o‘zgartirgich

-

-

PCHSF-0,25-36-200

S-572-A

IE-9401

6

Charxlash apparati:
DAS-350
TA-1
PZN-60

-
-
-


1
-
-


-
-
-


1
-

-
1


7

Yoritish va elektr tokini uzatish tizimi

-

1

-

1

1

8

AB-4T-400 elektr stansiyasi

-

1

-

1

-

9

Ish o‘rinlari soni

1

14

1

8

14


ESA-6/200 jun qirqish agregati. Agregatning tuzilishi ESA-12/200 jun qirqish agregati bilan o‘xshash, faqat jun qirqish mashinkalari soni 6 ta va jun qirqish mashinkalarini tok bilan ta’minlovchi qo‘shimcha, uzunligi 15 m li kabellar bilan ta’minlangan. Bu kabellar yordamida agregat tuyalarning ham junini olishga mo‘ljallangan.
Charxlash apparatlari. Charxlash apparatlari jun qirqish mashinkalarining qirqish juftligini, ya’ni pichoq va taroqni o‘tkirlash uchun xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda jun qirqish agregatlarida TA-1, DAS-350 va PZN-60 rusumidagi charxlash apparatlari ishlatiladi. Ularning texnik tavsifnomalari 3.8.3-jadvalda ko‘rsatilgan.
TA-1 charxlash apparati. TA-1 charxlash apparati elektr dvigateli, rama, charxlash diski, disk qoplamasi va stoyka, tyaga va pichoq yoki taroqni ushlab turgichdan iborat. Ushlagich tanasida charxlanayotgan taroq yoki pichoqni charxlash vaqtida ushlab turish uchun ikkita burtik bo‘lib, bularga pichoq va taroqdagi teshiklar kiygiziladi.

3.8.3-jadval


Charxlash apparatlarining texnik tavsifnomalari

№ t.b.

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Charxlash apparatlarining rusumlari

TA-1

DAS-350

PZN-60

1

Charxlash diskining o‘lchamlari:
diametri
qalinligi

mm

350
18


350
18


350
18



2

Diskning aylanish chastotasi:
pichoq va taroqni charxlashda
charxlash diskini tekislash va tish chiqarishda

min-1

1440
-


1325
171


1410
-



3

Elektr dvigateli quvvati

kVt

0,4

0,5

0,4

4

Unumdorligi

juft

30

30

75

5

Xizmat ko‘rsatuvchilar soni

odam

1

1

1

6

Massasi

kg

51

127

150

Pichoq va taroq juftligining sirt yuzi ushlagich kiygiziladigan teshiklari charxlashdan oldin iflosliklardan issiq suv yordamida tozalanadi. Charxlash diskining sirtiga №8 li jilvirlash poroshogi AS-10 avtotraktor moyi va kerosin aralashmasidan iborat aralashma surtiladi. Pichoq va taroq tishlari, charxlashda diskning aylanishiga qarama-qarshi holatda, ya’ni yuqoriga qarab o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Charxlash davomida disk sirtiga vaqti-vaqti bilan poroshok aralashmasi surilib turiladi.


DAS-350 apparati pichoq, taroq juftligini charxlash, charxlash diski sirtini tekislash va uning sirtiga konsentrlangan aylana shaklida tish chiqarish uchun xizmat qiladi. DAS-350 apparatida pichoq-taroq juftligini charxlash TA-1 charxlash apparatidagi singari bajariladi. Diskni tekislash va tish chiqarish maxsus support mexanizmi orqali bajariladi.
Bu apparatdagi charxlash diskini apparatdan echib olmasdan ta’mirlash imkoniyatini beradi va pichoq-taroq juftligining sifatli charxlanishini ta’minlaydi.
PZN-60 yarim avtomati katta unumdorlikka ega bo‘lgan va pichoq-taroq juftligini sifatli charxlaydigan zamonaviy charxlash apparati hisoblanadi (3.8.5-rasmlar).

3.8.5-rasm. PZN-60 charxlash yarim avtomati:
1-rama; 2-reduktor; 3-kojux; 4-oboyma; 5-ushlagich; 6-charxlash diski;
7-elektr dvigateli.
Charxlash apparatining asosini elektr dvigateli 7, reduktor 2, halqa 4 va unga o‘rnatilgan ushlagich 5 lardan tuzilgan. Pichoq va taroq o‘rnatiladigan ushlagichlar oboymaga mahkamlanadi va maxsus shtiftlar, prujina, shponkalar, doimiy magnitni ushlab turuvchi moslamadan iborat. Ish jarayonida pichoq-taroq juftligi ushlagich og‘irligi va prujina kuchi orqali doimo charxlash diskiga qisilib turadi. Apparatda bir vaqtning o‘zida 2 juft pichoq va taroq 20...30 sekund davomida charxlanadi va ish unumdorligini TA-1 apparatiga qaraganda 2...2,5 marta oshiradi.

Download 394,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish