Qo‘yochilik fermalarida jun qirqish va junga birlamchi ishlov berishni mexanizasiyalash Reja: Jun qirqish, unga qo‘yiladigan asosiy zootexnik talablar, jun qirqish usullari


Junga birlamchi ishlov beruvchi texnika vositalari



Download 394,58 Kb.
bet5/6
Sana02.04.2022
Hajmi394,58 Kb.
#524412
1   2   3   4   5   6
3. Junga birlamchi ishlov beruvchi texnika vositalari
Fermalarda qirqib olingan junga tezda birlamchi ishlov berish talab etiladi va bu jarayon jun qirqish punktlarida amalga oshiriladi. Fermalar sharoitida junga birlamchi ishlov berish texnologiyasi o‘z ichiga har bir qo‘ydan chiqadigan junni o‘lchash, uni klasslarga ajratib saralash, sifatli junlarni klasslar bo‘yicha toylash, har bir toyni o‘lchash va markalash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. O‘ta ifloslangan junlarga maxsus texnologiyalar asosida qo‘shimcha ravishda ishlov beriladi.
Junga jun qirqish punktida birlamchi ishlov berish vositalariga junni tashish TSH-0,5BM transportyori, SKSH-200 saralash stoli, toylash PGSH-1,0B va SS-73-3 gidropresslari, toylarni tashish va yuklash EPSH-5 elektr telferi, jun va jun jun toylarini o‘lchash VSP-25, VPG-500 tarozilari, toza jun tolasini aniqlashda ishlatiladigan PL-F-10 laboratoriya pressi, tivit, echki junidan puxni olish uchun ishlatiladigan AVP-12 agregati va boshqalar kiradi.
TSH-0,5BM jun transportyori (3.8.6-rasm). Qurilma qirqilgan jun o‘ramini jun qirquvchi oldidan birlamchi qayta ishlov berish joyiga tashish, elektr kabellari va boshqarish mexanizmlarini, jun qirqish mashinalarini o‘rnatish uchun xizmat qiladi. TSH-0,5BM transportyori rama, jun qirqish mashinkalarini osish uchun ilgakli kronshteynlar, rezinali lenta, lentani taranglash mexanizmi o‘rnatilgan (harakatlanuvchi) etaklanuvchi baraban, harakatlantiruvchi baraban, harakat uzatish stansiyasi va yon devor to‘siqlaridan tuzilgan.


3.8.6-rasm. TSH-0,5A jun transportyori:
1-transportyor bo‘limi; 2-to‘siq; 3-tayanch; 4-taranglashtirish stansiyasi; 5-lenta;
6-kronshteyn; 7-harakat uzatish mexanizmi.

TSH-0,5BM transportyorining texnik tavsifnomasi
Ish unumdorligi, runo/soat ..................................... 170...200
Lentaning harakatlanish tezligi, m/s ..................... 0,133
Elektr tokining kuchlanishi, V ............................... 220/380
O‘lchamlari, mm ........................................................... 26630x850x1000
Elektr dvigateli quvvati, kVt ................................. 0,75
Massasi, kg ..........................................................680
SKSH-200A saralovchi stol. Stol junni saralab sinflarga ajratish uchun mo‘ljallangan va 25x25 mm o‘lchamli setkali rama, brezentdan yasalgan taglik, tepa va past tomonlaridan prujinalar va homutlar orqali tortqilar, tepadan maxsus skobalarga pastdan esa erga mahkamlangan ilgaklar yordamida tarang holda mahkamlangan. Setkali rama gorizontal holda erdan 700...800 mm balandlikda o‘rnatiladi va erkin tebranish imkoniyatiga ega. Stolning o‘lchamlari, ya’ni uzunligi 2250 mm, kengligi 1350 mm, balandligi 750 mm ga teng. Stolda 2 kishi ishlaydi va o‘rtacha unumdorligi 200 o‘ram/soat, massasi 30 kg.
PGSH-1,0B va SS-73-3 gilravlik presslari (3.8.7a,b-rasmlar). Bu qurilmalar yuvilmagan junni presslash uchun xizmat qiladi. Junni presslash transport, ko‘tarish-tashish ishlaridagi unumdorlikni 3...5 marta oshiradi, saqlash joylarini va o‘rash ishlari uchun materiallar miqdorini kamaytiradi. PGSH-1,0B pressi rama, presslash kamerasi, bog‘lash mexanizmi, rolgang gidrotizim va boshqarish pultidan iborat.
Junni presslash va uni o‘rash quyidagi olti operatsiya (I-VI) orqali amalga oshiriladi (3.8.7b-rasm).
I - Gidrotsilindrlar 6,7 yordamida kamera 5 va zichlovchi plita 3 o‘ng tomonga olib kelinadi va maxsus qopchiq kiygiziladi.
II - Qopchiq kiygizilgan kamera gidrotsilindr 6 yordamida eng chap tomonga olib kelinadi. Presslovchi plita 3 o‘z joyida qoladi kameraning yuqori qopqog‘i ochilib ichiga jun 2 solinadi va qopqoq yopiladi.
III - Birinchi presslash amalga oshiriladi. Buning uchun 7-gidrotsilindr yordamida presslovchi plitani chap tomonga suriladi, ichidagi jun qisiladi va ushlagichlar tomonidan ushlab qolinadi.
IV - Presslovchi plita oldingi o‘ng tomonga suriladi. Kameraning bo‘sh joyiga yana jun solinadi. Bu sikl 3...4 marta takrorlanadi.
V - Oxirgi presslash. Presslovchi plitaga qopni qistiriladi va oxirgi presslash amalga oshiriladi.
VI - Presslovchi plita chap tomonda qisilgan holda qoladi. Gidrotsilindr 7 yordamida kamera o‘ng tomonga suriladi. Bu siklda qop avtomatik ravishda zinchlangan junga kiygiziladi va qo‘lda 5 qator sim bilan strelka bo‘yicha bog‘lanadi.
Bog‘langandan so‘ng presslovchi plita ham o‘ng tomonga suriladi va jun toyi rolgang yordamida pressdan chiqariladi.
SS-73-3 gidravlik pressi ham PGSH-1,0B pressi qatori yuvilmagan junni presslash uchun mo‘ljallangan va uning tuzilishi va ishlashi ham aynan unga o‘xshash. SS-73-3 gidravlik pressida simlarni bog‘lash uchun maxsus mexanizm o‘rnatilgan va presslash plitasi 2 ta gidrotsilindr yordamida presslandi, shuning uchun bu qurilmaning unumdorligi 10% yuqori va zinchlash darajasi 15% ga katta.


3.8.7-rasm. PGSH-1B jun pressi:
a- PGSH-1B jun pressining gidravlik sxemasi: 1-presslovchi plita; 2-kamera; 3-plita gidrotsilindri; 4-kamera gidrotsilindri; 5-monometr; 6-gidroraspredilitel; 7-zolotnik; 8-elektr dvigateli; 9-nasos; 10-moy bloki; 11-filtr; 12-bo‘g‘iz; 13-saqlovchi klapan; 14-o‘tkazuvchi klapan; 15-kamera va gidrotsilindrni mahkamlovchi sharnir.
b- PGSH-1B jun pressining texnologik sxemasi: 1-qopchiq; 2-jun; 3-presslovchi plita; 4-presslangan toy; 5-kamera; 6-kamera gidrotsilindri; 7-plita gidrotsilindri.


Download 394,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish