Quloq tomoq



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Dahliz  (vestibulum)  suyak labirintining markaziy qis-
mini tashkil etib, uning tashqi devorida dahliz darchasi, 
qarama-qarshi ichki devorida dahlizning pardasimon xal-
tachalari uchun 2 ta yuza chuqurchalar bo‘ladi. Oldingi 
xaltacha dahlizning oldingi tomonida joylashgan parda-
simon  chig‘anoq bilan, orqadagi xaltacha esa dahlizning 
orqa va yuqori tomonida joylashgan 3 ta pardasimon yarim 
doira kanal bilan tutashadi.
Yarim halqasimon kanallar 3 ta kanaldan iborat bo‘lib, 
3 ta tekislikda: gorizontal, frontal va sagittal tekisliklar-
da joylashgan. Har bir kanalning ikkita oyoqchasi bo‘lib, 
ular ampulyar va oddiy oyoqcha deyiladi. Oldingi va orqa 
kanallarning oddiy oyoqchalari bir-biriga qo‘shilib bit-
ta umumiy oyoqchani tashkil qiladi.  3 ta yarim halqa 
kanallarning 6 ta oyoqchalari va 5 ta teshigi mavjud bo‘lib, 
ular dahlizga ochiladi (6-rasm).
6-rasm. Quloq labirinti.
1 – elliptik qopcha; 2 – gorizontal yarim halqasimon kanal
ampulasi; 3 – endolimfatik qop; 4 – chig‘anoq irmog‘i; 5 – sferik
qopcha; 6 – perilimfatik irmoq; 7 – chig‘anoq oynasi;
8 – dahliz oynasi.
5
4
3
2
1
8
7
6


20
Chig‘anoq o‘z o‘qi atrofida 2,5 marta aylanishdan hosil 
bo‘ladi. Uning asosi ichki eshituv yo‘liga qarab turadi, un-
dan vintsimon suyak plastinkasining ichki kanali ajraladi. 
Bu suyak plastinka – yuqorigi va pastki spiral yo‘lakchaga 
bo‘linadi. Yuqori yo‘lakcha dahliz narvonchasi, pastki-
si nog‘ora narvonchasi. Bu ikkala narvoncha bir-biridan 
ajralgan (izolatsiya qilingan) bo‘lib, faqat chig‘anoq uchi-
dagina teshik orqali tutashib turadi. Dahliz narvoncha-
si dahliz bilan tutashadi. Nog‘ora narvonchasi chig‘anoq 
darchasi yoki aylanma darcha orqali nog‘ora bo‘shlig‘i 
bilan chegaralanadi. Birinchi jingalak chig‘anoq asosi hi-
soblanadi, u bo‘rtiq hosil qilib nog‘ora bo‘shlig‘iga chiqib 
turadi (7-rasm).
Suyak labirinti perilimfa suyuqlig‘i bilan to‘lgan. Un-
dagi pardasimon labirint ichida esa endolimfa suyuqlig‘i 
bo‘ladi. Pardasimon labirint suyak labirintining tuzilishini 
qaytarib, kanallar va bo‘shliqlar sistemasidan tarkib topadi.
Anatomik tuzilishi va faoliyati nuqtayi nazariga ko‘ra, 
pardasimon labirintning ikkita apparati farqlanadi: 1) eshi-
tuv apparati (chig‘anoq pardasida joylashgan); 
7-rasm. Chig‘anoqning kesmasi.
 chig‘anoq teshigi; – dahliz narvoni; – g‘alvirsimon
labirint; – nog‘ora narvoni; 5 – suyakli spiral to‘siq;
– suyakli o‘q.
6
5
4
3
2
1


21
2) vestibulyar (dahliz xaltachalari va uchta pardasimon 
yarim aylana kanallarini tutashtiradi) apparat.
Chig‘anoq pardasi spiralsimon kanal ko‘rinishida bo‘lib, 
chig‘anoq yo‘li uning ichida retseptor apparat – spiral 
(Kortiyev) a’zosi joylashgan.
Pardasimon yarim aylana kanallar suyak kanallarida 
joylashgan. Ularning diametri kichik bo‘lib, suyak kanallari 
tuzilishiga o‘xshaydi, ya’ni ampulyar va silliq qismi tiz-
zachaga ega bo‘lib, biriktiruvchi to‘qima bo‘rtmalari orqali 
suyak devorining ustki pardasiga birikadi, ulardan tomirlar 
o‘tadi. Pardasimon kanallar, ichki sathi endoteliy bilan 
qoplangan bo‘lib, retseptor hujayralar joylashgan, ampula 
bundan mustasno. Ampulaning ichki sathida doirasimon 
bo‘rtiq – toj bo‘lib, bunda tayanch hamda seziluvchi tukli 
hujayralar joylashgan, ular vestibular nervning periferik 
retseptorlari hisoblanadi.
Labirint dahlizida ikkita pardasimon xaltacha saccu-
lus  va  utriculus  bo‘lib, ularda otolit apparati joylashgan. 
Sezuvchi hujayralar tukchalari murakkablashib qo‘shilib 
to‘r hosil qiladi, unda ko‘p miqdorda kristallar saqlangan, 
dirildoq membrana joylashgan.
Bu kristallar otolitlar deb ataladi, ular fosfat va kalsiy 
karbonatdan tashkil topgan.
Tukli hujayralar tuklari otolitlar bilan birgalikda otolit 
membranasini hosil qiladi.
Ichki quloq ichki eshituv arteriyasi orqali qon bilan 
ta’minlanadi. Ichki quloq vena qon tomirlaridan qon uch 
yo‘l: chig‘anoq suv yo‘li venasi, dahliz suv yo‘li venasi va 
ichki eshituv yo‘li venalari orqali qaytadi.
Ichki quloq innervatsiyasi kalla nervining VIII juft nervi 
orqali innervatsiya qilinadi, u uzunchoq miyadan chiqib, 
ko‘prik-miyacha burchagi orqali yagona poya hosil qilgan 
holda ichki eshituv yo‘liga yo‘naladi.
Vestibular soha: 1) orqa miya; 2) miyacha; 3) ko‘zni 
harakatlantiruvchi nerv yadrolari; 4) vegetativ markaz 
yadrolari; 5) bosh miya po‘stlog‘i bilan bog‘langan.


22
Chig‘anoq yo‘llari nervlar o‘tuvchi kanallar bilan teshil-
gan suyak o‘zagi atroflga o‘ralgandir, bu o‘zak gorizontal 
yotadigan duk deb ataladi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish