Reja: Kirish. I-bob. Mdh davlatlarida neolit va enolit davrlarini o’rganilishi


 Neolit davriga oid Hisor, Kaltaminor



Download 281,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana06.07.2022
Hajmi281,74 Kb.
#747318
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MDH neolit va eniolit davri

1.2. Neolit davriga oid Hisor, Kaltaminor, 
Joyitun madaniyati
 
Hisor madaniyati Dushanbedan 25 km g’arbda joylashgan yirik 
qarorgoxlardan biri Telem Gaziyon manzilgoxining 1953-1958 yillarda 
o’rganilganidan so’ng arxeologiya faniga kiritilgan. Shundan so’ng Tojikistonning 
daryo vodiylari, tog’oldi va tog’lik rayonlaridan 200 dan ortiq neolit davri 
qarorgoxlari topilib o’rganilgan. Bular jumlasiga Tutkovul, Soy Sayyod, Darm 
sho’r, Tangi Tavri, Guyoni Poyon, ko’xna Boy kabilar kirib, bularni barchasi Xisor 
madaniyatini yorituvchi yodgorliklar xisoblanadi. Markaziy Osiyoning Sharqiy 
rayonlarida asosan Hisor- Pomir tog’laridan topilgan ne-olit davrining qarorgoxlari 
Hisor madaniyati nomi bilan ataladi. Hisor madaniyatini maxalliy tilda tog’ 
madaniyati xam deyishadi. Hisor madaniyatining asosiy markazi Toji-kiston 
Respublikasini g’arbidagi Hisor-Bobotog’- Qoratog’ oralig’idagi xududlar bo’lib, 
Hisor madaniyatining neolit davriga mansub dastlabki yodgorliklari Hisor 
vodiysidan topilib o’rganilganligi uchun shu nom bilan ataladi.
Hisor madaniyatini aks ettiruvchi, arxeologik ashyolarga eng boy bo’lgan 
qarorgoxlardan biri Tutqovul yodgorligi bo’lib u Dushanbedan 70 km janubiy-
sharqda Norak suv ombori xavza-si xududida Vaxsh daryosining Pulisanchin 
darasidan chiqib kelish yaqinida Norak shahridan 12 km yuqoridagi Tutqovul 
qishlog’i yaqinida joylashgan. 1963-1965 va 1967 yillarda bu yodgorliklarda 
V.A.Ranov boshchiligida arxeologik qazish ishlari olib borilib, bu yodgorlikni ko’p 
qatlamli ekanligi aniqlangan va bu madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mexnat 
qurollari va ularni chiqindilarini jami bo’lib 40 mingdan ortiq topilmalar olingan. 
Tutqovulni madaniy qatlamlari 2 metrlik qalinlikka ega bo’lgan o’rta asrga oid 
Temliyat shahrining madaniy qatlami tagiga joylashgan. Bu Tutqovul yodgorligini 
tosh qurollari, shu madaniyatga taal-luqli yodgorliklarga nisbatan juda ko’p. 
Shuning uchun xam Hisor madaniyatiga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’pchiligi, 
aynan shu yodgorlikda mujassamlashgan. Hisor madaniyatini bosh xususiyati, shu 
madaniyat sohiblarini «galechnaya texnika
« 
dan keng foydalanganliklaridir.
Bu kadaniyat ega-lari o’z mexnat qurollarini yasashda asosan daryo va soy 
qirg’oqlarida ko’plab uchraydigan qayroq toshlardan xomashyo sifatida 
foydalanganlar. shuning uchun xam Hisor madaniyatiga oid tosh industriyasi xaqida 
gap ketganida arxeologlarimiz ularni «galechnaya texnika
» 
deb ataydilar. Bu 
texnikadan foydalanishda, ya`ni qayroq toshlardan, qay-roq tosh otboyniklar 
yordamida mexnat qurollarini yasashda ularni dastlabki qiyofalarini eslatuvchi 
shakllari birmun-cha saqlab qolingan. Bu qayroq toshlardan yasalgan mexnat 
qurollari Tutqovulni tosh industriyasini bir qismini tash-kil qilsa, ikkinchi qismini 
chaqmoq toshdan yasalgan mehnat qurollari tashkil qilib, ularni aksariyati kalta va 
to’mtoq plastinkalardan iborat.
Tutqovulni mexnat qurolari ana shunday o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa 


12 
yodgorliklardan farq qiladi. I va II gorizontlardagi chaqmoqtoshlardan yasal-gan 
qurollar ja mi tosh industriyasini 30 foizini tashkil qiladi. Nafaqat Tut-Qovul 
yodgorligida, balki butun Hisor madaniyatiga oid yodgorliklarda asosiy rolni qayroq 
tosh-lardan yasalgan qo’pol ko’rinishdagi uchirindilar tashkil qilib, ulardan asosan 
xech qanday ishlov berilmasdan foyda-lanilgan. Hisor madaniyatining keng 
tarqalgan qurollaridan biri randa(skobel )lar bo’lib, ular asosan yirik va dag’al 
uchirindilaridan qilingan. O’zak (nukleus)lari qayroq tosh va chaqmoq toshlardan 
qilingan bo’lib, ularni tashqi ko’rinishlari bir-birlaridan kam farq qilganlar.
Geomet-rik shakldagi mikrrlitlarni soni 12 ta. Mehnat qurollaridan 
randa(skobel)lar, 
parma(sverlo)lar, 
razvyortkalar, 
kesuvchi 
(rezchik)lar, 
arra(pilki)chalar bor. III gorizontda 300 ta buyum bo’lib, bularni hammasi 
chaqmoqtoshdan yasalgan. Bula'r orasida bironta xam qayroq toshlardan yasalgani 
yo’q. Qurol yasash texnikasi asosan plastinkali uslubda bo’lgan. Demak, Tutqovulni 
III gori-zontida Hisor elementlari yo’q. To’g’ri shaklga ega bo’lgan plastinkalar juda 
oz. II gorizont radiokarbon analizi na-tijalariga ko’ra eradan avvalgi 5150 -Q140 yil 
bilan II chi «A» gorizonti esa eradan avvalgi VII chi ming yillik bilan, III gorizont 
esa X1-X ming yillik bilan belgilangan.
Shuni aytish joizki, III gorizont industriyasi yuqori qat-lamlarnikidan mutlaqo 
farq qiladi. Demak, yuqori qatlamlarga mansub odamlar butunlay boshqacha texnika 
an analariga ega bo’lganlar. Aytilganlardan xulosa shuki, III gorizont odamlari 
Tutqovul qarorgohini noma`lum sabablarga ko’ra tashlab ketganlaridan so’ng bu 
erga butunlay boshqa Qabilalar kelib o’rnashganlar va ular shu qarorgoxni III go-
rizontida yashagan ajdodlarni avlodlari bo’lmaganlar. Shuning uchun xam ularni 
mexnat qurollari yasashdagi texnika lari quyi qatlamlardagilarnikidan keskin fark 
qilgan. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi kunga qadar yuqoridaga manzarani 
takrorlovchi bironta ham yodgorlik topilgani yo’q. Tutqovulni topilmalarini va 
undagi o’choq qoldiqlarini ko’pligi, hamda maydonini kengligi bu yodgorlikni qa-
rorgoh emas, balki manzilgoh (poselenie) deyishga imkon beradi.
Tutqovul manzilgoxi egalarini va bu yodgorlik bilan bog’liq bo’lgan barcha 
Hisor madaniyatiga oid yodgorliklarni xo’jaligini asosini nima tashkil qilgani haqida 
hozirgacha olimlarimizni umumlashgan bir xil fikrlari yo’q. A. P. Okladnikov va V. 
A. Ranovlar Hisor madaniyatini asosini qoloq dexqonchilik bilan chorvachilik 
tashkil qilgan desalar V. M. Masson Hisor madaniyati egalarini ko’pchiligi ovchi va 
yig’uvchilarni tashkil etgan bo’lishi mumkin deb o’zini taxminiy fikrini bayon 
qiladi. Hisor mada-niyatiga oid yodgorliklarni ko’pchiligini mexnat qurollarini 
trasologiya uslubi asosida o’rgangan G. F. Korobkovani hulosasiga ko’ra Hisor 
madaniyati egalarini xo’jaligini asosini o’zlashtiruvchi emas, balki ishlab 
chiqaruvchi usul tashkil etgan. Bu ishlab chiqaruvchi usul chorvachilikka asos-
langan.
Dehqonchilik bo’lmagan. Bunday xulosaga V.A.Ranov ham qo’shilgan. 
Paleozolog B.Botirovni Tutqovuldan topilgan suyak qoldiqlarini o’rganish 


13 
natijalariga ko’ra, bu erda yovvoyi hayvonlarning suyak qoldiqlari qatorida 
xonakilashtirilgan qo’y va echkilarning ham suyak qoldiqlari ham bo’lgan. Bundan 
xuloas shuki, Hisor madaniyati haqidagi hulosalardan G.F.Korobkovani va 
V.A.Ranovlarni xulosalari to’g’ri. Demak, eradan avvalgi yillikdagi Tutqovulni 
taraqqiyot evolyutsiyasini ov va termachilikdan chorvachilikka va chorvachilikdan 
oddiy dexqonchilikka o’ta boshla-gan qabilalarning manzilgoxi deyish mumkin. 
Shuni ham aytish joizki, bu manzilgox egalari no’lda yasalgan sopol idishlardan 
foydalanganlar. Bu idishlarni tayyorlash usuli juda sodda bo’lgan. Ba`zi sopol 
parchalarini ichki yuzasida mato izlarini saqlanganligi, idishlarni pardozlashda 
matolardan foydalanganliklarini ko’rsatadi.
Hisor madaniyatiga oid yodgorliklardan Say- Sayyod
 
qarorgohi bo’lib, bu 
yodgorlik Tojikiston jumhuriyatidagi Tutqouldan keyingi eng yirik va mashxur 
neolit davri qarorgoxlaridan biri hisoblanadi. U Norak suv ombori xavzasida bo’lib, 
Vaxsh daryosining chap sohilida joylashgan. Say- Sayyod qarorgohidan 30 minggga 
yaqin suyak va toshlardan yasalgan mehnat qurollari va ularni chiqindilari topilgan. 
Ammo qayroqtoshlardan yasalgan Hisor madaniyatiga xos mehnat qurollari boshqa 
yodgorliklardagi kabi unchalik ko’p emas. Qarorgohdan pichoqsimon o’tkir qirrali 
plastinkalar, otboyniklar, chopper va choppinglar, uchirindilar, o’zaklar, xatto 
suyaklardan yasalgan ignalar xam topilgan. Bular orasida toshdan yasalgan turli 
taqinchoqlar, uchburchak shakldagi silliqlangan (shlifovannqe) tosh boltalar xam 
uchraydi. Say- Sayyodning madaniy qatlamlaridan tulki, yov-voyi ot, buqa va 
boshqa hayvonlarning suyak qoldiqlari xamda qo’y va echki suyaklarini judda 
ko’plab topilishi garchi mutaxassislar tomonidan bularni xonakilashtirilganligi 
xozircha aniqlanmagan bo’lsada, Say- Sayyod egalarini xo’ja-ligini asosini 
chorvachidlik tashkil qilgan degan taxminiy xulosa chiqarishga imkon beradi. 
Ovchilik esa bularni hayo-tida ikkinchi darajaga tushgan. Ma`lumki paleolit 
davridan boshlab, Markaziy Osiyo xududida ikki xil an`anaga ega bo’lgan toshlarga 
ishlov berish texnika uslubi mavjud bo’lgan va bu uslublar juda uzoq davr 
mobaynida davom etgan. Buni yaqqol misoli qilib neolit davridagi Hisor madaniyati 
yodgorliklaridagi o’ziga xos hususiyatlarni aniqrog’i, «galechnaya texnika» ni 
ko’rsatishimiz mumkin. Bu madaniyatgi oid yodgorliklar hozirgi kungacha yuqorida 
ta`kidlaganimizdek juda ko’plab topil-gan. Ular asosan G’arbiy Tojikistonning 
tog’li rayonlarida joylashgan. Ammo bular orasida Tutqovul va Say- Sayyodga 
o’xshab Hisor madaniyatini ko’p qirralarini o’zida aks ettirgan yodgorliklardan 
Qo’y- Bulyon va Oq-Tongi hisoblanadi. 
Qo’y-Bulyon yodgorligida 1958- 59 yillarda A. P. Okladni-kov tomonidan 
arxeologik qazish ishlari olib borilib, bu ajoyib qarorgohni madaniy qatlamlaridan 
juda ko’plab arxeologik ashyolar topilgan. Bu topilmalarni o’rganish natijalari shu 
qarorgoh egalarini prizma shaklidagi nukleus-lardan o’ta nozik va yupqa 
pichoqsimon plastinkalarni uchirib olishdek yuqori texnikaga ega ekanliklarini 
ko’rsatdi. A. P. Okladnikovni fikriga ko’ra manzilgoh egalari ana shu xududdagi 


14 
xalqlarni eng birinchi dehqonchilik bilan shug’ul-langan ajdodlaridir. Qo’y- 
Bulyonda 3 ta gorizont aniqla-nib, qarorgohni satxi gips va kul aralashmasidan 
qilingan qorishma bilan 3- 5 sm qalinlikda suvalgan. Ammo katta masshtabda qazish 
ishlari olib borilganiga qaramay, qaror-gohni turar joyini aniqlanmagan. Oq-Tongi 
yodgshorligida 1959 yili qazish ishlari olib borilib, uni madaniy qatlamlaridan o’rta 
asrdan tortib, antik davr va bronza asri davrini topilmalari borligi aniqlangan. Lekin 
bu yodgorlik keyingi yillarda xam, arxeologlar tomonidan takror o’rganilib, oxirgi 
bronza asri qatlami deb topilgan, madaniy qatlamni bronza emas balki Hisor 
madaniyatiga oid deb topildi. Chunki Oq-Tongi qarorgohidan Hisor madaniyatiga 
xos bo’lgan o’choqlar bilan birga oxaktosh bo’laklari xam topilgan.
Hisor madaniyatini birinchi bo’lib, fanga kiritgan A. P. Okladnikov Oq-
Tongini quyi qatlamlarini eradan avvalgi III- II ming yilliklar bilan belgylagan. Bu 
yodgorlikni madaniy qatlamlaridagi topilmalar ko’proq qayroqtosh texnikasiga 
bog’liq. Bu erda asosan ikki turdagi choppersimon va rapidasimon nukleuslar 
mavjud. Choppersimon nukleuslar asosan qayroqtoshlardan bo’lib, ularni bir 
tomonidan uchirindilar uchirilib, ikkinchi tomonidan uchirindilar olinmagan. 
Shuning uchun xam bu turdagi nukleuslarni choppersimon nukleuslar deyiladi. 
Rapidasimon nukleuslarni esa, xamma yon tomonlaridan ko’plab uchirindilar 
uchirib olingan. Bu ishlarning barchasi otboyniklar yordamida bajarilgan. 
Yodgorlikdagi tosh qurollarni guruxlarga bulib o’rganilishini natijasi shuni 
ko’rsatdiki bu erda uchirindilar soni dag’al plastinkalarga nisbatan juda ko’p.
(Plastinkalar deb uchirindilarga nisbatan bo’yi uzunroq eni ixchamroq, ammo 
qalin va to’mtoq qiyofadagi buyumlar tushuniladi. Bularni bunday qiyofaga ega 
bo’lishlarini sabablari ular posrednik va yog’och to’qmoqlar yordamida emas balki 
otboyniklar yordamida uchirib olinganligidadir.) Oq- Tongi qarorgohini eagalarini 
xo’jaligi asosini A. P. Okladnikov dehqonchilik va chorvachilik bilan bog’laydi. 
Ammo bu erda dehqonchilik bilan shug’ullanganlari haqida dalolat beruvchi daliliy 
ashyolar hozircha yo’q. Shuning uchun bu erda xo’jalik ovchilik 
asosida, juda
 
bo’lganda chorvachilikka asoslangan desak to’g’ri bo’ladi. Shuni 
aytish kerakki Hisor madaniyatiga oid neolit davri yodgorliklari hozirgi Qirg’iziston 
respublikasi xududdida xam ko’plab topilgan.
Birinchi neolit davriga mansub bo’lgan ilk topilmalarni XX asrning 20 
yillarini oxirlarida M. V. Voevodskiy Olamedin GES yaqinidagi qabrtepani qazish 
vaqtida topgan. Bu topilmalar bir nechta chaqmoqtoshlardan qilingan plastinkalar 
bo’lib, ularda ikkinchi ishlov berilganligini isbotlovchi izlar bo’lgan. Ammo 
Qirg’iziston xududidagi nafaqat keyingi davrlarni, balki tosh asrini yodgorliklarini 
o’rganishda o’zini ulkan hissasini qo’shgan olimlardan A. N. Bernshtam 
hisoblanadi.
U Tyan’shan-Oloy arxeologik ekspeditsiyasiga 1944- 1947 yillari raxbarlik 
qilib, ko’p bo’lmasada must’e nukleuslarini topib, Qirg’iziston xududida xam 
paleolit odamla-rini yashaganliklari haqida bayon qilgan. Uning sayi xara-katlari 


15 
bilan tosh asriga oid bir nechta g’orlarda qaror-gohlar Markaziy Tyan’shan va 
Pomir- Oloy tog’laridan to-pilgan. Ammo Qirg’iziston xududini nisbatan keng 
ko’lamda o’rganish XX asrni ikkinchi yarmini boshlaridan boshlanadi. 1953 yilda 
Qirg’izistonda arxeologiya va etnografiya kom-pleks ekspeditsiyasi tashkil qilinadi. 
Shu yilni o’zida Sari- Jez daryosi rayonida Oq- Cho’nqur g’ori topilib, unga shurf 
solinadi va bu yodgorlikni neolitga mansubligi aniqlanadi.
1957 yildan boshlab, paleolit guruxi V. A. Ranov boshchiligida Oloy 
vodiysida qidiruv ishlarini olib borib, qayroqtosh uchirindilaridan iborat neolitga oid 
mehnat qurollarini topadi. 1960 yillardan boshlab esa O’sh viloyatiga qarashli 
Xaydarkon shahri atroflarida o’zbek arxeologlari qidiruv ishlarini olib borib, Obishir 
1 va V kabi mezolit davriga mansub yodgorliklarni topadilar. Shuni aytish kerakki 
Qirg’iziston xududlaridan topilgan yodgorliklarni ko’pchiligi neolit davriga mansub 
bo’lib, ularni katta qismi madaniy qatlamga ega emas, balki er satxidan terib olingan 
ashyolardir. Shuning uchun xam ularni soni oz. Ba`zi bir mehnat qurollarini hisobga 
olmaganda ularni ko’pchiligi asosan soy va daryolardagi qayroqtoshlardan yasalgan.
Qirg’iziston xududidan topilgan neolit davriga mansub bo’lgan topilmalarni 
qiyosiy o’rganib, arxeolog olimlarimiz Qirg’izistonni tog’li rayonlaridagi aksariyat 
yodgorliklarni Hisor madaniyatiga mansub deb topdilar. Sababi neolitni oxirgi 
bosqichlarida Hisor madaniyatini aks ettiruvchi barcha yodgorliklarda »galechnaya 
texnika» xuk-mronlik qilgan. 


Download 281,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish