Ro‘yxatga olindi: “tasdiqlayman” № O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 2021-y


SHAVKAT MIRZIYOYEV YANGI O’ZBEKISTON PREZIDENTI



Download 0,65 Mb.
bet71/113
Sana25.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#462684
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
Bog'liq
Politexnika instituti

1. SHAVKAT MIRZIYOYEV YANGI O’ZBEKISTON PREZIDENTI.
Islom Abdug’aniyevich Karimov mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda O’zbek modeli degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo’lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro’-e‘tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o’chmas va yorqin iz qoldirdi.
Xalqimiz o’zining qisqa muddat – 25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini aynan
Prezident Islom Karimov nomi bilan bog’laydi va shu ulug’ insonning beqiyos xizmatlari deb biladi.
2016 yil 2 senyatbr Xalqning otasi darajasidagi ulkan e‘tirofga erishgan, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni so’nggi manzilga kuzatdik.
Bu judolik bir muddat xalqimizning ruhini tushirdi. Yoshu-qari birdek karaxt ahvolga keldi. Qolaversa, shu kungacha bo’lgan dunyodagi noxolis kuchlarning munosabatlari hammani birdek o’ylantirib qo’ygan edi.
Tashvishlar, g’amlar, quvonchlar bari bir muddat unutilgan. Endi nima bo’ladi? degan savol hammani birdek o’ylantirib qo’ygan edi. Hattoki odamlar uyidagi kundalik yumushlarini unutib, oynai jahon qarshisida mung’ayib o’tirishardi.
O’zining yo’lboshchisiga, O’zbekiston degan davlatni yo’q yerdan paydo qilib, bugunbutun dunyo davlatlari orasida tenglar ichra teng bo’lishiga erishgan, yuz yillar mobaynida mustamlakachilikda, arosatda, ta‘bir joiz bo’lsa, qullikda yashagan xalqqa yorug’ dunyoni, farovon hayotni taqdim qila olgan insonga bo’lgan hurmatini dunyo ko’rdi va bu holatdan hayronu lol qoldi, desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Albatta, bu ishlarning tepasida buyuk yo’lboshchimizning munosib vorisi, ishonchli shogirdi shunday jamiyatni, shunday davlatni barpo etishda Islom Karimov bilan yelkama-yelka turib, har qanday og’irliklarni yengishda sabot va matonat bilan mehnat qilib kelayotgan Mirziyoyev Shavkat Miromonovich turgani uning haqiqiy voris ekanini ko’rsatib berdi. Bu holat xalqimizning oldida turgan harqanday oxiri yo’q savollarga javob bo’ldi va ertangi kunga ishonch paydo qildi. Bu ishonch natijasida xalqimiz hech qanday g’uborlarsiz, suronlarsiz, tashviqotlarsiz buyuk yo’lboshchining ishlarini haqiqiy davomchisi sifatida Shavkat Mirziyoyevni o’ziga yangi yo’lboshchi bo’lishi uchun ovoz berdi.
Shavkat Mirziyoyev o’sha og’ir kunlarda o’zining haqiqiy merosxo’r-shogird, Islom Karimov ishlarining davomchisi ekanini xalqimizga, qolaversa, butun dunyoga namoyon qila oldi.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning hayot yo’liga nazar tashlaydigan bo’lsak, Prezidentimiz mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o’qituvchi, dotsent,
o’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1990-yili Respublika Oliy Kengashi deputatligiga saylanib, bir vaqtning o’zida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko’rsatdi. 1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug’bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi. 2001-2003-yillar mobaynida Samarqandviloyatihokimi lavozimlarida ishladi. 1995-2003 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi. Shavkat Mirziyoyev 2003-yilda
O’zbekistonRespublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.
2016-yil2-sentabrda O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Sh.Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini o’tkazish bo’yicha komissiyaga rais etib tayinladi. 2016-yil8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nig’matilla Yo’ldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas‘uliyatini o’zidan soqit qilib, o’rniga Mirziyoyevni tavsiya qildi.
2016-yil19-oktabr kuni O’zbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII s‘yezdi bo’lib o’tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a‘zosi Sh.Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash to’g’risidagi qaror qabul qilindi.
2016-yil 4-dekabr kuni bo’lib o’tgan Prezident saylovi yakunlari bo’yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi va2016-yil14- dekabrdan rasman o’z vazifasini bajarishga kirishdi.
Shavkat Mirziyoyev o’zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatidagi samarali mehnatlari uchun qator mamlakatimiz va xorijiy davlatlarlarning orden va mukofotlariga sazovor bo’lgan. Mehnat shuhrati ordeni (1998), Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007), Danaker ordeni (Qirg’iziston,
2017), 1-darajali Do’stiq ordeni (Qozog’iston, 2018), AQSH-O’zbekiston savdo palatasining mukofoti (2017), Yevrosiyo oldidagi xizmatlari uchun mukofoti (2018), Osiyo jurnalistlar uyushmasining "Yil kishisi" mukofoti (2018), Nagoya universiteti faxriy doktori (2019) va Turk dunyosini tiklashga qo’shgan ulkan hissasi uchun mukofotilari shular jumlasidandir.
SH.Mirziyoyev yangilangan O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining dolzarb masalalari va ularning yechimiga qaratilgan qator nutq va asarlar muallifi. 2016 yildan bugungi kunga qadar quyidagi asarlari nash etilgan:

  1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutq) – Toshkent.: O’zbekiston, 2016. -56 b.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak (Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruza). 2017 yil 14 yanvar . –T.: O’zbekiston, 2017. -104 b.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruza) 2016 yil 7 dekabr. –T.: O’zbekiston, 2017. -48 b.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz (Mazkur kitobdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o’tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so’zlagan nutqlari o’rin olgan). –T.: O’zbekiston, 2017. -488 b.

  5. Mirziyoyev Sh.M. Miliy taraqqiyot yo’limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Asarlar 1-jild. -T.: O’zbekiston. 2018.

  6. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -T.: O’zbekiston. 2018.

  7. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. Asarlar 3-jild. -T.: O’zbekiston. 2019.

  8. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -T.: O‘zbekiston. 2020.

  9. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: O‘zbekiston. 2021.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish