Ro‘yxatga olindi: “tasdiqlayman” № O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 2021-y


-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati



Download 0,65 Mb.
bet79/113
Sana25.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#462684
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113
Bog'liq
Politexnika instituti

14-Mavzu. O’zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati
Reja

  1. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatini yangi bosqichga ko‘tarilishi.

  2. Yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari

  3. O‘zbekiston – yoshlar mamlakati

Adabiyotlar

  1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. -Т.: Ўзбекистон, 2016. - 56 б.

  2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. -Т.: Ўзбекистон, 2017.

  3. Мирзиёев Ш.М. Милий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Асарлар 1-жилд. -Т.: Ўзбекистон. 2018.

  4. Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. Асарлар 2-жилд. -Т.: Ўзбекистон. 2018.

  5. Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. Асарлар 3-жилд. -Т.: Ўзбекистон. 2019.

  6. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. Асарлар 4-жилд. - Т.: Ўзбекистон. 2020.

  7. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: O‘zbekiston. 2021.

  8. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи: ўқув қўлланма / -Т.: Ғафур Ғулом. 2018. -632 б.

  9. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: Фан ва технология. 2019. 796 б.

1. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatini yangi bosqichga ko‘tarilishi.
Mamlakatimizda barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilmoqda. Fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, yanada ko‘proq kafolatlashga qaratilgan shu bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni yanada qo‘llab-quvvatlashga doir ijtimoiy siyosat olib borilishiga keng eьtibor berilmoqda. Davlatimiz va jamiyatimiz e’tiborida bo‘lib turgan ijtimoiy qatlamlardan biri yoshlar bo‘lib hisoblanadi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llabquvvatlash ulardagi bor imkoniyatlardan foydalanishga va o‘z iqtidorlarini yanada namoyon etishiga barkamol yosh avdloni tarbiyalash va yoshlarning huquqlari va manfaatlarini taьminlash davlatimiz oldida turgan vazifalardan biri bo‘lib bu davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz». So‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
O‘zbekistonda 30 iyun — «Yoshlar kuni» deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rag‘batlantirib borish maqsadida «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti va «Kelajak bunyodkori» medali ta’sis etildi.
Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Shu yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi yoshlarga oid davlat siyosatida ham tarixiy va olamshumul o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bularning asosi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturining eng birinchi va ustuvor yo‘nalishi yoshlar masalasi etib belgilanganligini ta’kidlash joiz.
Xususan, Prezidentimizning o‘z vazifalariga kirishgan vaqtdagi imzolagan ilk hujjatlaridan biri – bu 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni bo‘lgan edi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda 30 iyun – «Yoshlar kuni» deb e’lon qilindi.
Joriy yilga ham «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb nom berilishining o‘zi ham O‘zbekistonda yoshlarga davlat Rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yuksakligidan darak beradi.
2017-2021 yillarda yoshlarga oid davlat siyosatida yangi yo‘nalishlar, tartiblar va imkoniyatlar yaratildi. Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini quyidagi o‘ziga xos jihatlari bilan qayd etish o‘rinli:
Birinchi, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari aniq belgilab berildi.
Xususan, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida 62 ta banddan iborat bo‘lgan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Bugungi kunda Yo‘l xaritasidagi bandlarning ijrosi mas’ul ijrochilar tomonidan samarali bajarilib kelinmoqda.
Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, faqat o‘z yorqin kelajagidan qayg‘urgan davlatlardagina yoshlarga oid davlat siyosatida istiqboldagi rejalar bo‘yicha aniq strategiya va dasturlarning ishlab chiqilganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, AQSHda «Yoshlar uchun kelajak: Federal hamkorlik yoshlar strategiyasi», Finlyandiyada «Yoshlar milliy strategiyasi», Germaniyada 2015 yilda qabul qilingan «Yangi yoshlar strategiyasi», Polshada «2003-2012 yillarga mo‘ljallangan Milliy yoshlar strategiyasi», Chexiya Respublikasida «2014-2020 yillarga mo‘ljallangan Yoshlar strategiyasi» shular jumlasidandir.
Ikkinchi, yoshlarga oid milliy qonunchilik zamon talablari asosida takomillashtirildi, xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikasiya qilindi
2017 – 2020 yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini ta’minlash va yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi, «Innovasion faoliyat to‘g‘risida»gi kabi qonunlarda yoshlarning huquqlariga doir ko‘plab yangi normalar belgilandi.
Uchinchi, yoshlar siyosatida yoshlar bilan tizimli ishlash bo‘yicha yangi o‘ziga xos tartib va mexanizmlar joriy etildi.
Xususan, Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tashkiloti bo‘lgan Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Bugungi kunda agentlik chin ma’noda yoshlarning manfaatlarini ifodalab kelmoqda. Yoshlarni ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida «Yoshlar daftari» tizimi joriy etildi. Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan «Beshta muhim tashabbus» loyihasi ishga tushirildi. Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida «Yoshlar kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil etildi va o‘tgan yillar davomida jamg‘arma hisobidan katta loyihalar amalga oshirildi. Yoshlarning sanoat va tadbirkorlik sohalaridagi tashabbuslarini amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari» tashkil etilmoqda. Yoshlarning innovasion g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida hududlarda Yoshlar texnoparklari tashkil etildi. Joriy yilda ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida Yoshlar texnoparklarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
To‘rtinchi, yoshlar tarbiyasi va hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan ta’lim tizimida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi.
So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda 44 ta yangi oliy ta’lim muassasalari tashkil etilib, ularning soni 50 foizga oshirildi, yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qamrovi 9 foizdan 28 foizga yetkazildi. Jumladan, Yangi O‘zbekiston universiteti, 4 ta Prezident maktablari, 5 ta «Temurbeklar maktabi» va 9 ta ijod maktablari barpo etildi.
Beshinchi, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etildi.
Qisqa muddatda amalga oshirilgan oqilona siyosatning natijasi o‘laroq, bugungi kunda tadbirkorlik sub’yektlarining 23 foizini, shundan yakka tartibdagi tadbirkorlarning 21,5 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etmoqda. Ular yurtimiz iqtisodiy salohiyatining yuksalishi va xalqimiz farovonligi yo‘lida mehnat qilishmoqda. Oltinchi, yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab iqtisodiy loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, bugungi kunda:
yosh oilalarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida
2021 – 2023 yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturi amalga oshirilmoqda;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etilmoqda; tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsiz yoshlarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratilib kelinmoqda.
2020yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6017-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabrdagi mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (Agentlik) hamda uning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi. Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. Agentlik, jumladan, yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. Shuningdek, Agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Farmon bilan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dasturda, jumladan, O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish belgilangan. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar Agentlik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalar taqsimlash orqali moliyalashtiriladi. Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi. Agentlik hududlar kesimida ishsiz yoshlar ro‘yxatini shakllantiradi hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Shuningdek, yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasi shakllantiradi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni doirasidagi: hamda boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tadbirlarni “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensasiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinadi; loyihalarni kreditlash bozor tamoyillari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llabquvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlar biznes loyihalari uchun ajratilgan summasi 2 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensasiya to‘lanadi. Jamg‘arma 2021 yil 1 yanvardan mustaqil nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etiladi. Shuningdek, Farmonga ko‘ra, yoshlar orasidan istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishni nazarda tutuvchi tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirish va joylardagi muammolarni hal etishda faol ishtirok etuvchi, rahbarlik lavozimlariga munosib yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi “Vatan iftixorlari” institusional tizimi joriy etiladi. Xulosa o‘rnida shungi aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga, yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga va shu bilan birga, yoshlarda zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning bandligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, yosh avlodda mustahkam vatanparvarlik g‘oyasi hamda qat’iy fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga qaratilgan ishlar mamlaktimiz oldida turgan yoshlarga oid davlat siyosatining muhim vazifalaridan bo‘lib qolaveradi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish