Ro‘yxatga olindi: “tasdiqlayman” № O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 2021-y


-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini ashib borishi



Download 0,65 Mb.
bet78/113
Sana25.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#462684
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113
Bog'liq
Politexnika instituti

2. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini ashib borishi
Dunyo bo`yicha xar yili turli sohalar bo`yicha davlatlar reytingi muntazam yangilanib borilmoqda. Ayniqsa qonun ustuvorligi bo`yicha O`zbekiston yildan-yilga ko`tarilib bormoqda. Qonun ustuvorligi indeksi (The Rule of Law Index) 2010 yildan buyon The World Justice Project halqaro noxukumat tashkiloti 8 ta nazorat ko`rsatkichi: hokimiyat institutlari vakolatlarini cheklash, korruptsiyaning yo`qligi, tartib va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, hokimiyat institutlarining shaffofligi, qonunlarga rioya etish, fuqarolik va jinoyat sohasidagi odil sudlov natijalari asosida baholanadi. Ushbu xalqaro reytingda O`zbekiston 2020 yil yakunlariga ko`ra, mamlakatimiz 128 davlat orasida 92-o`rinni qayd etdi. Shuni ta’kidlash joizki, tartib va xavfsizlik ko`rsatkichi bo`yicha yurtimiz eng yaxshi natijani qayd etib Kanada, BAA, Vengriya qatorida 9o`rinni band qilgan.
Baxt indeksi bo`yicha O`zbekiston 2019 yil 155 mamlakat orasida 47 o`rinni egalladi. Shuningdek, siyosiy va diniy erkinliklar, hamda matbuot erkinligi va qonun ustivorligini baholaydigan Freedom House tashkilotining oxirgi reytingida O`zbekiston "Erkin emas" tamg`ali davlatlar qatoriga kiritilgan. Ammo O`zbekiston Jahon matbuot erkinligi indeksida 2019 yilga qaraganda 5 pog`onaga ko`tarilgan. Bu reytingda 2017 yilda 169, 2018 yilda 165 va 2019 yilda 160-o`rinda qayd etilgan. So`z erkinligi bo`yicha xalqaro reytinglarda O`zbekiston mavqeini yaxshilashga qaratilgan prezident qarori imzolangan bo`lishiga qaramay, xalqaro reytinglarda O`zbekiston mavqei maqtangulik emas3. “Chegarasiz reportyorlar” (Reporters without borders) xalqaro nohukumat tashkiloti har yili Matbuot erkinligi indeksi bo`yicha jahon davlatlarining reytingini e’lon qilib keladi. Reyting “mahalliy jurnalistlarning erkinlik darajasi”ga ko`ra, 180 ta davlatni saralab chiqiladi. U turli davlatlardagi jurnalistlar, yuristlar va sotsiologlarning maxsus so`rovnomaga bergan javoblari asosida tuziladi. So`rovnoma qonunchilik, o`zini o`zi tsenzura qilish, medianing erkinligi, fikrlar xilma-xilligi, turli institut va idoralarning jurnalistlar bilan ishlashga tayyorligi kabi jihatlarni qamrab oladi. Mazkur reytingda O`zbekiston so`nggi yillarda sezilarli darajada o`sishga erishdi. 2020 yilga kelib, «Chegarasiz reportyorlar» yurtimizda so`z erkinligini ijobiy baholadi va eng yaxshi natija qayd etildi.
Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha olishi o`z navbatida mehnat bozoridagi kadrlarga bog`liq. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiradigan kadrlar esa ta’lim muassasalarida o`qib-ulg`ayadi. Demak, sifatli ta’lim tizimi sifatli kadrlarni, sifatli kadrlar esa rivojlangan, boy jamiyatni quradi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimiz o`z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo`ygan bugungi kunda inson kapitaliga sarmoya kiritish, ta’limni isloh qilish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Jumladan, so`nggi ikki yil ichida o`qituvchilarning oylik maoshi 1,5 barobarga oshirildi. Jamiyatda o`qituvchilar nufuzini oshirishga qaratilgan qator choralar ko`rildi. Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilib, mazkur ta’lim muassasalariga eng malakali mutaxassislar jalb etildi. Shuningdek, mavjud maktablarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, barcha hududlarda zamonaviy maktablar barpo etilmoqda.
Barcha sohadagi islohotlarni amalga oshirishdan avval, albatta, xalqaro tajribalarni o`rganish, tahlil qilish va natijalarni kuzatib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatlarda olib borilayotgan ta’lim siyosatining qay darajada samara berayotganligi xalqaro reytinglarda o`z aksini topadi. ICILS, ICCS, TEDS, TIMSS, PIRLS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari orqali turli yo`nalishlar bo`yicha reytinglar aniqlanadi va e’lon qilinadi. Bu dasturlar orasida eng nufuzlisi PISA baholash dasturi bo`lib, undagi ishtirokchi-davlatlar soni 85 tani tashkil etadi. Prezident Sh.Mirziyoyev Farmoniga muvofiq mamlakatimizning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturining reytingi bo`yicha jahonning 30 ta ilg`or mamlakati qatoriga kirishga erishishi ustuvor vazifa etib belgilanganligi ham mazkur tadqiqotda muvaffaqiyatli ishtirok etib borish masalasiga hukumat darajasida yuksak e’tibor qaratilayotganligidan dalolatdir4.
Abituriyentlar uchun universitetning jozibadorligi va ish beruvchilar uchun diplomning ishonchliligi ko`p jihatdan ushbu muassasaning reyting ko`rsatkichi bilan belgilanadi. Bir tomondan, reyting yuqori sifatli ma’lumot olishni istagan iqtidorli yoshlarga yordam beradi va ularning potentsial imkoniyatlarini to`liq amalga oshirishlariga imkoniyat yaratadi. Boshqa tomondan, reytingda universitetning mavqei qanchalik baland bo`lsa, unda o`qishni xohlovchilar soni shunchalik ko`p bo`ladi. Birinchi reyting 1983 yilda “USNews & WorldReport” tomonidan oliy ta’limning globallashuvi yuzaga kelishiga javob sifatida e’lon qilingan5.
Xalqaro reyting tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim sohasini ham chetlab o`tmadi. Jumladan, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan agentliklar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o`rindagi oliy ta’lim muassasalari ro`yxatiga, shu jumladan, O`zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o`rindagi oliy ta’lim muassasalari ro`yxatiga kiritish belgilangan. O`tgan davr mobaynida Ta’lim inspektsiyasi tomonidan rivojlangan davlatlar tajribalari chuqur o`rganildi. Xalqaro ekspertlar guruhi jalb qilinib, amaldagi milliy reyting tizimi qayta tahlil qilindi. QS (Quacquarelli Symonds) va THE (Times Higher Education World University Rankings) kabi nufuzli reyting agentliklarining mutaxassislari milliy reyting tizimi bilan tanishib chiqdilar va tegishli tavsiyalarini berdilar. Bugungi kunda reyting tuzish metodikasini yanada takomillashtirish bo`yicha hamkorlik ishlari davom etmoqda.
So`nggi bir yil ichida milliy OTMlarning asosiy shtatdagi professor-o`qituvchilar soni 10,6%ga, talabalar soni 25,4%ga, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega professor-o`qituvchilar 11,0%, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega professor-o`qituvchilar 10,1%, dissertatsiya himoyalari (shu jumladan, berilgan professor yoki dotsent unvonlari) 41,1% ga oshgan. Ish beruvchilar tomonidan “Bitiruvchilarning bilim darajasi va amaliy ko`nikmasi”ga 84,5%, “OTMning ish beruvchilar bilan hamkorlik darajasi”ga 80,2%, “Bitiruvchilarning kelgusida o`sish imkoniyatlari”ga 85,3%, “OTMlarning kadrlar tayyorlash sifatiga” 82,5% ijobiy javob berilgan6.
Ilmiy-tadqiqot faolligi darajasi ko`rsatkichi mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi hamda ilmiy manbalar indeksi tizimiga kiritilgan tahrir qilinuvchi ilmiy jurnallar va nashrlarda chop qilingan ilmiy-tadqiqot materiallarining umumiy soni sifatida hisob-kitob qilinadi. Dunyo mamlakatlari ilmiy-tadqiqot faolligi ko`rsatkichi har yili AQSh ning «Science and Engineering Indicators» deb nomlanuvchi Milliy ilmiy fondining maxsus hisobotida chop qilinadi. 2017 yilda O`zbekiston dunyoning 195 mamlakati o`rtasida 82-o`rinni egalladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Pensilьvaniya universiteti tomonidan tuzilgan “Global Go To Think Tank Index Report 2019” reytingidaMarkaziy Osiyodagi eng yaxshi 63 ilmiy-tadqiqot tahliliy institutlari orasida 10-o`rinni egallagan. 2020 yildagi reytingda O`zbekistonning yana bir necha tahliliy markazlari bor: Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Tahlil” ijtimoiy tadqiqotlar markazi ham tan olindi7.
O`zbekistonning Inson taraqqiyoti indeksi qiymati 2017-yil uchun 0,710 ni tashkil etdi, bu mamlakat inson taraqqiyotining yuqori toifasiga kirib, 189 ta mamlakat va hudud ichida 105o`rinni band etdi. 2000-2007 yillar oralig`ida O`zbekistonning Inson taraqqiyoti indeksi qiymati 19,3 foizga oshgan holda 0,595dan 0,710 ga ko`tarildi. Shuningdek, Korruptsiyaga munosabat indeksi (The Corruption Perceptions Index) 1996 yildan buyon Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti uslubiyati bo`yicha har yili tuziladi. U umumfoydalaniladigan statistik ma’lumotlar va global so`rov natijalari kombinatsiyasidan iborat. Tekshirilayotgan mamlakatlar davlat sektoridagi korruptsiya darajasiga munosabati asosida 0 dan (eng yuqori korruptsiya darajasi) 100 gacha (eng quyi korruptsiya darajasi) oraliqda saralanadi. 2019 yil natijalariga ko`ra, ko`rsatkichlar birmuncha yaxshilanib, 180 mamlakat qatnashgan reytingda 153-o`rinda ekanligi qayd etilgan. O`zbekistonning “Korruptsiyani qabul qilish indeksi”da qo`lga kiritgan ball miqdori 22 balldan 23 ballga o`sganligiga qaramasdan, respublikaning indeksdagi o`rni 1 pog`onaga tushdi. Buning asosiy sababi Tojikiston va Eritreya davlatlarining indeksdagi natijalari mos ravishda 21 balldan 25 ballga hamda 20 balldan 24 ballga o`sib, 161-o`rindan 152-o`ringa va 165o`rindan 157-o`ringa ko`tarilganligidir. “Korruptsiyani tiyib turish” subindikatori bo`yicha Economist Intelligence Unit va Freedom House tashkilotlari tomonidan O`zbekistonga “0” ball qo`yilgan. Bunga asosiy sabablar: fuqarolar turar joylarining buzilishi; mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari buzilishi holatlari jazosiz qolayotganligi; joylarda maishiy korruptsiyaning mavjudligi; sud tizimida qonuniylik bilan bog`liq vaziyatning yomonlashuvi xisobga olingan.
Ekologik samaradorlik indeksi (The Environmental Performance Index) – Yyelь universiteti qoshidagi Ekologik siyosat va huquq markazining aralash ko`rsatkichisi bo`lib, u mamlakat yutuqlarini ekologiya va tabiiy resurslarni boshqarish nuqtai nazaridan o`lchaydi. 2018 yilgi reyting yakunlariga ko`ra O`zbekiston 136-o`rinni egalladi.
Indeks 2007 yilda Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan AKT rivojlanishini baholashda foydalaniladigan 11 ko`rsatkich asosida amalga oshiriladi. Indeks ushbu ko`rsatkichlarni yagona mezonga birlashtiradi, va undan dunyo mamlakatlarning AKT rivojlanishi borasidagi yutuqlarini taqqoslashga yo`naltiriladi, ayni paytda global, mintaqaviy va milliy darajalarda qiyosiy tahlilni amalga oshirish vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. 2017 yilda ushbu indeks bo`yicha O`zbekiston 95-o`rinni egalladi8.
O`zbekiston har ikki yilda nashr etiladigan Jahon Banklarining logistik faoliyat ko`rsatkichi nashrida 2018-yilda 2016-yildagi 118-o`rnidan 19 pog`ona yuqorilab oldi. Logistik faoliyat ko`rsatkichi uchun asosiy mezonlar bojxona, infrastruktura, xalqaro yuk tashish, logistik mahorat, harakatlanish, kuzatish hamda davriylikni o`z ichiga oladi.
Bugunga kelib bu kabi reyting va indekslar nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va iqtisodiy siyosatning muvaffaqiyati mezonlari sifatida qo`llanila boshlandi. BMTning Inson kamoloti indeksi (Human Development Index), Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index), Jahon bankining biznes yuritish reytingi (Doing Business) va shu singari boshqa qator omillar bo`yicha natijalar davlatlarda, shu jumladan O`zbekistonda turli darajadagi dasturlar ishlab chiqilishida maqsadli yo`nalish sifatida xizmat qilmoqda.
Jahon miqyosidagi xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy reytinglar orasida, birinchi navbatda, Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingini qayd etish lozim. “Biznes yuritish” reytingi hisoboti Jahon bankining har yili o`tkazadigan tadqiqotlari natijasi hisoblanib, unga ko`ra, 190 mamlakatda 10 ko`rsatkich bo`yicha biznes yuritish qulayligi baholanadi. Hisobot kichik va o`rta biznesning hayotiy faoliyati davomida uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni baholashga, amaliyotda qo`llash tartibiga yo`naltirilgan. Ushbu hisobot Jahon banki tomonidan 2003 yildan beri tayyorlanib kelinadi va har yili kuzda e’lon qilinadi.
Quvonarlisi shundaki, keyingi 5 yil davomida “Biznes yuritish” reytingida O`zbekiston jahonning 190 mamlakati orasida 2012 yildagi 166-o`rindan 2017 yilda 74-o`ringa ko`tarilib, biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko`rsatkichi bo`yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi o`ntaligidan joy oldi. O`zbekiston 2022 yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga intilmoqda. Bu maqsad Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O`zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarorida o`z ifodasini topgan.
O`zbekistonning iqtisodiy erkinligi 53,3 ballga teng bo`lib, 2019-yilgi ko`rsatkichga binoan 140-o`rinda. Biznes erkinligi, mehnat erkinligi hamda investitsiya erkinligi yuqorilab, O`zbekiston iqtisodiy erkinligi umumiy hisobda 1,8 ballga o`sgan. O`zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 43 mamlakat orasida 36-o`rinni egallab turibdi va uning umumiy reytingi mintaqaviy va jahon o`rtacha ko`rsatkichlaridan past. Biznes yuritish reytingi(Doing Business) hisobotiga ko`ra, O`zbekiston tadbirkorlik muhitini yaxshilashda katta yutuqqa erishgan davlatlarning kuchli 20 taligiga kirdi. Ochig`ini aytish kerak, so`nggi yillarda ishbilarmonlarga har qachongidan ko`proq imkoniyat va imtiyozlar taqdim etildi. Bu amalda tadbirkorlik muhitining yaxshilanishi, pirovardida tadbirkorlik sub’yektlari safi kengayishiga xizmat qilmoqda. Biznesni ro`yxatdan o`tkazish indikatori bo`yicha esa TOP-10 talik davlatlar qatoriga kirganligi buning yorqin namunasidir9.
Bloomberg, Fitch Ratings va S&P Global Ratings kabi xalqaro investitsion reytinglarda O`zbekiston past darajada bo`lsa-da, Xalqaro valyuta jamg`armasi ekspertlari xulosasiga ko`ra
O`zbekiston 2020 yilni iqtisodiy o`sish bilan yakunlaydigan sanoqli mamlakatlar qatorida bo`ladi.
O`zbekiston ilk bor xalqaro obligatsiyalar bozoriga ilk bor 2019 yilning fevral oyida chiqqan. O`shanda respublika 10 yillik obligatsiyalarni 5% daromad miqdori bilan emissiya qilgan edi10. 2020 yil Fitch Ratings va S&P Global Ratings xalqaro reyting tashkilotlari Xalq banki faoliyatini barqaror rivojlanayotgan moliya muassasasi sifatida baholandi. Fitch Ratings Xalq banki reytingini “VV-“Barqaror” darajasida saqlab qoldi. Bu bankning halqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga hamda mijozlar ishonchini orttirishga xizmat qiladi. S&P Global Ratings esa Xalq banki kredit reytingini V+dan VV- ga oshirdi. Bu O`zbekiston suveren reytingi bilan bir xil baholanganini bildiradi11.
Xulosa o`rnida alohida ta’kidlash kerakki, birgina o`tgan yilning o`zida davlatimiz rahbarining o`ndan ortiq muhim xalqaro tashabbusi to`liq amalga oshirildi. Masalan, AQSh Davlat departamenti O`zbekistonni “Diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzishda ishtirok etuvchi mamlakatlar ro`yxatidan” chiqardi. Yoxud 2018 yil oxirida BMT Bosh assambleyasining yalpi sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag`rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusning dunyo hamjamiyati tomonidan qo`llab-quvvatlanganligining yaqqol isbotidir. Darhaqiqat, mamlakatimizda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish modellarini ishlab chiqish, dunyoning yetakchi xalqaro tahlil va ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash orqali O`zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada yuksaltirish dolzarb masaladir. Bu borada samarali va keng ko`lamli targ`ibot-tashviqot ishlarini yo`lga qo`yish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari bilan o`zaro manfaatli kelishuvlarga erishish, xalqaro tashkilotlar vakillarini yurtimizga taklif qilish va ularni yuz berayotgan o`zgarishlar bilan tanishtirish kabi jihatlar alohida o`rin tutadi. Zero, O`zbekistonni dunyoga ko`rsatish, xalqaro reytinglar va indekslardagi o`rnini yuksaltirish faqat va faqat xalqimiz farovonligi, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti hamda davlatimiz kuch-qudratining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish