S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

 
eng umumiy tarzda to’xtalib o’tamiz. 
Odatda, ob’ektlarning patent sofligini aniqlash ekspertizasi bo’yicha barcha ishlar 
uch bosqichga
 
bo’linadi: birinchisi, bo’lajak ekspertiza rejasini shakllantirish; 
ikkinchisi, patentlarni izlash, ularni o’rganish va taxlil qilish; uchinchisi, taxlil 
asosida xulosa chiqarish va tavsiyalar beriluvchi yakuniy bosqich.
Ekspertizaning birinchi bosqichi quyidagi sakkiz qismdan iborat:
1. Shartni baholash va mazkur ob’ektni samarali tekshirish uslubini tanlash. 
Buning uchun avvalo quyidagilar aniqlanadi:
• tekshiruv ob’ekti o’zi nimadan iborat;
• agar gap eksport haqida yoki texnikaviy yordam ko’rsatish va boshqa 
xususida bo’lsa barcha, bitim-shartlari qanday bo’ladi;
2. Qaysi mamlakatga nisbatan tekshiruv o’tkazilayotgan bo’lsa, o’sha 
mamlakat patent qonunchiligining o’ziga xos tomonlarini o’rganish. Tegishli 
mamlakatda qanday qonun amaldaligi, bu mamlakatda qanday ob’ektga patent 
berilmaydi, yangilikka qanday talab qo’yiladi, patent amal qilish muddati 
aniqlanadi
.
3. Patent sofligiga tekshiriladigan texnikaviy echimni tanlash. Patent fondi 
bo’yicha qanday echim tekshirishni talab etadi, qanday, ob’ekt uchun 
ahamiyatliligiga qaramay, o’zlariga ma’lum bo’lgani tufayli tekshiruvga ehtiyoj 
yo’qligini aniqlash lozim.
4. Patent sofligiga tekshirish lozim bo’lgan butlovchi buyumlarni tanlash.
5. Tekshiruvchi ob’ekt uchun texnikaviy xujjatlarni saralash.
6. Tasnif ruknlarini belgilash. Patent qidiruvi o’tkazilishi lozim bo’lgan 
xalqaro va milliy sanoat mulklarini tasnif tizimining ruknlari ro’yxatini tuzish 
zarur.
7. Patent xujjatlarini tanlash. Tekshirilayotgan ob’ektga taalluqli barcha 
amaldagi patentlar bilan tanishish imkonini beruvchi patent hujjatlar turini 
belgilash.
8. Ekspertiza dasturini shakllantirish va kelishish. Ob’ekt tavsiyasiga bog’liq 
tarzda hamma ko’rib chiqilgan bosqichlar ham tekshirilavermaydi.
Ekspertizaning ikkinchi bosqichi quyidagi besh qismni o’z ichiga oladi.
1. Tekshirilayotgan ob’ektga taalluqli patentlarni izlash
 
olib 
borilayotgan tekshiruvga aloqador bo’lgan mamlakat patent fondidan 
tekshirilayotgan ob’ektga taalluqli barcha amaldagi patentlar aniqlanadi.
2. Keyingi tadqiqot uchun patentlarni mukammallashtirish va saralash. 
Mukammallashtirish turli belgilar bo’yicha amalga oshiriladi, ular o’z kuchini 
yo’qotdimi yo’qmi tekshiriladi.
3. Tanlab olingan patentlarni mufassal taxlil qilish.
 
Ekspertizaning eng 
mas’uliyatli va murakkab bu bosqichini belgilashdan maqsad tanlangan 
patentning amaldagi qandaydir belgilari sanoat mulk formulasiga kiritilganlar ta’sir 
96


doirasiga tushishligini aniqlash va ularni tekshirilayotgan ob’ekt belgilari bilan 
qiyoslashdir.
4. Patentanalog izlash va uni tahlil qilish.
 
Bu jarayonda mamlakat imkoni 
bo’yicha tekshirilayotgan ob’ekt patent sofligiga ega emasligi belgilanadi.
5. Xalaqit beruvchi patentlarni berish qonuniyligi va ular 
faoliyatini tekshirish, zarur hollarda xalaqit beruvchi patentni rad etish 
imkoni, uni yaroqsizga chiqarish yoki bekor qilishni aniqlanadi. Masalan, etkazib 
beriladigan mamlakat 

patentga ega. U bizning eksport ob’ektimizga nisbatan 
patent sofligiga ham ega. Biroq, O’zbekiston Respublikasida berilgan, mazkur 
sanoat mulkini yoki uning qismini patent singari muhofaza qiluvchi guvohnoma 
mavjudligi ayon bo’ladi. Ustiga-ustak mazkur patent e’lon qilish patent

ustuvorligi sanasidan avval amalga oshirilgan. Bunday paytda patent 

to’liq yoki 
qisman noto’g’ri berilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Malakali tekshirishdan 
so’ng patent
A
shunday patentga mos kelganligi uchun, agar patent egasi o’z 
da’vosini qoniqtirishlikni qat’iy talab etsa, patent berilgan mamlakatda uni rad 
etish masalasini qo’yish mumkin. Bunda, yana shuni e’tiborga olish kerakki, 
hamma vaqt ham berilgan patent bekor qilishlik jarayonini o’zaga ma’qul 
kelavermaydi. Ba’zan patentni rad etmagan holda patent egasi bilan kelishish ham 
maqsadga muvofiq.
Ekspertizaning yakuniy bosqichi uch qismni o’z ichiga oladigan ishlar:
1. Tekshiruv natijalari asosidagi xulosa

Avvalgi bosqichlar barcha 
qismlari har biri bo’yicha olib borilgan ish natijalarini atroflicha baholash 
asosida sanoat ob’ekti hamma turlariga nisbatan tekshiruv o’tkazilgan barcha 
mamlakatlardagi ob’ektlar patent sofligi, haqida xulosa chiqariladi.
2. Ob’ektdan foydalanish imkoni, odatidagi tavsiyalar.
 
Xalaqit beruvchi 
patentni chetlab o’tish imkoni ko’rib chiqiladi, litsenziya sotib olish zarurati 
aniqlanadi va h.k. tadbirlar baholanadi.
3. Ekspertiza hujjatlari asosida rasmiylashtirish.
 
Ekspert belgilangan 
shaklda ob’ektni patent sofligini tekshiruvi haqida xulosa chiqaradi va 
quyidagi ish beruvchi patent formulyarini tuzadi.
Etkazib beriluvchi mamlakatda patent ta’sir doirasiga ayrim konstruktiv 
echimlar yoki bosha eksport ob’ektini tashkil etuvchi unsurlar kirsa, bu etkazib 
beriluvchi mamlakatga nisbatan ob’ektni, to’liqligicha, patent sofligidan mahrum 
etadi.
Ob’ektga taalluqli qurilma, usul, modda yoki ularning ismi patent sofligiga 
ega bo’lmasa, bunday holda ba’zan ularda patentni chetlab o’tish, ob’ektni patent 
soflishdan mahrum qilganlarida tegishli o’zgarish kiritish ko’zda tutiladi, ammo 
sifat yomonlashuviga yo’l qo’yilmaydi. Agar ob’ekt sifatini yomonlashtirmay 
patentni chetlab o’tish imkoni bo’lmasa, odatda boshqa yo’l tutish tavsiya etiladi, 
ya’ni patentlashgan qism, detal, usulga litsenziya sotib olishlik taklifi qo’yiladi. Bu 
mazkur ob’ektni eksport qilishdan boshqasi bilan almashtirish imkoni bo’lmagan 
taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Patent formulyari
 
rasmiy hujjat bo’lib, ob’ekt (qurilma, usul va modda) 
patent sofligidan guvohlik beradi. Mazkur hujjat asosida muayyan ob’ektni chet 
elga chiqarish mumkinligi masalasi hal etiladi. Unga barcha ishlab chiqilayotgan 
97


ob’ekt (qurilma, usul, modda) ni tashkil etuvchi asosiy unsurlar (qismlar, detallar, 
usullar, konstrustiyalar) haqida ma’lumotlar kiritiladi. 
Mazkur ob’ektni ishlab chiqaruvchi korxona yoki shu buyumni ishlab 
chiqaruvchi tashkilot va bosh korxona boshqa-boshqa bo’lsa, bunday holda mazkur 
ob’ektni ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot patent formulyarini yoki uning 
qismini tegishli tarzda tuzishi shart. Korxona va tashkilotlar eksport ob’ektiga 
kirgan detal, qism va hokazolarni tayyorlash (ishlab chiqarish) ga buyurtma 
olgach, eksport ob’ektini chiqaruvchi zavod tayyorlovchiga to’ldirilgan patent 
formulyarini, buyurtma olgandan so’ng tezda yoki mazkur detal yoxud qismlarni 
ishlab chiqishni yakunlagach yuborishi shart.
Buyurtma olmagan va boshqa korxonalar eksport ob’ektida foydalanadigan 
mahsulotni chiqaruvchi korxona va tashkilotlar mazkur korxona va tashkilotlarning 
talabi bo’yicha patent formulyarini ham olmay yuborishga majbur. Formulyarni 
tegishli jadvalini to’ldirgandan so’ng tegishli qurilma, usul va modda 
tekshirilganligi natijasi haqida umumiy xulosa chiqariladi. Ob’ekt qanday 
mamlakatlarga nisbatan patent sofligiga ega yoki ega emasligi umumiy tarzda 
ko’rsatiladi.
Patent formulyariga korxonada uni tuzish topshirilgan muhandis, formulyar 
to’g’ri tuzilishi bo’yicha mas’ul bo’lgan patent bo’limi muhandisi va bosh 
muhandis imzo qo’yadi.
O’zbekiston Respublikasining texnikaviy hamkorligida chet elda 
qurilayotgan korxona loyihasining patent sofligini ta’minlash ba’zi o’ziga xos 
jihatlari bilan ajralib turadi, zarur hujjatlarning tuzilish tartibi ham ajralib turadi. 
Bunday hollarda patent sofligini ta’minlash bosh loyihalovchi zimmasiga 
yuklanadi. Bosh loyihalovchi loyihalanayotgan ob’ektdan foydalanish uchun 
patent sofligiga ega texnologik jarayonlarni tanlaydi. Loyihalashning ilk 
davridayoq u loyihalanayotgan zavod kelajakda chiqaradigan mahsulot patent 
sofligini ham ta’minlashi shart.
Bosh etkazib beruvchini talabi bo’yicha barcha korxona va tashkilotlar 
loyihaga kiritilgan o’zlari ishlab chiqadigan yoki tayyorlaydigan qurilma (usul)lar 
patent sofligi to’g’risida ma’lumotni, olmay etkazib berishga majburdirlar. Bu 
ma’lumotlar formulyardan ko’chirmalarda yoki formulyarning o’zida bo’lishi 
mumkin.
Butun ob’ektni loyihalash tugagandan so’ng bosh etkazib beruvchi butun 
ob’ekt patent sofligiga egaligi haqidagi xulosani boshqa bosh etkazib beruvchi 
vazifasini o’tovchi tashkilotga yuboradi. Bunday holda patent formulyari 
to’ldirilmaydi.
Ham patentli, ham patentsiz (Nou-Xau), shuningdek aralash holdagi 
O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy yutuqlarga barcha chet el firmalari 
tomonidan sotiladigan litsenziyalar ob’ekti barchasining patent sofligi tekshiriladi. 
Listenziya ob’ektlari patent sofligini ta’minlash va o’tkazish bosh korxona-
litsenziya ob’ektini ishlab chiquvchi zimmasiga yuklanadi. Bunday holda, agar 
litsenziya ob’ektida boshqa korxonalarda ishlab chiqilgan texnikaviy echim (ham 
patentlashtirilgan, ham patentlashtirilmagan) mavjud bo’lsa, bosh korxona ulardan 
shunday texnikaviy echimlar patent sofligi to’g’risidagi ma’lumotni (patent 
98


formulyarini) talab qilish huquqiga ega, zarur holda esa ekspert xulosasini ham 
talab qila oladi, bular unga haq olmay yuboriladi. Patent sofligini tekshirish 
litsenziya sotish maqsadga muvofiqligi haqidagi qarorni qabul qilguncha 
tugallanishi kerak.
Listenziya sotish va sotib olish, ularni hujjat asosida rasmiylashtirish tartibi.
Ichki va tashqi litsenziya va patent bozori barpo etilishi munosabati bilan 
litsenzion bitim, shartnoma, kontraktlar ishlab chiqarish bo’yicha asosiy qoidalarni 
egallash va litsenziyaning mo’ljallanayotgan qiymatni hisoblash yuqori darajada 
dolzarblik kasb etmoqda
Listenziya - sanoat mulki ob’ektlari, nou-xau va boshqa ilmiy-texnikaviy 
yutuqlardan foydalanish uchun muayyan to’lov asosida huquqini berishi mumkin. 
Bularni huquqiy nuqtai nazardan ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish