Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/70
Sana20.06.2021
Hajmi1,95 Mb.
#71385
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Bog'liq
favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi-1

Zaharga 
qarshi 
vositalar
Zaharlovchi moddalar
Foydalanish usullari va 
dozasi
Atropin, Afin, 
safolen
Amilnitrit, 
antisian, 
tiosulfat natriy, 
xromosmon
Dipiroksim
Nalofin 
(atrofin)
FOS, karboxolin, przerin, 
fizostigmin va boshqalar
Sianidlar, sinil kislotasi va 
uni tuzlari
FOS, tiofos, karbofos, 
oktametil va boshqalar
Narkotik analgetiklar 
(morfin, promedol)
Sinil kislotasi va uni 
tuzlari
Teri ostiga 1 % eritmadan 
1-2 ml
Ochilgan ampula ichidagi 
nafas orqali ichkariga 
so’riladi
Muskul to’qimalariga 15 
%li eritmadan 1 ml
0,5 %li eritmadan 1-2 ml 
teri ostiga, muskul va 
vena ichiga
141


Natriy nitrat
Pensillamin
Tetansinli 
kalsiy
Aktivlashti-
rilgan ko’mir
Unitiol 
Mishyak birikmalari, mis, 
simob, qo’rg’oshin, talii, 
temir tuzlari 
Qo’rg’oshin, kadmiy, 
nikel, kobalt, vanadiy, 
simob, ittriy tuzlari va 
boshqalar
Organik va anorganik 
birikmalar
Mishyak birikmalari, 
simob, xrom, vismut 
tuzlari, og’ir metall tuzlari
Vena ichiga 2 %li 
eritmadan 10-20 ml
Kattalar uchun kuniga 1 g 
dan
10 %li eritmadan vena 
ichiga 10-20 ml
Oshqozon yuvilgunga va 
undan keyin 30-50 g suvli 
aralshmasi
Teri ostiga, muskul ichiga 
5 %li eritmadan 5-10 ml 
Kimyoviy va radiasiyaviy muhofazaning asosiy vazifalari: 
1) 
FV ni vujudga kelishini oldindan taxmin qilish va sharoitga baho 
berish   (xavfli   inshoot   joylashgan   hudud   to’g’risida   ma’lumot, 
moddalar   miqdori,   turi,   saqlash   sharoiti,   saqlash   joyini   aholi 
yashaydigan qanday oraliqda joylashganligi haqida ma’lumot); 
2) 
Kimyoviy  kuchli   ta’sirchan   zaharli   moddalarni   va   radioaktiv 
moddalarni maxsus saqlash joylariga chiqarib tashlash, ta’sirini 
kamaytirish tadbirlari;  
3) 
Fuqarolarni  kerakli   miqdorda   shaxsiy   muhafaza   vositasi   bilan 
ta’minlashni tashkil etish;
4) 
Kimyoviy  va   radiasion   nazorat   va   tekshirishni   o’z   vaqtida 
o’tkazish;
5) 
Kimyoviy  va radiasiyaviy xavf vujudga kelganda fuqarolarning 
qanday vazifalarni bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish.
142


Kimyoviy  va   radiasiyaviy   vaziyatni   oldindan   taxminlash   va 
baholash.
a) vaziyatni oldinlan taxminlashga quyidagilar kiradi:
- FVni aniq turini bilish;
- vaziyat tavsilotchi va ko’lamini aniqlashning ishonchli usullarini, 
uskuna-jihozlarini topish;
- FM kuchlarini va aholini vaqtida ogohlantirish;
-   talofatlar,   moddiy   zararlarni   oldini   olish   yoki   ular   ta’sirini 
kamaytirish choralarini ko’rish;
- FM kuch va vositalarini FV va uni oqibatlarini bartaraf etishga 
tayyorlab qo’yish.
b) vaziyatni oldindan baholash:
-   olingan   ma’lumotlarni   aniqlashtirish;   kimyoviy   va   radiasion 
halokatni tafsilotini bilish (vaqti, tarqalish maydoni, holati va h.k.); hudud 
tavsiloti (aholi yashash joyi, uy joylarining soni, yaqin-uzoqligi, transport 
yo’llarini bor yo’qligi va h.k.); ob-havo sharoiti (yil fasli, ob-havo holati);
-   aholiga   va   hududga   kimyoviy   va   radioaktiv   moddalar   ta’sir 
darajasi;
- zaharlangan havo oqimi yetib kelish vaqti va ularni ta’sir ko’rsata 
olish muddati;
-   zaharlangan   hudud   maydonidagi   odamlar   sonini,   talofat 
ko’rganlari sonini aniqlash;
-   maxsus   ishlovdan   o’tkazilish   kerak   bo’lgan   odamlar,   texnika, 
uskunalar, hududlar miqdorini aniqlash.
143


Aholi FV turli haqida o’z vaqtida kerakli hajmdagi ma’lumotga ega 
bo’lsa   bunday   hollarda   qanday   harakat   qilishga   o’rgatilgan   bo’lsa, 
ko’riladigan  talafotlarni oldini olishga  va moddiy zararni kamaytirishga 
erishish   mumkin.   Shuning   uchun   kimyoviy   va   radiasiyaviy   xavfli 
inshootda   sodir   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   halokatlarni   kelib   chiqish 
sabablarini taxminlash va baholash to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil etish 
natijasida kerakli chora-tadbir ishlab chiqiladi.  
Bunday FV da ogohlantirish tadbirlari quyidagilar:
1) 
bo’lishi mumkin bo’lgan FV taxminlash va baholash;
2) 
mahsulot  ishlab   chiqarish   texnologik   jarayoni   tashkil   qilish, 
moddalarni   xavfsizlik   qoidalariga   rioya   qilib   saqlash,   tashib 
keltirish tadbirlarini ishlab chiqish va qo’llash;
3) 
korxona xodimlarini texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga 
o’qitish; 
4) 
FV oqibatlarini tugatishga kerakli kuch va vositalarni tayyorligini 
ta’minlash.  
Kimyoviy  va   radiasion   xavfli   inshoot   atrofidagi   aholi   korxona 
faoliyati haqida aniq ma’lumotga ega bo’lishi kerak. FV vujudga kelganda 
nima qilish kerakligini yaxshi bilishlari kerak. Sodir bo’lgan FV haqida 
aholi o’z vaqtida xabardor bo’lishi kerak.
FV haqida xabar berilgan zahoti:
-  kerakli   xujjatlar,  narsalar, buyumlar  va  2-3   kunga  yetarli oziq-
ovqat, ichimlik suv olish kerak;
- gaz, elektr va boshqalar o’girilib, deraza va eshiklar yopiladi;
- qishloq xo’jalik hayvonlari xavfsiz joyga ko’chiriladi.
Xavf tug’ilishi bilan qilinadigan ishlar:
144


1.
Fuqarolarni xavf to’g’risida turli vositalar bilan ogoh qilish;
2.
Qisqa holda nima qilish kerakligini tushuntirish;
3.
Qaysi  tomonga   qachon   harakat   boshlash   lozimligini   aytish   va 
zaharli modda bulut yo’nalishini aytib o’tish lozim;
4.
Yosh bolalar gaz ta’siriga qarshi vositani taqishni bilishi va yaqin 
joylashgan bekinish joyiga borishi lozim;
5.
Maxsus  vosita   bo’lmaganda   paxta-doka   asosida   boylanma 
tayyorlash va uni 2% soda eritmasiga (zaharli modda xlor bo’lsa), 
yoki 5% limon kislota eritamsiga (agar zaharli modda NH
3
 bo’lsa) 
shimdirish va u bilan nafas yo’lini to’sib, ko’rsatilgan yo’nalishga 
harakat qilish kerak.
Radiasion va kimyoviy havfli obyektlarda sodir bo’lgan avariyalarda, 
uning tashqi chegaralariga bevosita yaqin yashayotgan aholini muhofaza 
qilishda   yakki   himoyalanish   vositalaridan   foydalanish   va   ularni 
germetizasiya   qilingan   xonalarda   yashirish   tavsiya   etiladi.   Yashirinish 
xonalarida   kimyovi   zaharlanish   xarakteriga   oid   kimyoviy   razvedka 
ma’lumotlari   olinguncha   ichki   havoni   regenerasiya   qilish   va   to’liq 
izolyasiyalash rejasini ishlatiladi. Keyinchalik, zaharlovchi modda turi va 
konsentrasiyasi   aniqlangach,   filtrventilyasiya   rejimiga   o’tish   mumkin. 
Odamlarni   himoya   etishda   yashirinish   joylari   mavjud   bo’lmasa,   bu 
maqsadda   ishlab   chiqarish,   jamoat   va   turar-joy   xonalari,   shuningdek 
transport   vositalari   ishlatilishi   mumkin.   Ushbu   yashirinish   joylarini 
himoyalash xususiyatlari (jadval-3.13) germetiklash natijasida 2-3 barobar 
oshirilishi mumkin.
Jadval-3.13
Aholini himoyalanish koeffisiyenti
145


№ 
t/r
Yashirinish joylari
Vaqti 
15 min 30 min
1 soat
2 soat
1. Transportda 
0,95
0,75
0,41
-
2. Ishlab chiqarish xonalarida 
0,67
0,5
0,25
0,09
3. Turar joy va jamoat 
binolarida
0,97
0,92
0,8
0,38
4. Zararlanish manbaidan 1000 
m dan yaqin bo’lmagan 
joyda protivogazlarda
0,7
0,7
0,7
0,7

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish