Savdogarlar ustozi



Download 291,51 Kb.
bet1/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi



ASARNING BOShIDA MUQADDIMAGA O‘XShASh NARSA, AMMO HIKMATLAR BILAN BERILADI. AYTAYLIK, MUHTOJNING OJIZLIGIDAN FOYDALANIB MOLINI O‘ZLAShTIRMA YoKI ARZONGA SOTIB OLMA. ASAR OXIRIDA ESA, O‘ShA AYTILGANLAR TO‘LIQ ShARXLANIB, O‘QUVChI IXTIYoRIGA BERILADI. ShARXLAR UZUN BO‘LMAYDI. BUTUN ASARNI BIR YoDGA SOLDIRADI.
SAVDOGARLAR USTOZI

Bismillahir Rohmanir Rohim


Dunyoda shunday insonlar bo‘lganki, bugun ular haqidagi rivoyatlar, hikoyalar ertakdek tuyuladi. Bugungi kunlarda ulardek buyuklar qayta tug‘ilmaydi, deb ishoniladi, ishontiriladi. Men ham el qatori ulug‘ ajdodlarimiz haqida o‘qiganimda g‘ururlanaman va qayta tug‘ilmaydi buyuklar degan ishonchimda “sodiq” qolaman. O‘zim tadbirkor o‘laroq (asli filologman) tirikchilikdagi ming bir qiyinchiliklarga duch kelaman. Muvaffaqiyatga, omadga, pullar xazon bo‘lib yotadigan kelajakka tezroq yetish uchun o‘nlab kitoblar o‘qidim, o‘qiyapman. U kitoblar pul topishning, bu hayotda yashab qolishning ming bir usulini o‘rgatadi. Tan olishim kerak ulardan ko‘p foyda oldim va samarasini kun sayin sezyapman. Yana shuni ham sezyapmanki, menga nimadir yetishmayapti. O‘sha nimanidir uzoq qidirdim. U nimadir kitoblarda bo‘lishi kerak. O‘qidim, izlandim va nihoyat... Nihoyat topdim. O‘nlab o‘qigan kitoblarimda yo‘q ilmlar, o‘zimizda ekan. Naq burnimizning tagida, shundoq qo‘l uzatsa yetarkan. O‘sha ilmlardan nega xalqimiz shu paytgacha foydalanib, yaxshi bir savdo, tirikchilik (bugun biznes deyiladi) haqida kitob yozmagan? Xalq aybdor emas, aslida. Chunki ular mustaqil bo‘lgach, tog‘day uyilib yotgan tirikchilik tashvishidan ortib, ilmga e’tibor berolmasdi. Haliyam tirikchilik tashvishidan ortib yangilik sari ildamlayotganlari kam. Biz shu paytgacha va hozir ham biznes haqida, savdo haqidagi yetti yot begonalarning ta’limotlaridan suv ichyapmiz. Halollikni qadoqlab, temir sandiqqa qo‘yib qo‘yganimizga ancha bo‘lgan. Nima qilsang qil, boyi, har qanday yo‘l to‘g‘ri (halolmi, harommi farqi yo‘q, sen tanlagan va to‘g‘ri deb bilgan har qanday yo‘l haq yo‘ldir).
Bugun insonlar halol tijorat desa ajablanadigan ahvolga kelib qolayotir. Ayni shu sabablar tufayli qo‘lga qalam olib, kamtarona bir asar yozishga kirishdim. Bu asar sizga boyishning asl yo‘llari, omadning oltin kalitlari, muvaffaqiyatning haqiqiy siri, hotirjam yashashning bebaho yo‘llari, sahiylikning samaralari, do‘stlikning ustunliklari, hojatbarorlikning tuganmas foydalari haqida hikoya qiladi. Yana halol tijorat va tojirning sifatlari beriladi. Ming afsuski kitobda to‘liq ma’lumot yig‘olmaganim uchun ko‘p qahramonlar haqida yozilmaydi.
Siz kitob haqida gapirdiku, ammo kim yoki nima haqidaligini aytmadiku, deb o‘ylayotgandirsiz. Aytaman. Marv degan sultonlikni hamma eshitgan. Bugungi Xorazm. O‘sha yurtdan bir o‘g‘lon chiqqan. Bugun uni ko‘pchilik bilmaydi, chunki ular qolib boshqalarning hayotini o‘rganishga kirishib ketilgan. O‘sha buyuk, tarixda nomini–yu, izini to qiyomat insonlar qalbiga o‘yib yozib ketgan bobomiz – Abdulloh ibn Muborak. Ha, azizlarim, shu buyuk inson savdogarlarning uztozi degan maqomning egalaridan biri.
Uning yoshligi ilmga rag‘bat va kuchli g‘ayrat bilan o‘tadi. Jang san’atida ham juda mohir bo‘lib yetishgani esa kuchli musulmonlik sifatiga dalolat qiladi. Biz uning tijoriy faoliyatini do‘sti va kitobdori tilidan hikoya qilamiz.
Otasining “Savdogarlikni obro‘ingni saqlash, saxiylik qilib ilm ahliga yordam berishing va faqirlarning mushkulini oson qilishing uchun kasb qil!” degan birgina so‘zi uchun dunyoning boyiga aylanib, ilm ahlining haqiqiy homiysi bo‘lib yetishadi.
Ushbu kitob jonimdan aziz bo‘lgan ota-onamga bag‘ishlanadi. O‘qiganingizda ota-onam va kaminani duolarda yo‘qlashingizdan umidvorman.

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish