Savdogarlar ustozi



Download 291,51 Kb.
bet4/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Ilk sayohat boshlandi

  • Abdusalom sen qancha pul olding?, - deb so‘rab qoldi u dabdurustdan.

  • 10 dinor, deb javob berdim. Keyin suhbatlashib ketdik.

  • Bilasanmi, men bir chaqa ham olmadim. Allohga tavakkal qilib chiqyapman. Otam savdogarlikni obro‘yimngni saqlash uchun, saxiylik qilib ilm ahliga yordam berishim va faqirlarning mushkulini oson qilishim uchun kasb qilishimni tayinlab duo qildi. Otamdan savdoda o‘rganganlarimni boshqa mamlakatlarda ham qo‘llayman. Tajriba o‘z so‘zini albatta aytadi.

  • Nega bir chaqa ham olmading, axir yo‘lda nima bo‘lishini bilmaysanku Abdulloh.

  • To‘g‘ri, bilmayman, ammo Parvardigorim men bilan birga. Ota-onamning duosi bilan qiyinchiliklar oson hal bo‘ladi.

Shu bilan suhbatimiz tugadi. Zikr qilib keta boshladik. Ammo hayolimda uning gapi. Endi nima bo‘ladi? Kabi o‘ylar. Mana yo‘lga chiqqanimizga ham rosa uch oy bo‘ldi. Bir oyga qolmay yetib olishimiz kerak edi, ammo yo‘l-yo‘lakay dars oldik. Ozgina ishladik. Nihoyat Iroqqa ham salkam yetib keldik. Bir haftalik yo‘l qoldi. Pulimiz, ozuqamiz tugagan. U ov qiladi. Men taom tayyorlayman. Kechalari namoz o‘qib, uzoq suhbatashardik. Bazan tong otishini istamasdim...
Bomdoddan so‘ng, u bilan yana yo‘lga tushdik. Bir kichik bozorning ustidan chiqdik. Bir ayol yaxshi otni olib chiqib sotuvga qo‘ygan ekan. Ko‘pchilik to‘planib savdo qilyapti. Ayol otni bog‘lab bir chetda turibdi. Bir dallol ayolning nomidan savdo qilyapti. “Sotildi!”, deya endi otni qozig‘idan bo‘shatmoqchi edi. Abdulloh qo‘lidan ushlab qoldi.

  • Musulmonmisiz?, deb so‘radi dalloldan. Dallol bu savolni kutmagan shekilli dovdirab qoldi. U oluvchiga ham yuzlanib, shu savolni berdi. U ham dovdirab qoldi. Ammo shart o‘ziga kelib “Alhamdulillah musulmonman”, dedi.

  • Unda nega otni asl bahosida sotib olmayapsiz?, deya savol berdi u. Shu tariqa tortishuv boshlandi.

  • Men uni asl narxida sotib olyapman.

  • Asl narxi buncha emas, siz yarim bahosiga sotib oldingiz. Dallol foydaga sherik.

  • Sen bizga aql o‘rgatma, hali yosh ekansan.

  • Ilm va haqgo‘ylik yosh tanlamaydi. Keling ayoldan otni nima uchun sotayotganini so‘raymiz.

  • So‘ra!

  • Kechirasiz, otni nega sotyapsiz ona?

  • Erim kasal, bolalarim och. Ishlaydigan yoshda emas ular. Shu yerda bozor bo‘ladigan kunlar uyimizda qo‘lga ilinadigan narsalarni sotib, ro‘zg‘or qilib ketaman. Bugun kunimizga yarab turgan otimizni sotib, ro‘zg‘ordan ortganiga erimga dori-darmon olmoqchi edim. Ammo sotgan pulim xarajatlarimga yetmaydi. Ilojsizman. Otni qaytarib ketsam, ro‘zg‘or o‘tmaydi, - deya yig‘lab yubordi. Odamlar gungur-gungir gaplashib boshladi. Lekin hamma voqea qanday yakun topishini kutardi. Abdulloh sotib olgan odamdan yana pul qo‘shib berishini talab qildi, ammo u ko‘nmay turib oldi. Boshqalar bizning yonimizni oldi. Lekin u savdo halol bo‘lganini aytib turib oldi. Shunda Abdulloh o‘z otini ayolga berib yubordi. Bir kishi voqeani kuzatib turgan ekan. Ayolga:

  • Men tabibman. Dorini sizga tekinga beraman, -dedi. Shu tariqa ko‘pchilik ayolga qo‘lida boridan bera boshladi. Dallol bilan savdogar mulzam bo‘lib bir chetda qoldi.

Uning minib turgan otini berib yuborgani ortiqcha bo‘ldi. Yo‘l mashaqqatli, u bo‘lsa, o‘ylamay netmay otini shart berib yubordi. Ana jo‘mardlik. “Alloh jo‘marddir, jo‘mardlarni yaxshi ko‘radi”. Ushbu hikmatning ma’nosini endi tushungandekman. Chunki unga nisbatan muhabbatim ming chandon ortdi. Allohning oddiy bir quli shunchalik ta’sirlanib, mehri tovlangan ekan, Xoliqning yaxshi ko‘rishini tasavvur qilish qiyin.
Mashaqqatli safar ortda qolib, Iroqqa kirib keldik. Katta jome masjidida peshinni o‘qib, ilm majlisiga bordik. Asrni o‘qib bo‘lgach, tunashga joy qidirdik. Men mahalliy aholini bunchalik mehmondo‘st deb o‘ylamagandim. Islomning go‘zalligi, adolatliliga, tenglik dini ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim. Marvdagi musulmonlar qanday odobli bo‘lsa, mahalliy xalq ham shunday go‘zal axloqli edi. Biz boshqa mamlakatga kelganimizni his qilmadik. Go‘yo uzoq aylanib yana Marvga kelgandek. Siz tabiati o‘xshamaydi dersiz. Haqsiz, ammo qalb yaqin bo‘lsa, insonlar bir-birini tushunsa, boshqa omillar ikkinchi darajali bo‘lib qolaveradi. Xufton namozini o‘qigach, u bilan uzoq suhbatlashdik.

  • Abdusalom endi men tijorat qilishim kerak.

  • Sarmoyani qaerdan olmoqchisan?

  • Alloh mehribon. Sarmoya cho‘ntakda emas miyada bo‘ladi.

  • Sen doim meni lol qoldirasan. Ammo bu safar rostdan ham ahvolimiz tang. Chindan ham savdo qilishimiz kerak.

  • Bomdoddan keyin katta bozorga tushamiz.

  • Yaxshi, ammo pulni qaerdan olamiz? Qarz olishga tanish bo‘lmasa, otni sotay desak, o‘zi bittagina ot. Uni ham sotsak, uzog‘imizni yaqin qiladigan vositadan ayrilamiz.

  • Tavakkul qil, Xudoning O‘zi yo‘l ko‘rsatadi. Yaxshi dam ol.

Men dam olishga qancha harakat qilmay, tirikchilik tashvishi ustun kelib uyqumni qochiradi. Tavakkal qilib uyquga ketdim. Tushimda oltin-kumush xazon bo‘lib yotgan joyda ularni tepkilab yuribmiz. Abdulloh qayrilib ham qaramaydi.
Yoqimli azon tovushi bomdodga chaqirdi. Tahorat olib, masjidga chiqdik. Namozdan so‘ng bozorga borib, gazlama, ipak sotiladigan rastani aylandik. Meva, shirinlik, mol, qo‘y bozorlarni ko‘zdan kechirdik. Bir payt Abdullohni topolmay qoldim. Bir soat qidirib, gazlama bozoridan topdim. U tilmochlik (tarjimonlik) qilib turgan ekan. Xalal bermadim. Ishlar bitgach, tushlik qilib, peshin o‘qidik. Keyin qiziqish ustun kelib, undan so‘radim.

  • Abdulloh savdogarga tilmoch kerakligini qanday bilding?

  • Atrofni kuzatib tursam, bir savdogar tashvishli ko‘rindi. Bir – ikki odamning oldiga bordi, ammo ular qo‘llarini ko‘tarib, “tushunmadik” ishorasini qildi. Oldiga borsam, fors o‘lkasidan kelgan savdogar ekan. Arab tilini yaxshi bilmasligidan mollarini sotolmayotgan ekan. Oldingi tilmochi juda qimmat narx aytibdi. Men ko‘nglidan chiqarib berganiga rozi bo‘ldim. Shu tariqa moli sotildi, men 15 dinor ishlab oldim. Bu pul ikki oy bemalol yashashimizga, ilm olishmizga yetadi, - deya javob berdi tabassum qilib. Shu yo‘sin bozorda tarjimonlik qila boshladi. U ham ilmdan ortgan vaqtida. Kechki payt esa o‘rganganlarimizni yozamiz, aniqrog‘i u aytib turadi, men yozaman. Oradan bir yil o‘tib, ustozlar Abdullohga boshqa ustozga borishni tayinladi. Shu bilan bir necha yil ilm talabida shaxarma shahar, mamlakatma mamlakat kezib yurdik. Iroq, Yaman, Jazira, Misr va Shomda ilm tahsil qildik. Qaerga borsak, uzog‘i olti oy turardik. Shu orada 3 mingdan dan ortiq shayx bilan ko‘rishdik. Bir kuni bir ustozimiz bizga Kufadagi otasi Termizlik No‘mon ibn Sobit (Abu Hanifa) hazratlarining oldiga borishni tayinladi. Vaqtni qo‘ldan boy bermay yo‘l tadorigini ko‘ra boshladik. Ammo ko‘nglimning bir chetida yo‘lga qo‘ygan tijoratimiz, topayotgan pullarimizdan ayrilgim yo‘q edi. Chunki bu yerda ishlarimiz yaxshi edi. Men ham xatlar, murojaatnomalarni tarjima qila boshlagan, ozmi-ko‘pmi foyda qilayotgan edim. Lekin ilmga rag‘batimiz ustun keldi. Abdullohning oltinlarni bosib o‘tib ketayotgani hayolimda tez-tez gavdalanadigan bo‘lib qoldi. Qalbi dunyoga bog‘lanmagan uning. Bir lahzada hammasidan kechib yuboradi-ya, Subhanalloh.

Biz shom vaqtida Abu Hanifa hazratlarining uylariga yetib keldik. Uzoqdan ajralib turarkan. Badavlat ekanda degan o‘y o‘tdi hayolimdan. Eshikni bir yigit ochdi. Ochiq chehra bilan mehmonxonaga boshladi. Ustoz bilan ertaga uchrashishimizni aytdi. U yerda bizga o‘xshagan musofirlar ko‘p ekan. Bir musofir bilan gaplashib qoldik. U ustozimiz uyni atay katta qilib qurganini, odamlar yordam so‘rab murojaat qilishi oson bo‘lishini, uy qidirsa mo‘ljal aniq bo‘lishini niyat qilgan ekan. Bu odam boy, yordam bera oladi, degan ishonch bo‘lishi uchun shunday yo‘l tutganini aytdi. No‘mon ibn Sobit hazratlariga hurmatimiz yanada ortdi. Huftondan so‘ng Abdulloh menga qarab shunday dedi.

  • Abdusalom men bundan ham katta uy qurdiraman. Hovlim ham undan ikki baravar katta bo‘ladi. Toki yuzlab odamlar sig‘adigan bo‘lsin. Musofirlar hech ikkilanmay hovlimga kirib kelsin. Men uning niyati amalga oshishini so‘rab duo qilib qo‘ydim. U aytganini qiladigan odam.


Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish