Savdogarlar ustozi


Abdulloh ibn Muborakning dunyoga kelishi



Download 291,51 Kb.
bet2/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Abdulloh ibn Muborakning dunyoga kelishi
Tashqaridan nazar solgan odamning uzumzor bog‘ ichida uzumlarni parvarish qilib, qo‘riqlaydigan va ko‘p hollarda o‘sha bog‘ning ichida namoz o‘qib o‘tiradigan insonga ko‘zi tushadi. U Muborak ismli taqvodor inson bo‘lib, Marv sultonligi qozisining quli. U shu bog‘da ishlay boshlaganidan beri, hatto uning shu uyga qo‘ygan qadamidan buyon qozining uyiga o‘zgacha fayz, baraka va xotirjamlik kirganday bo‘ldi. Indamay ishini bilib qilaveradigan yigit qoziga juda yoqib qolgan. U bog‘ning bir chetida qurilgan kulbada yashab, qorovullik ham qiladi. Agar biror zarurat bilan qozining hovlisi oldiga keladigan bo‘lsa, hatto uyga bir nazar solmaydi. Uning odobi ko‘pchilikni lol qoldiradi...
Bir kuni qozi uyiga mehmon chaqirdi. Uzun kalta bo‘lib bir necha kishi kirib keldi. Uy sohibi Muborakni chaqirib unga uzum olib kelishni buyurdi. U ko‘zni quvnatadigan uzumlarni yuvib olib keldi. Ular uzumdan totib ko‘rganida u nordan chiqdi. Unga yana olib kelish buyurildi. Bu hol to‘rt marta takrorlandi. Toqati toq bo‘lgan qozi:

  • Nega har safar nordon uzum olib kelasan, taxirligidan ishtaxalar bo‘g‘ildiku. Sen qaysi shirin, qaysi taxir ekanini bilmaysanmi? - deya jaxl aralash savol berdi.

  • Yo‘q, - dedi u muloyimlik bilan. – Siz menga bog‘ga qorovullik qilishni va parvarishlashni buyurgansiz, yeyish haqida gapirmagansiz, - dedi hijolat bo‘lib.

  • Yo Qudratingdan, biror marta tatib ko‘rmadingmi?

  • Yo‘q, xojam tatib ko‘rmadim.

Qozining holi o‘zgardi. Mehmonlar bilan suhbat ham tatimadi. Hayolida bir o‘y: qanday qilib shuncha katta bog‘dagi uzumdan bir tatib ko‘rmagan bo‘lsa?. O‘ylagan sari fikrlari tiniqlashar, Muborakka nisbatan hurmati ortardi. Oxiri chidolmadi. Uni chaqirtirdi. Ular o‘rtasida shunday suhbat bo‘ldi.

  • Sendan bir maslahat so‘rasam.

  • Qullardan maslahat so‘ralmaydi xojam.

  • Bilaman, ammo senga berilgan ilm, odob, diyonat haqqi sendan maslahat olgim keldi.

  • Ilmim yetguncha javob beraman, xojam.

  • Mening bir bo‘yi yetgan qizim bor. Unga sultonlardan, hokimlardan, sarkardalardan, savdogarlardan sovchi kelyapti. Uni kimga berganim xayrliroq?

  • Yaxudiylar ayolning nasabiga, nasroniylar boyligiga, Muhammad alayhisalom davrlarida diyonatiga qarab tanlangan. Bugun aralashib ketdi. O‘zingizga ma’qul kelganini tanlab uzatavering.

  • Yo‘q, men senga nikohlab beraman qizimni. Chunki bu ummatda diyonat uchun qiz olinib, qiz beriladi.

  • Uydagilaringiz bilan maslahatlashing. Men bir qul bo‘lsam, uning ustiga tayinli uyim ham yo‘q.

  • Bugundan ozodsan. Qolganiga Xudo poshsho. Uydagilar qarorimni rad etmaydi.

  • Rahmat xojam, sizdan Xudo rozi bo‘lsin (Muborak yaxshilikdan qattiq suyunib yomonlikdan qattiq kuyunib ketmasdi, shuning uchun soddagina minnatdorlik bildirdi). Qiz boladan so‘ralishi kerak. Aks holda majburlangan bo‘lib qoladi.

  • Unda bugun so‘rayman. Mayli qani ozod kishi, bog‘imda oylik maosh uchun ishlashga rozimisan? Agar istasang boshqa ish ham qilishing mumkin.

  • Ishlayman.

  • Juda soz bomdod namozidan keyin gaplashamiz.

Qozi ayolidan so‘radi, “siz yomon kuyov tanlamaysiz, roziman”, dedi, qizi ham xuddi shu javobni berdi. Qozi xuftonni o‘qib Yaratgandan duo qilib, to‘yni xayrli qilishini so‘radi.
Muborak namozdan so‘ng uzoq o‘yladi. Shunday ulug‘ qozikalon oddiy yigitga qiz bersaya (u qulligini bir onda unutdi). U ham ushbu nikoh uning ikki dunyosiga ham foydali bo‘lishini Allohdan so‘rab duo qildi.
Bugun tong ham boshqacha otdi Muborak uchun. Ozod kishining nafas olishi ham boshqacha bo‘larkan. Har kungi bog‘, o‘z kulbasi ko‘ziga boshqacha ko‘rinib ketdi. Hovlida qozi janoblari bilan uchrashuvni kutib turarkan, beixtiyor uy tomon nazar soldi. Birdan qilmishidan uyalib, ko‘zini olib qochdi. O‘ng‘aysizlandi.
-Qani supaga chiq Muborak, - deya tabassum bilan qozi chiqib keldi. Ular uzoq suhbatlashmadi. To‘yni peshingacha o‘tkazishni mo‘ljallashdi, asrgacha kelinni olib ketadi. Shuncha obro‘siga odmigina to‘y qildi qozi. Nima uning davlati yetmasmidi? Yetardi, ammo boyligini ko‘z-ko‘z qilgisi kelmadi. Undan tashqari kuyovining hamiyatiga tegib ketgisi yo‘q.
Xullas to‘y ham o‘tdi. Ular uzumzorning chetidagi odmigina uyda yashay boshladi. Qizning onasi haftada bir kelib qizidan xabar olib turadi. Beshinchi dafa kelishida qizining yig‘lab turgani ustidan chiqdi. Ularning suhbati mana bunday bo‘ldi.

  • Nega yig‘layapsan qizim?

  • Tanlab topgan kuyovlaringiz hatto yuzimga ham qaramayapti.

  • Tushunarli...

Jahl bilan uyiga kelgan ayol xo‘jayini ishdan kelishini sabrsizlik bilan kutdi. Eri kelgach, avvalo ovqat suzdi. Ovqatlanib bo‘lgach, sekin gap boshladi.

  • Sultonzodalarni mensimasdan oddiy odamga qiz bergandingiz. U esa mana salkam qirq kundirki, qizimizning yuziga ham qaramabdi. Shunaqa zulm qilar ekan nega uylandi?

Qozi bir og‘iz gapirmadi. Xuftondan so‘ng Muborakni chaqirtirdi. U kelgach, qoziligiga borib baqirmadi, jaxlga minmadi. Musulmon kishi oldin sababini bilib, keyin tadbir qiladi. U ham masala mohiyatini bilish uchun kuyovidan oddiy savol so‘radi.

  • Nega shu vaqtgacha qizim bilan gaplashmasdan, yuziga ham qaramasdan zulm qilib kelyapsan?

-Ming bor uzur. Orada sal anglashilmovchilik bo‘libdi. Siz qozisiz. Ishonchli, shubhali taom yegansiz deyolmayman, ammo baribir sovg‘a salom, turli ziyofatlar, hukmlar ( janjalli vaziyat yechimlari) uchun olingan pullar shubhali bo‘lishi mumkin. Shuning uchun men mana salkam qirq kundan beri halol luqma yediryapman. Tomirlaridan toza qon oqishi uchun. Alloh guvoh – men bu ishni solih farzand uchun qildim.
Qozi lol qoldi. Yaratganning inoyati bilan kuyovni to‘g‘ri tanlaganiga yana bir bor amin bo‘ldi. Oradan bir yil o‘tib bu oilada Abdulloh dunyoga keldi...

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish