Savdogarlar ustozi



Download 291,51 Kb.
bet3/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Abdullohning bolaligi
Abdulloh boshqalardek o‘yinqaroq emasdi deydiganlar adashadi. U juda o‘yinqaroq edi, ammo bolaligidan o‘sha o‘yinqaroqligini aql egallagandi. Bir kuni o‘rtoqlari o‘ynab kelib, “Ketdik tashqariga ot o‘yin o‘ynaymiz”, dedi. Abdulloh ularga hatto aqlini tanigan insonlar, ulardan o‘tib olimlar ham hayron qoladigan gap aytdi. “Alloh meni o‘yin kulgu uchun yaratmagan”...
U ota-onasiga haqiqiy yordamchi. Ishlardan ortib, jang san’ati bilan shug‘ullanadi. Ot minish va kamondan otishni o‘rganadi.
Juda qiziquvchanligidan ko‘p xato qiladi. Otasi unga qattiq ta’qiq qo‘ymaydi, chunki ortiqcha tanbeh va ta’qiq bolani betarbiya qilib qo‘yadi. Otasining tarbiyadagi ajoyib uslubini u so‘ngi nafasigacha gapirib yurdi.
U Qur’on yodlashdagi otasining uslubini ko‘p eslaydi. Ot mininsh, kamondan o‘q uzish, qilichbozlik, jang san’atiga qattiq qiziqqani uchun otasi ayni shunga mos uslub topgan. Agar bir bet yodlasa, jang san’atiga, ikki bet yodlasa ot minish, uch bet uchun o‘q otish, to‘rt bet uchun qilichbozlik, besh bet musobaqaga ruxsat, olti bet uchun suvda suzish mukofoti. Abdulloh jon dili bilan yodlashga berilgan. Otasini qoyil qilish uchun ba’zan o‘n, o‘n besh betlab yod olgan. Shu tariqa qisqa muddatda Allohning Kalomini qalbiga joylagan. Otasi hech zamon mukofotni bermay qolmagan.
U hali yettiga to‘lmasdan otasi savdo sirlarini o‘rgata boshlagan. Uzum, mayiz sotish, katta savdogarlardan ulgurji sotib olib, donalab sotish, uyga bozor qilish kabi ilmlarni u ancha erta olgan. Otasining ishlarini diqqat bilan kuzatgan.
Ilmiy yig‘in, savdo majlislarida bo‘lganida arab tilini bilish juda muhim ekanini otasi unga tushuntirgan. U arab tilini juda tez o‘zlashtirgani uchun otasi unga ot sovg‘a qilgan. Keyin madrasaga darsga qatnay boshlagan.
Oddiy tanishlikdan qiyomat do‘stlikkacha
Men Abdulloh bilan hadis o‘rganayotganda tanishganman. Hech esimdan chiqmaydi, u ko‘pchilik oldida meni himoya qilgandi. Xatim chiroyli bo‘lgani uchun, negadir kitob ko‘chirgim kelaverar, ba’zan dars tayyorlashga vaqtim yetmay qolardi. Bir kuni hadisdan dars qilmaganim uchun ustozim qattiq jazoladi. Boshqa bolalar men bilan gaplashmay qo‘ydi. U paytlarda dars qilmaydigan bola bilan boshqalar gaplashmasdi. U bilan gaplashgan bola zexni pasayib ketishidan qo‘rqardi. Ammo, Abdulloh unday qilmadi. U men bilan gaplashdi. Yosh bo‘lsakda ( 6 yosh edik) o‘zimizcha o‘rtoqlashdik. Meni xayron qoldiradigani, uning qoriligi, yuzlab hadislarni yod bilishi emas, g‘ayrati, shijoati va o‘ta kuchli xotirasi edi. Biror narsani bir eshitishda, kitoblarni bir o‘qishda yod olardi. Oddiy misol. Bir kuni masjid oldidan o‘tib ketayotganimizda imom uzun duo qilib, salovat aytdi, bir necha oyat Qur’ondan o‘qidi. U menga “men to‘liq yodlab oldim”, dedi. Ishonmadim. Uning gaplarini o‘sha atrofdagilar eshitibdi. Ular undan yodlaganini aytib berishini so‘radi. U imom qanday aytgan bo‘lsa, o‘shanday qaytarib aytib berdi...
Ordan bir oy o‘tib, u bilan juda qalin bo‘lib ketdik. U mening yozishni yaxshi ko‘rishimni bilgach, yoziladigan darslarini menga berdi. Men o‘z navbatida undan ustoz aytganlarini o‘zidek qayta eshitaman. Shunday qilib u bilan do‘stlashib ketdik. U ta’sirlanib ko‘p rivoyatlar, hadislar aytib beradi, men erinmasdan yozib olardim. Ana shundan uning eng yaqin do‘sti va kitobdoriga aylana boshladim. Tez orada tengdoshlarimizdan ilmda o‘zib keta boshladik. Bir kuni ustoz bizni boshqa ustozga jo‘natdi. Shundan ilm izlab yo‘lga tushdik. Avvaliga Marv (Xorazm) ni aylanib taxsil oldik. Uning g‘ayrati va shijoati borgan sari ortib bordi. Darsdan bo‘sh vaqtlarimiz jang san’ati, suvda suzish bilan shug‘ullanardik. U jang qilishda ham tezda ko‘pchilikdan o‘zib ketdi. Qilichlashish, ot ustida kamondan nishonni behato urish, suvda suzishda unga teng keladigani kam edi. Ulg‘aygani sari har tomonlama yetilib boraverdi. U Qur’on tafsiri, hadis sharxi, turli masalalar bayonida Marvdagilardan oldinga o‘tib ketdi. Bir kuni menga “Abdusalom ustozlarim menga ilm olish uchun Iroqqa borishim kerakligini aytdi. Sen bilan birga ketishni istayman. Chunki sendek yaqin do‘st va kitobdorni qaerdan ham topardim”, dedi. Tabiiyki men birdan javob berolmadim. Ota – onamdan so‘rashim kerak edi. Uyga kelib ulardan ruxsat so‘radim. Otam hech ikkilanmay “boraver, dunyo kez, olim bo‘l, o‘zingdan iz qoldir, sendan keyin keladiganlarning hayotlarini yengillashtirish uchun harakat qil”, dedi. Onam yig‘ladi. Biz to‘rt o‘g‘il bo‘lsakda, onam meni bo‘lak yaxshi ko‘rardi. Lekin otamning ra’yiga qarshi bormadi. Duo qildi...

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish