Саволлар жавоблари


Казус 3 “A”, “B”, “C” baliq mahsulotlari eksport qiluvchi davlatlar qatoriga kiradi



Download 207,66 Kb.
bet2/48
Sana21.02.2022
Hajmi207,66 Kb.
#78031
TuriДиплом
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Xalqaro yakuniy kazus org

Казус 3
A”, “B”, “C” baliq mahsulotlari eksport qiluvchi davlatlar qatoriga kiradi.
2000 yilgi “A” va “B” davlat o‘rtasida shartnomaga ko‘ra, agarda ushbu davlatlarning fuqarolari neytral hududda ushbu davlatning biriga ziyon yetkazsa, u holda ushbu ish “A” davlati sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Ularning baliq ovlash kemalari okeanda suzib, baliqning o‘ziga xos turini ovlashga harakat qiladilar. Ushbu baliq turi to‘dasi okeanning ma'lum bir qismida yashaydi.
2003 yil ushbu uchta davlatlar kemalari ushbu baliq to‘dasini ovlash uchun bir vaqtda o‘sha joyda baliq ovlashadi. Baliq ovlashga kirishgan ushbu uchta davlatlar kemalari bir-biriga juda yaqin kelib qoladilar va okeandagi to‘lqin sababli to‘qnashib ketadilar. Natijada, “A” va “B” davlatlari baliq ovlovchi kemalari cho‘kib ketadi, va faqatgina to‘qnashuvda jiddiy zarar ko‘rmagan “C” davlati baliq ovlovchi kemasi “A” va “B” davlati baliqchilarining qutqarib, eng yaqin bo‘lgan “A” davlatiga yetkazadi.
A” davlati “A”, “B” va “C” davlatlari kemalarini barcha kapitanlarini sud qilib, “A” davlatining baliq ovlovchi kemasini cho‘ktirish orqali “A” davlatiga moddiy zarar yetkazishganligi uchun 3 oy qamoq jazosi va jarimaga jazosiga hukm qilinadilar.
B” va “C” davlatlari “A” davlatining bunday vakolatga emasligini ta'kidlab o‘z davlat kema kapitanlarini qaytarishni va ularning o‘z kapitanlarini ishi o‘z davlatlarida ko‘rib chiqilishini ta'kidlashadi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Zaruriy vakolatlar bilan ta`minlangan davlat vakilining shartnomani izmolashi bilan shartnoma qoidalari majburiyligiga nisbatan roziligini anglatadi. 1969 va 1986-yilgi Vena konvensiyalari xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi prezumpsiyasidan kelib chiqadi, chunki xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi yoki ishtirokchining shartnoma qoidalarini uning uchun majburiyligiga roziligi faqat xalqaro huquq asosidagina belgilanishi mumkin. Faqat haqiqiy xalqaro shartnomalargina unda ifodalangan huquq va majbiriyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, yuqoridagi A va B davlatlari ham ushbu xalqaro normalarga asoslangan holda va qoidalarni buzmagan tartibda shartnoma tuzishganmi? Agar ular tuzgan shartnoma uni tuzish vaqtida xalqaro huquqning imperative me`yorlariga zid holda tuzilgan bo`lsa, haqiqiy emas va yuridik jihatdan ahamiyatsiz bo`lib chiqadi. Agar ular bunday tartib-qoidalarga rioya qilgan holda tuzgan bo`lsalar shartnoma yuzasidan huquq va majburiyatlar yuzaga keladi. Yuridik tahliliga ko`ra yuqorida tuzilgan shartnoma yozma shakldagi ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi. Demak, huquq va majburiyatlar shu ikki davlat o`rtasida taqsimlanadi. Shartnomaga ko`ra, agar ushbu davlatlarning fuqarolari neytral hududda ushbu davlatning biriga ziyon yetkazsa, u holda ushbu ish “A” davlati sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan. Xalqaro huquqda hudud ikki ko`rinishda namoyon boladi:

  • Suveren davlatga tegishli bo`lgan hudud;

  • Suveren davlatga tegishli bo`lmagan hududlar.

Birinchi toifadagi hududlar o`z nomi bilan aytib turganidek, ma`lum bir davlatga tegishli bo`lgan hudud hisoblanadi. Ikkinchi toifadagi esa hech qaysi davlatga tegishli bo`lmagan hududlar, ya`ni ochiq dengiz, havo va yerosti hududlardir.
Bizga berilgan masala ham aynan ikkinchi toifaga kiruvchi hududda, ya`ni ochiq dengizda sodir bo`lgan. Dengiz huquqi masalalari BMTning 1982-yildagi Dengiz huquqi bo‘yicha konvensiyasida alohida ahamiyat kasb etadi. Unga binoan, hudud masalasi bir nechta turlarga ajratilib o`tilgan. Ya`ni birinchi bosqichda davlatlarning dengizdagi hududi qariyb 12 dengiz milidan iborat deb belgilangan. Ushbu hudud davlatning bevosita hududi hisoblanadi va o`z ixtiyori bo`yicha foydalanadi. Shu bilan birga yon-atrofdagi zona tushunchasi ham mavjud bo`lib, u ochiq dengizning qirg‘oqbo‘yi davlati hududiy dengiziga tutash bo‘lgan va shu davlat o‘z hududi doirasida tegishli bojxona, moliyaviy, immigratsiya va sanitariya qoidalarining buzilishiga barham berish maqsadida alohida nazorat etish huquqiga ega bo‘lgan qismi hisoblanadi. Qirg‘oqbo‘yi davlati bu hududda tegishli tartibda bojxona, moliyaviy, immigratsiya va sanitariya qoidalarini o‘rnatadi. Yon-atrofdagi zonaning kengligini davlatning o‘zi belgilaydi, ammo u boshlanish chizig‘idan hisoblaganda 24 dengiz milidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Aynan shu masala bo`yicha 1958 yilgi “Hududiy dengiz va unga tutash zona to`g`risida”gi Jeneva Konvensiyasi 14-moddasida ham belgilangan bo`lib, unga ko`ra: “Hududiy dengizga tutash zona – bu ochiq dengiz rayoni bo`lib, hududiy dengizning tashqi chegarasi bilan tutashib ketadi va qirg`oqbo`yi davlatlarining hududiy dengizi yoki uning hududi atrofida sodir etilgan huquqbuzarliklar yoki bojxona, fiskal,migratsiya va sanitariya qoidalari buzilganida bu davlatlarning yurisdiksiyasini amalga oshirish huquqi bilan xarakterlanadi”1. Bundan tashqari dengiz huquqida qirg`oqbo`yi davlatning tabiiy zaxiralardan foydlanish uchun suveren huquqi ham mavjud. U boshlanish chizig`idan hisoblanganda 200 dengiz mili kengligidagi hududni va undagi suvliklarni, suv qa’ri va yer osti boyliklarini qamrab oladi. Alohida iqtisodiy zona doirasida qirg‘oqbo‘yi davlati ushbu hududdagi tabiiy resurslarni tadqiq etish, ishlov berish va saqlash, shuningdek, sun’iy orollar (asosan neft platformalari) barpo etish va ulardan foydalanish, dengiz muhitini muhofaza etish huquqiga ega bo`ladi. Alohida iqtisodiy zonadagi sun’iy orollar bayroq egasi sanalgan davlat yurisdiksiyasi ostida bo‘ladi. Qolaversa, 1982-yildagi Dengiz huquqi bo‘yicha konvensiyada qirg‘oqbo‘yi davlati alohida iqtisodiy zona tabiiy zaxiralarini tadqiq etish va ulardan foydalanishda suveren huquqlarga ega ekani qayd etilgan. Bundan tashqari xalqaro huquqda barcha subyektlari umumiy tarzda foydalanadigan hududlar ochiq dengiz, ya`ni dengizning davlat hududiga kirmaydigan jami qismini tashkil etadi. Ochiq dengiz barcha mamlakatlar uchun ochiq hisoblanadi. Ochiq dengiz huquqiy rejimining asosi ochiq dengiz erkinligidan iborat bo‘lib, bular qatorida baliq ovlash erkinligi ham nazarda tutiladi.
Shu o`rinda yurisdiksiya masalasiga to`xtalib o`tadigan bo`lsak, yurisdiksiya lotincha so`z bo`lib, sud, sud ishini yuritish degan ma’nolarni bildirib, sud yoki ma’muriy organning muayyan faktlarga huquqiy baho berish, shu jumladan, nizolarni hal qilish va qonunda ko`zda tutilgan sanksiyalarni qo`llash bo`yicha vakolatlari doirasi tushuniladi. Davlatlar o‘z hududi doirasida to‘liq yurisdiksiyani amalga oshiradi. Davlat hududida chet el qurolli kuchlarining joylashtirilishi to‘g‘ri-sidagi bitimlar, ayniqsa, o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, bunda mamlakat hududining muayyan qismida xorijiy davlat yurisdiksiyasi deyarli to‘liq ravishda amal qiladi. Yurisdiksiyaga M.N.Shou quyidagicha ta’rif bergan: “Yurisdiksiya – davlatning xalqaro huquq prinsiplariga tayangan holda o`z hokimiyati orqali xalq, mulkchilik hamda muayyan hodisalarni tartibga solish hamda ularga ta’sir ko`rsatishini nazarda tutuvchi, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning suveren tengligini ko`zda tutuvchi ichki huquqiy munosabatlar yig`indisi”2.
Shu o`rinda eksterrritorial masalasiga oydinlik kiritib olamiz. M.N.Shou quyidagicha ta’rif beradi: “Eksterritoriallik – o`z davlatining qonunlariga bo`ysunish va xorijiy davlat yurisdiksiyasi hamda uning huquqlaridan daxlsizlikdir”3.
Yuqoridalardan kelib chiqqan holda bizga berilgan muammoli vaziyatga quyidagicha huquqiy baho berishimiz mumkin:
Birinchidan, davlat yurisdiksiyasi uning butun hududiga, shuningdek uning bayrog`i ostidagi dengiz, havo kemalariga, ayrim hollarda esa ikki yoki undan ortiq davlatlar o`rtasida tuzilgan shartnomalarga muofiq neytral hududlarda bir davlatning yurisdiksiyasi amal qilishi mumkin;
Ikkinchidan, yuqoridagi vaziyatda A davlatning harakatlari asosli ekanini ko`rishimiz mumkin. Chunki A va B davlatlari o`rtasida shartnoma tuzilgan bo`lib, unga ko`ra neytral hududda yetkazilgan zararlarni ko`rib chiqish A davlatga o`tkazilgan. Ushbu vaziyatga B davlatni sud qilishi asosli hisoblanadi.
Uchinchidan, C davlatining sud qilinishi ham asosli hisoblanadi. Chunki Xalqoro dengiz huquqi to`g`risidagi BMT konvensiyaning 33-moddasiga muofiq, qirg`oqbo`yi davlatlaridan qaysi birining chegaralariga yaqin hududdagi neytral zonalarda davlatlar tomonidan dengiz huquqiga oid qonunchilik buzilgan taqdirda shu davlat qonunchiligi yoki xalqoro dengiz huquqiga oid qoidalar asosida javobgarlikka tortish masalasi chegaradopsh mamlakat tomonidan hal etiladi

Download 207,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish