Sirtqi” fakultet “Bank ishi” yo’nalishi mavzu: “Tijorat banklarida konversion valyuta operatsiyalar hisobi” mavzusidagi kurs ishi


-rasm. 2021 yil holatiga ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari ulushi(foizlarda)4



Download 187,38 Kb.
bet5/7
Sana28.04.2022
Hajmi187,38 Kb.
#589464
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abduganieva Dilafruz Abduqodir qizi

1-rasm. 2021 yil holatiga ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari ulushi(foizlarda)4
Opsionning 3 turi mavjud, ya’ni:

  1. Sotib olishga opsion («call option») – bu opsionni sotiboluvchi shaxsning, valuta kursining o’sish xavfidan (yoki ma’lum bir sanaga hisob-kitob qilishdan) o’zini himoya qilish maqsadida uning mazkur valutani sotib olish (yoki hisob-kitobni amalga oshirish) huquqidir (majburiyati emas).

  2. Sotishga opsion («put option») – bu opsionni sotib olganshaxsning valuta qadrsizlanishidan o’zini himoya qilish maqsadida shu opsionni sotishga (yoki ma’lum sanaga hisob-kitob qilish) huquqini (majburiyatini emas) bildiradi.

  3. Opsion stellaj (nemischa «stellage») yoki («put-call option»)– bu opsion egasiga valutani bazis bahosi bo’yicha sotib olish yoki sotish huquqini beradi (bir vaqtning o’zida sotib olish va sotishni emas). Opsionda uning muddati ko’rsatiladi.

Opsionning muddati – bu sana yoki ma’lum bir davr bo’lib, sana yoki davr muhlati o’tib ketsa, mazkur opsionni ishlatib bo’lmaydi.
Opsionning 2 andozasi mavjud: a) yevropacha va b) amerikacha.
Yevropacha andozasi – bunda opsion faqat ma’lum bir belgilangan sanaga ishlatilishi mumkin.
Amerikacha andozasi – bunda opsion davrining istalgan paytida opsion ishlatilishi mumkin.
Opsion o’z kursiga ega. Opsion kursi – bu strayk bahodir (inglizcha «strike price»). Bu valutani, ya’ni opsion aktivini sotib olish («put») yoki sotish («call») mumkin bo’lgan bahosidir.
Opsionga egalik qilish uni sotib olgan shaxsga oldindan bilib bo’lmaydigan kelgusidagi o’zgarishlardan o’zini himoya qilish imkonini beradi. Opsion shartnomasi opsion egasi uchun ijro etilishi majburiy bo’lgan shartnoma emas. Shuning uchun ham, agar opsion amalga oshmasa, egasi uni berib yuborishi yoki ishlatmasdan qoldirishi mumkin.

2-rasm. 2020-2021 yillar yanvar-iyun oylarida valyuta birjasida amalga oshirilgan operasiyalar va Markaziy bank intervensiyalari hajmi5
Svop shartnomalari. Svop (ingl. «swap», «swop») – almashuv, almashtirish ma’nosini bildiradi. Svop operatsiyasi – bu hisob-kitob sanalari turlicha bo’lgan, taxminan teng hajmdagi xorijiy valutaning bir vaqtning o’zida sotilishi va sotib olinishidir. Svop valuta operatsiyasi valutaning «spot» shartlari asosida milliy valuta evaziga sotib olinishi va keyinchalik uning qayta sotib olinishini ko’zda tutadi. Demak, svop operatsiyasi – bu valutaning miqdor jihatidan teng summalarga, ular bo’yicha hisobkitoblarni turli sanalarda amalga oshirish sharti bilan bir vaqtning o’zida sotib olinishi va sotilishidir. Svop – bu so’nggi sotuv kafolati bilan valutani vaqtinchalik sotib olishdir.
Amaliyotda svop bir vaqtning o’zida valuta almashuvi bilan bog’liq ikki alohida shartnomaning imzolanishini ko’zda tutadi. Bu shartnomalar qarama-qarshi yo’nalishlarga va turli hisobkitob sanalariga ega. Bu shartnomalarning biri bo’yicha birinchi valuta ikkinchi valuta hisobiga ma’lum bir sanada yetkazib berish sharti bilan sotib olinadi. Ikkinchi shartnoma bo’yicha esa birinchi valuta ikkinchi valutaga boshqa sanada yetkazib berish sharti bilan sotib yuboriladi.
Svop valuta operatsiyalarini ko’p hollarda banklar amalga oshiradi. Bunda ikki bank orasida ikki valuta bilan almashuv ma’lum bir davrda bo’lib, shartnoma oxirida dastlabki valutalar banklarga qaytariladi. Valutalar bilan almashuv bir vaqtning o’zida tuziladigan, ammo valutalarning turli sanalarda yetkazib berilishi ko’zda tutilgan ikki qarama-qarshi shartnoma shaklida amalga oshadi: «spot» bir shartnoma bo’yicha va «forvard» boshqa shartnoma bo’yicha. Buning natijasida ikkala bank ham «spot» shartlari asosida sotib olingan valutani to u «forvard» shartlari asosida sotilgunga qadar o’z ixtiyoriga oladi. Barqaror iqtisodiyot va kapitallarning erkin harakati sharoitida forvard bozoridagi baholar foizlar farqlariga bog’langan.
Svop shartnomalarining boshqa shartnomalarga nisbatan qulayligi shundaki, ular valuta riskini to’la bartaraf etadi. Turli sanalarda sotib olingan va sotilgan valutalar teskari svopni tashkil etgan holda sotilishi yoki sotib olinishi mumkin. Shuning uchun hisob-kitob sanalaridagi farqlar hisobiga qoplanmagan pozitsiya hosil bo’lsa, u osongina to’la qoplanishi yoki kamaytirilishi mumkin. Svop – bu joriy foiz stavkalari ta’siri ostida, bir valutaning o’zgarib turadigan forvard marjasini boshqa valuta forvard marjasiga qanday ta’sir etishi yuzasidan turli fikrga ega bo’lgan brokerlarning (diler) o’zaro aloqasidir.
Amaliyotda foiz stavkasining svopi va valuta svopi farqlanadi. Foiz stavkasining svopi – bu kreditning asosiy shartli summasi bo’yicha AQSH dollaridagi foiz to’lovlari bilan ma’lum bir muddatga ikki taraf orasida ayirboshlash to’g’risidagi kelishuvdir. «Kreditning asosiy summasi» yoki «prinsiðial» atamasi svopni belgilovchi nazariy asosga tegishlidir. Shunday qilib, kreditning asosiy shartli summasi – bu foizlar nisbatan hisoblanadigan oddiy summadir. Asosiy summa bilan almashilmaydi. Muddat bir yilgacha muddatdan to 15 yilgacha bo’lishi mumkin. Biroq aksariyat shartnomalar 2 yildan 10 yilgacha muddatga tuziladi.
Foiz to’lovlari svopining asosiy 2 shakli mavjud bo’lib, bular kuponli svop va bazaviy svop hisoblanadi. Kuponli svopda ishtirokchi taraf, shartnoma paytida ma’lum bir g’aznachilik obligatsiyasiga nisbatan marja sifatida hisoblangan, qat’iy belgilangan stavkani to’laydi. Shu vaqtning o’zida boshqa taraf shartnoma muddati davrida o’rnatilgan indeksga nisbatan davriy asosda o’zgarib turadigan, erkin o’zgarib turuvchi stavkani to’laydi.
Bazaviy svopda esa shartnomada ishtirok etuvchi ikki taraf turli stavkalarga asoslangan, erkin o’zgarib turuvchi foiz to’lovlari bilan o’zaro almashadilar. Asosan ushbu nisbatan ochiq (to’g’ri) mexanizmdan foydalangan holda, foiz stavkasining svopi obligatsiyalar chiqarilishi, aktivlar, passivlar va har qanday naqd pul oqimining bir turdagi ko’rinishdan boshqa turdagi ko’rinishga hamda ba’zi bir variantlarda shartnoma tarkibidagi bir valutani boshqa valutaga transformatsiya qiladi.
Svop bozori moliyaviy resurslar manbalari orasidagi aloqaning ulkan (global) hajmga oshishiga sabab bo’ldi. Institutlar tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinishining tahlil etish uslublarini keskin o’zgartirib yubordi. Bu, albatta, svoplarning aktivlar va majburiyatlarini boshqarishning yangi samarali yo’llarini ta’minlash bilan ham bog’liq.
Valuta svopi. Valuta svopi foizli svop foydalangan uslub orqali naqdli oqim tarkibini qat’iy belgilangan stavkadan erkin suzuvchiga o’zgartirishi hamda svop mexanizmi orqali valutaning o’zini ham o’zgartirishi mumkin. Bunday tusdagi shartnoma foizlivaluta svopi yoki oddiy valuta svopi deb ataladi. Foiz svopi va valuta svopi orasidagi asosiy farq shundaki, valuta svopi nafaqat foiz to’lovlari bilan almashinishni, balki asosiy summa (prinsiðial) bilan birlamchi va yakuniy almashuvni ham o’z ichiga oladi.
Birlamchi almashuv svopning boshida, yakuniy almashuv esa svop muddatining tugash sanasida amalga oshadi. O’zining bu mazmuniga ko’ra valuta svopi kompensatsion kredit yoki parallel zayomlarga juda o’xshab ketadi.
Svoplardan foydalanish keng tarqalgan: bu endi bir nechta tanlov instrumentlaridan iborat ixtisoslashgan moslama emas. Svoplardan kapital qiymatini pasaytirish, risklarni boshqarish va yalpi iqtisodiyotda katta miqyosda ishlatish maqsadida foydalaniladi.
Svoplar jahonning turli kapitallar bozorlarida arbitrajni olish uchun ham qo’llaniladi. Qarz oluvchilar va kreditorlar sintetik instrumentlarni yaratib, yangi bozorlarga svop texnologiyasidan foydalangan holda kirib boradilar. Masalan, yangi, «potolok/pol» singari kelishuv ko’rinishidagi opsion xarakteristikalari bilan svop tarkibiy tuzilmalari va svop hosilalari ishlab chiqilgan edi.
Valuta arbitraji – bu foyda olish maqsadida valutalarning oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalardir. Arbitraj 2 shaklda bo’ladi: a) valuta arbitraji va b) foiz arbitraji.
Valuta arbitraji (fransuzcha «arbitrage») – bu valutaning, uning bir vaqtning o’zida sotilishini hisobga olgan holda, valuta kurslari farqlari sifatida foyda olish maqsadida sotib olinishidir.
Oddiy valuta arbitraji – bu bir xorijiy valuta va o’zbek so’mi bilan yoki ikki xorijiy valutalar bilan amalga oshiriladigan arbitrajdir.
Murakkab valuta arbitraji – ko’p turdagi valutalar bilan amalga oshiriladigan arbitrajdir.
Muvaqqat valuta arbitraji – ma’lum bir vaqt davomida valuta kurslarining farqi sifatida foyda olishga qaratilgan operatsiyadir.
U o’z ichiga quyidagi operatsiyalarni oladi:

  • valutaning birinchi spot-kursi asosida sotib olinishi;

  • depozitning ochilishi;

  • valutaning depozitda saqlanishi;

  • valutaning depozitdan olinishi;

  • valutaning ikkinchi spot-kurs asosida sotilishi.

Arbitraj ko’p hollarda spred shartnomalarining yakuni sifatida maydonga chiqadi. Spred shartnomasi doimo bir vaqtning o’zida bir valutaning sotib olinishi va boshqa bir valutaning sotilishini ko’zda tutadi. Bunday valutalar kurslari albatta birga, ammo turli sur’atlarda ko’tariladi yoki pasayadi. Bunda diler bir operatsiyada pul yo’qotishini va boshqa bir operatsiyada foyda olishini hisobga oladi.
Fazoviy valuta arbitraji – bu turli valuta bozorlarida (turli birjalarda), mazkur valuta kursi farqlari hisobiga foyda olish maqsadida o’tkaziladigan operatsiyadir. Boshqacha aytganda, bir vaqtning o’zida bir birjada valuta sotib olinadi va boshqa birjada shu valuta nisbatan yuqori kursda sotiladi.
Fazoviy valuta arbitraji o’z ichiga quyidagi operatsiyalarni oladi:

  1. Birinchi spot-kursi asosida valutani sotib olish.

  2. Sotib olingan valutaning boshqa joyga o’tkazilishi.

  3. Valutaning ikkinchi spot-kursi asosida sotilishi.

  4. Valutaning sotilishidan olingan pulni boshqa joyga o’tkazish.

Foiz arbitraji – turli valutalar bo’yicha foizlar farqi sifatida foyda olish maqsadida xo’jalik subyektlarining (arbitrajyorlarning) o’z qisqa muddatli aktivlari va passivlari valuta tarkibini tartibga solishga qaratilgan valuta (konversion) va depozit operatsiyalarini o’zida mujassam etgan shartnomadir. Foiz arbitraji pul bozorida bir vaqtning o’zida pullarning ma’lum bir foizga olinishi va nisbatan yuqori foiz asosida kreditga berilishi shaklida keng qo’llaniladi. Foiz arbitraji ikki shaklga ishlatiladi: a) forvardli qoplanish bilan va b) forvardli qoplanishsiz.
Forvardli qoplanish bilan foiz arbitraji – valutaning spotkursi asosida sotib olinishi, muddatli depozitga joylashtirilishi va shu vaqtning o’zida forvard kursi bo’yicha sotib yuborilishidir. Foiz arbitrajining bu shakli valuta risklaridan holi. Bu operatsiya bo’yicha foyda manbayi, forvard marjasi hajmi bilan belgilanadigan, valutalar bo’yicha foizlar farqi sifatida va valuta risklarini sug’urta qilish qiymati hisobiga olinayotgan daromadlar darajalarining farqi hisoblanadi.

XULOSA
Valyuta bozori yoki valyuta kursi haqida gap ketganda, bitta holatga alohida e’tiborlar qaratish kerak, Markaziy bank yoki Hukumat almashuv kursining bozordagi talab va taklif asosida shakllanishiga aralashmaydi.
Agar biz kursga aralashib turib bozor qoidalarini buzsak, uni keyin to‘g‘irlash qiyin bo‘ladi. Aprel oyining o‘tgan 2 haftasida valyuta ayirboshlash shoxobchalarida ham valyuta birjasida ham AQSH dollari kursi o‘rtacha 5,5 foizga oshishi kuzatildi.
Bunga o‘z navbatida, ichki valyuta bozoridagi valyutaga bo‘lgan talabning taklif hajmidan oshishi natijasida almashuv kursining ma’lum darajada to‘g‘irlanishi, deb qarashimiz mumkin.
Chunki joriy yilning mart oyidan boshlab rivojlanayotgan davlatlar, xususan, asosiy savdo hamkorlarimiz valyutalari keskin qadrsizlana boshladi. Ushbu holat, albatta, bizning almashuv kursimizga ham ta’sir ko‘rsatadi.

  • Buning ta’siri birinchidan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi savdo operatsiyalarimiz va chetdan pul o‘tkazmalari hajmlarining kamayishi bo‘yicha bo‘lsa, ikkinchidan, bilvosita aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning devalvatsion kutilmalari orqali ta’sir ko‘rsatadi.

Joriy yilning 25 mart va 13 aprel sanalarida ichki valyuta bozoridagi holat va almashuv kursi dinamikasi to‘g‘risidagi Markaziy bank tahlillarini shuni ko’rsatadiki, ularda tashqi iqtisodiy o‘zgarishlar so‘mning almashuv kursiga valyuta tushumlari kamayishi sababli oshiruvchi ta’sir ko‘rsatishi, lekin iqtisodiyotda importga bo‘lgan talab qisqarishi hisobiga so‘mning keskin qadrsizlanishi kutilmayotganligini, ayni paytda almashuv kursida devalvatsion kutilmalar ta’sirida kichik to‘g‘irlanishlar bo‘lishi mumkinligini bildirgan edik.

  • Shu o‘rinda, alohida ta’kidlashni xohlardim, fundamental omillar bilan kutilmalar bir-biridan katta farq qiladi.

To‘g‘ri, valyuta tushumlari ham eksport bo‘yicha, ham pul o‘tkazmalari bo‘yicha sezilarli kamaydi. Lekin ayni paytda iqtisodiyotda importga bo‘lgan talabning oshishi kuzatilmayapti.

  • (Joriy yil mart oyida pul o‘tkazmalari hajmi fevral oyiga nisbatan 23 foizga pasaygan bo‘lsa, aprelning dastlabki 8 ish kunida mart oyining mos davriga nisbatan qariyb 3 barobarga qisqardi (136 mln. dollardan 49,2 mln. dollarga).

  • Bu yerda hamma masala kutilmalarda. Aholi va tadbirkorlarning kutilmalari yuqoriligicha saqlanib qoldi. Natijada valyuta birjasida taklif sezilarli kamaygan bo‘lsa, aksincha, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida aholi tomonidan sotib olish hajmi yuqori sur’atda oshdi.

Xususan, aholi tomonidan mart oyida o‘rtacha kunlik 13,3 mln. dollarlik valyuta sotib olingan bo‘lsa, 10 aprel kunida 19,4 mln. dollar, 13 aprel kuni 22,2 mln. dollarga yetdi.

  • Shunday holat Yuridik shaxslar segmentida ham kuzatildi. Ular tomonidan valyuta birjasida mart oyida o‘rtacha kunlik 37,5mln. dollarlik valyuta sotib olingan bo‘lsa, 10 apreldan boshlab o‘rtacha kunlik talab 30 foizga oshdi.

  • Ayni paytda mart oyida kunlik o‘rtacha valyuta sotish bo‘yicha taklif 21,7 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, taklif hajmi 10 apreldan qariyb 40 foizga pasaydi.

  • Valyuta kursining real samarali salohiyatiga asosiy savdo hamkor davlatlardagi valyuta devalvatsiyasi va inflyatsiya darajasi, mamlakatimizdagi ichki narxlar va kurs o‘zgarishlari kabi omillar ta’sir qiladi.

  • Xususan, joriy yilni mart oyidan boshlab Rossiya rublining AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi 9,2 foizga, qozoq tengesi – 11,2 foizga, turk lirasi – 9,3 foizga va qirg‘iz somi – 12,8 foizga qadrsizlandi.

Ushbu davlatlarda inflyatsiya darajasining milliy valyuta devalvatsiyasiga nisbatan past dinamikaga ega ekanligi ularda iqtisodiy raqobatbardoshlikni saqlab qolishga imkon beradi.

  • Buning natijasida mart oyida milliy valyutamiz so‘mning real effektiv almashuv kursida ma’lum bir tafovut paydo bo‘ldi.

  • Ushbu holat, o‘z navbatida, kelgusida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarning tashqi va ichki bozorlarda “qimmatlashuvi”ga va raqobatbardoshligining pasayishiga yoki aksincha, savdo hamkorlar mahsulotlarining bizning bozorlarda “arzonlashishi”ga olib kelishi mumkin edi.

Aprel oyidan boshlab almashuv kursining to‘g‘irlanishi natijasida mazkur tafovutning yopilishi kuzatildi. Bu o‘z navbatida, kelgusida mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

  • Bu o‘z navbatida, tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport hajmlarining oshishiga va shunga mutanosib ravishda to‘lov balansi joriy hisobvarag‘i saldosining qisqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, kursning mazkur devalvatsiyasi transchegaraviy pul o‘tkazmalarning pasayishi va Rossiya rubli va Qozog‘iston tengesining qadrsizlanishi sharoitida ushbu o‘tkazmalarning so‘mdagi ekvivalentini va aholining aksariyat qismini xarid qobiliyatining saqlanib qolishiga ma’lum darajada ko‘maklashadi.


Download 187,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish