Социолингвистика



Download 329 Kb.
bet9/41
Sana08.07.2022
Hajmi329 Kb.
#757767
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
1-маъруза

2.7. Sotsiolekt
Sotsiolekt termini lingvistikada XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan. U sotsio- jamiyatga bo‘lgan munosabat va dialekt so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, rus tilidagi “социальный диалект” (ijtimoiy dialekt) birikmasining qisqargan shaklidir.
Sotsiolekt umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra birlashgan ayrim guruhlarning lisoniy ehtiyojlarini qondirish uchun nutq amaliyotida ishlab chiqilgan til shakli. Standart tildan farqli o‘laroq, sotsiolektda ba’zi o‘rinlarda chetga chiqish mumkin. Til ham xuddi tashqi ko‘rinish singari sinflar haqida guvohlik beradi. Sotsiolekt verbal hulq va ijtimoiy ahvolning muvofiqligini ifodalaydi.
Ko‘pchilik davlatlarda mansab pog‘onalaridan ko‘tarilish uchun sotsiolektni bilish zarurdir. Ayniqsa, Buyuk Britaniyada amaldorlik va mavqe sotsiolektga bog‘liq bo‘lgan. Bu yerda U (Upper class “yuqori sinf”) nutqi no-U nutqiga qarama-qarshi qo‘yilgan. Tabiiyki, sotsiolektlar ham oliy zodagonlar, o‘rta (oliy, o‘rta, quyi), ishchilar (oliy, o‘rta, quyi), quyi, past (avom xalq) singari sinflarga ko‘ra farqlangan.
G‘arbda sotsiolekt tushunchasi ijtimoiy sinflar, tabaqalarning nutqini ifodalasa, sobiq SSSRda sotsiolekt kasbiy leksika: dengizchilar, konchilar va h.k. tili sifatida izohlangan.
Hozirgi rus sotsiolingvistikasida sotsiolektga quyidagicha ta’rif berilgan: Milliy til doirasidagi biron ijtimoiy guruh (kasbiy, tabaqaviy, yosh va h.k.)ga xos bo‘lgan lisoniy xususiyatlar majmuyiga sotsiolekt deyiladi. Masalan, askarlar (askarlar jargoni), o‘quvchilar (maktab jargoni) nutqi, jinoyatchilar jargoni, xippilar argosi, talabalar slengi, turli sohalarda ishlovchilarning kasbiy “tili”, argolari va h.k. sotsiolektlarga misol bo‘la oladi15.
“Sotsiolekt” termini turli-tuman, bir-biriga o‘xshamaydigan, ayni paytda umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan lisoniy shakllarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Mazkur shakllar ijtimoiy chegaralangan kishilar guruhining kommunikativ ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Sotsiolektlar kommunikatsiyaning butun bir tizimini ifodalamaydi. Chunonchi, u so‘zlar, so‘z birikmalari, sintaktik konstruksiyalar, urg‘u xususiyatlari va h.k. ko‘rinishidagi nutqning o‘ziga xosligidir. Sotsiolektlar asosini milliy tildan deyarli farq qilmaydigan lug‘at va grammatika tashkil qiladi. Masalan, jinoyatchilar argosida o‘ziga xos ma’no, xususan, metaforik ma’no kasb etgan so‘zlar mavjud: ment – “militsioner”, etap qilish – “qamoqqa jo‘natish”, narkota – “narkotik, giyohvand moddalar bilan shug‘ullanish” va h.k. Biroq mazkur so‘zlarning turlanishi, tuslanishi va gapdagi bog‘lanishi umumtil qoliplari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Hatto, so‘zlar ham umumtil leksikasiga mansub bo‘ladi.



Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish