Социолингвистика



Download 329 Kb.
bet8/41
Sana08.07.2022
Hajmi329 Kb.
#757767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
1-маъруза

2.6. Dialekt
Tarixan dialektlar kishilarning bir-biridan uzoqda bo‘lishi, bir-birlari bilan muloqot qilishga halaqit qiladigan turli masofalarda joylashishi natijasida shakllangan. Tabiiyki, bir-biridan uzoqda, shuningdek, iqlimi har xil bo‘lgan hududlarda yashaydigan kishilarning turli ehtiyojlari va tevarak-atrofdagi endemik (turfa) hodisalar nomlashni talab qiladi.
Norasmiy nutq modeli hisoblangan dialektlar hududiy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. Hududiy dialektlar ma’lum hududning o‘ziga xos hududiy belgilari, binobarin, o‘ziga xos lug‘at, grammatik yoki fonetik xususiyatlariga ega bo‘lgan so‘zlashuv tilidir.
Ijtimoiy dialektga sotsiolekt deyiladi (bu haqda quyiroqda batafsil to‘xlamiz). Angliyada ijtimoiy dialekt muhim bo‘lib, u hududiy dialektdan ustuvorligi bilan ajralib turadi. AQShda esa aksincha, hududiy dialekt ijtimoiy dialektga nisbatan salmoqli o‘ringa ega.
Tabiiyki, hududiy yoki mahalliy dialektlar tilning geografik jihatdan bo‘linishini ifodalaydi. Biroq hududiy mahalliylik mazkur til shaklining faqat o‘ziga xos bir tomoni xolos. “Hududiy dialekt” tushunchasi ijtimoiy dialektologiyaning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Dialektning ijtimoiy variantliligini tahlilga tortilishi sof dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy-dialektologik tadqiqotlarga o‘tish sanaladi.
Rus sotsiolingvistlari V. I. Belikov va L. P. Krisinlar hududiy dialektlarni milliy til va uning boshqa ko‘rinishlaridan farqlovchi xususiyatlarini quyidagicha belgilashgan:
1) dialekt egasi (bu asosan qishloq aholisining keksa avlod vakillari)ning ijtimoiy, yosh va qisman jins jihatdan cheklanganligi;
2) dialekt qo‘llanish doirasining oilaviy va maishiy cheklanganligi;
3) turli shevalarning o‘zaro ta’siri va dialektlar tizimi o‘rtasidagi aloqalarning qayta qurilishi bog‘liqligi natijasida yarim dialektlarning shakllanishi;
4) adabiy til ta’siri ostida o‘ziga xos dialekt nutqining tenglashtirilishi13.
Sotsiolingvistikaning tamoyili dialektlar mavjudligining geografik va ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishdir. Geografik sabab, bu – tabiiy masofalar va to‘siqlar, ijtimoiy-psixologik sabablar – obro‘ (ya’ni dialektning nufuzi, ta’siri) va hamfikrlikni ifodalaydi.
Bugungi kunda til egalarining o‘qimishli qismi orasida shaxsning o‘zligini anglash, uning ma’lum mintaqaviy jamoatga tegishlilik belgisi, milliy an’analar bilan munosabatda bo‘lish va h.k. vositasi sifatida dialektlarga bo‘lgan qiziqish borgan sari kuchaymoqda. Dialektlar shu dialekt egasi yoki u mansub bo‘lgan biron guruhning obro‘yi va hamfikrligining ko‘rsatkichiga aylanib bormoqda. Masalan, Rossiyaning janubidagi kazaklikka mansublik obro‘ sanaladi va bu kishining o‘tmishi o‘ziga to‘q bo‘lganligini assotsiatsiyalaydi. Yoki Yaponiyada dialekt muayyan ma’noda mintaqaviy, ba’zan ijtimoiy guruhlarning birlashish vositasi sanaladi. Dialekt – “o‘zinikilar” bilan tabiiy muloqot qilish shakli; suhbatdoshga “o‘ziniki” deb qarash qanchalik kuchli bo‘lsa, unga shunchalik keng darajada dialektda murojaat qilinadi. Biroq notanishga, ayniqsa, chet elliklarga adabiy tilda murojaat qilinadi14.
Dialektlarning muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarishini ham kuzatish mumkin: ayrim mamlakatlarda dialektlar nafaqat kundalik muomala va folklor dastalarida, balki ba’zi radioeshittirishlar hamda teatr sahnalarida ham qo‘llanilmoqda.



Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish