Xalqlar psixologiyasi
Kelib chiqishi bir va yagona yashash muhitiga ega bir xalq individlari
«tanasi va ruhida o‘sha xalq tabiatiga xos belgilarga ega bo‘ladi».
Tananing ruhga ta'siri ma'lum moyilliklar, istak, hohishlar, barcha
individlarda bir xil bo‘lgan ruh xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Natijada
ularning barchasi bir xil xalq ruhi, ya'ni psixologiyasiga ega bo‘lishadi.
14
Shteyntal xalq ruhini bir millatga tegishli individlarning psixologik o‘xshashligii va
shu bilan birga o‘zini anglashi deb tushunadi. Xalq ruhining tarkibi esa «tarixiy xalq
psixologiyasi» hisoblanadi.
Guruhiy psixologiya va taqlid nazariyasi
XIX asr oxirida na individ psixologiyasi va na mavhum «xalqruhi» sotsial
hodisalarni o‘rganishda asosiy kalit bo4la olmasligi aniq bo4ldi. Bu, o’z navbatida
guruhiy va ommaviy xulq-atvorni o‘rganishga bo’lgan qiziqishni orttirdi. Sotsiolog
olimlaming omma psixologiyasiga bo4lgan qiziqishi o’zining mafkuraviy asosiga
ham ega bo’lgan. Aniqroq qilib.aytganda 1789, 1830, 1848 va 1871-yillarda bo’lib
o’tgan revolyutsiyalar xalq ommasining qudratli buzg’unchilik kuchga ega
ekanligini ko’rsatdi. XIX asr boshlaridayoq mazkur xatti-harakat individning
ijodkorligi va madaniyatga tahdid solishi ta’kidlangan edi. XIX asming 2- yarmi
dayoq ommaning irratsionalligi tog‘risidagi g’oya ham pozitivistik (Ten, ayniqsa
Fransuz inqilobi talqinida), ham antipozitivistik (Nitsshe) falsafada keng yoyilib
ulgurgan edi. Italiyalik kriminolog olim S.Sigele (1868-1913) «Jinoyatchi omma»
(1891) va «Sektalar psixologiyasi» (1895) nomli asarlarida mazkur fikmi
psixologik jihatdan asoslab bergan edi. U insonni tabiatan shafqatsiz va jinoyatga
moyil, deb baholagan. Ommada mana shu moyillik yana ham yorqin namoyon
bo4ladi. Chunki omma tarkibida insonning o’z xatti-harakatlarini ratsional jihatdan
nazorat qilishi susayadi, bu instinktlar uning ta’sirchanligini oshiradi, atrofidagi
har qanday yomonlikni yuqori darajada qabul qilishini ta ’minlaydi. XX asr
arafasida fransuz adibi (m a’lumotiga ko’ra shifokor Gyustav Lebonning
(1841-1931) «Olomon psixologiyasi» (1895; ruscha tarj.: «Xalqlar va omma
psixologiyasi» - 1896), «Xalqlar evolyutsiyasining psixologik qonunlari» (1894)
kabi asarlari katta mashhurlikka erishdi. Lebonning fikricha, yevropa jamiyati
rivojlanishning yangi bosqichi - «olomon asri»ga qadam qo'ymoqda
1
. Bunda
1
Qarang:Лебов Г.Психология
народов и масс//Западно-
европейскаясоциолопм ХХ-
наХХвеков:Тексты.-М.,1996.-
С.123.128
15
shaxsning aqliy va tanqidiy fikrlash xususiyati irratsional omma ongi tomonidan
bostiriladi. «Olomon» yoki «omma» - bu insonlar gumhi bo4lib, ular yagona
Uzoq yillar davomida Tard o ‘zining yosh zamondoshi va intellektual raqibi
bo‘lgan Emil Dyurkgeym bilan bahs olib borgan. U lam ing ikkalovi ham
bioorganik nazariyalar va utilitarizmdan yiroq, ikkalovi ham etnografik m
a’lumotlar va qiyoqiy metodlarga katta ahamiyat berardi, ikkalovi ham jamiyatni
integratsiyalovchi kuch sifatidagi sotsial me'yorlar tabiati bilan qiziqardi. Lekin bu
umumiy o‘xshashaliklar orqasida katta tafovutlar ham bor edi. Dyurkgeym uchun
jam iyat - sotsial tizim, uning mahsuli esa alohida individlar hisoblanadi. Tardning
fikricha esa, jamiyat individlaming olzaro ta’sirlashuvi natijasi. Unga biologik
organizm yoki mexanistik agregat sifatida qarash mumkin emas. Ong -
mexanikaning postulati. Tard jamiyatning evolyutsionistik modelini ham rad etadi.
Sotsiologiyaning kamchiligi uning «jamiyat qonunlari» va «tarix qonunlari»ni
qo‘shib yuborishidadir; birinchilari - hodisalami qayta ishlab chiqaruvchi qonunlar
bo‘lsa, ikkinchilari — ulaming taraqqiyot qonunlaridir. Bu qonunlar tamoman ikki
xil bo‘lib, ikkinchilari juda murakkab hisoblanadi va ular faqatgina birinchilari
asosidagina shakllanishi mumkin. Bundan evolyutsion yondoshuvning tahliliy
yondoshuv bilan o‘rin almashinuvi vujudga keladi. Sotsiologiya — bu «oddiy
jamoaviy psixologiya», u quyidagi ikki savolga javob berishi lozim: 1)
kashfiyotlar, muvaffaqiyatli tashabbuslar va biologik adaptatsiyalarga anologik
ravishdagi sotsial adaptatsiyalaming sababi nima? 2) nega boshqasi emas, aynan
mana shu tashabbuslar taqlidga sabab bo‘ldi? Nima uchun taqlidga asos
qilinmagan ko‘plab namunalar ichidan aynan shular tanlab olindi? Boshqacha qilib
aytganda, taqlid qonunlari qanday? Tard asta-sekin «guruhiy ong» yoki «olomon
ruhi» kabilarni mustayil m a’naviy mohiyat sifatida rad eta boshlaydi, lekin
sotsiologiyani individualistik psixologiya bilan ham asoslay olmaydi.
Tard fikriga ko'ra, elementar sotsial munosabatlar e'tiqod yoki xohish-istakni
birovga o‘tkazish yoki o‘tkazishga intilish hisoblanadi.
16
Uning eng sodda ko‘rinishi - gipnotik uyqu holati. «Jamiyat - bu taqlid, taqlid
esa o‘ziga xos gipnotizm». U har qanday yangilikni individual ijod mahsuli, deb
biladi. Ijodning yagona manbasi - iqtidorli shaxs tasawurining ijodiy akti.
Yangilikning muvaffaqiyatli adaptatsiyasi «taqlid» ko‘rinishini oladigan
qaytarishlar to‘lqinini paydo qiladi. Tard yangiliklaming taqlid asosida tarqalishini
sxematik tarzda tasvirlaydi. Sxema markazdan uzoqlashayotgan doiralardan tashkil
topgan. Taqlid doirasi boshqa taqlid markazidan boshlangan qarama-qarshi
to‘lqinga uchragunga qadar to‘xtovsiz kengayish xususiyatiga ega. To‘qnashgan
taqlid toiqinlari o'rtasida kurash boshlanib, takrorlash taqlidga qarama-qarshi
kuchga aylanadi va taqlidlarning «mantiqiy dueli» boshlanadi. Bahsdan tortib to
urushgacha bo‘lgan istalgan nizolar bunga misol bo‘la oladi. Mantiqiy detallar
turlicha natijalarga olib kelishi mumkin, shunday bo‘lsa-da, qarama-qarshilik yangi
adaptatsiyaga o‘mini beradi va sotsial jarayonlaming sikli qaytadan boshlanadi.
Adaptatsiya, takrorlash va qarama-qarshilikdan iborat uch asosiy sotsial jarayonni
qamrab olgan sotsiologiyaning umumiy qonunlarini Tard mantiqiy va mantiqiy
bo‘lmagan turlarga ajratgan.
1
Mantiqiy qonunlar sababli nima sababdan ba’zi
yangiliklar tarqaladi, ayrimlari esa yo‘q, mazkur yangilikka bo‘lgan talab
qanchalik yetilgan, u mavjud bilimlar va tasaw urlar bilan uyg‘unlashganmi
(mantiqiy birlashuv) yoki ular bilan ziddiyatga kiradimi (mantiqiy duel), kabi
savollami tushuntirib berishga intiladi. Mantiqiy bo‘lmagan qonunlar esa taqlid
jarayoni qay tarzda kechishini ko‘rsatib beradi. Misol uchun, jarayon markazdan
chetga tomon rivojlanishi, yuqoridan pastga tomon siljishi, maqsadlardan
vositalarga o‘tishi va h.k. Tard o‘z nazariyasi deduktiv deb baholasa-da, empirik
tadqiqotlar metodlariga katta ahamiyat beradi. Sotsiologiya, uning fikriga ko‘ra,
ikki asosiy metodga tayanadi: arxeologik va statistik.
1
Qarang:A History of Classical
Sociology.Translated
by
H.Campbell
Creighton,M.A(Oxon).Progress
Publishers.-P.105.Arxeologik
metod konkret yangiliklar va
namunalar tarqalishi
17
Arxeologik metod konkret yangiliklar va namunalar tarqalishi davri va
arealini o ‘rganishga xizmat qiladigan tarixiy hujjatlar tahliliga asoslanadi. Statistik
metoddan mavjud taqlid jarayonlari haqida m a’lumotlar to‘plashda foydalaniladi.
0 ‘z joniga qasd qilish, jinoyatlar, savdosotiq statistikasi tahlili yangilikning
imitativ kuchining miqdoriy tavsifini topish, uni yoyilishining ijobiy yoki salbiy
oqibatlarini aniqiash, va oxir-oqibat sotsial (taqlidga oid) jarayonlam i nazorat
ostiga qo‘yish imkonini beradi. Jamiyatni tadqiq etishda «miqdor va
o‘lchov»lardan foydalanish sotsiologiya taraqqiyoti belgilab berishini ta’kidlaydi.
Tardning sotsial-statistik tadqiqotlari (ayniqsa, jinoyat masalalaridagi)
zamondoshlari tomonidan juda yaxshi baholangan. Tard jamoatchilik fikri va
«olomon psixologiyasi» sohalarida ham o‘z nazariy qoidalaridan foydalandi. 0 ‘z
g‘oyalari va tushunchalari doirasiga ko‘ra, uning «Fikr va olomon» kitobi Lebonni
eslatadi. Lekin Tard substansional «jamoaviy ruh» tushunchasirii tanqid qiladi. XX
asr «olomon asri», degan fikrga ham qo‘shilmaydi. «Olomon» va «jinoyatchi
sekta»lami tushuntirishda Tard, o‘tmishdoshlari singari, irratsionallik, taqlid,
yetakchilarga ehtiyojga urg‘u beradi.
Muammoga bir vaqtning o‘zida ham tahliliy, ham tarixiy nuqtai nazardan
yondashib, Tard jamoatning shakllanishi bosqichlarini ajratadi, uni yangi davr
mahsuli deb hisoblaydi. Jamoatgacha bo‘lgan eng yaqin tarix - bu ХVIII asr salon
va klublari bo’ lib, uning haqiqiy tarixi gazetalaming paydo bo‘lishi bilan
belgilanadi. Olomonda shaxsiyat yo‘qolib borsa, jamoatda, aksincha, o‘zini
namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun muloqot vositalarini
takomillashtirish shaxsning murakkablashuvi va boyishiga olib keladi, zero,
jamiyatda bir emas, balki bir necha jamoat turlarini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |