Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134
Savol va topshiriqlar
1. She’ming bosh g‘oyasini aniqlang.
2. Asardagi inson timsollari kimlar?
3. Ona ibodat qilib, Xudodan nima so‘rayapti?
4. Ona xayolida kechgan voqea mohiyatida nima yotibdi?
5. She’rdagi o‘g‘ilning dushman bayrog‘ini changallab, qulatib jon 
taslim qilishi voqeasi bilan Shayx Najmiddin Kubroning halok bo‘lishi 
voqeasi o‘rtasida qanday bog‘Uqlik bor?


6. Ona uchun vatan va o‘g‘il tushunchasi qay tarzda birlashib ketganini 
tushuntirib bering.
7. Ona bolam jangda o‘lmasin, deb ibodat qilyapti, mabodo, ajali yetgan 
bo‘lsa, zimdan uning qanday jon berishini istayapti?
8. Siz o‘zingizni she’rdagi o‘g‘il o‘rniga qo‘yib ko‘ra olasizmi?
9. Shoir nima uchun qisqa-qisqa misralardan iborat vazn tanlagan?
10. She’m iyodoling.
IT HAQIDA DOSTON
Quyosh o'ynar javdar xirmonda,
Chiptalarda nuri tillarang.
Bolaladi ona it tongda,
Yetti kuchuk tug‘di mallarang.
Yuvib-tarab tillari bilan,
Oqshomgacha erkaladi u.
Ona itning issiq bag‘ridan 
Qor ustida erib oqdi suv.
Oqshom payti, tovuqlar endi 
Qo‘nog‘iga tizilishgan dam 
Uy egasi xo‘mrayib keldi,
Qopga soldi yettovini ham.
Sho‘rlik ona chopdi ketidan,
Uzoq-uzoq quvlab bordi u.
Muzdek terlar oqib etidan,
Achchiq-achchiq uvlab bordi u.
Botqoqlardan kechib o‘tdi loy,
Oyoqlari toldi, urindi.
Qaytar ekan tom ustida Oy 
Bolasiga o‘xshab ko‘rindi.
Sho‘rlik yana bolasin so‘rab,
Ko‘kka boqib uvladi xasta.
Yangi Oy ham asta g‘ildirab 
Tushib ketdi ufqdan pastga.
Bechoraga ermaklab, kulib,
Non o‘rniga otishgandek tosh,
It ko‘zidan yulduzlar bo‘lib 
Qorga oqdi tomchi-tomchi yosh.
23 — Adabiyot, 8 -sinf 
3 5 3


K o‘rib o ‘tganimiz «Ona ibodati» she’rida ona va o ‘g‘il timsoli 
orqali vatan mavzusi yoritilgan edi. «It haqida doston»da shoir 
it bahonasida ona mavzusini qalamga oladi.
«Quyosh javdar xirmon uzra o ‘ynagan»
ko‘klam kezda tong 
mahali ona it bolalab, yettita tug‘di. Oqshomga qadar ularni 
shunday yalab-yulqab erkaladiki, bu issiq mehrdan go‘yo qor 
ustida suv erib oqdi. Kech tushdi. 
«Tovuqlar endi q o ‘nog‘iga
tizilishgan dam»
uy egasi xo‘mrayib kelib, itning yetti bolasini 
qopga soldi-da, uzoq-uzoqlarga olib ketdi. Ona it bilan uning 
necha pullik ishi bor? Unda rahm-shafqat, ona dardini his qilish, 
insof qayoqda?
Ona it sho‘rlik achchiq-achchiq uvlab, muzdek terlar oqizib, 
egasining ketidan quvlab bordi. Loylar kechdi, holdan toydi. Oxiri, 
umidini uzib, orqaga qaytar ekan, tom ustidagi oppoq Oy ham 
bolasiga o‘xshab ko‘rindi. Dardi yangilandi: ko‘kka boqib, bolasini 
so‘rab, yana nola-fig‘onlar qildi. Bu og‘ir g‘am-alamga chidolma- 
ganday, Oy ham ufqdan pastga tushib ketdi.
Oxiri:
Bechoraga ermaklab, kulib,
Non o'rniga otishgandek tosh,
It ko'zidan yulduzlar bo‘lib 
Qorga oqdi tomchi-tomchi yosh.
Asardagi timsollar soni ko‘p emas: 
ona it, uning yetti bolasi, uy
egasi, Quyosh, Oy, javdar xirmoni, qop, qor, muzdek ter, k o ‘z-
yoshi...
Bu yerdagi har bir timsolning alohida badiiy yuki, tashiydigan 
m a’nosi bor. Asosiy nuqta — tongda bolalagan ona it quvonchining 
kechga borib fojiaga aylangani. Birdaniga yetti bolasidan ayrilib 
qolgan onaning dod-u faryodiga chidab bo‘ladimi? Hatto, osmon- 
dagi Oy ham onayizor itga bolalarini eslatadi.
Itki shunchalar farzandsevar bo‘lsa, onalarimizdagi bizga bo‘l- 
gan mehming taftini nima bilan, qanday o‘lchaymiz?! Sezib turib- 
sizki, she’rdagi it shunchaki it emas — u ona! Shoiming unga 
qattiq rahmi keladi. She’r ana shu yuksak darajadagi rahmdillik 
mahsuli yanglig‘ qog‘ozga tushgan.
Modomiki, shunday ekan, onaning qadriga yetish kerak.
Modomiki, shunday ekan, itga ham rahm qilish lozim.
Modomiki, shunday ekan, itga ham farzand shunchalar shirin.


Modomiki, shunday ekan, odamzod itga ham ozor bermasligi, 
uni bolalaridan ayirmasligi zarur.
Ushbu asarning tarbiyaviy ahamiyati shundan kelib chiqadi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish