Surxondaryo viloyati yer usti suv zaxiralari va undan unumli foydalanish



Download 0,64 Mb.
bet3/11
Sana30.04.2023
Hajmi0,64 Mb.
#933587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Surxondaryo viloyati yer usti suv zaxiralari va undan unumli foy

2.Daryolari
2.1 Amudaryo
Daryoning umumiy uzunligi 1437 km,suv yig`ish maydoni esa 199350 km2 ni tashkil qiladi. Amudaryo Panj va Vaxsh daryolarining qo`shilishidan hosil bo`ladi.
Amudaryo o`zining morfalogik alomatlariga ko`ra bir qancha qismlarga bo`linadi. 1) Panj va Vaxsh daryolarining qo`shilish joyidan Qarshi shahriga qadar (401 km), 2) Qarshi shahridan Eljiq tangisiga qadar (295km),3)Eljiq tangisidan Tuyamo`yin qishlog`iga qadar (314km)va 4)Taxiyatosh qishlog`idan Orol dengiziga qadar (daryoning hozirgi deltasidan iborat )
Panj va Vaxsh daryolarining qo`shilish yeri bilan Karki shahri o`rtasidagi qismi.
Bu qismida Amudaryo 3-4km dan 20km gacha keng vodiyda oqadi.Daryo vodiysining bu qismidagi harakterli hususiyati shuki,u bir necha joyda ko`lga o`xshab keng yoyilib oqadi.Bunday keng joylarni Tojikiston bilan O`zbekiston o`rtasidagi chegaradan to eski Termiz harobalarigacha bo`lgan oraliqda,so`ngra Kalif va Mukri temir yo`l stansiyalari o`rtasida Toshrovot temir yo`l stansiyasi bilan Gulizindon tog`i Qarkichitov oraliqlarida uchratish mumkin. Vodiy kengaygan joylarda uning o`ng yon bag`rida uchta (qayir bilan birga) terrasa uchraydi daryoning har ikkala qirg`og`ida qayir bor.Daryoning qayiri past, unda tarmoqlar,ko`l va botqoqliklar juda ko`p.Qayirning juda katta qismi to`qayzordan iborat bo`lib,qalin qiyoq va qamishlar bilan qoplangan.Odatdagi to`lin suv davrida qayirning eng past qismlarini 0,5-0,3 m chuqurlikda suv bosadi.Ekin maydonlarini suv bosishdan saqlash uchun daryo qayiridan bir qancha ko`tarma (damba) lar qurilgan.Ikkinchi terrasaning yuzasi qayirdan 1-2m baland,uni faqat ko`p suvli yillardagina suv bosadi.
Aholi punktlari va ekin maydonlarining asosiy qismi ana shu terrasada joylashgandir. Uning terrasa esa ikkinchi terrasadan ko`p joylarda 2-3m baland.
Vodiyning chap qirg`og`i Qunduzdaryoning quyilish joyidan yuqori baland,undan quyida esa ko`p joylarda daryoga yaqin keladigan cho`llarga tutashib ketdi.Daryo o`zanining o`ng qirg`og`i Kalif temir yo`l stansiyasiga qarab bazi joylarda past va yotiq bo`lsa ,bazi joylarda baland va tik. Kalif temir yo`l stansiyasidan quyida u hamma joyda past.O`zanining chap qirg`og` ko`p joylarda qayir harakteriga ega,daryo o`zani andak egri-bugri ,u ko`pincha orollar hosil qilib, bir qancha tarmoqlarga ajralib ketgan.
O`zanning tor joylari,shuningdek,yemirilayotgan qirg`oqqa yaqin joylari eng chuqur, uning o`rta qismi va keng joylari sayoz bo`lib,sayozliklar va katta-kichik orollar ko`p.Shuning uchun ham daryoning farvateri (kema yuradigan chuqur qismi )juda ham egri-bugri ,bu hol kema qatnovini qiyinlashtiradi. O`zanda ters oqadigan va girdob joylar ham ko`p uchraydi.
Amudaryo o`zani juda ham o`zgaruvchandir bunda uning tez va oson yemiriladigan yumshoq jinslardan tuzilganligi va suvning juda ham tez oqishi sabab bo`ladi.Daryo o`zani shu qadar o`zgarib turadiki,bir yerda yangidan-yangi chuqur joylar sayozlik va orolchalar paydo bo`lsa, boshqa bir yerda ular g`oyib bo`ladi.O`zan holati ko`ndalangiga ham o`zgarib turadi, ya’ni u goho bir qirg`oqni, goho ikkinchi qirg`oqni yuvib,siljib yuradi.Amudaryo g`oyat katta yemirlish kuchiga ega 3-4 hafta ichida uzunligi 2-3 km,eni 0,5km keladigan qirog`oqni suv tuvib ketgan yillar ham bo`lgan.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgandek, Amudaryo o`zanida katta-kichik orollar juda ko`p.Bu orollarni ikki guruhga bo`lish mumkin:

  1. Suv sathidan atigi 1,5-2,0m ko`tarilib turgan yangi maydon orolchalar; bundan orollar juda tez o`zgarib turganidan hatto ularda o`simliklar o`sib ham ulgura olmaydi;

  2. Ancha baland va uzoq turadigan hamda o`simliklar bilan qoplangan kattaroq orollar; ularning uzunligi 20 km,kengligi esa 2 km gacha boradi.Uzunligi deyarli 8 km, eni 4 km bo`lgan Payg`ambar oroli ana shu tipdagi orollardan biridir.

To`yinishi va oqim rejimi. Amudaryo oqimining asosiy qismi (82-83 prosentni) Panj va Vaxsh daryolari suvlaridan hosil bo`ladi.Shuning uchun to`yinish harakteri va suv rejimi jihatidan Amudaryo Panj va Vaxsh daryolariga o`xshashdir.Amudaryoning o`ng irmoqlari bo`lgan Kofirnixon va Surxon daryolari yillik oqimining 11% dan ortiq bo`lmagan qismini, Qunduzdaryo keltirib quyadigan suvning miqdori esa uning atigi 4% ga yaqin qismini tashkil etadi.
Amudaryoda suv odatda, mart oyidan ko`paya boshlaydi. Suv yig`ilish maydonining pastki qismlaridagi qorlarning erishi hisobiga mart-may oylarida bahorgi to`lin suv davri bo`ladi.Shu bilan birga ayni bu oylarda yomg`ir ko`p yog`adi. Yomg`ir daryoda suv miqdorining keskin o`zgarib turishiga sabab bo`ladi va gidrografda (suv miqdorining o`zgarish grafigida) tik cho`qqilarni yuqori va o`rta qismlaridagi qor qoplamlari va muzliklarning erishi hisobiga daryoda asosiy to`lin suv davri kuzatiladi.
Suv yig`ilish maydonida (tog`larda) qor hamma joyda bir vaqtda va bir hilda erimaganligi sababl yozgi to`lin suv davrida suv bir ko`payib, bir ozayib turadi lekin bu hodisa keskin tus olmaydi, aksincha juda sekin -asta sodir bo`ladi:
Suvning har ko`payishi yoki ozayishi bir necha kun davom etadi.Faqat havo qattiq sovib ketgan vaqtlardagina suv ancha keskin kamayib ketishi mumkin. Shuning uchun ham butun yozgi to`lin suv davrida suv atigi bir necha marta ko`payib,ozayadi.
Maksimal suv sarflari Qarshi yonida odatda iyun oyida, juda kamdan-kam yillarda iyun yoki avgust oyida o`tadi.Avgust yoki sentabr oylaridan boshlab suv kamaya boshlaydi va bu kamayish to yanvar-fevral oylariga qadar davom etadi; juda kamdan-kam yillardagina u martning ohirigacha cho`zilishi mumkin.
Ko`p yillik kuzatishlarga qaraganda, Amudaryo o`rtacha ko`p yillik suv sarfi Karki yonida 2010m3 / sek ga, Nukus yonida esa 1490m3 /sek ga tengdir, demak daryoning yillik oqimi Karki yonida 63mlrd m3, Nukus yonida esa 47mlrd m3.Shunday qilib, Amudaryoning Nukus yonidagi yillik oqimi uning Karki yonidagi yillik oqimidan 16mlrd m3 yoki 25%kam. Bunga suvning sug`orishiga sarf bo`lishi, bug`lanishi va qisman yer ostiga sizib ketishi sabab bo`ladi. Hisoblarning ko`rsatishicha Karki bilan Nukus oralig`ida Amudaryodan o`rta hisobda 11mlrd m3 yoki uning Karki yonidagi yillik oqimiga nisbatan 17% suv sug`orishga olinadi, 5 mlrd m3suv asosan bug`lanishga sarf bo`ladi va qisman yer ostiga sizib ketadi.

Amudaryoning termiz shahri yonidagi gidrografi.


1-chizma
Amudaryoning o`rtacha oylik suv sarfi kamdan -kam yillarda 700 m3/sek dan pastga tushishi mumkin, eng kichik o`rtacha oylik suv sarfi 528 m3/ sek ga teng.Bazi bir yillarni ayrim kunlarda Amudaryoda 500 m3/ sek dan ham ozroq edi. Biroq minimal suv sarfi 500 m3/ sek dan oz bo`lgan kunlar juda ham kam bo`ladi.
Suv sathi rejimi
Umuman aytganda, Amudaryoning suv sathi rejimi uning suv sarfi rejimiga o`hshashdir. Lekin shuni aytish kerakki, Amudaryo o`zani juda tez o`zgarib turganidan suv sathi bilan suv miqdori o`rtasida to`liq moslik (bog`lanish) yo`q. Masalan, maksimal suv sarfi bilan maksimal suv sathi ko`pincha bir vaqtning o`zida kuzatilmaydi, ular orasidagi farq ayrim yillarda bir necha o`n kunni tashkil etishi mumkin.
2-chizma

Amudaryoning Termiz shahri yonida o`rtacha o`n kunlik suv sathi (1) bilan o`rtacha o`n kunlik suv sarflarining (2) o`zgarishi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish