Surxondaryo viloyati yer usti suv zaxiralari va undan unumli foydalanish



Download 0,64 Mb.
bet5/11
Sana30.04.2023
Hajmi0,64 Mb.
#933587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Surxondaryo viloyati yer usti suv zaxiralari va undan unumli foy

Oqiziqlari. Surxondaryo juda loyqa daryolardandir; uning yuqori oqimida (Qoravultepa yonida) suvning o`rtacha loyqaligi 0,908kg/m3 ga teng, Manguzar qishlog`ida esa 2,90kg /m3, bu esa Qoravultepa yonidagiga nisbatan uch martadan ham ko`proq ortiqdir. Demak O`rta Osiyoning ko`pchilik daryolarida bo`lganidek, Surxondaryoda ham oqiziqlar miqdori daryoning quyi oqimi tomon ortib boradi va suvining loyqaligi jihatidan Surxondaryo o`zining quyi oqimida Amudaryodan kam farq qiladi. Oqiziqlarning o`rtacha ko`p yillik miqori Qoravultepa yonida 62,8 kg/sek yoki yiliga 1978 ming tonna, Manguzar yonida esa 193 kg/sek yoki yiliga 6080 ming tonna.
Surxondaryo ikkita yirik irmoqqa ega ulardan birinchisi Sangardak, uning suv yig`ilish maydoni 889km2, suv yig`ilish maydonining o`rtacha balandligi 2286m, yani To`palangdaryo va Qoratog`daryolarnikidan ancha past. Shunga ko`ra, Sangardak daryosining to`yinishida baland tog` qorlarining hissasi juda kam. Bu hol To`palangdaryo bilan Qoratog`daryolarnikiga nisbatan Sangardak daryosi oqimining yil ichida boshqacharoq taqsimlanishiga sabab bo`ladi. Haqiqatan ham Sangardak daryosida suv fevral oyidan ko`paya boshlaydi, maksimal suv sarfi (44,2m3/sek) o`rta hisobda may oyida o`tadi, iyundan boshlab to noyabrgacha suv kamaya boradi; noyabr-yanvar oylari davomida suv 4,38-4,04 m3/sek orasida bo`ladi. Sangardak daryosining o`rtacha ko`p yillik suv sarfi 15,1m3/sek, o`rtacha oqim moduli esa 17,0l/sek.km2 ga teng.
Surxondaryoning ikkinchi yirik irmog`I Xo`jayipok daryosidir. Bu daryoning suv yig`ilish maydoni 794km2 bo`lib,u ancha past (o`rtacha balandligi 1968 m) Shu sababdan, Xo`jaipok daryosining absolyut suv miqdori katta emas; daryoning o`rtacha ko`p yillik suv sarfi atigi 6,39m3/sek, o`rtacha oqim moduli esa 8 l/sek.km2. Bundan tashqari suv yig`ilish maydoni baland bo`lmaganligidan Xo`jayipok daryosi qor-yomg`ir suvlaridan to`yinadi va unda kuchli sellar ham bo`lib turadi. Masalan 1930-yil 4 aprelda sel kelib, suv sarfi taxminan 400m3/sek ga yetgan. Umuman shuni aytib o`tmoq zarurki, O`rta Osiyoning ko`pchilik daryo havzalaridan bo`lganidek, Surxondaryo havzasining pastak tog`lardan va baland tog`lardan o`rt va ayniqsa pastki zonalaridan, tog` etaklaridan suv oladigan daryolarida tez-tez sel bo`lib turadi.
Havzaning umumiy tarifi. Surxondaryo havzasi shimolda Hisor tig` tizmasi, g`arb va janubiy-g`arbda uning tarmog`i bo`lgan Boysun tog`lari va sharqdan Bobotog` bilan chegaralangan; janubda esa havza Amudaryo vodiysi bilan qo`shilib ketadi.
Surxondaryo vodiysining shimolidagi Hisor tog` tizmasi Surxondaryo havzasi tog`li oblastining asosiy qismini egallaydi va u havzaning boshqa tog`lariga nisbatan eng baland bo`lganligi bilan ajralib turadi.Bu tog` tizmasining Surxondaryo havzasiga qarshi qismidagi ayrim cho`qqilari dengiz sathidan 4500 m va undan ham baland. Bunday baland joylarda kichik-kichik muzliklar ham bor. Bu havzaning eng yirik va ko`p suvli daryolari ana shu Hisor tog` tizmasi yon bag`irlaridan oqib tushadi. Bu tizma yon bag`rida hosil bo`lgan oqim bo`lgan umumiy oqim miqdorining kamida 70% tashkil etadi.
Hisor tog` tizmasi Surxondaryo va Kofirnihon havzalari doirasida bir hil balandlikdadir. Shuning uchun bu ikki havzaning ushbu tizma yon bag`ridan oqib tushadigan daryolari to`yinish sharoiti va oqimining yil ichida taqsimlanishi jihatidan bir-birlariga juda o`xshashdir.
Hisor tizmasining janubiy-g`arbiy tarmoqlari (Boysun tog`lari) faqat shimolda 4000m dan baland, janubda tomon esa ular juda tez va keskin pasayib boradi. Shu sababdan Surxondaryo havzasi o`ng qirg`oq qismining janubida kichik bo`lsada, doimo suv oqadigan daryolar yo`q.
Surxondaryo havzasini Kofirnihon havzasidan ajratib turadigan Bobotog` juda past tog`dir. Uning o`rta qismida joylashgan eng yuqori cko`qqisi atigi 2286 m; bu cho`qqidan har ikki tomonga, shimol va janubga qarab tog`ning balandligi kamaya borib, 500-600 m ga tushib qoladi. Shu tufayli Bobotog` yon bag`irlaridan suvi Surxondaryoga yetmasdan tugab ketadigan vaqtli soylargina oqib tushadi. Bu soylar havzaning umumiy suv resurslarida deyarli hech qanday ro`l o`ynamaydi.
Surxondaryo To`palangdaryo va Qoratog`daryoning qo`shilishidan hosil bo`ladi. To`palangdaryo Qoratog`daryoga nisbatan ikki marta ortiqroq sersuvdir, uning tog`lardan chiqish yeridagi o`rtacha ko`p yillik suv sarfi 52m3/sek, Qoratog`daryoniki esa 23m3/sek dan iborat. O`z navbatida bu daryolarga bir necha irmoqlar kelib qo`shiladi, chunonchi To`palangdaryoga o`zining Sharg`un irmog`I bilan Dashnabod (Obizarang) daryosi, Qoratog`daryoga esa Oqjarsoy bilan Shirkent daryolari kelib qo`shiladi. Surxondaryoga o`ng tomondan ikkita yirik irmoq – Sangardak va Xo`jayipok daryolari kelib quyiladi. Xo`jayipokdan janubda faqat asosan sel vaqtida suv oqadigan bir qancha soy va jarliklar bor, holos ulardan eng yiriklari Boysunsoy, Oqqopchig`oy va Toshko`prik soylaridir. To`palangdaryo, Qoratog`daryo va Surxondaryoning barcha irmoqlarining suvlari tog`lardan chiqishlari bilan sertarmoq kanallar orqali sug`orishga olinadi,natijada ular o`z suvlarini bosh daryoga sellar o`tish vaqtida yetib boradi yoki quyi oqimlarida o`zanlariga sizib chiqqan grunt suvlarini olib borib quyadi holos. Shunday qilib, bu irmoqlarni mustaqil daryolar deb hisoblash to`g`riroq bo`ladi.
Surxondaryo havzasining tog`li qismi 8230km2 maydonga ega, unda hosil bo`ladigan oqimning umumiy miqdori o`rta hisobda 120m3/sek yoki yiliga 3,78mlrd.m3 ni tashkil etadi. Demak Surxondaryo havzasi tog`li oblastining o`rtacha oqim moduli 14,6 l/sek.km2 ga teng, yani Kofirnihon havzasi tog`li oblastining oqim modulidan (23,5 l/sek.km2) ancha kam.
To`palangdaryo. Uning uzunligi 112km, suv yig`ish havzasi maydoni 2200km2.Hisor tog` tizmasidagi balandligi 4688 m bo`lgan tog` tizmasidan boshlanadi. Boshlanish qismida u Qorasuv bir oz keyinroq esa Tamshush nomi bilan oqadi. G``ova degan kichkina irmoq kelib qo`shilgach, daryo To`palangdaryo nomini oladi. Zarchup qishlog`igacha, yani tog`lardan chiqish joyiga qadar To`palangdaryo ayrim joylarda tangidan oqadi. Shatrut irmog`ining quyilish yeriga qadar vodiyning eni 100-200m, undan quyida esa 60-80 m, faqat irmoqlar kelib quyilish joylarida vodiy 200m gacha kengaygan. Vodiyning yon bag`irlari tik, baland daryo o`zani ancha turg`un, u kamdan-kam joylardagina tarmoqlashgan; faqat tog` etaklariga yaqin kelgandagina u ikkita-uchta tarmoqqa ajralib, uzunligi 300m, eni 50m keladigan orolcha hosil qilgan.
Hisor tizmasi etaklaridan boshlab To`palangdaryo kengligi 2-5 km bo`lgan vodiyda oqadi, biroq Xonim qishlog`idan o`tgandan so`ng vodiy yana torayadi. Tog` etaklaridan boshlab daryo qayir paydo bo`ladi; qayirning eni dastlab 50-400m orasida bo`lsa, daryo tekislikka chiqqandan so`ng deyarli 2km ga yetadi, biroq daryo etagiga kelganda yana 100-200m ga tushib qoladi.
Tog`lardan chiqqandan so`ng, ayniqsa daryoning quyilish qismida daryo o`zani bir necha tarmoqlarga ajralib ketadi, u o`z qiyofasini o`zgartirib yuradi.
To`palangdaryo suv yig`ilish maydonining o`rtacha balandligi 2546m; 4000m dan baland joylar unda atigi 3,1% ni,3500m dan baland joylar esa 15,4% ni tashkil etadi. Suv yig`ilish maydoni uncha baland bo`lmaganligidan To`palangdaryoning suvi asosiy mavsumiy qorlarning erishidan hasil bo`ladi, uning to`yinishida abadiy qor va ayniqsa muzliklar juda kam ishtirok etadi. Shunday qilib, To`palangdaryo qor-muzlik suvlaridan to`yinadigan daryolar qatoriga kiradi va shu tipdagi daryolar uchun hos bo`lgan rejimga ega: daryoda suv fevral oxirlarida ko`paya boshlab, to iyunning oxirlariga qadar ko`paya boradi may-iyun oylarida suv eng ko`p oqadi, iyun oyidan boshlab esa suv kamaya boshlaydi; sentabrning ikkinchi-uchinchi o`n kunliklariga borganda to`lin suv davri tamom bo`ladi, biroq suvning asta-sekin kamayib borishi yanvar oyining oxirlariga qadar davom etadi.
To`palangdaryo Surxondaryo havzasidagi eng sersuv daryodir, uning yillik oqimi Surxondaryo havzasining tog`li qismida hosil bo`ladigan oqimning taxminan 44% tashkil etadi. Tog`lardan chiqish joyida (Zarcho`p qishlog`i yonida) To`palangdaryoning o`rtacha oqim moduli 23,6 l/sek.km2 ga teng, uning o`rtacha yillik suv sarfi 33,4m3/sek dan (1957) 71,1 m3/sek gacha (1934) o`zgarib turadi. Eng katta maksimal suv sarfi 470m3/sek ni (yanvar 1941 yil) eng kichik o`rtacha oylik suv sarfi 5,71m3/sek ni (yanvar 1947 yil) eng minimal suv sarfi esa 5,48m3/sek ni (11/XII 1946 yil) tashkil etgan.
To`palangdaryoning suvi ancha loyqa uning o`rtacha loyqaligi Zarcho`p qishlog`i yonida 0,305 kg/m3 ga teng, oqiziqlar miqdori esa 15,6kg/sek yoni yiliga 491 ming tonna. Demak bu daryoning har 1km2 suv yig`ilish maydoni yuzasidan o`rtacha hisobda har yili 224 tonna oqiziq yuvib ketiladi.
To`palangdaryoning eng yirik irmog`i-Dashnaobod daryosining suv yig`ilish maydoni 311km2, suv yig`ilish maydonining o`rtacha balandligi 2263m; o`rtacha ko`p yillik suv sarfi 6,02m3/sek, o`rtacha oqim moduli esa 19,4l/sek.km2 ga teng . Suv yig`ilish maydoni nisbatan past bo`lganligidan Dashnaobod daryosida maksimal suv sarfi ko`pincha may oyida, minimal suv sarfi esa oktyabr-noyabr oylarida o`tadi.
Qoratog`daryo uzunligi 95km, suv yig`ish maydoni 682km2. Bu ham Hisor tizmasining janubiy yon bag`ridan oqib tushadi.
Qoratog` qishlog`igacha, yani tog`lardan chiqish joyiga qadar daryo asosan V-simon tor vodiyda oqadi, faqat ayrim joylardagina vodiy 200-250m ga yetadi. Vodiyning yon bag`irlari tik va baland.Ikki joyda daryo kengligi 60-100m keladigan tangida oqadi. Daryo o`zani turg`un, hech qayerda tarmoqlarga ajralmagan; uning qirg`oqlari tik va ko`p joylarda vodiy yon bag`irlari bilan tutashib ketgan. Vodiy kengaygan ayrim joylarni hisobga olmaganda, daryoning tog`lardan chiqish yeriga qadar qayir uchramaydi.
Qoratog` qishlog`ida daryo tekislikka chiqadi; shu yerdan boshlab 8km masofa davomida daryo vodiysi asta-sekin o`zgarib V-simon shakldan yashiksimon shaklga kira boradi. Vodiyning kengligi Qoratog` qishlog`i yonida 300m, Oltinyaylov qishlog`I yonida va Zargar bilan Jonchekka qishloqlari oralig`ida esa 3 km ga boradi. So`ngra vodiy bir oz torayadi. Oqqo`rg`on qishlog`idan daryo To`palangdaryo bilan qo`shilgan yerga qadar vodiy kengligi o`rtacha 500-600 m ni tashkil etadi. Tog`lardan chiqish joyidan to quyilish yeriga qadar daryo eni 400-600m keladigan ikki tomonlama qayirga ega.
Qoratog` bilan Oqqo`rg`on qishloqlari oralig`ida (ayniqsa Oqqo`rg`onga yaqin joylarda) daryo yoyilib oqadi, uning o`zani goh u qirg`oqni, goh bu qirg`oqni yuvib qayir bo`ylab yuradi; daryo o`zani bir necha joyda tarmoqlarga ajralib ketgan; Oqqo`rg`on qishlog`idan quyida o`zan ancha tor bo`lib u qadar tarmoqlanmagan.
Balandlik jihatidan Qoratog`daryoning suv yig`ilish maydoni To`palangdaryonikiga o`xshashdir. Uning o`rtacha balandligi 2560m ga teng, 4000m dan baland bo`lgan joylar unda 24% ni,3500m danbaland bo`lgan joylar esa 14,5% ni tashkil etadi. Shunga ko`ra, Qoratog`daryo va To`palangdaryo to`yinish harakteri va oqimining yil ichida taqsimlanishi jihatidan bir-birlariga o`xshaydi faqat shuni ko`rsatib o`tish zarurki, To`palangdaryoning suv yig`ilish maydoniga qaraganda Qoratog` daryosining suv yig`ilish maydoni Surxondaryo vodiysi bo`ylab esadigan havo massalariga ancha qulay va ochiq joylashgan, natijada unga ko`proq yog`in yog`adi va To`palangdaryo havzasidagiga nisbatan bu yerda qor chegarasi pastroqdan o`tadi. Shu sababdan Qoratog`daryoning nisbiy suvlilik darajasi-oqim moduli ancha katta (33,3l/sek.km2) Bundan tashqari qor chegarasi pastroqdan o`tganligi va abadiy qor va muzliklar nisbatan ko`proq bo`lganligi tufayli Qoratog`daryo yillik oqimning kattaroq qismi (32,2%) iyul- sentabr davrida oqib o`tadi holbuki, To`palangdaryoning bu davrdagi oqimi 28,6% ni tashkil etadi.
Surxondaryo viloyati yer usti suv zaxiralari va undan unumli foydalanish
Reja:
Kirish;,
1.Surxondaryo viloyatining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari.
2.Daryolari.
2.1 Amudaryo.
2.2 Surxondaryo va uning irmoqlari.
2.3 Sheroboddaryo.
3. Suv omborlari va kanallari.
3.1 Viloyatda suv omborlari qurilishining ilmiy-amaliy asoslari.
3.2 Janubiy Surxon suv ombori.
3.3 To’polang suv ombori.
3.4 Uchqizil, Oqtepa va Degrez suv omborlari.
3.5 Yirik kanallar va drenajlar.
4. Viloyat suv resurslaridan samarali foydalanish istiqbollari.
Xulosa.
Adabiyotlar ro’yxati.
Surxondaryo viloyati yer usti suv zaxiralari va undan unumli foydalanish.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Inson hayotida suvning ahamiyati juda kattadir.
Suv tirik organizm uchun birlamchi hayot muhiti hisoblanadi. Xalq xo’jaligining ravnaq topishi va rivojlanishi, insonlarning yashash tarzi, hayoti-mamoti suv bilan bog’liq. Yer yuzasidagi qadimiy manzilgohlardan tortib, toki hozirgi kundagi zamonaviy qishlog’u yirik shaharlargacha, hammasi suv manbalari -buloqlar, soylar , daryolar , ko’llarga yaqin joylarda joylashgan.
Arid iqlimli Surxondaryi viloyati xo’jalik tarmoqlari va aholisini chuchuk suv bilan ta’minlashda xar xil gidrotexnik inshoatlarni qurib yer usti suv zahiralaridan oqilona foydalanish masalalarni ilmiy nuqtai-nazardan tadqiq qilish dolzarb ishlardan bo’lib hisoblanadi.
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati, xalq xo’jaligining ravnaq topishi va rivojlanishini asosan suv zahiralariga bog’liqdir, suv inson xayotining hamma jarayonlarida qo’llanishi jihatdan boshqa tabiiy resurslar bilan taqoslab bo`lmaydi. Demak suvning o`rnini boshqa hech narsa bosa olmaydi. Buni quydagi misollarga ko`rishimiz mumkin?
1 tonna g`isht tayorlash uchun 1,2m3,1 tonna ko`mir qazib olish uchun 3m3,1 tonna po`lat yoki qog`oz ishlab chiqarish uchun 250-300m3, 1tonna ip-gazlama tayorlash uchun 10m3 bug`doydan olinadigan hosilning xar tonnasi uchun 1500 m3, 1 tonna sholi yetishtirish uchun 4000 m3, 1 tonna paxta yetishtirish uchun 3000 m3 suv sarf etiladi.
Aholi tez suratlar bilan ko’payib borayotgan hozirgi sharoitga mamlakat oziq-ovqat muommosini xal qilish muxim ijtimoiy iqtisodiy vazifaga aylanib bormoqda. Bu muommoni hal qilish esa eng avvalo suv resurslaridan oqilona foydalanilgan xolda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va agrosanoat majmuasini har tomonlama rivojlantirishni taqozo qiladi.
Ushbu tadqiqot ishi Surxondaryo viloyti yer usti suv zahiralariga bag’ishlangan bo’lib tadqiqot ishiga yoritilgan masalalar va ishlab chiqilgan taklif, tavsiyalardan viloyatni ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishga, suv xo’jaligi ishlari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar, qishloq xo’jaligi xodimlari suv bilan bog’liq muommolarni xal qilish masalalarida foydalanishlari mumkin. Shuningdek talabalar, magistrlar va professor o’qituvchilar “gidrologoya asoslari”, “Surxondaryo geografiyasi” fanlarini o’qitish jarayonlarida amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin.
Kirish. Arid iqlimli mintaqalarga, shu jumladan Surxondaryo viloyatiga suvdan tejamkorlik bilan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Surxondaryo viloyatiga sug’orma dehqonchilik rivojlangan, shuning uchun ham suv resurslari mintaqaning rivojlanishini belgilovchi eng muhim omil hisoblanadi. Viloyat asosan To’palang , Sangardak , Xo’jaipok , Surxondaryo, Machaydaryo , Sherabod kabi daryolardan suv ichadi .
Shuningdek Amudaryodan ham tranzit yo’li bilan bir qancha nasos stansiyalar orqali suv oladi.
Viloyat hududlarida suv resurslari bir xilda taqsimlanmagan .Shimoliy gruhdagi Uzun, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho’rchi tumanlarida suv ta’minoti yaxshi ammo Janubiy gruhdagi Sherabod, Bandixon, Qiziriq, Muzrabod tumanlarida suv ancha tanqis .
Viloyatda 5 ta suv omborlari mavjud.
Ular: ’’Janubiy Surxon “suv ombori (suv sig’imi 800 mln m3 ), “Uchqizil” suv ombori (160 mln m3 ), “Oqtepa” suv ombori (100 mln m3),”Degrez” suv ombori (12,8 mln m3),”To`palang” suv ombori (500 mln m3) barpo etilgan.
Surhondaryo viloyati suv resurslaridan mintaqaning u yoki bu hudud geografik rayonning ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish va shu asosida agrosanoat majmuasini kompleks tadqiq qilish masalalari ham o`rganilgan, shu sababli ham ushbu mavzu ustida ilmiy- tadqiqot ishini olib borish maqsadiga muvofiq deb topildi bu quyidagi holatlar asos qilib olinadi:
-Surxondaryo viloyatining mamlakatning boshqa mintaqalaridan farq qiladigan tabiiy va iqtisodiy geografik sharoiti va omillari , ziroatchilik uchun o`ta zarur bo`lgan agroiqlim reaurslarining ekstermal harakteri ;
-Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish imkoniyatlarining, hamda agrosanoat majmuasini rivojlantirish bevosita suv bilan bog`langanligi;
- Mintaqa xalq xo`jaligi taraqqiyotida suv resurslarining kuchli omil bo`lib maydonga chiqishi, gidrotexnik inshoatlar va boshqa irigatsiya -meloratsiya inshoatlarini bunyod qilishning o`ta qatiy ekanligi;
-Oziq-ovqat muammosini hal qilishda qishloq xo`jaligida mahsulot yetishtirish darajasi va agrasanoat majmuasining qator formalarini rivojlantirishdagi mintaqaning o`ziga xos jihatlari;
-Agrosanoat majmuasini xududiy tashkil etish,uni yanada rivojlantirish bevosita suv resurslariga bog`liqligi, hamda mintaqaning murakkab orografik xususiyatlari,iqlim ko`rsatkichlarining ekstermal xarakteri,aholisi tabiiy o`sishining eng yuqori ko`rsatkichi, mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasining balandligi va boshqalar tanlangan mavzuni tadqiq qilish (o`rganish) ga asos bo`ladi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish