T o s h k e n t a b L a L l I b n s I n o n o m I d a g L


Jahon ilmiy tibbiyoliga asos



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/32
Sana06.06.2022
Hajmi3,83 Mb.
#641977
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
O\'zbekiston tibbiyoti (Asadulla Qodirov) (1)

Jahon ilmiy tibbiyoliga asos 
soigan mashhur hakim 
Hippokrat. 
(
460

377
)
26
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatli ichimlik suvi hilan ta'm in etishni ko‘rsatgan. Aholi iste'mol 
qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari yetarli va yaxshi sifatli bo'lishi 
kerakligini ta'kidlagan.
Zardusht to‘g‘ri ovqatlanish masalasiga alohida ahamiyat bergan. 
Yetarli ovqatlanmaydigan xalq kam quwal bo'ladi, bolalari yaxshi 
o'smaydi, deh ko‘rsatgan. «Avesto*da kishi uzoq vaqt ovqat yemay, 
ro‘za tutib yursa, u zayiflashih, bola yaratish qobiliyatini yo‘qotadi, 
deyilgan.
Zardushtning ta'kidlashicha, yoshlarjismoniy va ruhiy jihatdan 
yetilgan bo'lishlari lozim. Uningyozishicha, qiz bola 15 yoshidan 
boshlab, bola tug'ish qobiliyatiga ega bo'ladi. Demak, u shu yoshdan 
boshlab turmush qurishi mumkin. Oila salomatligi uchun yigit 
faqat sog‘lom qizga uylanishi lozim. F.r o ‘z xotini uchun so g io m
hayot sharoitini yaratib berishi kerak. Ayniqsa, uning xotini 
homilador boigan vaqtda unga nisbatan alohida g‘amxo‘rlik qilishi 
zarur. Shundagina xotini yetuk va sogiom bola tug'adi.
Zardusht dini o'zining hayotga yaqinligi bilan boshqa dinlardan 
farq qiladi. U asketizmga berilishni qoralaydi. «Avesto»da 
yozilishicha, kishilar o ‘z mehnatlari bilan real dunyoda o'zlari 
uchun eng yaxshi yashash sharoitini yaratishlari va uzoq umr 
ko'rishlari mumkin. «Avesto» bo'yicha 0 ‘zbekistonning qadimgi 
zamon tibbiyoti shulardan iborat.
Eramizdan oldingi I V asm ing oxirlarida 0 ‘rta Osiyo, shu 
jumladan hozitgi O'zbekiston hududi, M akedoniyalik iskandar 
qo‘shinlari tomonidan zabt etildi. Bu yerda dastlab Y u n o n —
Makedoniya, so'n g Y u n o n — Baktriya davlatlari vujudga keldi. 
Yunonlar 0 ‘rta Osiyoga o ‘z hayot tarzlari va madaniyatlarini olib 
keldilar. 0 ‘sha davrda Yunoniston o'zining yuksak madaniyati va 
ilm-fani bilan jahortga mashxuredi. Mamlakatda buyuk faylasuflar, 
olimlar, donishm andlar paydo bo'ldilar. Shular qatorida u!ug‘ 
hakimlar ham bor edi. Ulardan biri ilmiy-materialistik tibbiyotga 
asos solgan buyuk Hippokratdir.
Y u n o n la r 0 ‘rta O siy o n i zabt etib, o 'z hukm ronliklarini 
o'rnatganliklaridan keyin bu yeiga yunon savdogariari, sayyohlari 
va turli kasb egalari kela boshladilar Shular qatorida hakimlar 
ham bo'lgan, albatta. U lam ing ba'zilari O 'rta O siyo shahariarida 
0
‘mashib qolib, shu yerda o ‘z kasblari bo'yicha ishlay boshlaganlar. 
Binobarin, o'sha vaqtdagi yunon madaniyati va tibbiyoti bu yerdagi 
madaniyat va tibbiyotga o ‘z ta'sirini ko'rsatdi. Bu yerli tabiblar
27
www.ziyouz.com kutubxonasi


yunonlardan ko‘p narsani o ‘rgandilar. Afsuski, biz o ‘sha vaqtdagi 
0 ‘rta Osiyo tibbiyoti haqida yetarii ma'lumotga ega emasmiz.
Eramizdan oldingi II asming oxirida Y u n o n — Baktriya davlati 
yemirilib, uning o'rnida K ushon davlati vujudga keldi. Tarixiy 
ma'lumotlarda aytilishicha, K usho n davlati k o ‘p sharq va g'arb 
mamlakatiari bilan savdo-sotiq va madaniy aloqada bo‘tgan. Savdo- 
sotiq iqtisodiy hayot va madaniyatning rivojlanishini tezlashtirgan. 
Shu jarayonda tibbiyot ham ancha rivojlandi. U chet mamlakatlardan 
keitirilgan dori-darm onlar bilan boyidi. M asaian, Xitoydan 
kamfora, panta (pantokrin) keltirildi. Ehtimol, o ‘sha vaqtdajenshen 
ham olib kelingan bo‘lsa kerak. Hindistondan murch va har xil 
ziravor m oddalar keltirilardi. K u sh o n davlati eram izning V
asrigacha hukum surdi.
Hozirgi 0 ‘zbekiston hududida V I asm ing o ‘rtalarida Eftalitlar 
davlati vujudga keldi. Eftalitlar davri qadimgi O 'zbekistonning 
iqtisodiy va madaniy hayotida yangi yuksalish davri bo'ldi. Bu 
davrdagi eng muhim kashfiyot yozuvning kash etilishidir. Yozuvning 
kashf etilishi madaniy hayol va ilm -fanning rivojlanishida juda 
m uhim o ‘rin tutdi. Dastlabki kitoblar paydo bo‘la boshladi. U lar 
orasida tibbiyotga oidlari ham bo'lgan, albatta. Am m o, hozircha 
o ‘sha davrga oid tibbiy yozuvlar topilgan emas.
Eftalitlar davlati V I asming oxirlarigacha davom etdi. Bu vaqtga 
kelib, Oltoy, Yettisuv va M arkaziy Osiyoda yashovchi turli turkiy 
qabilalar birlashib, Turk Hoqonligini tuzishdi. U Vizantiya, Xitoy 
va boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirdi. 
Yangi savdo-sotiq markazlari paydo bo'ldi. Masalan, Shosh 
(Toshkent) o'sha vaqtda «savdogarlar shahri*, deb nom olgan edi. 
Mamlakatda ziroat ishlari ham rivoj topdi. Bunday umumiy iqtisodiy 
va madaniy rivojlanish jarayonida tibbiyot ham ancha yuksaldi. 
Lekin, u davrdagi tibbiyot haqida biror aniq m a'lum otga ega 
emasmiz. Biz o ‘sha davrda yasbagan kishilaming yashash tarzi va 
ba'zi urf- odatlariga asoslanib, ulaming tibbiy tushunchalari haqida 
qisman fikr yuritishimiz mumkin, xolos. Masalan, hoqon huzuriga 
kelgan chet el vakillari yonib turgan ikki guixan o'rtasidan 
o'tkazilarkanlar. S o 'n g ularni hoqon qabul qilarekan. Ehtirnol, 
bu tadbir chet mamlakatlardan keiib qolishi m um kin b o lga n
biror kasallikni o'tkazib yubormaslik uchun qilingan chora bo'lsa 
kerak. 0 ‘sha vaqtda yashagan turkiy xalqlar yosh bolalami 
kasalliklardan saqlash uchun ulam ing peshanasiga uzoq saqlanib
28
www.ziyouz.com kutubxonasi


qoladigan bo'yoq bilan xoch suratinin solib qo‘yar ekanlar. Bular 
albatta juda primitiv «tibbiy choralar»dir.

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish