Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi


Olmalar kenja oilasi – Maloideae



Download 2,6 Mb.
bet5/13
Sana15.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#672566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
123456789...

Olmalar kenja oilasi – Maloideae
Daraxt va buta shaklidagi o‘simlik urug‘chisi bitta meva bargida shakllangan, tugunchasi ostki. Mevasi shirali. O‘zbekistonda uchraydigan vakillarning aksariyat qismi mevali daraxtlar hisoblanadi.
Olma - (Malus) turkumining O‘rta Osiyo 4 turi yovvoyi holda uchraydi. Guli - soyabon gul to‘plamidan tugunchasining ustunchasi tub qismida tutash, mevasida toshsimon hujayralar uchramaydi, tugunchasi 4-6 xonali, chetdan changlanadi. Olmaning 30 dan ortiq madaniylashtirilgan turi ma'lum. Turkumning keng tarqalgan turlaridan biri - Malus domestica madaniy olma. Guli qizg‘ish, oqish rangli, mevasi turli - tuman rang va ta'mli. Olma O‘rta Osiyo va Yevropa mamlakatlarining muhim meva daraxtlaridan hisoblanadi. U qadim zamonlardan buyon O‘rta Yevropada, xususan Gretsiya, Italiya, Shveytsariya mamlakatlarida tarqalgan. Tropik mamlakatlarda olma u qadar qimmatli emas, chunki uning mevasi tez orada unsimon massaga aylanadi va bizning mamlakatlarimizdagidek totli bo‘lmaydi
Nok - (Pyrus) turkumining vakillari asosan O‘rta Osiyo va Kavkaz o‘lkalarida tarqalgan. Turkumning 25 ga yaqin turidan O‘rta Osiyoda 5 tasi yovvoyi holda uchraydi. Olmadan gulning soxta yoki dasta to‘p gullarida uchrashi bilan farq qiladi.
Bu turkumning muhim turlaridan madaniy nok (Pyrus domestica) hisoblanadi. Baland bo‘yli daraxt, barglari yuraksimon yoki yumaloq, uzun bandli, yaltiroq, chetlari qirqilmagan, muhim ho‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan meva daraxti. 5000 ga yaqin madaniylashtirilgan navlari ma'lum, o‘z ahamiyatiga ko‘ra olmadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.
Dulana - Crataegus turkumining vakillari ham daraxt o‘simlik bo‘lib, O‘rta Osiyoda 22 turi yovvoyi holda keng tarqalgan. Bular orasida ayniqsa, sariq do‘lana (Crataegus pontica) va qizil do‘lana (Turkestanica) keng tarqalgan. U olma, nok singari inson tomonidan sevib tanovul qilinadigan muhim o‘simliklardan hisoblanadi.


Olxo‘ridoshlar kenja oilasi — Prunoideae .
Olxo‘ridoshlar kenja oilasi vakillarining aksariyat qismi daraxt va buta shaklidagi o‘simlik. Ularning bargi butun, yonbarglari to‘kiladigan. Gul o‘rni botiq bakal shaklida, tuguncha bilan tutashmagan. Urug‘chisi bitta meva bargidan tashkil topgan, tugunchasi gul bo‘laklarining o‘rta qismida joylashgan. Mevasi danakli. Olxo‘ri ham muhim meva o‘simliklaridan hisoblanadi. Kenja sinfining O‘zbekistonda keng tarqalgan turkumlari Olxo‘ri - (Prunus), gilos (Cerasus), bodom (Amygdalus), shaftoli (Persica), o‘rik (Armeniaca) hisoblanadi.
Olxo‘rilar - (Prunus) turkumiga O‘zbekistonda olxo‘ri (P.domestica), tog‘ olchasi (P.divaricata), qizil sulton (P.insitida) kabilar kiradi. Bular orasida olxo‘ri (P. Domestica) muhim meva o‘simligi hisoblanadi. Uni ajdodlarimiz (bundan 4000 yil ilgari) olxo‘rilarning bir nechta yovvoyi turlarini chatishtirish yo‘li bilan hozirgi madaniy holatiga keltirishga muvaffaq bo‘lganlar. Hozirgi kunda uning 200 dan ortiq navi ma'lum. Gilos (Cerasus avium), olcha (C. vulgaris), chiya (C.Tianschanica) kabilar shular jumlasidan. Bu turkumning barcha turlari ham aholi tomonidan sevib iste'mol qilinadi. ( -rasm)
Bodom (Amygdalus) — daraxt, ko‘pincha buta shaklida ham uchraydi. Bu turkumning O‘rta Osiyoda 9 turi keng tarqalgan. Shu jumladan, A.communis, butasimon A.bucharica va A.spinosissima deb nomlangan turlari O‘zbekistonda yovvoyi holda keng tarqalgan. Shular orasida A.communis madaniylashtirilgan bo‘lib, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan texnik ekinlardan hisoblanadi. U hozirgi paytda Markaziy Osiyo Mug‘uliston, Xitoy, Koliforniya, Argentina, Avstraliya, Janubiy Afrika mamlakatlarida o‘stiriladi. Yovvoyi holda faqat O‘rta Osiyoda uchraydi. Sevib oziqlanadigan hushho‘r danak va kimmatbaho yog‘ beradigan texnik ekin hisoblanadi. Bodom turlari tarkibida amigdalin alkaloidi bo‘lganligi tufayli ilmiy va xalk tabobatida ham keng qo‘llaniladi.
O‘rik (Zardoli) - Agsheniaca aksariyat qismi daraxt o‘simlik. Uning 8 turi (Hrjanovskiy 1982) fanda ma'lum. O‘rik xalkimizning hushho‘r mevasidan biri. Mevasi etli, shirin, ayrim navlarining quritilgan mevasi etida 50-70% ga qadar shakar, turli-tuman vitaminlar bor. Urug‘ining tarkibida 25% ga qadar oksil, 50% ga qadar yog‘ saqlanadi. Qimmatbaho ozik-ovkat va yo‘ beradigan texnik o‘simlik hisoblanadi. O‘rikning mag‘zi (urug‘i) ham hushhur bo‘lib, qandolatchilikda qo‘llaniladi. O‘rikning yovvoyi turlari O‘rta Osiyo (Tyanshan) Xitoy, Kavkaz va Shimoliy Amerikada uchraydi.
Shaftoli (Persica vulgaris) u qadar katta bo‘lmagan daraxt. O‘rikdan bargining cho‘zik nashtarsimon bo‘lishi, gulining bargiga nisbatan erta ochilishi va mevasining tuzilishi bilan farq qiladi. Bu o‘simlik ham qimmatli ozuqa bo‘lib, mevasining tarkibida 15%ga qadar shakar, har xil vitaminlar, urug‘ining tarkibida 58% ga qadar yog‘ bor. O‘zbekistonda 10 dan ortiq navi mavjud. Shaftoli mag‘zidan tabobatchilikda keng foydalaniladi.


Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish