Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi



Download 2,02 Mb.
bet10/17
Sana30.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#718761
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
214 suv o\'ti

18-rasm. Volvox globator. A— sharsimon koloniya devorining tuzilishi: 1- va kesilgan 2-tomoni; B tuxum hujayrali (1) va spermato­zoidli (2) koloniya.


Gonium jinsiy yo‘l bilan ko‘paygan vaqtda har qaysi hujayraning bo‘linishidan 16 ta gameta hosil bo‘ladi, keyin bu gametalar suvga chiqib, bir-biri bilan kopulyatsiya qiladi. Pandarinada yosh koloniya bo‘laklarga bo‘linib, gametalar hosil qiladi. Eudarina eledanus turida urg‘ochi va erkak koloniyalar alohida joylashgan. Urg‘ochi gameta ikki xivchinli bitta yirik gametaga aylanadi, ammo bu gameta harakatsiz bo‘lib, urg‘ochi koloniya shilimshiqda saqlanib qoladi. Urg‘ochi gameta harakatsiz bo‘lgani uchun evdarinaning jinsiy ko‘payishi oogamiya deb hisoblanadi. Erkak koloniyaning hujayralari ko‘ndalangiga bo‘linib, spermatozoid joylashgan dasta hosil bo‘ladi, spermatozoid urg‘ochi koloniya ichiga kirib, harakatsiz gametani urug‘lantiradi (8-rasm, V). Volvoksning jinsiy ko‘payishi oogamiya, erkak jinsiy hujayra anteridiy silindr shaklida bo‘lib, uning ichida ikki xivchinli sariq spermatozoidlar xosil bo‘ladi (10-rasm, B).

19-rasm. Volvox globator.
Sharsimon qiz koloniyalarining taraqqiyoti, strelka bilan hujayralarning qutblari ko‘rsatilgan.
Urg‘ochi gameta suyuqligi to‘planib, bitta yirik tuxum hujayraga aylanadi. Volvokslar tartibining hamma vakillarida jinsiy ko‘-payish natijasida zigota hosil bo‘ladi. Zigota qalin qobiq hosil qiladi va unda zaxira oziq moddalar to‘planadi. O‘sish oldidan avval diploid kapulyatsion yadro reduksion bo‘linib, to‘rtta gaploid yadro va undan to‘rtta zoospora hosil bo‘ladi. Ko‘nchilik xlamidomonada turlarida zigotadan to‘rtta zoospo­ra o‘sadi. Gonium (Gonium pectorale) da zigotaning o‘sishidan to‘rtta kichkina koloniya hosil bo‘ladi (6-rasm, G, D). Biz oz vaqt o‘tgach, har qaysi kichkina koloniyalarning jinssiz ko‘pa-yishidan 16 ta hujayrali haqiqiy koloniya rivojlanadi Ba’zan zigotaning reduksion bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan gaploidli yadrolarning hammasi ham hayotchan bo‘lmaydi. Masalan, pandaripa va evdarinalarda faqat bitta yadro hayotchan bo‘lib, undan bitta zoospora o‘sadi (8-rasm, G), boshqa uchta yadro erib ketadi. Volvokslar tartibining ko‘pgina vakillari sun’iy ravishda o‘stirilib, ularda ikki jinsli (gomotalizm) va har xil jinsli koloniyalar hosil bo‘lishligini olim V. Shreyber aniqlagan. Masalan, xlamidomonada turlarida bir nasldan chiqqan gametalar bir-biri bilan kapulyasiya qiladi. Gonium, pandarina, evdarina, dunaliella turkumining vakillarida esa, geterotalizm uchraydi, ya’ni jinsiy jarayonda ishtirok etuvchi gametalar har xil jinslardan hosil bo‘lganda, ular |kapulyasiya eta oladi. Jinslarning ajralishi diploid zigotaning reduksion bo‘linishi vaqtida hosil bo‘lgan to‘rtta gaploid yadroning ikkitasi urg‘ochi va ikkitasi erkak gametalarga ay­lanadi. Bu jarayonni birinchi bo‘lib V. Lerxe Dunaliella salino turida aniqlagan.
Volvokslar tartibining aksariyat vakillari chuchuk, daryo, buloq va kichik suv havzalarida tarqalgan. Dunaliellalar oilasining ba’zi vakillari (dunaliella, astreromonas) sho‘r suvlarda o‘sishga moslashgan. Xlamidomonadaning ba’zi turlari ham konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan sho‘r suvli ko‘llarda o‘sib, ko‘payish xususiyatini saqlab qolgan. Chlamydomonas chrendergii, Ch.monadina, Ch.reinharodtii esa ifloslangan suv­larda o‘sishga moslashgan. Ch. chrenbergii ifloslangan suvlarda o‘sib, fotosintez qilish qobiliyatini yo‘qotgan va saprotrof oziqlanishga o‘tgan.


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish