Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi


II-bob.CHIN YASHIL SUVO‘TLAR YOKI TENG XIVCHINLILAR SINFI — CHLO­ROPHYCEAE, ISOCONTAE



Download 2,02 Mb.
bet6/17
Sana30.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#718761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
214 suv o\'ti

II-bob.CHIN YASHIL SUVO‘TLAR YOKI TENG XIVCHINLILAR SINFI — CHLO­ROPHYCEAE, ISOCONTAE


Bu sinf yashil suvo‘tlar bo‘limida markaziy o‘rin egallaydi. Tallomining morfologik differensiyalanishiga qarab, 8 ta tartibga bo‘linadi:
1.Volvokslar tartibi-Volvocales
2.Tetrasporalilar tartibi-Tetrasporales
3.Xlorokokklilar yoki protokokklilar tartibi-Chlorococcales-Protococcales
4.Ulotrikslilar tartibi-Ulothrichales
5.Xetoforalilar tartibi-Chaetophorales
6.Edogoniylilar tartibi-Oedogoniales
7.Briopsidlilar yoki sifonlilar tartibi-Bryopsidales-Siphonales
8.Sifonokladiyalilar tartibi-Siphonocladiales


2.1. Chin yashil suvo’tlarning tartibi va ayrim vakillari.


1.Volvokslar tartibi — Volvocales


Bu tartibga mansub yashil suvo‘tlar monad, ya’ni xivchinli, bir hujayrali, koloniyali va senob organizmlar bo‘lib, vege­tatsiya davrida harakatchan.Volvokslar tartibining tipik vakili bir hujayrali xlamidomonadadir. Xlamidomonadaning ko‘pgina turlari ko‘lmak suvlarda, ariqlarda, xususan organik moddalarga boy hovuzlarda, suv omborlarida, ba’zan akvariumlarining devorlarida o‘sadi. Bularning ko‘payish vaqtida ba’zan suv yashil rangga bo‘yaladi. Hujayrasi ellipsoid shaklda, hujayra po‘sti protoplastga zich yopishgan. Protoplast bitta yadro va kosachasimon xromatoforaga ega. Xromatoforida pirenoid bo‘ladi. Xromatofori ichida stigma deb ataluvchi qizil ko‘zcha joylashgan. Qisqaruvchan vakuola hujayraning old qismida o‘rnashgan.
Suv havzalari qurib qolgan vaqtda xlamidomonadalar xivchinlarini tashlab, harakatdan to‘xtaydi, po‘sti shilimshiqlanib, parda xosil qiladi, hujayra atrofini o‘raydi. Xlamidomonadalarning hujayralar protoplasti bo‘linishi va shilimshiqlangan yosh hujayralarning harakatlanmasligi natijasida yashil hujayralar uyumi hosil bo‘ladi. Bu holatga palmel­loid deyiladi. Palmelloid holatdagi xlamidomo­nada hujayralarida harakatchan vakuola va qizil ko‘zcha saqlanadi. Suvga tushishi bilan yosh hujayralar rivojlanib, monad hujayraga aylanadi. Ammo, hamma xlamidomonada turlarida palmelloid holatdan monad shaklga o‘tish bir xil emas. Masalan, Ch. Klenii ning ko‘pchilik hayoti palmelloid holda o‘tadi.
Xlamidomonadalarga yaqin turkum Carteria dir. Ularning hujay-rasidagi xivchin to‘rtta. Xlorogonium Chlorogonium turkumi vakillari urchuqsimon shaklda bo‘lib, ikkita xivchin­ga ega. Gematokokk (Haemotoccus) turkumi turlari hujayrasining ichki qismi kuchli shilliqlanishi bilan xarakterlanadi. Po‘stidagi radial kanalchalar orqali tashqi muhit bilan bog‘lanadi.
Xromatoforalari kosachasimon yoki to‘rsimon, pirenoidlari ikkita yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Hujayrasida qizil ko‘zcha, harakatchan vakuola, yadro va ikkita xivchini bo‘ladi (1-rasm, A). Gematokokk osonlik bilan palmelloid holatga o‘tadi shuning uchun hujayra dastlab yumaloq shaklga kiradi, keyin usti qalin po‘st bilan o‘ralib, hujayra ichi, astoksantin bilan to‘ladi va sistaga aylanadi (1-rasm, B). Sista quruqqa chidamli bo‘lib, suvli muhitga tushishi bilan zoosporalar hosil qiladi (1-rasm, V). Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin, qulay sharoitda sista devori yirtiladi va zoosporalar suvga chiqib harakatlanadi, o‘sib yangi individga aylanadi. Hujayra ichidagi astaksantin asta-sekin yo‘qolib, yashil rang beruvchi xromatofor paydo bo‘ladi. Qizil rang bir necha nasl davomida, hujayraning o‘rta qismida saqlanadi.




Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish