Тактиканинг фан сифатида вазифалари



Download 15,2 Mb.
bet4/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Jangning maqsadi – dushmanning tirik kuchlarini yakson qilish yoki asirga olish, uning qurol-aslahasi, jangovar texnikasini yo‘q qilish yoki qo‘lga kiritish va dushmanning bundan keyin qarshilik ko‘rsata olishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bu maqsadga barcha turdagi qurollardan beriladigan kuchli zarbalar hamda qismlar va bo‘linmalarning mohirona manyovrlarni amalga oshirgan holda faol va qat’iy harakat qilishlari orqali erishiladi.

Hozirgi zamon umumqo‘shin jangi, unda ishtirok etuvchi barcha qo‘shinlarning kuch-g‘ayratlarini birlashtirgan, tanklar, piyoda qo‘shinlarning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar), artilleriya, havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari, samolyotlar, vertolyotlar va boshqa texnika hamda qurol-yarog‘lardan foydalanilgan holda olib boriladi. U qat’iyligi, keskinligi, shiddati, o‘ta manyovrlashganligi va dinamikligi, vaziyatlarning keskin o‘zgarishi, katta masofada ta’sir ko‘rsatadigan kuchli o‘t ochish, jangovar vazifalarni bajarilishining turli-tuman usullarini qo‘llash bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangchilari – vatanparvar va o‘z vatanlarining himoyachilaridir, ular o‘z bobolarining va ulug‘ sarkardalarning jangovar an’analariga rioya qilgan holda o‘zlarining kasbiy tayyorgarliklariga ko‘ra har doim zamonaviy talablar darajasida bo‘lishlari, doim sergak turishlari, yuksak jangovar tayyorgarlik va jangovar qobiliyatga ega bo‘lishlari lozim.

Har bir jangchi o‘zining butun ma’naviy va jismoniy kuchini jamlagan holda jang qilishi, bunda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy iroda, qat’iyatni, jasurlik va mardlikni namayon etishi, faollik, oqilona tashabbuskorlik va botirlik ko‘rsatishi hamda harbiy hiylalardan foydalanishi lozim.

Yuqori darajada onglilik, harbiy qasamyodga va burchga sodiqlik, a’lo darajadagi jangovar ta’lim, yuksak ma’naviy-ruhiy va jismoniy tayyorgarlik, mustahkam harbiy intizom va buyruqlarning qat’iy bajarilishi, jangovar birdamlik va o‘zaro yordam – jangda muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridir. Har bir askar, kichik komandir va zobit dushmanni yo‘q qilish (tor-mor keltirish) ga qaratilgan qat’iyatga ega bo‘lishi, har qanday holatda, qiyinchiliklardan qat’iy nazar, hatto hayoti uchun xavf tug‘ilgan taqdirda ham jangovar vazifani bajarishi zarur. Komandir ana shu qat’iyatni o‘z qo‘l ostidagilarga singdirishi lozim.

Hozirgi zamon umumqo‘shin jangi jangchilardan yuksak harbiy mahoratni, jismoniy chiniqish, qurol-yarog‘ va texnikaning butun qudratidan foydalana olishga, himoyalanish va niqoblanish (maskirovka) vositalarini qo‘llash, o‘zining jang jarayonidagi jangovar vazifasini aniq bilishni hamda uni oqilona tashabbus ko‘rsatgan holda bajarishni talab qiladi. Bunga bo‘linmalarning tinchlik davrida, jangga tayyorgarlik ko‘rish hamda janglar oralig‘idagi vaqt davomida kundalik tinimsiz faoliyati orqali erishiladi. Tinchlik davridagi jangovar tayyorgarlikning asosiy maqsadi qarshi turgan dushmanni o‘rganish, harakatlarining tashkil etilishi va taktikasini bilib olish hamda yuzaga kelgan har qanday sharoitda uni tor-mor qilishning eng samarali usullarini egallab olishdan iborat.




Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish