Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta`sir qiluvchi omillar. Talab qonuni


Talab miqdoriga narxdan tashqari ta`sir qiluvchi omillar



Download 139,58 Kb.
bet5/29
Sana31.07.2021
Hajmi139,58 Kb.
#133995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
3 topshiriq

Talab miqdoriga narxdan tashqari ta`sir qiluvchi omillar. Talab hajmining wzgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog`liq bwladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.

Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta`sir kwrsatadi: 1) iste`molchining didi; 2) bozordagi iste`molchilar soni; 3) iste`molchining daromadlari; 4) bir–biriga bog`liq tovarlarning narxi; 5) kelajakda narx va daromadlarning wzgarishi ehtimoli.

Bu omillarning wzgarishi talab hajmining wzgarishiga qanday ta`sir kwrsatishini qarab chiqamiz.


  1. Biror mahsulotga iste`molchi dididagi ijobiy wzgarish rwy bersa, narxning tegishli darajasida unga bwlgan talab ortadi. Iste`molchi didiga salbiy ta`sir kwrsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.


  2. Wz-wzidan aniqki, bozorda iste`molchilar soni kwpaysa, talab ortadi, iste`molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog`ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bwlgan talabning wsishiga olib keladi. Tug`ilish darajasining pasayishi bolalar bog`chasi va maktabga bwlgan talabni kamaytiradi.


  3. Pul daromadi wzgarishining talab hajmiga ta`siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda kwp tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning wsishiga qarab iste`molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bwlsada, kwproq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bwlgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, gwsht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning wzgarishi bilan talab miqdori twg`ri bog`liqlikda wzgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.


Daromadlar wzgarishi bilan talab miqdori teskari bog`liqlikda wzgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.

Iste`molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori wrtasidagi bog`liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel` (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga kwra, iste`molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bwlgan tovarlar miqdori wrtasidagi wzaro bog`liqlik Engel` qonuni deyiladi.

Bu qonnunning amal qilishini Engel` egri chizig`i orqali ifodalash mumkin (4-chizma). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel` egri chizig`i wsuvchan kwrinishida bwladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari wsib borishi bilan bu turdagi tovarlar kwproq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel` egri chizig`i pasayuvchan kwrinishda bwlib, daromadlar oshib borishi bilan iste`molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste`moli daromad darajasiga bog`liq bwlmasa, u holda Engel` egri chizig`i tik holda bwladi.

Chizmadan kwrinadiki, iste`molchining bir oylik daromadi 10 ming swmdan 20 ming swmga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming swmdan 30 ming swmga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi wsishi bilan tovarlar sotib olish hajmining wsishi sekinlamoqda: 30 ming swmdan 40 ming swmgacha – 4 donadan 6 donagacha, 40 ming swmdan 50 ming swmgacha – 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining wsishi butunlay twxtagan (daromadning 60 ming swm va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda).


Daromad, ming swm

1 00


9 0

8 0

7 0

6 0


50

4 0



3 0

2 0

1 0


0 1 2 3 4 5 6 7 8 Tovar miqdori, dona




Download 139,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish