Tashmatov Shuhrul 11 itini не t Icli



Download 0,54 Mb.
bet9/135
Sana31.12.2021
Hajmi0,54 Mb.
#219482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135
Bog'liq
2 5474355819308911273

olmi va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi», Bunda tovarlami tenglashtirish mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya’ni mehnatning roli va tovaming foydaliligi ham hisobga olinmoqda.

U qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik bilan biiga savdoni hayot uchun tabiiy zarurat deb bilgan va fiziokratlardan ilgarilab ketgan.

Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim hunarlar boshqa hunarlarni o‘z ichiga oladi: masalan, duradgor yog'ochdan ishlangan buyumlami, to‘quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va hokazo, ya’ni ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovar- pul munosabatlari tahlil etilgan, narxlar bozoiga olib chiqilgan tovarlar massasi (talab-takliOga bog'liqligi aytilgan. Nonga bahosini mo'tadil ushlab turish farovonlik manbayi ekanligi ko'rsatiladi. Soliq tizimini tartibga solish keraldigi qayd etiladi; uningcha soliq pasayishi ijtimoiy hayotni yuksaltiradi.

Bundan deyarli 600 yil awal bozor tushunchasiga izoh berilgan. Ibn Xaldunninig fikricha: «Bozor bu - hunarmandchilikni mukam- mallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning garovidir».

  1. G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy g‘oyalarga qisqacha xarakteristika

G'arbiy Yevropada feodalizm jamiyati uch bosqichni bosib o‘tdi: ilk feodalizm (V-X asrlar), rivojlangan feodalizm (X-XV asrlar) va feodalizmning yemirilish davri (XVT-XVIII asrlar).

Dastlabki davrda dehqonchilik xo‘jaIikning asosi edi, aholi o‘rtasida keskin tabaqalanish ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk Frank davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, feodalizm munosabatlari shakllanishi (quldorlik formasiya shaklida tarkib topmadi - «Sail haqiqati», 481-614) qonunlar to'plamida aks etgan. Bunda eski jamoa munosabatlari himoya qilinadi (umumiy mulkchilik), ammo ayrim xo'jaliklaming mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik ham qo'llab- quwatlanadi, sinfiy ajralish asta-sekin namoyon bo‘la boshlaydi. Olimlar feodalizmdan oldingi Frank qishlog'ining o‘ziga xos bo‘lganligini qayd qilib, erkin Frank dehqoni Rim koloni (qul) bilan yangi krepostnoy o'rtasidagi figura ekanligini, ya’ni krepostnoylik munosabatlari endigina shaldlana boshlaganligini qayd etgan edi. «Sail haqiqati» sinfiy difTerensiatsiyani kn‘rsatdi. .

Natural xo‘jalik va dehqonlaming krepostnoylik ekspluatatsiyasiga oid dastlabki «Villalar tocg‘risidagi kapitufyariy» pomestyelar to‘g‘ri- sidagi qonun bo'lib (IX asr boshi), unda feodal yer egaligi va krepost­noylik himoya etiladi. Unda endi jamoa, jamoa mulM to'g'risida gap yo‘q. Bu hujjatda votchinaning yagona egasi va votchina aholisining majburiyatlari to‘g‘risidagapiriiadi.

Krepostnoyliknmg yuzaga kelish masalasi ko‘p olimlami qiziqtiradi. Yega monopoliya egaligi va dehqonlami majbur qilish apparatining paydo bo'lishi hal qiluvchi rol o‘ynagan. Natural xo'jalik yetakchi bo‘lsa ham, tovar ishlab chiqarish ham mavjud edi. Shaharlarda hunarmandchilik sexlari, savdo rastalari doimo ishlab turgan. Ishlab chiqarish almashuv va sotish uchun amalga oshirilgan. Sex nizomlarida ishlab chiqarishni uyushtirish, xalfa yollash, o'quvchilar olish tizimlari belgilangan edi. Master-usta bo'lish uchun ancha yuqori mulk senzi qo‘yilgan.

Umuman, uy hunarmandchiligiga nisbatan sex ancha ustunlikka ega edi, awalo, keng mehnat taqsimoti boigan (bu ishning tez va sifatli bajarilishiga olib kelgan), raqobat bor edi.

Klassik o‘rta asr davridagi iqtisodiy g‘oyalar kanonik, ya’ni qonuniy doktrinalar asosida rivoj topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta faoliyat ko'rsatdilar. XII asming o‘rtalarida boloniyalik rohib Grosian «Kancmik huquqlar to ‘ plain i nn tuzdi, utida bit qancha. iqtisodiy g'oyalar ham berilgan. Ular umumiy mulkchiJikni ideal deb baholab (e’tibor bering, xususiy mulk emas), xususiy mulkchilik xudo tomonidan odamlaming gunohlari uchun vujudga keltirilgan, degan g‘oyani ilgari surdilar. Boylar xayr-sadaqa berishga chaqiriladi. Xudoga ma’qul bo'lgan faoliyatlarga faqat dehqonchilik va hunarmandchilik kiritilib, sudxo'rlik, ayniqsa, foyda olish uchun savdo qoralanadi (Islom dinidagi g‘oya bilan solishtiring).

Kanonistlaming bosh iqtisodiy g'oyasi asosida xudo tomonidan belgilangan «adolatli baho» to'g'risidagi ta’Iimot yotadi.

Italiyalik rohib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta’limotida iqtisodiy g‘oyalar ma’lum tartibga solingan. U o‘zining asarlarida qullik va krepostnoylikni oqlaydi, bunda u Aristotel va muqaddas kitoblarga asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar egasi deb e’lon qiladi, lekin xususiy mulkchilik. ham himoya qilmadi, chunki bunda insonmng o‘z toifasi, tabaqasiga mos ravishda yashashiga imkoniyat yaratiladi, Davr taqozosiga mos (natural xo‘jalik hukmron) ravishda davlat o‘z-o‘zini ta’minlash g‘oyasini qo'llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy e’tibomi qaratadi, oltin va kumushiami sun’iy boylik deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik (savdo, sudxo'rlik) harom deb hisoblangan.

Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa «adolatli baho» masalasi edi. Kanonistlar amalda bahoni mehnat sarflarining yig'in- disidan iborat deb tan olganlar. Agar proporsional tenglik saqlanmasa, jamiyat yemirilishi mumkin, degan to‘g‘ri qisqacha xulosalar chiqa- riladi. Savdo foydasi va foiz olish «adolatli baho» bo'yicha almashuvni buzadi, shu sababdan yirik savdo va sudxo'rlikni taqiqlash talab etiladi. Foma Akvinskiy «adolatli baho» masalasini foydalar, to‘g'iirog‘i naf, manfaatlar tengligi asosida hal etdi va uni subyektiv vaqt deb baholadi. U aytadiki, agar narsa biror odam foydasiga, lekin boshqa odam ziyoni hisobiga o‘tsa, bu holda buyumni o’zkiing haqiqiy bahosidan yuqoriroq sotish huquqi paydo boiadi. Shu bilan birga, bu buyum baribir haqiqiy egasidaligidan qimmatroq sotilmaydi, chunki qo'shimcha baho, shu buyumdan holi bo'lgan ziyonni qoplaydi. FAkvinskiy yuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya qiluvchilar qilib ko'rsatadi. Shu sababli bu tabaqaga buyumlami o‘z haqiqiy bahosidan qimmatroq sotishga ruxsat beradi. Protsent (foiz)ni tavakkalchilik to'lovi yoki qarz oluvchiga beriladigan «.begaraz sovgm deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik mohiyatini bo'yab ko'r- satadi va renta yer egasiga o‘z qo‘1 ostidagtlami boshqarishdagi mehnati uchun to'lanadigan haq deb baholaydi. Bu bilan cherkov (yen bor) va feodallaming manfaatlarini himoya qiladi.

Bunday iqtisodiy g‘oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada (Djon Boll) ham vujudga keldi. Angliyada Uat Tayler (1381), Germaniyada Tomas Myunser (1524-1525) rahbarligida dehqonlar qo‘zg‘oloni bo'lgan, ular kxepostnoylikni, boshqa majburiyatlami bekor qilishni talab etganlar.

Ma’lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro'y berdi (13 ga yaqin alohida knyazlik). Bu davrda cherkov yer egaligi atrofida diniy shaklda kurash bordi. XVI asrdan boshlab ijtimoiy-siyosiy kurash ommaviy tus oldi. O'shanday publitsistlardan biri Yermolay edi. U rohibligida Erazm nomini olgan. Yermolay-Erazm o‘z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va yirik savdo hamda sudxo'rlikka qarshi chiqdi. U boyarlami boshqalar hisobiga doim bayramdagidek hayotini tanqid qildi, yemi esa faqat davlatga xizmat qilayotgan (ya’ni dvoryan)

odamlarga berish kerak, degan to'g'ri g'oyani ilgari surdi (boyarlar markazlashgan davlatga bo‘ysunishni istamagan va votchina egasi, tarqoqlikning asosiy sababchisi edilar). Haqiqatda ham Ivan Grozniy, hatto Pyotr I davrida ham votchinani (ya’ni boyarlami) yo'q qilish uchun kurash bordi, oxir-oqibatda dvoryaniik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya yagona davlatga aylandi.

Ermolay Erazmning iqtisodiy qarashlarida dehqon mehnati boylik manbayi degan qoida yoiadi. Shu sababli u daviatda dehqonlar toifasini birinchi o'ringa qo'yadi va ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash zarnr deb hisoblaydi. Ammo u dehqonlar ekspluatatsiyasining asosi pul maj- buriyatlarida deb bilgan, shu sababli bu majburiyatlar natural renta holida bo‘lishi va hosilning beshdan bir qismi (20 foizi) bilan cheklash, yom (pochta) majburiyatlarini esa savdogarlar zimmasiga yuklashni taklif etdi. U mehnat unumdoriigini oshirish to‘g‘risida qayg‘ursa-da, tovar munosabatlari rivojiga qarshi bo'lgan, ya’ni o‘zi o'ziga qarshi edi, chunki u erkin boy savdogarlar savdosi tarafdori edi. E.Erazm natural majburiyatlarm cheklash sinfiy kurashga chek qo'yadi, degan noto‘g‘ri fikrdabolgan.

XVI asming o'rtalarida yaratilgan «Domostroy» asarida shaharlik- laming faoliyatiga oid qonun-qoidalar majmuasi berilgan. Unda hokimiyat va cherkov, oila, xizmatkorlarga munosabat qoidalari keltiriladi.

Rossiyada XVII-XVIII asming boshlarida yirik o'zganshlar ro‘y berdi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo‘la boshladi. G‘arbiy Yevropadagi merkantilistlardan (quyida ko‘riladi) farqli ravishda ms iqtisodchilari muomala sohasiga kam e’tibor qiladilar, «pul - boylik» degan fikrga qo£shi!madilar. Ular mamlakat ichida tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori edilar, tashqi savdoni esa, asosan, sanoat va qishloq xo'jaligini rivojlantirish quroli deb qaraganlar. Bu g‘oyalar A. A. Ordin-Nashchokin (taxm. 1605-1680), Yu.Krijanich (1617-1683), I.T. Pososhkov (1652-1726) asarlarida bayon etilgan.

  1. 0‘rta asr utopiyalari

Kapitalistik munosabatlaming shakllanish davrini manufaktura ishlab chiqarishi va dastlabki kapital jamg‘arilishi bilan bog*lash mumkin. Bu davr XIV-XV asrlami o‘z icliiga oladi, ya’ni yer egaligi susayishi bilan bog'liq.

Eski feodal munosabatlar yemirilib, yangi buijua-kapitalistik munosabatlar tug'ila boshladi. Lekin dehqonl anting o‘z yerlaridan siqib chiqarilishi, must ami akachil Lk, iqtisodiy ekspansiya, urushlar oddiy xalqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda kapitalizmning shaklianishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535) va Tommazo Kampanella (1568-1639) amalga osliirdi.

Ideal jamiyat to‘g‘risidagi awalgi g‘oyalar dastlabki sotsialistik konsepsiyalar bilan davom ettiriladi.

Т. Мог «Utopiya» (lot. yo‘q joy) (1516) asarida Angliyada dastlabki kapitalning jamg'arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. T.Mor gumanist, davlat arbobi va yozuvchi bo'lgan (1529-32-yillarda Angliya kansleri). U Uyg‘onish davrining atoqli arbobi Erazm Rotterdamskiyiiing do'sti, katolik edi. Qirolni ingliz cherkovining Oliy boshlig‘i deb qasamyod qilmaganligi uchun T.Mor davlat xoini sifatida qatl etiigan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan (1535). U «qo^ylar odamlami yd) qo^di» iborasi- ning muallifidir. Shu davrda dehqonlami cheklash, ya’ni yerdan siqib chiqarish sdyosati amalga oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bogliq edi. Mato to'qish, jun, ayniqsa qo‘y juniga bo‘lgan ehtiyoj oshdi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o‘rab olindi va qo‘y boqish uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik qilinayotgan yerlar ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Bu o‘ziga xos agrar inqilob - sanoat to‘ntarilishi uchun sabab bo'ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka mahkum etildi. Shu voqeaiami o‘z
ko‘zi bilan ko‘rgan T.Mor qayerda xususiy mulk hukmron bo‘lsa, asosiy boylik bir hovuch odamlar qo‘liga to'planadi, degan xulosaga keldi.

T. Kampanella Neapol (Italiya) mehmtkashlarining qashshoqligini ko'rgan. U o‘zining «Oftob shahri» (1602-yilda yozilgan, 1623-yilda chop etiigan) kitobida zolimlammg shohona hayotini tanqid qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikiirng asosiy sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat to‘g‘risidagi o‘z tasawurini ham beradi, ular T.Morga o‘xshash: ijtimoiy mulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur, mashina mehnati tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug‘ulianish shait qilib qo'yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy arbob bo'lgan, keyinchalik esa (1582) rohib bo‘lgan. Ispaniya bosqinchilariga qarshi isyon uyushtiigani uchun qamoq- qa olingan, 27 yil qamoqda yotib, falsafa, falakiyot, siyosat, tibbiyotga oid o‘nlab asarlar yozgan. Uning «Oftob shahri» asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda olim kohinlar tabaqasi tomo­nidan boshqariluvchi ideal jamoa bo'ladi, xususiy mulk va oila bo'lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan va maorif taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan) degan.

Faylasuflaming bergan bahosiga ko‘ra, bu olimiarning jamiyati *xomaki ishlangan» «qo‘pol kommunizm»dir.
Ular asosan, hunarmand- chilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega. Ammo shunisiga e’tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta’min- langan, bilimli davlat arbobi bo'lganlar, kommunistik jamiyat g'oyasi K.Marks va F,Engelslaminggina g'oyasi emasligini ham eslatib o'tish zarur. Xayoliy sotsializm to‘g‘risidagi dastlabki g‘oya!ar Osiyoda Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (870-950, 2- muallim), Germa-niyada Tomas Myonser (1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil va Qur’oni Karimda ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi sarbadorlar (boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga asoslangan (Samarqandda Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy va boshqalar).

Keyinchalik Abdurahmon Jomiy va A.Navoiy, Xurdaki Buxoriy asarlarida ham bunday g‘oyalar bo‘Igan.

Qisqacha xulosalar

Feodal yer egaligi davrida natural xo‘jallk, ayniqsa, qishloq xo'jaligi jamiyatda asosiy o‘rin tutgan edi. Shu bilan bkga, bu paytda shaharlar soni o‘sdi, tovar-pul munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali ishlab chiqarish usuli bo‘lgan krepostnoylikka o'tildi. Awalgi davrdagi natural xo'jalik ishlab chiqarishi (T-T) asta-seldn T> P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar yo'nalish hal qiluvchi), iste’mol qiymatlarini yaratish baribir asosiy maqsad bo'lgan va shu g'oya himoya etilgan, mehnat qurollaii takomfflashmagan davrda bu tabiiy bir hoi edi.

Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davometdi. . .

Bu davr uchun Ibn Xaldunning iqtisodiy g‘oyalari nihoyatda muhimdir, u o‘z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mehnat unum- dorligi, oddiy va murakkab mehnat, zaruriy va qo'shimcha mahsulot, tovaming iste’mol qiymati va umuman, qiymatning farqini ta’riflab berdi, ayirboshlash tamoyilini (sarflangan mehnatning yarnii) toVri talqin etdi, sarflangan mehnat bilan birga shu tovarning odamjarga zarurligi ham muhimligini ta’kidladi,

G‘arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo'lsa ham, uning rivoji tezroq bo'ldi. Dehqonchilik, umuman, qishloq xo'jaligi ustun bo'lishiga qaramay, hunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura vujudga keldi, mehnat taqsimoti, unumdorlik va sifat masalalari (ayniqsa sexlarda), raqobat tamoyillari tarkib topdi.

Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g'oyalarda ham dehqon mehnati boylikning asosi ekanligi ko‘rsatiladi, natural renta miqdori 2 foiz belgilanadi, tovar-pul munosabatlariga, ayniqsa, savdoga qarshi g'oya- lar ko‘p edi.

XTV-XV asrlarda G‘arbiy Yevropada feodalizmning yemirilishi va ilk kapitalistik munosabatlar shakllana boshladi. Bu jarayon kapitakiing dastlabki jamg'arilishi jarayoni bilan bogcliq bo‘Jdi va ko‘p hollarda og'ir shaklda amalga oshdi. Ayniqsa, dehqonlami yerdan mahrum etish og'ir oqibatlarga, ulaming katta qismini xonavayron bo'lishiga olib keldi. Yangi munosabatlar yangi sinfning - buijuaziyaning manfaatiga mos edi, ammo bu jarayon boshqalar hisobiga ro‘y berdi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish