Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


§ 4.3. Mehnat migratsiyasining asosiy yo‘nalishlari va markazlari



Download 2,2 Mb.
bet83/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

§ 4.3. Mehnat migratsiyasining asosiy
yo‘nalishlari va markazlari

Mehnat migratsiyasi deyarli barcha milliy iqtisodiyotlarga xos jara- yondir. Biroq uning jadallik darajasi jahonning u yoki bu hududlarida sezilarli farq qiladi. Mehnatkash-migrantlaming eng jadal oqimi ishchi kuchini eksport/import qiluvchi mamlakatlaming ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasida va tabiiy demografik o‘sish sur'atida jiddiy farq boiganda kuzatiladi. Migratsiyaning asosiy to‘rtta yo‘nalishlari ichida jami migratsiya oqimining hajmi bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlar tomon ishchi kuchlarini ko‘chishi birinchi o‘rinda turadi. Mutaxassislar quyidagi migratsiya oqimlarini alohida ko'rsatib o‘tishadi: G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari o‘rtasida, sobiq sotsialistik mamlakatlardan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarga, rivojlanayotgan yoki o‘tish davri iqtisodiyotli davlatlar o‘rtasida (mas. Janubiy Amerika chegarasida, Ukrainadan Rossiyaga).
Ishchi kuchi migratsiyasining yana bir yo'nalishi, ya’ni rivojlan- gan mamlakatlardan rivojlanayotgan yoki o‘tish davri iqtisodiyotli davlatlarga migratsiya uchrasa-da, bu yo‘nalishni tanlovchi migrant- lar soni unchalik ko‘pchilikni tashkil etmaydi va ular TMKlaming shoxobchalari va shu’ba korxonalarida band bo‘lgan kadrlar, turli xayriya tashkilotlari va fondlari a’zolari, shuningdek, sarguzasht izlov- chilar hamda tavakkalchilardan iborat. Ishchi kuchini o‘ziga tortuvchi markazlar ichida eng yirik va uch yuz yildan beri mavjud bo‘lgan markaz Shimoliy Amerika (AQSh va Kanada) hisoblanadi. Amerika- lik statistlaming maMumotlariga ko‘ra, 90-yillar davomida AQShga belgilangan kvota 675 ming kishi bo‘lishiga qaramay yiliga 1 mln.dan ortiq migrantlar kirib borgan. 2017-yilda AQShga 49,8 mln immigrant kelgan bo‘lib, ulardan Meksika 12,7 mln (25%)ni, Xitoy 2,4 mln (5%) ni, Hindiston 2,3 mln (5%)ni, Filippin 2,1 mln (4%)ni, Puerto-Riko 1,9 mln (4%)ni, V'etnam 1,4 mln (3%)ni, Salvador 1,4 mln (3%)ni, Kuba 1,3 mln (2%)ni, Janubiy Koreya 1,2 mln (2%) va boshqa mamlakatlar 23,2 mln (47%)ni tashkil etdi.
Migrantlami o‘ziga tortuvchi boshqa bir «ohanrabo» Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridir. Ularga xorijiy ishchi kuchi jami aylanmasining to‘rtdan bir qismidan ko‘progi to‘g‘ri keladi. Bu hududda Fransiya (mamla- kat aholisining 8 foizi xorijliklar), Germaniya (7,5 foiz) yetakchilik qilmoqda. Bulardan tashqari Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Avstriya ham ishchi kuchi qabul qilishda oldingi o‘rinlarda turadi. Mehnat migratsiyasining uchinchi yirik markaz - Avstraliyadir. Avstraliya hukumati mamlakat hududining katta qismida aholi zichligi darajasi pastligi va uning tarkibida xitoy etnosining ulushi ko‘payib borayotganidan xavotirda. Shuning uchun ham Kanberra tomonidan Avstraliya mamlakatiga - qit’aga oq irqga mansub aholini, asosan fertil (turmush qurish va farzand ko‘rishga qodir) yoshdagi ayollami ko‘chib o'tishini rag‘batlantirish borasida chora-tadbirlar majmuini e’lon qilgan.
Muhim migratsiya markazlaridan biri sifatida Isroilni esga olishi- miz ham maqsadga muvofiq. Isroil barcha yahudiylami o‘zlarining tarixiy vatanlariga qaytarishga harakat qilmoqda. Yahudiylaming «Jannatmakon yer»ga migratsiyasi umuman olganda siyosiy sabablar tufayli bo‘lsa-da, uning iqtisodiy jihatlari ham mavjud, turmush darajasi past bo‘lgan mamlakatlardan Isroilga kelayotgan migrantlar oqimining jadalligi ham bundan dalolat berib turibdi.
Keyingi yigirma yil ichida migrantlami o‘ziga jalb etuvchi yangi markazlar vujudga keldi. Ulaming ichida Fors ko‘rfazi mamlakat- lari (Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirligi) va Lotin Amerikasi (Argentina, Braziliya, Meksika) hamda Osiyoning (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tayvan) yangi industrial mamlakatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Affika qit'asida esa bunday markaz JAR hisoblanadi.
MDH doirasida Rossiya yirik markaz bo‘lsa-da, u ham eksportyor, ham importyor mamlakat sanaladi. Rossiyadan MDHdan tashqari ishchi kuchi eksport qilinsa (yiliga 10 ming kishi), MDH mamlakatlaridan, asosan, Ukraina, Belorusiya, Moldaviya, Qozog‘istondan (yiliga 300- 500 ming kishi) import qilinadi.
Xalqaro migratsiya aylanmasi tarkibini tushunib yetish uchun meh- nat migratsiyasining ko‘rinishlarini belgilab chiqish zarur, ulami turli mezonlarga ko‘ra sinflash mumkin. Migratsiyasining asosiy ko‘rinish- lari quyidagilar:

  • davomiyligiga ko‘ra, vaqtinchalik, mavsumiy va doimiy;

  • ijtimoiy tarkibiga ko‘ra, malakasiz ishchilar, o‘rta texnik va servis xodimlari, talabalar (ta'til paytida), mutaxassislar, fan, madaniyat va sport arboblari, tadbirkorlar;

  • tabiatiga ko‘ra, bevosita va bilvosita (TMK doirasida firma ichida);

  • mehnat shartnomasi ko‘rinishiga ko‘ra, shaxsiy va jamoaviy;

  • qabul qiluvchi mamlakatda xuquqiy holatga ko‘ra, assimilyatsion (keyinchalik fuqarolik berilishi) va neassimilyatsion.

Xalqaro statistika ma’lumotlariga ko‘ra, migrantlaming asosiy qismini ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan kam malakali ishchilar tashkil etadi. Shunday bo‘lsa-da, mutaxassislaming, ya’ni TMKlar tuzilmasida e’tiborli va yuqori haq to‘lanadigan man- sablami egallagan yuqori malakali ishchi kuchining migratsion oqimi o‘sib bormoqda (gap «aqllilaming ketib qolishi» to‘g‘risida bormoq- da). Bundan tashqari yildan-yilga Yevropa Ittifoqi kabi integratsion birlashmalarda ayollar va yoshlaming safarbarligi kuchaymoqda.
XIMda migratsiya oqimlarini kuchayib borishi tufayli ulaming qabul qilib oluvchi va jo‘natuvchi davlatlar iqtisodiyotiga ta’siri yanada sezilarli bo‘lib bormoqda. Shiming uchun jahon ishchi kuchi bozorini ana shu nuqtayi nazardan ko‘rib chiqish joiz.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish