Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


§ 4.4. Xalqaro ishchi knchi migratsiyasining milliy iqtisodiyotga ta’siri



Download 2,2 Mb.
bet84/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

§ 4.4. Xalqaro ishchi knchi migratsiyasining
milliy iqtisodiyotga ta’siri

Ishchi kuchi ko‘chib yurishining iqtisodiy sababi mehnatga to‘la- nadigan haqning turli davlatlarda turlichaligidir. Xalqaro ishchi kuchi harakatining asosiy bosh sababi, demak, turli davlatlarda o‘rtacha real ish haqi darajasining har xilligida.


4.4.1-rasm. Mehnat migratsiyasming iqtisodiy samaradorligi.

Tasavvur qilamizki dunyoda «A» va «B» davlatlari mavjud. «A» davlat LA miqdorda mehnat resurslari bilan, “B” davlat esa AL* miq- dorida resurslar bilan ta’minlangan. Ikkala davlatning umumiy mehnat resurslari LL* ga tengdir.


S1 va S2 to‘g‘ri chiziqlari, bu - ishchi kuchi evaziga yaratilgan mahsulot hajmi. Agarda, xalqaro mehnat migratsiyasi namoyon bo‘1- masa, «A» davlat ichki mehnat resurslari zaxirasidan foydalanib ular- ga o‘rtacha real ish haqi LC toTaydi. «B» davlat ham o‘z mehnat re- surslari zaxirasidan foydalanib L*D miqdorida o‘rtacha real ish haqi toTaydi. «A» davlat bor ichki mehnat resurslaridan foydalangan holda a+b+c+d+e miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi. «B» davlatning ishlab chiqaradigan mahsuloti hajmi i+j+k ga teng boTadi. “B” davlat “A” davlatga qaraganda ishchi kuchiga birmuncha ko‘p haq toTamoqda. LCDavlatlaming real o‘rtacha ish haqlari turlicha boTganligi mu- nosabati bilan “A” davlatning bir qism AB ishchilari “B” davlatga
o'tishadi. Natijada, ikkala davlatning ish haqi darajalari BR muvozanat holatga erishadi. “A” davlatda qolgan mehnat resurslari va “B” davlat- ga ishlash uchun ketgan ishchi kuchi evaziga yaratilgan yalpi mahsulot hajmi a+b+c+d+e+h ga ko‘paygan. Bu yerda a+b+c+d “A” davlatdan ketmagan ishchi kuchiga tegishli yaratilgan mahsulot bo‘lsa, e+h “B” davlatga emigratsiya qilingan ishchi kuchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini tashkil etadi. Rasmga e’tibomi qaratadigan bo‘lsak, “A” davlat, mehnat unumdorligini oshirgani holda va ko‘chib o‘tgan ishchilar tomonidan yaratilgan yalpi mahsulot x segmentiga ortgan. Bu esa ishlovehilar daromadini oshishiga olib kelmoqda. “B” davlat- dagi o‘zgarishni qaraydigan boisak, “A” davlatdan kelgan migrantlar hisobiga, “B” davlatning o‘rtacha real ish haqi L*D dan L*F=BR gacha pasayganligi kuzatiladi. Ammo o‘z navbatida “B” davlatda yaratilgan ichki mahsulot hajmi i+j+h dan i+j+h+g+e ga ko‘paygan. Bunda h+e segmentlar, xorijiy ishchi kuchidan yaratilgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladi va bir qismi daromaddan ushlab qolinadigan soliqni ayirib tash- lagan holda xorijiy ishchi kuchiga maosh tarzida to‘lanadi. Sof ichki ishlab chiqarish hajmi esa 8 ~ segmentni tashkil etadi. Real o‘rtacha ish haqi darajasi pasayganligi munosabati bilan “V” davlatdagi ishlovchi- lar daromadlari j+k ga qisqaradi. Boshqa ishlab chiqarish omillari eg- alarining daromadi i-dan i+g+j ga ko‘tariladi. Bir davlatdan ikkinchi davlatga ishchilami migratsiya qilish natijasida yaratilgan yalpi umu- miy ishlab chiqarish hajmi [a+b+c+d+e] + [k+j+I] dan [a+b+c+d] + [e+g+h+i+j+k] ga ko‘paygan. Bu yerda h, “A” davlatning bir qism mehnat resurslarining “B” davlatga emigratsiya qilish tufayli va qolgan ishchi kuchidan samarali foydalangan holda oshirilgan ishlab chiqarish hajmini anglatadi. g- segment esa “B” davlatning, xorijiy ishchi kuchi- dan foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir. Shunday qilib, ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi tufayli ikkala davlat xam o‘zaro manfaatli natijalarga erishishga muyassar bo‘lishdi.
Oʻzbekiston ham xalqaro savdo va moliya-kredit munosabatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda ishchi kuchining xalqaro migratsiyasida o‘zining ishtirokini kengaytirmog‘i lozim.
§ 4.5. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasining
eksportyor-importyor mamlakatlarga iqtisodiy ta’siri

Xalqaro xuquqiy hujjatlarda ishsizlikni kamaytirish, emigrant-ishchi- lardan valyuta mablag‘larining kirib kelishi, qabul qiluvchi mamlakatda ulaiga yetarli darajadagi tunnush sharoitini ta’minlashga ko‘mak berish uchun emigratsion siyosat olib borilishi qayd etiladi. Migrantlaming asosiy qismini 30-40 yoshdagilar tashkil etadi, ulaming xorijga chiqi- shi ichki mehnat bozoridagi raqobatni yumshatish imkoniyatini beradi. Binobarin, milliy iqtisodiyotning beqarorligi sharoitida ijtimoiy kes- kinlik yumshatiladi.
Emigrantlarning o‘tkazmalaridan kelib tushadigan valyuta mab- lag‘lari jahondagi asosiy ishchi kuchi eksportyorlari (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlari, shuningdek, ba’zi sobiq sotsialistik davlatlar) uchun milliardlab dollar bilan o‘lchanadi. Bun- day mamlakatlar o‘ntacha atrofida. Oʻttizdan ko6proq mamlakat yiliga 100 va xmdan ko‘proq million dollar miqdorida emigrantlaming pul o‘tkazmalarini oladi. Bunda kanal orqali valyuta daromadlari olishda ishlab chiqarish xarajatlari bilan kuzatilmaydi, zero bunday xarajatlar tovar savdosiga xosdir. Natijada, ishchi kuchi eksportidan iqtisodiy samara tovarlar yoki xizmatlar savdosidagidan taxminan besh marta yuqori bo‘ladi. Mutaxassislar migrantlaming chet elga chiqishidan ke- ladigan valyuta daromadlarining beshta manbasini ko‘rsatib o‘tishadi: vositachi-firmalar foydasidan soliqlar, migrantlaming o‘z yurtiga pul o‘tkazmalaridan soliqlar, migrantlaming shaxsiy investitsiyalashlari, ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlardan eksportyor mamlakat- larga davlarlararo kanallar orqali kelib tushadigan kapitallar, xayriya fondlari va xalqaro tashkilotlaming subsidiyalari.
Bundan tashqari, migrantlar chet elda ishlab qaytgandan so‘ng, odatda ikki-yetti yil davomida valyuta o‘tkazmalariga ekvivalent miq- dorda qimmatli buyumlar va jamg‘armalar olib kelishadi. Ishchi ku- chi eksportining o‘ziga xos ijobiy tomonlariga uzoq vaqt davom etgan xorijiy faoliyatdan so‘ng bu ishchilaming umumiy kasb mahorati dara- jasi ortadi va ular o‘z vatanlarida iqtisodiy hayotning yangi sohalarida ishlashga tayyor bo‘lishini kiritish mumkin.
Ishchi kuchining chet elga yuborilishining salbiy jihatlari ichida eng asosiysi mehnatga layoqatli va yuqori malakali mutaxassislaming yo‘qotilishi hisoblanadi.
Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlar, odatda, migrantlar soni va sifatiy tarkibini tartibga solib bomvchi iqtisodiy jihatdan rivojlan- gan davlatlardir. Tartibga solish dastaklari sifatida immigratsion kvota- lar va turli cheklashlardan (nrigrantning yoshi, maTumotlilik saviyasi, kasb mahorati darajasi, sogTigi kabilar) foydalaniladi. Shuning uchun xam xorijdan ishchi kuchini jalb etishga tanlov tamoyilidan foydalanish to‘g‘risida gapirish mumkin.
Ichki mehnat bozorida qo‘shimcha ishchi kuchini paydo boTi- shining shubhasiz ijobiy jihatlariga quyidagilami kiritish mumkin:

  • immigrantlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlaming xara- jatlami kamayishi (xorijliklar importyor-mamlakat fuqarolariga nis- batan faolroq va kamroq ish haqiga ishlashga tayyor boTishadi) hiso- biga raqobatbardoshligi oshadi;

  • migrant-ishchilar tomonidan tovar va xizmatlarga ichki talabning rag‘batlantirilishi;

  • malakali mutaxasssislar tayyorlash, ijtimoiy dasturlar, shuning- dek, boshqa davlatlardan patentlar, litsenziyalar va nou-xaular sotib olishga zarur mablagTami tejalishi;

  • ishchi kuchi taklifi sohasida raqobatni kuchaytirish orqali ichki mehnat bozoriga qo‘shimcha egiluvchanlikni berish.

Biroq ishchi kuchini eksport qilishdagi singari uning importida xam salbiy jihatlar mavjud. Xususan, rezidentlar va migrantlar o‘rtasidagi ish joyi uchun qo‘shimcha raqobat ishsizlikning kuchayishiga olib keladi. Immigrantlar oqimini kengayishi bilan bogTiq ravishda mam- lakatdan valyuta mablagTarining xorijga chiqib ketishi ortib boradi. Bundan tashqari, xorijiy ishchi kuchi, ayniqsa, afrikalik va osiyoliklar G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada milliy, irqiy va diniy negiz- dagi to‘qnashuvlami keltirib chiqaradi, iqtisodiyot kriminallashadi.
Shunday qilib, migratsiya jarayonlarining jahon mamlakatlari iqti- sodiyotiga ta’siri yetarli darajada ziddiyatlidir, uning salbiy va ijobiy tomonlarini nisbiy baholash mazkur mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning XIM tizimidagi holatiga bevosita bogTiq boTadi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish