Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Download 2,2 Mb.
bet82/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

Davlatlar
guruhlari

Ishsizfar (mln.kishi)

Ishsizlik darajasi (%)




2016

2017

2018

2016

2017

2018

Dunyo

197,7

201,1

203,8

5,7

5,8

5,8

Rivojlangan
davlatlar

38,6

37,9

38,0

6,3

6,2

6,2

Bozor iqtisodi
shakllanayotgan
davlatlar

143,4

147,0

149,2

5,6

5,7

5,7

Rivojlanayotgan
davlatlar

15,7

16,1

16,6

5,6

5,5

5,5




Rivojlanayotgan mamlakatlarda ishsizlar sonini aniqlash hozirgi kunda eng qiyin muammolardan biri bo‘lib turibdi. Xalqaro Mehnat tashkilotining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2003-yilda sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ishsizlaming umumiy soni 600 mln. kishidan ortib, bu Yer shari aholisining 1 Odan bir qismini tashkil qilgan. Hozirgi lcunda ishsizlik ko‘rsatkichi dunyo bo‘yicha 203,8 mln. kishini tashkil etadi va yuqori ko‘rsatkichlar Italiyada 11.21 foizni, Turkiyada 11,26 foizni, Braziliyada 13,32 foizni, Ispaniyada 17,22 foizni va JAR 27,33 foizni tashkil etmoqda.



Davlatlar
guruhlari

Ijtimoiy
himoyalanmagan bandlik salmogi (%)

Ishlayotgan kambag‘allar salmog‘i (%>




2016

2017

2018

2016

2017

2018

Duuyo

42,9

42,8

42,7

29,4

28,7

28,1

Rivojlangan
davlatiar

10,1

10,1

10,0

-

-

-

Bozor iqtisodi shakllanayotgan davlatlar

46,8

46,5

46,2

25,0

24,3

23,7

Rivojlanayotgan
davlatlar

78,9

78,7

78,5

69,0

67,9

66,7




§ 4.2. Jahon ishchi kuchi bozorining mohiyati


va paydo bo‘lish sabablari

Jahon aholisi yoshiga bogTiq ravishda ikki tipdagi odamlami o‘z ichiga oladi: mehnatga layoqatli - 15-60 yoshlilar, mehnatga layoqatsiz - bolalar va qariyalar. Aholi umumiy hajmining taxminan 70 foizi birinchi tipga tegishli, biroq bu ulush turli hududlarda o‘zgarib turadi. Masalan, Osiyo va Afrikada voyaga yetmaganlar, Yevropa va Shimoliy Amerikada qariyalar ulushi yuqoriroq.
Olz navbatida, mehnatga layoqatli aholi ham ikkiga ajratiladi: iqtisodiy faol va faol boTmaganlar. Uy bekalari, talabalar (ta’til paytida), davlat qaramogTdagi fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi boTmaganlar iqtisodiy faol boTmaganlar qatoriga kiradi. Bizni iqtisodiy faol aholi, ya’ni mehnatga layoqatli va unga intiluvchi odamlar qiziqtiradi. Fu- qarolaming aynan shu toifasi mamlakat ichkarisida va xorijdan ish qidirish jarayonida faol ishtirok etadi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi uzoq tarixga ega bo‘lsa-da, fa- qatgina XX asrga kelib ishlab chiqarish omillari harakatining yetakchi ko‘rinishlaridan biriga, binobarin XIMning alohida sohasiga aylandi.
Buni quyidagi sabablar bilan bog6lash mumkin:

  • xo'jalik hayotining baynalmilallashuvi;

  • ijtimoiy-demografik o‘zgarishlar;

  • fan-texnika va axborot sohasidagi inqilob;

  • integratsiya jarayonlarining rivojlanishi;

  • transmilliy korporatsiyalar faoliyati.

Bu barcha omillar mehnatga layoqatli aholining harakatchanligi- ning kuchayishiga sababchi bo‘ldi, zero insonlar mamlakatlar va qit’ala- raro ko‘chish uchun rivojlangan kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanishadi. Hozirgi kunga kelib jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) vujudga keldiki, bu bozor asosini milliy xo‘jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlaming darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakat- lar va hududlar o‘rtasida jami migratsiya aylanmasi tashkil etadi. XX asming oxiriga kelib mehnatkash-migrantlaming bir yildagi o‘rtacha miqdori 35 mln. kishiga yetdi (1960-yilda 3,5 mln.). JIKB faqatgina migrantlami emas, balki turli darajadagi migratsiya xizmatlarini, shuningdek, xorijiy mehnatkashlar xuquqiy statusi, ulaming mehnatini himoyalash, ularga ijtimoiy kafolatlar berish va boshqa masalalar bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlami ham o‘z ichiga oladi.
BMTning aholi migratsiyasi bo‘yicha 2017-yil hisobotida 2017- yilda 2000-yilga nisbatan migrantlar soni 2 barobarga oshgani va 258 mln. kishini tashkil etishi keltirilgan. 2017-yilda 2016-yilga nisbatan xalqaro migratsiya soni 49%ga o‘sgan. Joriy yilda migrantlar soni dunyo aholisi soniga nisbatan ulushining 2,8% dan 3,4%ga o‘sishiga olib keldi. 2017-yildagi 258 mln. migrantlaming asosiy qismi qonuniy yo‘l bilan boshqa davlatga ishlash uchun boruvchilar hisoblanadi. Kelgusida migratsiya sonining o‘sishiga iqlim sharoitining o‘zgarishi bilan bog‘liq demografik tendensiyalar ham ta’sir ko‘rsatishi taxmin qilinmoqda. 258 mln. migrantlaming tug‘ilgan joyi: Osiyoda—106 mln. kishi (41,1%); Evropada — 61 mln. kishi (23,6%); Lotin Amerikada va Karib orollarida - 38 mln. kishi (14,7%); Afrikada - 36 mln. kishi (14,0%); Shimoliy Amerikada-4 mln. kishi (1,6%) va Okeaniyada - 2 mln. kishi (0,8%).
Xalqaro aholi migratsiyasi bo‘yicha 2017-yilgi holatiga ko‘ra 2017-yilda migrantlaming iqtisodiyot rivojiga hissasi - ular tomonidan dimyo bo‘yicha 596 mlrd. AQSh dollari miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirildi (2016 — $423 mlrd.). Ushbu summaning 450 mlrd. AQSh dollari (75,%i) rivojlanayotgan mamlakatlarga o‘tkazildi. XVF ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda dunyo YalM 3,7% ga o‘sdi va umumiy 94028,24 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. 2017-yildagi 258 mln. migrantlaming 50%i 10 ta mamlakatda, 67%i 20 ta mamlakatda yashaydi. Ikki davlat o‘rtasidagi migratsion harakat “ikki tomonlama koridor” («bilateral corridors») deb nomlanadi. Masalan, 2017-yilda eng yirik “ikki tomonlama koridor” AQSh va Meksika o'rtasida yuz berdi. Bunda Meksikada tug'ilib, xorijda yashovchilaming (12,7 mln. kishi) 98%i AQShda joylashgan edi.
Mazkur mavzuda aholining ko‘chishi jarayonlari ichida ijtimoiy- iqtisodiy maqsadlar keltirib chiqargan mehnat migratsiyasi to‘g‘risida so‘z boradi. Fuqarolami o‘z vatanidan tashqarida ish qidirishga majbur etuvchi omillar ichida eng asosiysi turmush darajasini yaxshilash va o‘z qobiliyatlaridan unumli foydalanishga intilishlari hisoblanadi. Ayni paytda ishsizlik, qishloq xo‘jaligida aholining ko‘payib ketishi kabi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ham yashash joyini vaqtincha yoki doimiy o‘zgartirishga sababchi bo‘ladi.
Hozirgi paytda davlatlar mehnat migratsiyasini tartibga solish bora- sida o‘z harakatlarini kuchaytirib borishmoqda. Migrantlami jo‘na- tuvchi (eksportyor-mamlakatlar) va qabul qiluvchi (importyor-mam- lakatlar) tomonlaming o‘zaro manfaatlarini huquqiy ifodasi odatda ikki va ko‘p tomonlama kelishuvlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu sohada xalqaro konvensiyalami tayyorlashda aholi bo'yicha BMT Komissiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot kabi global tashkilotlar sezilarli ko‘mak berib kelmoqda. Ishchi-migrantlar huquqlarini himoya qilish bilan shug'ullanuvchi hududiy tuzilmalaiga misol sifatida G‘arbiy Evropadagi Migratsiya masalalari bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitani keltirish mumkin. JIKB doirasidagi munosabatlami tartibga solishning asosiy xalqaro me'yoriy hujjatlari Xalqaro mehnat tashkilotining 1962-, 1975-, 1982-yillardagi Konventsiyalari hisoblanadi. Bu hujjatlaming moddalari migrantlami yollash, ulaming huquqlarini kafolatlash, migratsiyaning yashirish ka- nallari bilan kurashish kabi masalalami tartibga soladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish