Terrorizm muammosi



Download 443,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana24.01.2022
Hajmi443,78 Kb.
#408170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2- мавзу. маъруза

johiliya

 

tushunchasini ilgari surgan holda, uni bosh mezonga aylantirgan. U arab 



tarixidagi  islomgacha  bo„lgan,  «Olloh  so„zi»  noma‟lum  bo„lgan  davrga 

oid  tarixnavislikda  qo„llaniladi.  S.Qutbning  fikricha,  insoniyat  izchil 

tarzda  yangi 

johiliyaga 

mahkum  etilgan



.

  U  arab,  g„arb  va  sotsialistik 

tizimlarni  «varvarlik»  va  «soxta  islom»  tizimlari  sifatida  tilgan  olgan. 

S.Qutb  uchun  jamiyatdagi  yagona  qonuniy  hokimiyat  –  bu  Alloh 

                                                 

4

  Qarang:  Коран,  15:20;  Маудуди,  С.А.А.  Политическая  теория  ислама.  Основы  ислама  // 



Отечественные записки. – Москва, 2003. – №5.; Sayyid [Sayed] Abul A„la Maudidi. Political 

Theory of Islam.-Lahore: Islamic Publications Limited, 1976. – Р.4 – 22. 




 

13 


hokimiyatidir.  Musulmonlar  va  ularning  «dushmanlari»  o„rtasidagi 

kurashni  u  g„oyaviy,  siyosiy,  iqtisodiy  va  harbiy  qarama-qarshilikda 

ko„rgan.  Islom,  S.Qutbning  fikricha,  bu  «inson  erkinligi  idealini 

amaliyotga  tatbiq  etish  va  tashkiliy  harakat  shaklini  ifodalashga 

yo„naltirigan  uslubir».  Islomiy  bo„lmagan  jamiyat  va  hayot  tarzi  mazkur 

dinga  tarafdorlarining  shaxsiy  ko„rsatmalar  asosida  faoliyat  yuritishini 

ta‟minlashga  to„sqinlik  qiladi.  Tabiiyki,  islom  uchun  insoniyat  erkinligi 

uchun  to„sqinlik  qiluvchi  barcha  ijtimoiy  tizimlarga  yakun  yasash 

muhimdir.  Shu  yo„l  bilangina  Tangri  butun  olamda  to„la  hukmronlik 

o„rnatishi  mumkin».  Uning  konsepsiyasi  yuzasidan  «islom  tartiboti»ni 

qurolli jihod yo„li bilangina o„rnatish mumkin. 

Ushbu tashkilotlar tez orada musulmon olamida shuhrat qozonib, turli 

davlatlarda  ko„psonli  bo„limlar  shaklida  keng  tarqaldi.  «Birodar- 

musulmonlar» Sudan, Suriya, Iordaniya, Fors ko„rfazi va Afrikaning arab 

davlatlarida  keng  shuhrat  qozongan.  «Djamoat-e  islomi»  Hindiston, 

Pokiston, Afg„oniston va Bangladeshda ommaviy asos kasb etdi. 

Dj.Espozitoning  fikricha,  mazkur  tashkilot  asoschilari  «zamonaviy 

islom revayvalizmi arxitektorlari, jamiyatni isloh etish g„oya va usullari 

batafsil  o„rganilib,  Sudandan  to  Indoneziyagacha  bo„lgan  keng 

maydonda taqlid predmeti sifatida xizmat qiluvchi kishilar edi». Mazkur 

tashkilot rahnamolari o„z konsepsiyalarini shakllantirgan bo„lib, ulardagi 

islom qonunlari zamonaviy jarayonlarga moslashtirilgan edi. Qur‟on va 

sunnat  nufuziga  tayangan  holda,  ular  nazariy  jihatdan  islom  doktrinasi 

va  g„arb  va  sotsialistik  taraqqiyot  yo„liga  alternativ  bo„lgan  asosga 

tanuvchi  ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyotning  «o„ziga  xos,  uchinchi  yo„lini» 

ishlab chiqdilar. 

XVIII-XIX asrlardagi fundamentalistik harakat «an‟analari»ga amal 

qilgan  holda,  ular  musulmon  jamiyatlari  inqirozini  tanqid  ostiga  olib, 

zamonaviy  sivilizatsiyaning  barcha  yutuqlaridan  islom  qonunlarining 

zamonaviy  talqiniga  asoslangan  islom  jamiyatining  ijtimoiy-siyosiy 

tuzilmalarini tuzishda foydalanishga chaqirganlar. 

X.al-Banna, A.Maududiy va S.Kutb islom qadriyatlariga asoslangan 

qudratli  islohotchilar  harakatini  yaratish  ustida  faol  ish  olib  borganlar. 

Unga  yoshlar,  talabalar,  o„qituvchilar,  ziyolilar,  tijoratchilar  va  davlat 

xizmatchilarini,  shahar  jamiyatining  o„rta  qatlamini  jalb  etganlar.  Shu 

tariqa,  zamonaviy  bilimga  ega  bo„lgan,  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy 

muammolaridan  yaxshi  xabardor  bo„lgan,  ammo  shu  bilan  bir  vaqtda 

chuqur  «islomiy»  kayfiyatdagi  kishilarni  «ijtimoiy  qatlamga  ajratish» 

jarayoni  intensiv  ravishda  olib  borildi.  Mazkur  ijtimoiy  asos  mazkur 



 

14 


tashkilot  yetakchilariga  uzoq  muddatli  maqsadlarini  –  ya‟ni  musulmon 

davlatlarining  jamoatchilik,  siyosiy,  iqtisodiy  va  g„oyaviy  ustunlarini 

izchil  ravishda  va  ketma-ketlikda  islomiylashtirishga  qaratilgan  «islom 

inqilobi»ni amalga oshirishga xizmat qilishi darkor edi.  

Islom  reformatorlik  harakatidagi  keskin  o„zgarishlarga  sabab 

bo„lgan  tashqi  omillar  ta‟siri  xususida  alohida  to„xtalish  joiz.  Mazkur 

jarayonda,  avvalo arab  olamining  qaqshatqich  mag„lubiyatini  namoyish 

etgan  1967  yilgi  Arab-Isroil  mojarosi,  1973  yilda  A.Sadatning  Misr 

prezidenti  lavozimini  egallashi  hamda  isroilliklarga  qarshi  «muqaddas 

urush»ning  boshlanishi  muhim  rol  o„ynadi.  Isroil  bilan  urushdagi 

mag„lubiyat,  Falastin  va  arab  yerlarining  bir  qismining  bosib  olinishi 

islom  fundamentalistlarini  mazkur  inqirozning  ichki  omillarini 

aniqlashga  undadi.  Bunda  «to„g„ri  yo„ldan  chekinish»  natijasida  yuz 

bergan  arab  davlatlari  «tanazzuli»  asosiy  sabab  sifatida  ko„rsatildi. 

Islomchilarning  fikricha,  musulmon  davlatlarining  islom  qadriyatlariga 

qaytishi va shaxsiy hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda ularga og„ishmasdan 

amal qilinishigina musulmonlarni qutqarishi  mumkin. Bunda islomning 

me‟yor va qadriyatlari axloqiy va g„oyaviy asos ekani bilan bog„liq shart 

asosida  ilmiy-texnik  taraqqiyot  va  uning  G„arb  ta‟siri  ostida  erishilgan 

amaliy qiymati inkor etilmadi. 

Boshqa  tashqi  ta‟sir  omili  sifatida  1978-79  yillarda  Eronda  yuz 

bergan  islom  inqilobini  keltirish  mumkin.  Uning  natijasida  shox 

hokimiyati  ag„darilib,  konstitutsiyaga  asoslangan  va  din  arboblariga 

alohida  huquq  beruvchi  Eron  Islom  Respublikasi  (EIR)ga  asos  solindi. 

Ko„plab tadqiqotchilarning fikricha, Erondagi islom inqilobi o„n yilliklar 

davomida  Yaqin  va  O„rta  Sharqda  kuzatilgan  siyosiy  va  etnik 

jarayonlarning  ob‟ektiv  oqibati  edi.  U  musulmon  olamiga  kuchli  ta‟sir 

ko„rsatgan  bo„lib,  mazkur  voqelik  islomning  tiklanish  harakati  tarixida 

muhim rol o„ynadi. Espozitoning fikricha, Eron inqilobi musulmonlarda 

o„z  diniga  nisbatan  ishonchning  ortishi  hamda  o„z  e‟tiqodi  qonunlariga 

amal  qilgan  holda,  «islomning  oltin  davri  –  Muhammad  payg„ambar 

davri»ga  qaytishga  bo„lgan  umid  uchqunlarini  yuzaga  keltirdi.  Eron 

inqilobining 

zamonaviy 

islom 

fundamentalizmi 



g„oyasining 

shakllanishiga  ko„rsatgan  ta‟siriga  keladigan  bo„lsak,  bunda  iqtisodiy 

manfaatlari o„zaro nomutanosib bo„lgan aholining turli ijtimoiy qatlami 

vakillarini  o„zaro  birlashtira  olgan  islom  shiorlariga  alohida  e‟tibor 

qaratish darkor. 

Eron inqilobining din peshvolaridan Oyatullo Humayniy islomning 

ilk  bor  G„arb  va  butun  dunyoga  bo„lgan  qarshiligini  oshkor  etibgina 

qolmay, balki «Qonun boshqaruvi» sifatida islom davlati konsepsiyasini 

ham  shakllantirdi.  Zero,  u  «mazkur  qonun  inson  yoki  kishilar  guruhi 



 

15 


tomonidan  qabul  qilinmay,  balki  Qudratli  zot  Olloh  tomonidan 

yaratilganini»  ta‟kidlagan.  Mazkur  qonun  davlat  rahbari,  parlament 

a‟zolari,  ijroiya  hokimiyati,  sud  hokimiyati  va  xalq  uchun  teng  asosda 

dahldordir.  Islom  boshqaruvi  shaklida  Payg„ambar,  xalifalar  va 

boshqalar  Olloh  qonunlariga  amal  qilganlar,  mazkur  jarayon  Oxiratga 

qadar davom etadi». 

Eron  islom  inqilobining  mazkur  farazlari,  dunyoning  g„oyaviy  va 

siyosiy qutblashuvi hamda «teokratik» islom davlati va «inqilobiy islom 

eksporti»ni yaratish ehtiyoji bugungi kunda ko„plab fundamentalistik va 

diniy  ekstremistik  guruhlar  uchun  o„ziga  xos  belgi  vazifasini  o„tab 

kelmoqda. 

Shunday qilib, islom fundamentalizmi diniy-siyosiy oqim sifatida arab 

davlatlarining  tarixiy  taraqqiyotidagi  muayyan  ichki  va  tashqi  omillar 

mevasiga aylandi. Uning g„oyaviy asoschilari aholining keng qatlami uchun 

tushunarli  bo„lgan  konsepsiyalarni  yaratgan  holda,  bir  vaqtning  o„zida 

davlatning  tarixiy  taraqqiyotiga  bo„lgan  ishonchini  yo„qotgan  milliy 

ziyolilarning so„rovlariga to„la javob bera boshladilar. 

Radikal islom fundamentalistlari panislamizm va reformatorlikning 

g„oya  va  shiorlarini  o„zgartirgan  holda,  barcha  musulmonlarni 

birlashtiruvchi va «islomning tiklanishi» g„oyasiga asoslanuvchi yagona 

ideal  davlatchilikni  shakllantirish  maqsadini  ilgari  surdilar.  Musulmon 

yetakchilari  va  g„oyaviy  asoschilari  tomonidan  taraqqiyotning  turli 

davrlarida  ilgari  surilgan  islomni  isloh  etish  modellari  1960-70-yillarda 

yuz bergan yechimsiz vaziyatlarda uzib qo„yildi. Ayni shu davrda islom 

fundamentalizmi  siyosiy  va  jismoniy  zo„ravonlikka  asoslangan  radikal 

diniy harakatlarga aylantirildi. 

Islomning  siyosat,  iqtisod,  qonunchilik  tizimi,  ta‟lim  va  jamiyat 

hayotining  deyarli  barcha  sohalaridagi  roli  masalasi  ko„plab  musulmon 

davlatlaridagi  dolzarb  muammolardan  biriga  aylantirildi.  Musulmon 

davlatlaridagi  «islomning  uyg„onishi»  va  dinning  siyosiylashuvi 

masalasi  ko„plab  tadqiqotchilar  tomonidan  batafsil  yoritilgan.  Bunda 

«islomning uyg„onishi» borasidagi bahslarda musulmonlarning bugungi 

kun  hamda  tarixiy  va  diniy-ma‟naviy  o„tmishga  bir  xilda  mos  keluvchi 

hayotbaxsh  siyosiy  va  ijtimoiy  sintezni  amalga  oshira  olmaganliklari 

borasidagi konsensus ilgari surilgan. Musulmon davlatlaridagi ijtimoiy-

siyosiy  bahslarda  ko„plab  musulmon  hukumatlarining  samarasizligi, 

milliy  va  sotsialistik  g„oyalar  inqirozi,  g„arb  qadriyatlariga  bo„lgan 

ishonchsizlik hamda o„zlikni anglashga bo„lgan intilishga doir masalalar 

ko„tarildi. 



 

16 


Bugungi  kunga  kelib,  musulmon  ummatining  «chetga  chiqib 

qolgani» yohud «inqirozni boshdan kechirayotgani», shuningdek, «g„arb 

andozasi»ga  asoslangan  demokratiyadan  tortib,  nosir-baasistik  «davlat 

sotsializmi»  bilan  yakun  topgan  boshqaruv  shakllarining  inqirozi 

ko„plab  musulmonlarni  islom  tamoyillaridan  chekinishi  bilan  bog„liq 

ekani borasidagi xulosaga kelishiga sabab bo„ldi. Islom  tamoyillarining 

tiklanishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa muammolarning yechimi 

sifatida ko„rila boshladi. Shunday qilib, islom fundamentalizmi inqirozni 

yengish  yo„llarini  axtarish  faol  kechayotgan  musulmon  tafakkurida 

yetakchi rol o„ynay boshladi. 

Zamonaviy  tendensiyalar  islom  omilining  turli  mintaqalardagi 

siyosiy  vaziyatni  shakllantirishga  intensiv  ta‟sir  ko„rsatishda  davom 

etayoganini  ko„rsatmoqda.  Misr,  Turkiya,  Sudan,  Jazoir,  Pokiston, 

Malayziya va Indoneziya kabi musulmon davlatlarida kechayotgan ichki 

siyosiy  taraqqiyot  hususiyatlari  mazkur  ta‟sirning  kuchayishiga  sabab 

bo„lmoqda.  Islom  omilining  siyosatdagi  kuchayuvi  haqida  Afg„oniston 

va  Iroqda  davom  etayotgan  qarama-qarshiliklar  sharoitida  yuz 

berayotgan siyosiy va etno-diniy jarayonlar guvohlik bermoqda. Arab va 

Osiyodagi  musulmon  davlatlaridan  Yevropa,  AQSh,  Kanada  va 

Avstraliyaga  kirib  keluvchi  muhojirlar  hisobiga  islom  va  turli  islomiy 

harakatlarning yoyilishi geografik jihatdan kengaymoqda.  

«Islom  ulg„ayishi»ning  kuchayish  jarayoni  uning  global  hususiyati 

bilan  xarakterlanib,  bugungi  kunning  muhim  g„oyaviy  harakatlaridan 

biriga  aylanmoqda.  Kelgusida  islom  omilining  xalqaro,  millatlararo  va 

jamoalararo  munosabatlarga  ta„sirining  o„sishi,  davlatlararo  islom 

tashkilotlarining  siyosiy  va  iqtisodiy  yo„nalishdagi  faolligining  ortishi 

hamda  nohukumat  islom  tashkilotlari  sonining  ko„payishini  bashorat 

qilish mumkin. 

Islomdagi  reformatorlik  harakati  asosida  yotuvchi  ko„plab  ta-

moyillar bugungi kunda ko„plab xavfsizligiga jiddiy xavf tug„dirayotgan 

radikal  fundamentalizmni  shakllantirishda  g„oyaviy  asos  bo„lib  xizmat 

qildi.  Bundan  tashqari,  islomni  xalqaro  miqyosdagi  yetakchi  kuchga 

aylantirish 

maqsadidagi 

«reinterpretatsiyasi» 

g„oyasi 


ko„plab 

tadqiqotchilarning  jahondagi  islom  radikal  harakatining  xalqaro 

siyosatning  muhim  bo„g„inlaridan  biriga  aylanishi  borasida  fikr 

yuritishga majbur qilmoqda. 



 

Download 443,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish