Terrorizm muammosi


  Diniy  fanatizm,  shahidlik  va  jihod



Download 443,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana24.01.2022
Hajmi443,78 Kb.
#408170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2- мавзу. маъруза

3.  Diniy  fanatizm,  shahidlik  va  jihod.

  Diniy  ekstremistlarning 

shakllanishiga xizmat qiluvchi omillar orasida «shahid» (e‟tiqodi yo„lida 

qurbon  bo„lgan  jafokash)ning  albatta  jannatiy  bo„lishi  bilan  bog„liq 

ishonchga asoslangan diniy fanatizmning rivojlanishini ko„rish mumkin. 

Fanatizm musulmonlar ongiga boshqa din vakillariga qarshi dushmanlik 

munosabatini  singdirmoqchi  bo„lgan  barcha  diniy  radikallar  tomonidan 

faol  qo„llaniladi.  Bundan  tashqari,  ular  «jihod»  konsepsiyalaridan 

foydalanadilar.  Diniy  islom  adabiyotlarida  mazkur  atama  zamirida 

quyidagi  shakllarda  e‟tiqod  uchun  kurash  tushuniladi:  «nafsga  qarshi 

jihod»  (shaxsiy  nojo„ya  hislatlarga  qarshi  kurash);  «til  jihodi»  (hayrli 

ishlarni  rag„batlantirish  va  yomonlarini  taqiqlash);  «qo„l  jihodi» 

(jinoyatchilarga  nisbatan  tegishli  jazo  choralarini  qo„llash);  «qilich 

jihodi»  (dinsizlarga  qarshi  harbiy  kurash).  Islom  uchun  «buyuk»  va 

«kichik  jihod»ga  an‟anasi  xos  bo„lib,  u  Payg„ambar  hadislaridan  biriga 

dahldor:  Badr  jangidan  (624  y.)  qaytgach,  u:  «Biz  kichik  jihoddan 

buyugiga  qaytdik»,  degan  edi.  Bu  mussulmonlar  uchun  harbiy  jang 

(«kichik  jihod»),  balki  kishilarning  o„zi  bilan  kurash  olib  borishi,  ya‟ni 

axloqiy komillik muhimligini («buyuk jihod») anglatadi. 

Ammo,  ekstremistlar  o„z  g„oyasi  va  faoliyatida  jihodning  aynan 

harbiy  shaklidan  foydalanadilar.  Bunda  ular  Qur‟onning  ayrim  oyatlari 

va  musulmon  mutafakkirlarining  fikrlariga  murojaat  etadilar.  Xususan, 

Maududi  yozganidek:  «jihod»  so„zi  Alloh  yo„lida  Islomga  qarshi 

dushmanlarga nisbatan olib boriluvchi urush uchun qo„llaniladi… Jihod 

musulmonlarning  kundalik  namoz  va  ro„zasi  kabi  majburiyat 

hisoblanadi. Bundan bo„yin tovlamoq, gunohdir». Mavjud g„oyalar diniy 

ekstemistlarning  muhim  g„oyaviy  vositasi  bo„lgan  jihod  shiori,  ya‟ni 

e‟tiqod uchun kurashning asosini tashkil etadi. 

Ko„plab tadqiqotchilar jihod tamoyili tarafdorlarini e‟tiqod yo„lidagi 

harbiy  kurash  tarafdorlari  yoki  «dinsizlar»ga  qarshi  kurashda  «islom 




 

fundamentalizmining  eng  radikal  tarmog„i»,  ya‟ni  «jihodizm»  a‟zolari 



sifatida  ko„radilar.  «Jihodchilar»  avvalo,  «mavjud  xalqaro  tizimni 

zo„ravonlik asosida parchalashga hamda uning zamirida islom teokratik 

davlatini  barpo  etishga  absolyut  tayyor  ekanligi»  bilan  xarakterlanadi. 

Mavjud  holat,  uning  fikricha,  «jihodizm»ning  «barcha  insoniyatning 

islomiylashuvi  falsafasi  ketma-ketligini»  ishlab  chiqqan  g„oyaviy 

asoschilaridan  kelib  chiquvchi  tahdidni  anglash  hamda  ularni  bartaraf 

etishda asos bo„lib xizmat qilishi lozim. 

Barcha  islom  fundamentalistik  guruhlari  sof  dindorlar  (musul-

monlar)ni  «dinsizlar»ga  qiyoslaydilar,  ammo  «jihodchilar»  mazkur 

qarshilikni  doimiy  va  absolyut  ekanligini  ta‟kidlaydilar.  «Jihodchilar» 

«dinsizlarni»  islomning  dushmanlari  sifatida  e‟tirof  etgan  holda,  uni 

bartaraf  etishga  intiladilar.  Shu  bois,  «jihodchilar»ning  o„zi  «dush-

man»ga  qarshi  kurashning  haqqoniy  ekaniga  shubha  qilmaydilar. 

Jumladan,  ekstremistik  qanot  izdoshlari  soxta  salafiylikda  nafaqat 

boshqa  din  vakillari,  balki  ilohiy  ko„rsatmalarga  amal  qilmaydigan 

musulmonlarga  qarshi  kurashni  targ„ib  qiladilar.  O„zini  e‟tiqod 

«pokligi»  kurashchilari  sifatida  tanitgan  holda,  ular  o„z  ta‟limotlarini 

qabul  qilmagan  barcha  musulmonlarni  «dinsizlar»ga  qo„shgan  holda, 

ularga qarshi muqaddas kurashga da‟vat etadilar. Agar musulmonlarning 

katta  qismi  dinsizlarga  qarshi  kurash  g„oyasini  inkor  etgan  bo„lsa, 

«jihodchilar» uni o„z g„oyasi poydevoriga aylantirganlar. 

Tadqiqotchilar  Qur‟onda  mazkur  ta‟limotni  qo„llab-quvvatlovchi 

ko„plab parchalarni uchratish mumkinligini e‟tirof etadilar, biroq ularda 

rahm-shafqat,  hamjihatlik  va  bardoshlilikka  undovchi  kuchli  g„oyalar 

ham  uchraydi.  Biroq,  «jihodizm»ning  g„oyaviy  asoschilari,  odatda, 

Qur‟onning  mazkur  oyatlariga  murojaat  etmay,  balki  o„z  talqiniga 

tayanadilar. Ular Qur‟on kishilik hayotiga doir (islom fundamentalistlari 

nuqtai nazariga ko„ra) barcha savollarga to„la javob bera olishini e‟tirof 

etgan  holda,  mazkur  javoblarning  bir  ma‟noli  ekanligini  ta‟kidlaydilar. 

Shunday  qilib,  «jihodizm»  qarashlar  rang-barangligi  va  tanqidchilar 

bilan  tinch  vositalar  asosida  kelishuvga  erishishni  inkor  etadi.  Barcha 

«yot»  g„oya  va  qadiyatarning  to„la  inkor  etilishi  unga  xos  bo

lgan 


hususiyatdir. 

Diniy  ekstremistlar  «global  islom  tartiboti»ni  tuzish  borasidagi 

asosiy  to„siqlarni  belgilashda  yagona  fikrga  ega  emaslar.  Ularning  bir 

qismi  asosiy  «yovuzlik»  sifatida  «xalqaro  xalifalik»ni  (Turkiya,  Misr, 

Pokiston,  Iordaniya  va  b.q.)  barpo  etish  uchun  kurash  o„rniga  G„arb 

bilan  hamkorlikka  intilayotgan  sekulyar  musulmon  jamoalar  va 

davlatlarining mavjudligini e‟tirof etadilar. Boshqalar esa, avvalo, g„arb 



 

10 


davlatlarini  ularning  musulmon  davlatlaridagi  «dunyoviy  hukmdorlar» 

bilan munosbatlariga chek qo„yish maqsadida imkon qadar zaiflashuvini 

ta‟minlash,  so„ngra,  o„z  kuchlarini  alohida  davlatlardagi  hokimiyatni 

qo„lga  kiritish  va  jahonda  o„z  g„oyasini  yoyish  plasdarmiga  aylantirish 

lozim deb hisoblaydilar. 

M.Xabek  ta‟kidlaganidek,  «Al-Qoida»  kabi  radikal  funda-

mentalistik tashkilot kabi mazkur qarash vakillari G„arbga qarshi kurash 

abadiy  «yaxshilik  va  yovuzlik  kurashi»  asoslanib,  uning  ijrochilari 

ilohiyot  irodasidir.  Bunda,  ular  taqvodor  musulmonlarnigina  o„z 

tarafdorlari sifatida e‟tirof etadilar. 

Ko„plab  fundamentalistik  guruhlar,  xususan  salafiylik  vakillari 

musulmon  olamidagi  o„z  ta‟sirini  kengaytirishga  alohida  e‟tibor 

qaratadilar.  Ular tashviqot markazlari, bepul ta‟lim  muassasalari tashkil 

etib,  teleradiomarkazlar  quradilar,  aholi  orasida  missionerlik  faoliyatini 

kengaytiradilar  hamda  turli  tillardagi  diniy  adabiyotlarni  nashr  etadilar. 

Biroq,  Saudiya  Arabistonida  ham  hukmron  tuzumga  qarshi  bo„lgan  va 

terrorga  murojaat  qiluvchi  hukumatga  qarshi  diniy  ekstremistik 

«yerto„lalar»  mavjud.  Mazkur  radikal  fundamentalistlar  faolligi 

vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda  faollashishi  mumkin  (masalan, 

Afg„onistondagi  urush  davrida,  Fors  ko„rfazi,  Iroq,  Livan,  Falastindagi 

harbiy  harakatlar  jarayonida).  Ayni  paytda,  Saudiya  Arabistoni 

hukumati  va  ularni  qo„llab-quvvatlovchi  «tradisionalistik»  salafiylik 

doiralari,  ekstremistlarga  qarshi  samarali  kompleks  choralarni  va 

g„oyaviy tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. 




Download 443,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish