Tolali oʻsimliklar


TOLALI EKINLAR BIOLOGIYASI



Download 98 Kb.
bet3/13
Sana15.04.2022
Hajmi98 Kb.
#553403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KIRISH

TOLALI EKINLAR BIOLOGIYASI
Reja:
1.Tolali ekinlarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
2.Ekinlarning botanik ta’rifi.
3.Tolali ekinlarning biologik xususiyatlari.
Xalq xo’jaligidagi ahamiyati. G’o’za to’qimachilik mahsuloti uchun xom ashyo – tola, oziq-ovqat uchun moy, charva oziqasi – kunjara va sheluxa beradi.
G’o’za asosan tola olish uchun ekiladi. 1tonna paxta xom ashyosidan o’rtacha 320 – 340 kg tola, 560 – 580 kg chigit olinadi. 340 kg toladan o’z navbatida 3500 – 4000 m2 gazmol, 580 kg chigitdan esa 112 kg moy, 10 kg sovun, 270 kg kunjara, 170 kg sheluxa va 8 kg lint (momiq) ishlab chiqariladi.
CHigitdan presslash va ekstraktsiya qilish yo’li bilan paxta moyi olinadi. Moyi esa oziq – ovqat va texnik maqsadlarda ishlatiladi. Undan sovun pishirishda, alif, lak, emal va boshqa xil buyumlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
CHigit tarkibida gossipol pigmenti (zaharli organik birikma) bo’lib, moy olish jarayonida ajratib olinadi va undan ham har xil sintetik moddalar ishlab chiqariladi. Moy ishlab chiqarishdagi qoldiq gudron ham foydalanish uchun xalq xo’jalik tarmoqlariga yuboriladi.
Botanik ta’rifi. G’o’zaning barcha turlari bitta avlodga – Gossipium avlodiga kirib, gulxayridoshlar (Malvaseae) oilasiga mansubdir. Gossipium avlodi 35 turni o’z ichiga oladi va ulardan 5 turi madaniy hisoblanadi: G.xirzutum (G.hirsutum) – Meksika yoki oddiy g’o’za (o’rta tolali) G.barbadenze (G.barbadenze) – Peru g’o’zasi yoki uzun (ingichka tolali), G.xerbaseum (G.herbaseum) – Afrika – Osiyo yoki o’tsimon g’o’za, G.arboreum (G.arboreum) Hindi – Xitoy yoki daraxtsimon g’o’za, G.trikuspidatum (G.trisuspidatum) – Vest–Indiya – uch tishchali g’o’zasi nomi bilan ataladi.
Oxirgi Vest – Indiya tur g’o’zasi morfologik jihatdan xirzutumga yaqin bo’lganligi uchun, akademik L.Abdullaev uni ma’daniy g’o’zalar guruhiga kiritmasdan kenja tur deb hisoblaydi va g’o’za turlarini 37 tagacha yetkazadi.
Ildiz sistemasi o’q ildiz bo’lib, 1,5 – 2 m chuqurlikgacha kirib boradi. Tuproq yuzasidan 4- 6 sm chuqurlikda o’q ildizlardan birinchi tartib yon ildiz, birinchi tartib yon ildizdan ikkinchi tartib ildiz va bundan uchinchi tartib yon ildizlar va hokozalar paydo bo’lib, ildiz sistemasini vujudga keltiradi. Ildiz tuklari joylashgan yumshoq ingichka ildizchalar tuproqdagi oziq modda va suvni so’rib turadi. Bunday ildizlar faol yoki so’ruvchi ildizlar deyiladi.
O’suv davrining oxirida yon ildizlarning tarqalish diametri 1,2 – 2 metrgacha yetadi. Ildizning ishchan chuqurligi 1 metr va undan ortiq bo’lishi mumkin. CHigit unib chiqqach to shonalash davrisigacha ildiz juda tez o’sadi, o’q ildizning sutkalik o’sishi 2,5 – 3,2 sm bo’lsa, yon ildizlarning umumiy o’sish yig’indisi 30- 45 sm ga yetadi.
Ildiz sistemasining o’sishi va rivojlanishiga tuproq tipi, mexanik tarkibi, yer osti suvlarining chuqur - yuzaligi, tup qalinligi, sug’orish, oziqlantirish, qator orasiga ishlov berish kabi omillar ta’sir ko’rsatadi.

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish