Tolali oʻsimliklar



Download 98 Kb.
bet4/13
Sana15.04.2022
Hajmi98 Kb.
#553403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KIRISH

Poyasi.  Voyaga yetgan g’o’zaning bosh poyasi ikki qismdan iborat:
1. Quyi qism – ildiz bo’g’zi bilan urug’ barg joylashgan oraliq – urug’barg osti tirsagi (gipokatil).
2. Ustki qism – poyaning urug’barg joylashgan qismidan yuqorisi – urug’barg ustki qismi (epikotil) deb ataladi.
Urug’barg ostki tirsagida hech qanday chinbarg va shox bo’lmaydi. Urug’barg ustki qismida chinbarg bo’lib, uning qo’ltig’idan shox chiqadi. ekilib kelinayotgan g’o’zalarning bo’yi o’sish sharoiti, turi, naviga qarab 70 – 80 sm dan 120 – 140 sm gacha, ingichka tolali g’o’zalarda 120 – 150 ba’zan 200 sm ga yetadi.
Poya tikka, mustahkam, tukli yoki tuksiz bo’lishi mumkin. Bosh poyada barglar spiral shaklda 1/3, 2/5, 3/8 formula asosida joylashadi, bu ko’proq g’o’za turiga bog’liq.
Bosh poya bo’g’im oralig’ining katta kichikligiga qarab uch zonaga bo’linadi: 1) Quyi zona – bo’g’im oralig’i qisqa: 2) o’rta zona – bo’g’im oralig’i uzun: 3) yuqori zona – bo’g’im oralig’i yana qisqarib boradi.
G’o’za bargi barg shapolog’idan, barg bandidan va ikkita barg yonligidan iborat.
Barg shapolog’i g’o’zaning shakli va turiga qarab yaxlit yoki bo’laklarga bo’lingan bo’lishi mumkin. Dastlabki ikki – uch barg doimo yaxlit, keyingilari bo’laklarga bo’lingan bo’ladi. Barg shapolog’i o’simliklarning tur, naviga qarab har xil kattalikda 4 – 400 sm 2 gacha bo’lishi mumkin. Bargning orqa tomonida 1-3-5 ta tomirida bittadan nektarnik (shiradon) bo’ladi.
Barglar yashil, och yashil, to’q yashil tusda tovlanadi, qizg’ish rangli g’o’zalar ham bor. Barglar tuklar bilan qoplangan, tuklar bir yoki ikki yarusli bo’ladi, tuksiz ham bo’lishi mumkin.
O’rta tolali g’o’zalarda bir tupdagi barg sathining yakuni avgust oyida 2,5-6,4 ming sm2 ga, uzun tolali g’o’zalarda 5,1-9 ming sm2 ga baravar bo’ladi.
G’o’za guli. Ikki jinsli, organlari besh doirada beshtadan bo’lib joylashgan (3-4 rasm). Tuzilish tashqi tomonidan uchta yirik gulyonligi; keyin gul kosachasi; kosa ichida tag tomonidan o’zaro birikkan gultoji bargi; gultojidan ichkarida otalik kalonkasi (androsey) bor. Kalonka otalik iplari trubkasidan iborat bo’lib, sirtida juda ko’p otalik changchilari o’rnashgan: gulning qoq o’rtasida onalik (genesey) joylashadi, bu onalik tuguncha pocha va og’izchadan iborat. G’o’za gulida alohida shiradon (nektarnik) bor.

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish