Toshkent davlat agrar universiteti sayyora xolmirzayeva



Download 3,57 Mb.
bet1/165
Sana07.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#753352
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
2022-YANGI SOXA (28.05.2022)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

SAYYORA XOLMIRZAYEVA
O‘ZBEK TILINING SOHADA
QO‘LLANILISHI



TOSHKENT - 2022


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI


SAYYORA XOLMIRZAYEVA
O‘ZBEK TILINING SOHADA
QO‘LLANILISHI
O‘quv qo‘llanma
60310100– Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)
yo‘nalishi
talabalari uchun

TOSHKENT – 2022
Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv-uslubiy kengashining 2022-yil 16-mart yig‘ilishida tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan (5-sonli majlis bayoni).

Tuzuvchi:

TDAU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi


Xolmirzayeva Sayyora Shukurovna



Taqrizchilar: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlar o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Til nazariyasi” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor
Z. Xolmanova

Toshkent davlat agrar universiteti
“Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi professori,
iqtisod fanlari nomzodi
B. Mengliqulov

O‘quv qo‘llanma “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining 2022-yil 21-fevral


(7-sonli majlis bayoni) hamda “Agrologistika va biznes” fakulteti o‘quv-uslubiy kengashining 2022-yil 25-fevral yig‘ilishida (7-sonli majlis bayoni) muhokama qilingan va o‘quv jarayonida qo‘llash uchun tasdiqlashga tavsiya etilgan.

KIRISH
O‘zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, xalqimizning eng qadrli ma’naviy boyligidir. A.Avloniy aytganidek, “Milliy tilni yo‘qotmak – millatning ruhini yo‘qotmakdir”. Chunki millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir. Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojida ona tilining o‘rni beqiyosdir. Til millatning faxri, g‘ururi, buguni va ertasidir. Tilning rivoji jamiyatning rivoji bilan bog‘liqdir. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko‘zgusidir. Hadisi shariflarda "Kishining zebu ziynati, go‘zalligi uning tilidadir" deyiladi. Qadim-qadim zamonlardan beri har bir millat, har bir qavm o‘z tiliga buyuk hurmat bilan qaraydi. Bu tilning sohir ohanglari og‘ushida erimoqdan adoqsiz huzur tuyadi. Bu nodir boylikni dunyolarga bermaslikka hozir turadi. Chunki til millat degan birlikning tamal toshidir, u boy berilsa, millat ham boy beriladi.
Jamiyatimizning har bir a’zosi, qanday mutaxassis bo‘lishidan qat’iy nazar, eng avvalo, o‘z ona tilini e’zozlamog‘i, chuqur bilmog‘i kerak. O‘z ona tiliga hurmat, mehr va ehtirom bilan voyaga yetgan farzand vataniga, ota-onasiga, yurtining o‘tmishi-yu qadriyatlariga ham shunday munosabatda bo‘ladi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev aytganidek: “Yosh avlod qalbida ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o‘zbek tilida ravon o‘qiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin”. O‘zbek tilining kelajagini, rivojini, obro‘-e’tiborini ta’minlash har birimizning vazifamizdir. O‘zbek tilining rivojlanishida, uning lug’at boyliklarining ortib borishida terminlarning hissasi kattadir. Bugungi kunda leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi, ya’ni uning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlarni saqlash, ularning yangilarining muomalaga kirib kelishi, yaratilishi va qo‘llanilishini til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatidagi muammoga aylandi.
Har bir fan sohasining rivojlanishi va takomillashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Turli sohalarning, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyotning rivojlanishi, o‘sishi, taraqqiyoti to‘xtovsiz bo‘lgani uchun, yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz davom etadigan holatdir.
So‘nggi yillarda respublikamizda ona tilimizni va milliy adabiyotimizni ulug‘lash, qadrlash, yanada chuqurroq o‘rganish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar bajarildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.12.2019-yildagi “Davlat tilini rivojlantirish departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash” to‘g‘risidagi 984-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.01.2020-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 40- son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni shular jumlasidandir.
O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida, shu jumladan, Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining ochilishi va o‘zbek tili bo‘yicha dars soatlarining ko‘paytirilishi, soha bo‘yicha yangi fanlarning kiritilishi bu borada qilinayotgan ishlarning yaqqol misolidir. Shulardan biri milliy hamda rusiyzabon guruhlarga va sirtqi ta’lim talabalariga “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” nomli yangi fanning kiritilishidir. Bu fan doirasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining imlo qoidalari, og‘zaki va yozma nutqning oʻziga xosligi, adabiy til me’yorlari, uslub turlari, hujjat turlariga namunalar, matnning ko‘rinishlari, ilmiy asoslangan yangi so‘z va terminlarning iste’molga kirib kelishi va qishloq xo‘jaligining har bir yo‘nalishi bo‘yicha qo‘llaniladigan terminlarning yuzaga kelishi, turlari, izohi hamda ularning matnlarda qo‘llanilishi bo‘yicha bilim beriladi. Bu esa, birinchidan, talabalarga davlat tilini chuqurroq o‘rgatish, davlat tilining sofligini saqlash, uning qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama bartaraf etishga imkon bersa, ikkinchidan, bo‘lajak mutaxassis sifatida og‘zaki va yozma nutqda o‘zbek tilining lug‘at boyligidan o‘z sohalarida unumli va o‘rinli foydalanish, terminlarni o‘z o‘rnida qo‘llash hamda mustaqil ravishda sohaviy matnlar tuzish, ilmiy maqolalar yozish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5850- sonli Farmonida davlat tilini rivojlantirish, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab berildi. Farmonga muvofiq, 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. Shulardan biri, o‘zbek tilidagi mavjud lug‘atlar asosida uzluksiz ta’limning barcha turlari uchun o‘quv lug‘atlarini, o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi izohli, lingvistik, sohaviy atamashunoslik lug‘atlarini hamda darslik va o‘quv-qo‘llanmalarni yaratishdir. Qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida lug‘atlar va uslubiy ko‘rsatmalar, darsliklarni yozish ham oldinda turgan muhim vazifalardandir.
Shunday qilib, “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanining o‘qitilishidan kutilgan natijalar quyidagilar:

  1. Bo‘lajak mutaxassislarning o‘z kasblari sohasida o‘zbek tilidagi og‘zaki va yozma savodxonligini oshirish;

  2. Agrar sohaga oid so‘z va atamalarning kelib chiqishi, tarixi va rivojlanishini o‘rgatish;

  3. Qishloq xo‘jaligining har bir yo‘nalishida qo‘llaniladigan terminlarni matnlar asosida o‘rgatish orqali talabalarning og‘zaki va yozma nutq boyligini oshirish;

  4. Chetdan kirgan soha so‘zlari va terminlarning muqobil variantlarini (mavjudlarini) o‘zlashtirishlariga erishish;

  5. Ilmiy uslubning soha bo‘yicha terminlarini og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish;

  6. Talabalarga o‘z sohalari bo‘yicha ilmiy maqola yozishni hamda unda sohaga oid so‘z va terminlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishdir.

Ushbu o‘quv qo‘llanma qishloq xo‘jaligining iqtisod yo‘nalishida ta’lim olayotgan kunduzgi va sirtqi bo‘lim talabalari uchun mo‘ljallangan.




Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish