Toshkent dаvlаt аgrаr universiteti



Download 200,63 Kb.
bet4/9
Sana29.06.2022
Hajmi200,63 Kb.
#718191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ish dastur Akbarga

Tadqiqotning predmeti: saqlash harorati va saqlash sharoiti (oddiy va CA texnologiyali), saqlash davomiyligi, qadoqlash usuli hisoblanadi.
Kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat:

  • har hil harorat va sharoitlar baqlajonni turli navlariga dastlabki ishlov berish usullarini o’rganish, tahlil qilish va shu orqali eng maqbul saqlash harorati va sharoitini aniqlanadi;

  • har hil harorat va sharoitlarda saqlangan baqlajonda sodir bo’ladigan fiziologik jarayonlar va orgonaleptik o’zgarishlarni kuzatiladi va tahlil qilinadi;

  • turli xil qadoq idishlarida baqlajonni qadoqlash orqali tashish va saqlash uchun eng maqbul qadoq idishlarini aniqlanadi;

  • tajriba tadqiqotlarimizdan kelib chiqqan holda baqlajonni saqlash va qadoqlashning resurs tejamkor, ekologik xavfsiz, arzon, zamonaviy usullarini ishlab chiqiladi.

Аmаliy аhаmiyati. Respublikаmizdа baqlajon hаmdа mаhsulot eksportini yo‘lgа qo‘yishdа ushbu usullаrni qo‘llаsh аhаmiyatlidir.
Tаdqiqotlаr nаtijаlаri bo‘yichа ishlаb chiqаrishgа ya’ni eksportyor vа fermer xo‘jаliklаrigа tаvsiyalаr berilаdi.
Tаdqiqot usullаri: Ma’lumotlarning statistik tahlili Мicrosoft Ехсеl dasturi yordamida B.A.Dospexovning «Методика полевого опыта» uslubi bо‘yicha amalga oshiriladi.

I-BOB. ADABIYOTLAR SHARHI

    1. Baqlajonning botanik tasnifi va uning morfobiologik xususiyatlari

Qishloq xo`jalik mahsulotlarini samaradorligini oshirish, aholini uzluksiz oziq ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash hozirgi kunda nafaqat respublikamizda balki butun dunyoda dolzarb muammolardan biriga aylangan. Aholini meva va sabzavot mahsulotlari bilan ta`minlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Respublikamizda so`nggi yillarda qishloq ho`jalik mahsulotlarini yetishtirish, ularni tabiiy holdagidek saqlash va ularni aholiga cifatli yetqazib berishga doir bir qator ishlar olib borilmoqda va bajarilmoqda. Hozigi kunda qishoq xo`jalik maxsulotlarini talab darajasida saqlash nafaqat ichki bozor hajmini balki ichki bozor salohiyatini ham oshiradi. Qishoq ho`jalik mahsulotlarini jumldan baqlajonni yetishtirish bo`yicha dunyoda yetakchilik qilayotgan davlatlar bir qancha.
Xususan dunyoda 2016 – yil va 2017 – yillarda baqlajon ishlab chiqarish bo`yicha mamlakatlarning ro`yxati, oziq ovqat va qishloq ho`jaligi tashkilotining korporativ statistic ma`lumotlar bazasiga asoslanib tuzilgan. Ro`yxatni birinchi uchtaligida Xitoy 2016 – yilda 31,855,430 kilogram baqlajon ishlab chiqargan bo`lsa buko`satkich kelgusi yilda 32,883,567 ni tashkil etadi. Ikkinchi o`rinda Hindiston 12,515,000 tashkil etadi. Uchunchi o`rinda esa Misr bo`lib 1,307,793 ni tashkil etadi buboradi ro`yxatda bizning respublikamiz 48 o`rinni egallagan. 2016 yilda 10,804, 2017 – yilda esa bu ko`rsatkich 12,878 ni tashkil etgan. Ya`ni bunda baqlajonga bo`lgan talab yildan yilga ortib borayotganligni bilishimiz mumkin. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqalash va yetishtirishga doir bir qancha farmon va qarorolar chiqarilgan, jumladan
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 – yil 14 – martdagi “Meva sabzavotchilik sohasida qishloq xo`jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risidag”gi PQ-4239-sonli qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq meva – sabzavot vas hu jumladan baqlajon mahsulotlarini yetisgtirish qayta ishlash va eksport qilishda klister va kooperatsiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish to`g`risida chora tadbirlar belgilab berildi. [1]
Sabzavot ekini bo`lgan baqlajon haqida bilmaydigan va uni iste`mol qilmagan inson bo`lmasa kerak. Baqlajon (lotincha solanum melangena) yovvoyi holda ko`p yillik o`t sifatida Pokistonda, Hindistonda va Birmada uchraydi. Bir yillik o`simlik sifatida faqat madaniy holdagisi uchraydi. Baqlajonning vatani hozirgi Hindiston hududidir. Uni hindistonliklar 1500 yil oldin yetishtira boshlagan. Baqlajon 9 asrlarda Afrikaga, o`rta asrlarda esa o`rtayer dengiziga olib kelingan, Yevropada 15 – asrlarda paydo bo`lgan bo`lsada u asosan 19 asrdan keyin yetishtirila boshlagan.
Baqlajon (lotincha: Solánum melongéna L. (o'simliklar oilasi: Solanaceae)) koʻp yillik oʻt oʻsimlik, yovvoyi xolda Hindiston, Pokiston, Birmada uchraydi, ammo madaniy holda bir yillik oʻsimlik sifatida etishtiriladi. Baqlajonning pishmagan barra mevalari isteʼmol qilinadi, chunki biologik pishib ketgan mevalarida urugʻlari qotib, qattiq boʻlib qoladi, shuningdek solanin M (melongen) moddasi toʻplanib isteʼmolga yaroqsiz boʻlib qoladi.
Baqlajonning vatani hozirgi Hindiston hududlaridir. U 1500 yil ilgari madaniy holda etishtirila boshlangan. Baqlajon Arablar tomonidan 9-asrlarda Afrikaga, Oʻrta Asrlarda esa Oʻrtaerdengizi hududlariga olib kirilgan. Evropada 15-asrlarda paydo boʻlgan boʻlsada, faqat 19-asrdan boshlab madaniy holda etishtirila boshlangan.
Poyasi tik oʻsuvchi va shoxlanuvchi, baquvvat, balandligi odatda 40-150 sm boʻladi, koʻpchilik xollarda tikanlar bilan qoplangan boʻladi. Barglari yirik (uzunasiga 7…35 sm), oval, tuxumsimon, yoki choʻziq-tuxumsimon shaklda. Barg plastinkalri qalin, yumshoq, tuklar bilan qoplangan. Gullari ikki jinsli, binafsha rangli, diametri 2,5-5 sm, poyada yakka yoki toʻpgul (2-5 tagacha) boʻlib joylashadi. Changchilari sariq rangli, ikki kamerali. Baqlajon fakultativ oʻzidan changlanuvchi oʻsimlik, qisman hasharotlar yordamida chetdan changlanishi mumkin. Mevasi koʻp kamerali rezavor. Shakli silindrsimon, tuxumsimon, sharsimon boʻlib, vazni 50 gramdan 2000 gramgacha boʻlishi mumkin. Mevalari naviga qarab texnik pishganida toʻq binafsha, sirti yaltiqoq boʻladi, biologik pishganida yashil-kulrang, och qoʻngʻir yoki sariq-jigar rang boʻlishi mumkin.
Ichki qismi (goʻshti) zich, oʻrtasha zichlikda yoki boʻsh boʻladi, rangi oq, yoki qaymoq rangli boʻlishi mumkin. Vegetatsiya davomida baqlajon oʻsimligi qulay sharoitlar tugʻilganda 150-200 tagacha gul hosil qiladi, ammo ularning aksariyat qismi (60-70 %) toʻkilib ketadi. Odatda bir oʻsimlikda 3-15 ta meva boʻladi. Isteʼmol uchun texnik pishgan mevalari ishlatiladi. Urugʻlari yumaloq, tekis, toʻq sariq yoki och jigar rangda, sirti tekis. Bitta mevada urugʻ soni 150-200 ta, 1000 tasinig ogʻirligi 3,5-5,0 gram, 1 gramida esa 150-250 urugʻ boʻladi. Unuvchanligini 3-5 yilgacha saqlaydi. Ildiz tizimi koʻchatligida nimjon boʻlib soʻng tez oʻsib kuchli tarmoqlanadi. Asosan tuproqning 30-40 sm qalinligida rivojlanib, ayrim ildizlari 1,5 metr chuqurlikka kirib boradi. Ildizlari tuproqdagi namlik, oziq moddalar va havoning tanqisligiga juda taʼsirchan.
Quyidagi jadvalda dunyoda baqlajonyetishtirish bo`yicha birinchi o`rinda turuvchi o`ntalik davlatlar keltirilgan:




Download 200,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish