Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti egamberdiyeva mukarram shoolimovna klassik yapon adabiyoti



Download 1,16 Mb.
bet11/27
Sana23.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#182958
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
Klassik yapon adabiyot

Kasuga dalasidagi

Yosh binafshalardan

Kiyimimdagi naqshlar,

Sinobudagi o‘tlar kabi

Cheksiz va chalkash...

2 parchada qahramonning ilk muhabbatini, keyinchalik ko‘pgina epizodlar orasidagi bog‘lovchi zanjir vazifasini o‘tovchi mojaroning boshlanishini ta’riflanadi. Bu mojaro – qahramonning bir xonimga bo‘lgan sevgisi bo‘lib, bu ayol ba’zi taxminlarga ko‘ra bo‘lajak imperator ayol Nidzyodir. U (yigit) - allaqachon poytaxtda, u (ayol) – xali noma’lumlikda, qahramonga yaqin bo‘lsada, bir xilvat yerda yashamoqda, yigit undan xabar olib turishi mushkulligi tufayli, iztirobda.



むかし、おとこありけり。ならの京はゝなれ、この京は人のいゑまださだまらざりける時に、ゝしの京に女ありけり。その女世人にはまされりけり。その人、かたちよりはこゝろなむまさりたりける。ひとりのみもあらざりけらし、それをかのまめおとこ、うちものがたらひて、かへりきていかゞおもひけむ、時はやよひのついたち、あめそをふるにやりける。

おきもせず

ねもせで

よるをあかして

ははるのものとて

ながめくらしつ

Qadim zamonlarda bir yigit bor edi.



Poytaxt Nara shahridan ko‘chirilgan, biroq yangi poytaxt hali qurib bitkazilmagan edi. O‘sha paytlarda janubiy dahalarning birida go‘zal ayol bo‘lib yigit uni sevar edi. U ayol hammadan bo‘lakcha edi. Uning ustunligi tashqi tarafdan ko‘ra ichki tarafdan- ya’ni aqlli,makrli, kibrli edi. Kunlardan bir kun yigit ayol bilan uchrashuvdan so‘ng uyiga qaytar ekan, sevgilisi haqida o‘ylab, uning vafodorligiga shubha qildi. Ilk bahor kunlari edi atrofda maydalab yomg‘ir yog‘ayotgan edi.

Na uyg‘oqman, na bedor

Tun shundayin o‘tmoqda

Tong tezroq yorishsaydi…

Baxorning g‘amgin yomgiri

Mening o‘ylarimga o‘xshaydi “85

Keyingi parcha voqeaning uzviy davomidek rivojlanadi. Qaxramonning she’ridan rashk, xavotir va o‘z sevgilisidan ranjiganlik ohangi kelib turibdi. Bu Xeyan davriga xos muhabbat tarzi bo‘lib, ko‘pincha rashk biror aniq asosga ega bo‘lmasada, sevgilisidan ranjiganlik hissi muhabbat iztiroblarini ifodalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan.


むかし、おとこありけり。けさうじける女のもとに、ひじきもといふ物をやるとて、

おもひあらば

むぐらのやどに

ねもしなむ

ひじきものには

そでをしつゝも

二条のきさきの、まだみかどにもつかうまつりたまはで、たゞ人にておはしましける時のことなり

Qadim zamonlarda bir yigit bor edi.



Ko‘ngil qo‘ygan ayoliga dengiz o‘tlaridan guldata yuborib, quyidagi she’rni aytdi;

Senda menga tuyg‘u bo‘lganda edi

Sen bilan somon to‘shalgan chaylada

Kiyimimizdan gilam to‘shab

Yuragimiz tafti bilan isinar edik”86

Bu yerda ham mantiqiy davomni kuzatish mumkin: xali noma’lumlikda yashayotgan qiz, o‘zini tajribali saroy xonimi sifatida tutar edi, va bu xulq-atvor yosh qahramon yuragida rashk, gumon hissining paydo bo‘lishiga asos edi.

Qahramon qiz, o‘sha davrdagi yuqori tabaqali oila qizlariga xos bo‘lganidek, yolg‘izlikdan yangi xayotga, saroy xayotiga o‘tadi. U shuningdek balog‘at yoshiga yetadi va endi saroyda bo‘lishi kerak. Xar bir ota-onaning orzusi o‘z qizini mikadoning yoki biror mansabi yuqori zodagonning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortadi va buning oilaga nafi tegadi degan umidda saroyga joylashtirish. U beva imperator ayolning hizmatkorlari qatoriga kiradi ikkinchi darajali, tinchroq saroyga bo‘lsa xam poytaxtga keladi. Qaxramonning muhabbati yangi xolatga – tinchlikdan , osudalikdan shovqin-suronli olamga kiradi. Bunda vaziyatning qarshi ta’siriga uchrashi mumkin bo‘lgan sevgiga bo‘lgan rashkdan iborat.

Qaxramonning birinchi yoshlik muhabbati to‘g‘risidagi voqealar shu bilan tugaydi. 2-6 parchalarni shu tartibda bog‘lashda butun bir xikoya hosil bo‘ladi: yigitning va qizning yoshlik chog‘laridagi tinch osuda xayoti; vaziyatning dramatik rivojlanishi: xonimnng poytaxtga ko‘chib kelishi, uning yangi xolati, oshiq yigitning xarakatlari; oshiq yigit xolatining yuqori nuqtasiga yetishi – rango-rang tuslarda tasvirlangan qochish; va nixoyat yakun – xonimning ortga qaytarilishi va uzil-kesil ayriliq. Beshta parcha shunday qilib uzviy bog‘langanligini ko‘rish mumkin, bunday bog‘lanishlarni “Ise monogatari”da yana uchrtishimiz mumkin.

Agar 1 parchani “Muqaddima” nomi bilan romanning birinchi bobini belgilash mumkin bo‘lib, keyingi beshtasidan ikkinchi bob - “Yosh muhabbat” tuzilsa, u xolda 7+14 parchalar “Quvg‘inlikda” nomli uchinchi bobga birlashadi. Bunda bu voqealarning mantiqiy rivoji hisoblanadi.

Qaxramon o‘z muvaffaqiyatsizligidan tushkunlikda. Poytaxt uning ko‘nglini qodirdi, boz ustiga u yerda qolish xam bexatar emas: zodagon qizni olib qochgani uchun ko‘ngilsizliklar bo‘lishi mumkin. Qaxramonimiz “dunyoning narigi chetiga” qochishga tayyor. Xeyan davrida yashagan insonlar uchun “dunyoning narigi cheti” uzoq emas: faqat ularning shaxaridan chetga chiqish kifoya; axir ular uchun butun olam shaxar devorlari ichida mujassamlangan, agar Sharqda joylashgan provinsiyalar to‘g‘risida o‘ylab qaralsa, xaqiqatda ular uchun “dunyoning narigi cheti” bo‘lgan. Oshiq yigit shu yerga qarab yo‘l oladi. Uning sarguzashti, barcha epizodlari bilan, 7-14 parchalarda tasvirlangan.

Yuqorida ko‘rsatishga xarakat qilganimizdek, xar bir parcha shunday tugallangan birlikni aks ettiradi va keyingisi boshqacha hissiyot tasvirlangani sababli, avvalgi parchadan so‘ng morfologik nuqtani qo‘yish va keyingisini oddiy: “Qadim zamonlarda bir oshiq yigit yashagan ekan ...” deb boshlash to‘g‘ri bo‘lar edi.

Mana shu yo‘l bilan butun asarning yangi birligi o‘rnatiladi: “Ise monogatari” nimaning bo‘lmasin she’rlar yoki xissiyotlarning - zinxor “to‘plami” emas.87 «Ise monogatari» – yaxlit asar bo‘lib, uning asosida muallifning yagona ijodiy shaxsiyati, yagona ijodiy reja va shu rejaning mukammal ishlanmasini ifodalash yotadi.

Tankalar tarjimasini, yaponcha matnlarni tarjima qilishda tarjimon atayin zamonaviy yapon tilidagi matnlarni yetkazish uchun qabul qilingan ruscha transkripsiyadan emas, balki transliteratsiyadan foydalandi. Bundan maqsad, avvalambor, mumtoz nazm tankaning omonimik metaforasini va keng yoyilgan o‘zgacha usullarini imkon qadar to‘laqonli ifodalashdir. Masalan, agar «omoxi» («muhabbat») so‘zi talaffuzning zamonaviy normalariga muvofiq «omoy» deb transkripsiyalanadigan bo‘lsa, u holda omonimlik yo‘qoladi: omoxi so‘zining xi bo‘lagi «olov» ma’nosini anglatganligi bois she’rning mazmun-mohiyatini tushunib yetishda katta ahamiyat kasb etadi88.

Ammo, ba’zi bir hollarda transliteratsiya she’rni idrok etish va talqin etish uchun zarur bo‘lsa-da, mantiq yapon she’riy matnini yozib olish uchun transliteratsiyani to‘ppa-to‘g‘ri qo‘llashni talab etadi. Boshqa tomondan, bu transliteratsiyani eski yapon tilining transkripsiyasi sifatida qabul qilmaslik darkor: yaponshunoslikda o‘sha zamon matnlarining haqiqiy talaffuzini qayta tiklash ishlari hali ham davom etmoqda .89

Yapon tankalarini o‘zbek tiliga o‘girishda bizining oldimizda: asl nusxaning o‘lchamlarini saqlab qolish, ya’ni, tankadagi kabi xar biri 5, 7, 5, 7. 7 dan iborat bo‘lgan muayyan bo‘g‘indan tuzilgan she’rlarning yigirma besh bo‘g‘inini berish kerakmi yoki barchasini erkin o‘zbekcha o‘lchamda tarjima qilish kerakmi, degan savol turdi.

Birinchi yo‘lni tutganda - o‘ta sun’iy bo‘lishdan, ikkinchisini tutganda takrorlanuvchanlikka berilmaslik uchun biz: o‘zbek tiliga aniq, deyarli satrma-satr o‘girgan va yapon she’rining mazmunini yetkazgan, u oxirigacha aytilmagandek qolgan joylarda tugatmagan xolda kompromissda to‘xtadik.

Yapon mumtoz she’riyatining batafsil tahlili, matn yozilgan vaqtda qanday tushunilgan bo‘lsa, uni shundayligicha tiklash uchun zarur bo‘lgan. Muallif muayyan mavzuga she’r bitib, keyinchalik uni rivojlantirishda omonimlar yordamida, xuddi shu mavzuni boshqa tomondan rivojlantiruvchi yana bir obraz kiritsa, bu juda go‘zal deb hisoblanar edi.

Bu usulni “Ise monogotari”dan olingan she’rda namoyish qilib, unda nagame – “mungli qaraydi” va naga –“uzoq”+ame – “yomg‘ir” shakllarning omonimligi ishlatilgan. Shunga mos keladigan misralar:


おきもせず

ねもせで

よるをあかして

ははるのものとて

ながめくらしつ



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish