Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti egamberdiyeva mukarram shoolimovna klassik yapon adabiyoti


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar



Download 1,16 Mb.
bet19/27
Sana23.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#182958
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
Klassik yapon adabiyot

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

1.“Dzuyxitsu” janrining xususiyatlarini sanab bering

2. Sey Shonagonning ”Makurano soshi” asarida badiiy san’atlarni sanab bering

3. Sey Shonagonning ”Makurano soshi” asaridagi obrazlarni yoritib beruvchi ta’riflarni sanab bering.

GENJI MONOGATARI” ASARINING BADIIY XUSUSIYATLARI

Reja:


  1. “Genji monogatari” asarining yaratilishi

  2. “Genji monogatari” asarining syujet va kompozitsiyasi

Tayanch iboralar:

  • Monogatari

  • Roman

  • Qissa

  • Hikoya

  • Syujet

  • Kompozitsiya


X-XI asrlarda yaratilgan Genji-monogatari Xeyan davri romanchiligining nodir namoyondasiga aylandi. 114Bu qissada bir insonning tug‘ilganidan to o’lganiga qadar bo’lgan davr haqida shoshmasdan,mukammal bayon etilgan. Roman shunday so’zlar bilan boshlanadi.


いずれの御時にか、女御、更衣あまたさぶらひたまひける中に、いとやむごとなき際にはあらぬが、優れて時めきたまふありけり。

Bir vaqtlar, bir imperatorning hukmdorligi davrida, saroyda ko‘plab go‘zal saroy ayollari yashar edi. Ularning ko‘plari imperatorning iltifotiga sazovor bo‘lgan edi, lekin Kirisubo ismli ayol hammasidan ko‘proq iltifotga sazovor edi.115

Kiritsubo aslzodalardan bo‘lmaganligi sababli, uning raqibalari bu holga hecham chiday olmasdilar va nima bo‘lsa ham uni yakson qilishga urinar edilar. Bechora Kirisubo pirovard natijada turli taz’yiqlar va ko‘ngilsizliklar ostida so‘na boshladi va borib-borib halok bo‘ldi, lekin o‘zidan tirik yodgorlik – ajoyib o‘g‘il Gendzini qoldirdi. Kichkina Gendzi tez orada imperator va atrofdagi barchaning, xatto onasini yoqtirmaganlarning ham suyukli insoniga aylandi, chunki u iqtidorli, kelishgan va aqlli edi. Saroyda xatto imperator to‘ng‘ich o‘g‘lini (boshqa saroy xonimidan bo‘lgan farzandini) taxtdan chetlatib, Gendzini voris qilib tayinlaydi, degan mish-mishlar tarqaldi. Ammo aksi bo‘ldi, imperator o‘z suyukli farzandini bunday yuksak taqdirning barcha qiyinchilik va to‘sqinliklariga duchor qilishni istamadi va uni oddiy fuqarolari qatoriga qo‘shishni afzal ko‘rdi. O‘n ikki yoshida Gendzi balog‘atga yetgan deb e’lon qilindi va birinchi vazirning qizi Aoiga uylantirildi. Boshidanoq Gendzi uncha yaxshi er bo‘lmadi: faqat bir ayolning ko‘nglini olish uchun u juda chiroyli va kelishgan edi. U ko‘pchilik bilan ko‘ngil xushlik qila boshladi. Avvalambor u, onasining o‘rniga otasi qalbidan joy olgan, o‘z otasining ma’shuqasi Fujitsuboni sevib qoldi. U hali juda yosh va go‘zal edi, ammo Gendzi unga erisha olmasdi. Hozircha. So‘ng u o‘zidan ancha katta yoshli ayolga duch keldi. Bu ayol Gendzini tez orada o‘ziga maftun qildi. Bu vaqtda Gendzi endigina o‘n yettiga qadam qo‘ygan edi. Dastlab uning harakatlari muvaffaqiyatli bo‘lmoqda edi, ammo bu aloqalar uqubatu-kulfatdan boshqa hech narsa keltirmasligini tushunib yetgan Ususemi o‘zining mashhur ma’shuqasi bilan uchrashishdan o‘zini olib qocha boshladi.




Shahar bo‘ylab sayr qilib yurgan vaqtida uni bir uycha qiziqtirib qoldi. Unda Gendzining do‘sti tashlab ketgan Yugao ismli go‘zal bir ayol istiqomat qilar edi. Bu yangilik edi – saroy xonalarida emas, balki shahar chetidagi xarobadagi muhabbat. Biroq bu vaziyat tez orada uni zeriktirdi: axir muhabbatga ayni berilgan chog‘ida


qulog‘i ostida idish-tovoqlar taqir-tuquri eshitilardi. Gendzi Yugaoni bir chekkadagi uychaga, chamasi aynan shunday xufyona uchrashuvlarga mo‘ljallangan uychaga, olib ketardi va shu yerda sevgi nashidasini surardi. Faqat birinchi tundayoq uning ma’shuqasiga boshqa saroy xonimi – Gendzi Yugao tufayli vaqtinchalik tashlab ketgan freylina Rokudze xujum qiladi. Oqibatda bechora Yugao halok bo‘ladi. Gendzi qattiq iztirob chekib, betob bo‘lib qoladi. Yomon ruhlar nazaridan qutilish maqsadida Gendzi bir afsungarga boradi va shu yerda keyinchalik uning eng katta muhabbatiga aylangan Murasakini uchratadi. Afsungarnikida yashab yurib u uning xufyona muhabbati freylina Fudzisuboni eslatuvchi, juda maftunkor bir qizga e’tibor beradi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha kichkina Murasaki Fudzisuboning jiyani ekan. Qizchaning go‘zalligi va uning sevgilisiga shunchalik o‘xshashligiga maftun bo‘lgan Gendzi, qari ayoldan qizchani unga tarbiyalashga berishini so‘raydi. Saroyga qaytgach, u Fudzisubo betobligini va endi saroyda emas ota-onasinigida yashayotganligidan xabar topadi. Bu ayol otasining jazmani ekanligiga qaramay, Gendzi uning oldiga kiradi va anchadan beri orziqib kutgan sevgi nashidasidan baxramand bo‘ladi. Bu muhabbat tez orada o‘z mevasini beradi: Fudzisubo Gendzining xuddi o‘ziga o‘xshash farzand ko‘radi. Imperator hech narsani sezmasdi yoki o‘zini sezmagandek tutardi. Keyinchalik shu o‘g‘il taxtga Reysen ismi bilan o‘tiradi. Shu yilning o‘zida Murasakining boquvchisi vafot etib, Gendzi qizchani o‘zinikiga ko‘chirib kelishga oshiqadi. Shundan so‘ng Gendzi bir qancha ayollar bilan aloqa o‘rnatadi, ushbu aloqalardan ozmi-ko‘pmi uzoqroq davom etganlari: Sue-sumu-xana, Gen-no-naysi, Xana-miru-sato, Akasi. Ularning har biri bilan turli sharoitlarda uchrashadi, har biriga turlicha munosabatda bo‘ladi, ularning har biri o‘ziga xos ayollar turiga mansubdir. Gendzi yigirma yoshdan oshganda, uning otasi – imperator taxtdan voz kechadi va uni katta o‘g‘liga topshiradi. Malikalardan birini kohinalikka bag‘ishlash marosimlaridan birida qiziq voqea ro‘y beradi- ikkita raqiba qonuniy xotini Aoi va qadimgi ma’shuqa Rokudzening o‘zaro to‘qnashuvi sodir bo‘ladi. Tahqirlangan ma’shuqa o‘zi uchun qasd oladi: Yugaoni nobud qilgan qora iblis tusiga kirib olgan bu qahr endi to‘lg‘oq azobida yotgan Aoiga xujum qilmoqda edi. U Gendzining o‘g‘li Yugiriga hayot bag‘ishlab, o‘zi hayot bilan vidolashmoqda edi. Gendzi ikkita sevgan ayolining o‘limiga Rokudze sababchi ekanligiga aqli yetib, undan ko‘ngli sovuydi. Bu vaqtda Murasaki uning eng yaqin o‘rtog‘i edi. Kelgusi yili otasi vafot etadi, Fudzisubo esa sochini qirtirib, rohibalikka kirib ketadi. Otasining vafotidan so‘ng Gendzining ahvoli birmuncha og‘irlashib qoladi: butun hokimiyat unga dushman bo‘lgan urug‘ qo‘liga, yangi hukmdor onasining urug‘i – Sudzakuning qo‘liga o‘tadi. Gendzi “yaqindagi surgunga” – Suma qirg‘oqlariga ketishga majbur bo‘ladi. U Sumada bo‘lgan vaqtida (26-27 yoshlarida) Gendzi bilan g‘alati bir voqea sodir bo‘ladi: bir kuni qattiq to‘fon vaqtida tushiga otasi kiradi va unga xudolar ko‘rsatgan tomonga borishni buyuradi. Aynan shu vaqtda uning yoniga bir kohin kelib, unga yuqoridan bir ovoz Gendzini Akasiga olib ketishni buyurganini aytadi. Uning yosh go‘zal qizi bor ekan va Akasi uning ma’shuqasiga aylanadi. Shu vaqtda poytaxtda mudhish voqealar sodir bo‘lmoqda edi – Gendzining ashaddiy dushmani imperator-onaning betobligi, imperatorning o‘zining ham betob bo‘lib qolishi. Boz ustiga imperatorning tushiga otasi kirib, unga akasini surgundan qaytarishni buyuradi. Yigirma yetti yoshida Gendzi yana tantana va ehtirom bilan poytaxtga qaytadi. Imperator taxtdan voz kechib, uni Gendzining o‘g‘liga topshiradi. Gendzi saroy ayonlari orasida katta mansabni egallaydi va qudratga ega bo‘ladi. Buning ustiga ma’shuqasi Akasi qiz ko‘radi. Shunday qilib endi uning uch farzandi bor. Akasining taqdiri ayanchli yakunlanadi: u qizini Gendzining tarbiyasiga topshirib o‘zi tog‘u-toshlarga bosh olib ketadi va bedarak yo‘qoladi. Gendzi o‘ziga shoxona saroy - Rokudze-inni qurdiradi va u yerga eng yaqin va yaxshi ko‘rgan ayollarini joylashtiradi. Gendzi saroyida bayram ketidan bayram bo‘ladi. Gendzi imperator o‘g‘li orqasidan yuksaklikka – rasmiy obro‘ va hokimiyat tepasiga ko‘tariladi. 52 yoshga kirgan Gendzi vafot etadi. Hayotining so‘nggi davrlarida uch voqea sodir bo‘lib, ular romanning asosiy qismini tashkil etadi. Birinchisi Tamakasura bilan bo‘lgan ta’sirchan voqea. Qora ruhdan halok bo‘lgan Yugaoning qizi ana shunday atalar edi. Birinchi jazmani, Gendzining do‘stidan bo‘lgan qiz. U qishloqda tarbiyalangan va bir kun bir ibodatxonaga borgan chog‘ida, ulg‘ayib qolgan qiz, onasining sobiq kanizagi Ukon bilan uchrashib qoladi. Natijada Ukon qizni Gendzi tarbiyasiga joylashtiradi. Tez orada uning atrofida ko‘pgina yigitlar, to u Xigeguro-Tayse ismli yigitning xotini bo‘lmagunicha, raqobatlasha boshlaydilar. Ikkinchisi – imperatorning o‘zining tug‘ilishi to‘g‘risidagi sirni fosh qilishi: shu vaqtga qadar bu sirni Gendzidan tashqari ikki kishi – marhuma Fudzisuboning qari kanizagi va to‘lg‘oq vaqtida tunda saroyda bo‘lgan kohin bilgan, imperatorga sirni aynan u aytib bergan. Uchinchi voqea – uning oxirgi sevgilisi San-no-miya yetkazgan zarba bo‘ldi. U oldingi imperatorning sevimli qizi edi. Imperator rohiblikka kirgan vaqtda qizini Gendzi himoyasiga topshirgan. Uning oxirgi muhabbati shunchalik kuchli ediki, uning Murasakiga bo‘lgan sinovlardan o‘tgan munosabati buning oldida tiz cho‘kdi. Albatta San-no-miya Gendzining barcha istaklarini bajo keltirardi, lekin qalbi boshqasiga tegishli edi. Barcha to‘siqlarni yengib o‘tib, yoshlar Gendzining uyida garchi taqiqlangan bo‘lsa ham, muhabbatning barcha lazzatlaridan bahramand bo‘la boshladilar. Ammo sir uzoq vaqt sirligicha qololmas edi: Gendzi sevgilisi xomiladorligini bilib qoladi, tug‘ilgan bola esa quyib qo‘ygandek Kasivagining o‘zginasi edi. Bu romanning oxirgi qo‘shimcha qismining qahramoni Kaoruning o‘zginasi. Taqdir amalga oshdi: “sabab oqibatni keltirib chiqardi”, qasos dunyo. Gendzi bir vaqtlar otasiga yetkazgan iztiroblarni o‘zi boshidan kechirdi. Uning taqdiri ham xuddi shunday bo‘ldi. U mayus bo‘lib qoldi, vijdoni va dil azobi ichra olamdan o‘tdi.

Yuqorida keltirilgan fabulalarning barchasi ancha soddalashtirilgan va yagona personaj – Gendzi obrazida mujassamlangan. Aslida esa romanning mazmuni ancha murakkab va chigal: unda murakkab vaziyatli kombinatsiyalaridan tashqari ishtirok etayotgan shaxslarning o‘zi 300 dan ortiq bo‘lib, ulardan 30 tasigacha bosh qahramonlar qatoriga kritilishi kerak. Bundan tashqari, bayon etilgan fabula romanning faqat asosiy qismi – birinchi 44 ta bobiga tegishli. Bundan tashqari yana romanning davomini tashkil qiluvchi “Udzining 10 ta bobi” deb nomlanuvchi boblar mavjud bo‘lib, ular endi Gendzining hayotini emas, uning o‘g‘li Kaoruning hayotini tasvirlaydi.

Fabula materialining syujetli shakli juda ko‘p qirralari bilan farq qilib, unda Murasakining adabiy san’ati yorqin aks etgan. O‘zining “badiiy ishlov berilgan tarixi”ni, ya’ni o‘ziga xos maishiy va ahloqiy romanni yaratib, u go‘yo badiiy adabiyotga qo‘yiladigan asosiy talabni: fabulani syujetga aylantirish talabini aniq anglagandek bo‘ladi. Har bir bobdagi voqealarni Gendzi hayotining u yoki bu yili va xatto oyiga keltirish, boblar orasida fabula borasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ayrim fabulalarni mustasno qilganda, yaqqol ko‘rinib turadi (xronologik ketma-ketlik), ham ozmi-ko‘pmi syujet nuqtai nazaridan aniq. Muallif biror bobning syujetlarini jamlashda ko‘pincha shunday usuldan foydalanadi: u biror motivni yakunlamay qoldiradi, aynan shu hol keyingisiga ko‘prik vazifasini o‘taydi. Xususan, 20 bobdagi to‘fon va Gendzi tushining motivi (Suma) 22 bob boshida (Akasi) yuqoridan kelgan buyruqni bajarib yurgan, Akasi bobidagi darveshning paydo bo‘lishi bilan bog‘lanadi. Bunday paydo bo‘lish o‘z navbatida mazkur bob mazmunining bundan keyingi rivojiga asos bo‘ladi: Gendzining Akasi bilan aloqasi. Romanda bundan tashqari kompozision usullarning yanada kengroq ko‘lamda qo‘llanishi kuzatish mumkin: Murasaki bir bobni yaratish uchun biror negiz atrofida motivlarni guruhlash bilan bir vaqtning o‘zida biror tematik markaz atrofida butun boshli boblarni ham guruhlaydi. Shu tariqa roman qismlarga ajratiladi. Xeyan adabiyotining taniqli bilimdoni prof. Fudzioka “Udzining 10 bob”idan tashqari butun “Gendzi” romanini uchta yirik tomga ajratadi: 1 tom 20 ta bobdan, Kirisubodan to Asagaogacha; 2 tom 13 ta bobdan, Vakandan to Takegavagacha, iborat.

Birinchi tomda Gendzining tug‘ilganidan to 32 yoshga to‘lgunicha bo‘lgan hayotini ifodalanadi. Bu yerda Gendzining o‘spirinligi va yoshlik chog‘lari, uning ko‘plab sarguzashtlari, bir ayoldan boshqasiga o‘tishlari bayon etiladi. Bu davrda yaponcha ibora bilan aytganda uning qalbi hali maromiga yetmagan edi.

Ikkinchi tomda Gendzining yetuklik davri – 32 dan 39 yoshgacha bo‘lgan davri bayon etilgan. Uning gullab yashnagan, hayoti eng cho‘qqi nuqtasiga yetgan, cheksiz baxtga erishgan davri.



Uchinchi tomda qahramon hayoti poyoniga yetib qolgan davri- 39 yoshidan to o‘limigacha bo‘lgan davr ta’riflanadi. Bu qarz to‘lash, qilmishlarga javob berish davri: birinchi tomdagi davrdagi qasos olinishi kerak; yoshlikdagi beboshlik va ishratlar uchun qariganda javob berish kerak. Fudziokaning bunday taqsimotida ocherkning boshida tilga olingan “Gendzi-monogotari”ning buddiycha nazariyasining ta’sirini ko‘rish mumkin: tadqiqotchi haqiqatda ham “Gendzi”da budda elementlarini ta’kidlashga moyil. Biroq har xolda bunday qarashlar mazmuni jihatidan ham asossiz emas: romanni o‘qiganda beixtiyor unda uch qism

mavjudligini xis etasan: “Qahramonning yoshligi”, “Etuklik davri” va “Qariligi” yoki boshqacha talqinda – “Intiqom yillari”.

Bunday tahlilga yakun yasab alohida usullarga e’tiborni qaratmoqchimiz. Shuni ta’kidlash joizki, muallif ikkita ekspozisiyani keltiradi: ulardan biri birinchi bobda, ikkinchisi – ikkinchi bobning ikkinchi yarmida keltirilgan. Birinchisi Gendzining dunyoga kelishidan oldingi vaziyat, ya’ni imperator va Kirisuboning muhabbati; uning bolaligi va o‘spiriniligi, uning Fudzisuboga bo‘lgan birinchi muhabbati to‘g‘risida hikoya qiladi.

Ikkinchi ekspozisiya – mashhur “yomg‘irli tundagi suhbat”- nazariy jihatdan yoritishda keyinchalik konkret obrazlarda aks ettiriladigan: turli ayollar tasvirini beradigan narsalarni keltiradi. Syujetning tuzilishi ikki omil – vaqt va vaziyat omillari ta’siri ostida sodir bo‘layotgani inobatga olinsa, u holda birinchi ekspozisiyani o‘z xususiyatiga ko‘ra ko‘proq fabulali, ikkinchisini esa – ko‘proq mavzuli deyish mumkin. U o‘z mohiyatiga ko‘ra Murasakining asosiy mavzusi – “erkak qo‘lidagi ayol” mavzusini bayon etadi. Romanning syujetli tuzilishining ikkinchi xususiyati, chamasi, tasodifiy bo‘lmagan xarakterdagi tushirib qoldirishlardan iborat. Shunday katta tushirib qoldirishlardan biri romanning 8 va 9 boblari tutashgan joyda, ya’ni birinchi tomning birinchi va ikkinchi qismlarining chegarasida uchraydi. Murasaki o‘zining butun bayon etish uslubi bilan o‘z qahramonining o‘limini tayyorlaydi. Barcha narsa uning halokati yaqinligidan dalolat berib turadi. Qahramonning ko‘zi oldidan yana o‘sha bahor, o‘sha yoz, o‘sha qish o‘tib, ularning har biri bilan hayotining ko‘pgina lahzalari, ayol siymolari bog‘liq: axir uning muhabbati har doim shu muhabbat kechayotgan davrning maxsus holatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Qish tugaydi. Bob ham tugaydi. Uning xotimasi tushunarli. Murasaki keyingi bobni oddiygina “Nur bulutlar ortiga yashiringandan so‘ng...” deb boshlash maqsadida, barchasidan so‘ng bobning birgina nomini “Bulutlarda yashirinish”ni qo‘yadi. Yaponcha matnsiz bir qarashda sodda bo‘lgan so‘zlar anglanadigan o‘sha hissiyotni ham tasavvur etish mushkul. Buning uchun romanni o‘qib chiqish kerak.

Xeyan davrida, ayniqsa 10 asr oxiri 11 asr boshlarida, madaniyat o‘z cho‘qqisiga yetgan davrda, hissiyotlilik yapon estetikasining muhim tomoniga aylandi. 116

Murasakining qahramoni ijtimoiy axloqqa, jamiyat va din tartiblariga ongli ravishda qarshi chiqish fikridan yiroq. Murasaki ifodalagan har qanday muhabbat yo‘qotishlar, tashvishlarga olib keladi, barcha go‘zallikning nafisligi sababli o‘lim bilan yonma-yon turadi. Yozuvchi o‘z doirasidagi odamlar xayotini har tomonlama va to‘laqonli ifodalashga intiladi. U ularga xos bo‘lgan umumiy narsalarni izlaydi va qahramonlarning, jumladan Gendzining taqdirlari, hayotiy oqimga uning bir qismi sifatida kiritilgan. Gendzi haqidagi hikoya avvalombor hayotga, hissiyotlar, ishqiy va oilaviy munosabatlarga taalluqli, u saroy turmushi va tabiatning o‘zgaruvchan manzarasining yorqin fonida rivojlanadi. Murasaki dil holati va tabiat holati orasidagi psixologik parallelizmni mohirona qo‘llaydi




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish