Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti egamberdiyeva mukarram shoolimovna klassik yapon adabiyoti


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar



Download 1,16 Mb.
bet17/27
Sana23.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#182958
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Klassik yapon adabiyot

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

  1. Xeyan davri ayollar adabiyotining shakllanishida asosiy omillarni sanab o’ting.

  2. Sey Shonagonning “Makurano soshi” asarini o’qib taxlil qiling.

  3. Ayollar adabiyotining boshqa adabiyotlardan farqli jihatlarini aniqlang.

NIKKI” JANRINING SHAKLLANISHI



Reja:

  1. Nikki janrining xususiyatlari

  2. Michitsuna-no xaxa “Kagero nikki”

Tayanch iboralar:

  • Nikki

  • Kagero nikki

  • Michitsuna-no xaxa

  • Tosa nikki

  • Ki-no Tsurayuki

“Odatda kundaliklarni erkaklar yozadi deb hisoblanadi. Hozir bu ishga ayol urinib ko’radi”– degan so‘zlar bilan boshlaydi o‘zning “Tosa nikki” (“Tosadan sayyohatlar kundaligi”, X asr) asarini xeyan davrining mashhur shoirlaridan hisoblangan Ki-no Tsurayuki (865-945). Nega muallif o‘zini ayol qilib ko’rsatmoqchi? Taxmin qilish mumkinki, Ki-no Tsurayuki o’z kundaligining originalligiga, noodatiyligiga urg’u bermoqchi. Bu asrda saroy muhitida

urf bo’lgan odatiy kundaliklardagi singari muallifning rasmiy o’zining hayoti emas, balki lirik kechinmalar bayon qilinadi. Ki-no 930-935 yillarda Sikoku orolining Tosa provinsiyasida gubernator lavozimda ishlab Kiotoga qaytadi. Sayohat kemada kechadi. Sayyohlar ko’z o’ngida tabiatning go’zal manzarasi namoyon bo’ladi, biroq “Kundalik...”da g’am-anduh ruhi kuchli. Chunki Tosada shoirning kichkina qizalog’i olamdan o’tgan. Hamrohlari o’zlarining o’tkir hazillari, qo’shiq va raqslari bilan uni chalg’itishga qanchalik urinmasinlar Ki-no Tsurayukining hayolidan g’amgin o’y-hayollar ketmaydi.



Tosa nikki” an’anaviy “erkaklar”kundaligidan nafaqat lirik xarakterda ekanligi bilan farq qiladi, balki muallif uni yozishda milliy alifbodan foydalanadi. Uning kundaligi yapon badiiy nasrida bu alifboda va sof yapon vabun usulida yozilgan ilk asardir. Ki-no majribasidan so’ng millif alifbo va bu xitoylashmagan usul keng istefoda etila boshlandi va yapon adabiyoti taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. Xitoy yozuvchidan voz kechish eng avvalo milliy adabiyotni Xitoy ta’siridan himoyalash, milliylikni barqaror etish maqsadi bilan izohlanadi.

Lirik kundalik janri ham ancha ommalasha bordi. Unda ayol shoiralar ijod eta boshladilar va o’ziga xos ayollar adabiyotini shakllantirdilar.

X asrning oxirlarida shunday asarlardan biri bo’lgan “Kagero nikki” (“Efemer hayot kundaligi”. So’zma so’z tarjimasi “Parvonaning kundaligi”) dunyoga keldi. Muallifning haqiqiy ismi noma’lum, biroq e’tirof qilinishicha, uning muallifi xeyan davri adabiyotining eng ilg’or va go’zal shoiralaridan bo’lgan. Shoira taxminan 60 yoshlarida (995 y.) vafot etgan. Uni Mitisuna-no xaxa, ya’ni Mitusianing onasi deb atashgan (uning o’g’li Fudzivara Mitusina mashhur saroy zodagoni va iste’dodli shoir bo’lgan). Muallifning turmush o’rtog’i asli Fudzivaralarning qadimiy xonadoniga mansub bo’lib,

imperator saroyda vazir lavozimida ishlagan. Shoira oilaviy hayotda baxtli bo’lmagan. Umrining katta qismini erining boshqa ayol bilan xiyonatidan aziyat chekib yolg’izlikda o’tkazgan.



Kundalikda 954-974 yillar oralig‘idagi voqealar qayd etib borilgan bo‘lib, u she’riy misralar bilan boyitilgan. Unda shoiraning efemer hayot haqidagi g‘amgin mushohadalari aks etgan. Shoira atrofidagi odamlar “g’alati”, “tushunarsiz” bo’lib, barcha voqealar go’yo g’ira-shira tumanda sodir bo’layotgandek, eri bilan o’tkazgan qisqa hayoti haqidagi xotiralari unda faqat shashqator ko’z yoshlarini chaqiradi.

Yana bir kundalik mashhur shoira Idzumi Sikibuga qalamiga mansub bo‘lib X1 asrning boshlarida yozilgan “Izdumi Sikibu nikki” asaridir. Izdumi Sikibuning hayoti haqida hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan. Bor ma’lumotlar uning kundaligidan olingan. Hatto aniq tug‘ilgan va vafot etgan sanasi ham noma’lum. Biroq shoiradan 1500 ta tanka meros bo‘lib qolgan. Uning kundaligida 1003-1004 yil, atigi 1 yillik hayoti davomidagi voqea-hodisalar qayd etilgan. Unda shoiraning yosh zodagonga bo‘lgan sevgisi, yigitning o’limi, shoiraning imperator xonim Akiko saroyidagi xizmati, o‘zining oilaviy turmushi haqidagi voqealar hikoya qilinadi. Yapon adabiyoti tarixida Idzumi Sikibu nomi o’zining noyob shoirlik iste’dodi tufayli xeyan davri adabiyoti shoirlarining birinchi qatorida turadi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish